Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 172912 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:51:17

Xabarda kelishicha Urfaja ibn As'ad johiliyatda Kilob kunida burnidan jarohatlandi va kumushdan burun qilib oldi, so'ng u sasib ketdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga oltindan burun qilib olishni buyurdilar.

Besh kunda ro'za tutish makruh sanaladi: Ramazon hayiti kuni; Qurbon hayiti kuni va undan keyingi uch kun.

Besh vaqtda namoz o'qish makruh sanaladi: Asr namozidan so'ng shom namozini o'qiguncha; tong otgandan so'ng bomdodning ikki rak'at sunnatidan boshqasi; bomdod namozidan keyin quyosh chiqquncha; quyosh tik kelganda; jum'a xutbasi vaqtida.

Uch vaqtda farz namozi makruh sanaladi: quyosh chiqayotganda; tik kelganda; quyosh botayotgan vaqtda o'sha kunning asr namozidan boshqa. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:51:32

158-bob
Duolar haqida

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Obid kishi har vaqt Alloh duo qilishi hojatlarini so'rashi mustahabdir. Mana shu bandalik alomatidir. Bandalarning Alloh taologa eng seviklisi – Undan hojatlarini so'raydigan kishi. Alloh taologa bandalarning eng yomoni – Undan behojat bo'lgani. Bandalarning odamlarga eng yaxshisi ulardan behojat bo'lgani, ulardan biror narsani so'ramagani. Bandalarning odamlarga eng yomoni ulardan so'raydigani. Shoir aytadiki:

Allohdan so'ramasang, g'azabi keladi,

Bani Odamdan esa so'rasang.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taologa duodan ulug'roq biror narsa yo'q", deganlar. Yana: "Duo – ibodat", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:51:42

Abu Hurayra (roziyallohu anhu): "Banda doim yaxshilikdadir, modomiki shoshilmasa", dedilar. U zotdan: "Banda qanday qilib shoshiladi?", deb so'rashdi. U: "Men duo qildim, ammo ijobat qilinmadi, deb shoshiladi", dedilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Banda duo qilsa, albatta, Alloh unga so'ragan narsasini beradi yoki so'raganidan kattaroq bir baloni undan qaytaradi yoki so'raganidan yaxshiroq narsani qiyomatga saqlab qo'yadi", dedilar.

A'mash Ibrohimning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Agar birontangiz tushida yomon narsani ko'rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin, Allohning farishtalari va rasuli panoh tilagan narsa bilan tushimda ko'rgan narsalarning yomonligidan menga dunyo va oxiratda zarar berishidan panoh tilayman, deb aytsin, chunki bu unga Alloh taoloning izni bilan zarar keltiradi".

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) "Agar birontangiz yomon tush ko'rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin, uning yomonligidan Allohdan panoh tilasin, shunda unga zarar bermaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:52:02

Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu): "U uylansang, xotingga buyur, ikki rak'at namoz o'qisin, so'ng uning boshidan ushla va: "Ey Parvardigor, menga oilamda va oilamga menda baraka ber, meni ulardan va ularni mendan rizqlantir, bizni yaxshilikda jamlagan narsang bilan jamla va oramizni o'zing ajratgan yaxshi narsa bilan ajrat", deb ayt", dedilar.

Ibn Abbos (roziyallohu anhu): "Agar birontangiz ahliga, yaqinlashsa, "Ey Parvardigor, shaytonni mendan va meni rizqlantiradigan narsangdan uzoqlashtir", deb aytsin. Agar ularning orasida bola tug'ilsa, shayton unga Alloh taoloning izni bilan zarar bermaydi", dedilar.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh bandalariga in'om etgan ne'mat oilada yoki molda yoki boladadir. Agar banda: "Ma shaallohu la-havla va la-quvvata illa-a billah", deb aytsa, undan o'limdan boshqa ofatni ko'taradi", dedilar, so'ng (         ) degan oyatni o'qidilar".

Mujohid aytadilar: "Agar senga biror xursandchilik etsa, ma shaallohu la-a havla va la-a quvvata illa-a billah, yaxshiliklarni faqat Alloh keltiradi, yomonliklarni faqat Alloh ketkazadi, deb ayt, so'ng xursandchilikni yuzingga chiqar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:52:14

Ibn Umar (roziyallohu anhumo): "Kimni bir zalolat adashtirib qo'ysa, ikki rak'at namoz o'qisin, tashahhuddan so'ng: "Ey Parvardigor, ey adashuvchilarni hadoyat qilguvchi va adashishdan qaytaruvchi, meni adashishimdan o'z izzating va sultonliging bilan meni adashtirishdan qaytar, chunki bu sening fazling va marhamatingdandir", deb aytsin", deydilar.

Sufyon Savriy ibn Abbosga (roziyallohu anhumo) nisbat berib aytadilarki: "Agar ayol tug'ishga qiynalsa, "Bissmillahil laziy la-a ilaha illallohul-halimul kariym, subhana robbil 'arshil 'aziym. Alhamdu lillahi robbil 'alamin", deb yozsin", dedilar". Sufyon bu kalimalarni jomga yozib so'ng uni suv bilan chayib-ichishni aytganlar.

Ubbon Usmondan rivoyat qiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki tong otirganida: "Bissmillahil laziy la-a yazurru ma' asmihi shay un fil arzi va la-a fis-samai va huvas sami'ul 'aliym", deb uch marta ertalab aytsa, kechgacha, kechasi aytsa, tong otguncha unga balo etmaydi", dedilar.

Usmon ibn Abul Os: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mening oldimga keldilar, menda o'ldirib qo'yadigan darajada qattiq og'riq bor edi. Shunda u zot: "O'ng qo'ling bilan yetti marta og'riq erini sila va: "A'uzu billahi va qudrotihi min sharri ma ajidu" (Alloh izzati va qudrati bilan o'zim topayotgan narsaning yomonligidan panoh so'rayman), deb ayt", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:52:30

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Islomga yangi kirgan bir kishi: "Kecha uxlay olmadim", dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sababini so'radilar. U chayon chaqqanini aytdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar sen "A'uzu bikalimatillahit-tammati kulliha min sharri ma xuliq", deb aytganingda, inshaalloh, senga zarar bermas edi", dedilar".

Ba'zi sahobalar: "Kim aksirganda "Alhamdu lillahi robbil 'alamiyn 'ala kulli hal", desa, har qanday jag' tishi og'rig'idan omonlikda bo'ladi", deyishgan.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim aksirgan odamdan oldin "Alhahamdu lillahi robbil 'alamiyn", desa, tish, quloq va qorin og'rig'idan omonda bo'ladi", dedilar. Ya'ni, aksirgan odamdan oldin aksirmagan odam alhamdu lillah, deb aytsa.

Ibn Ma'sud (roziyallohu anhu): "Baqara surasidan o'n oyat — avvalidan to'rt oyat, oyat ul kursiy va undan keyingi ikki oyat, suraning oxiridagi uch oyatni ertalab o'qisa, kechgacha bu xonadonga shayton kirmaydi, agar kechaning avvalida o'qisa, tong otguncha kira olmaydi. Agar jinniga o'qilsa, o'ziga kelib qoladi", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:53:00

Oldingilarning ba'zilari aytadi: "Kimga ne'matlar jamlansa, Allohga hamd aytishni ko'paytirsin, kimning g'ami ko'paysa, istig'for ko'paytirsin, agar kambag'allik unga qattiq yopishib olsa, "la-a havla va la-a quvvata illa billah"ni ko'p aytsin.

Ja'far ibn Muhammad (roziyallohu anhu): "To'rtta narsa bilan balolangan odamning to'rt narsadan g'aflatda qolganidan ajablandim: G'am-tashvish bilan balolanib, "la-a ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn", deb aytmagan kishidan, chunki Alloh taolo: ( ???? ) deb aytgan. Bir narsadan ko'rqib "hasbiyallohu va ni'mal vakiyl", deb aytmagan kishidan ajablandim, chunki Alloh taolo () deb aytgan. Odamlardan qo'rqib, "ufavvizu amriy ilalloh", deb aytmagan kishidan ajablandim, chunki Alloh taolo () deb aytgan. Jannatni xohlab turib, "ma shaallohu la-a quvvata illa billah", deb aytmagan kishidan ajablandim, chunki Alloh taolo () deb aytgan.

Tavfiq Allohdandir va Alloh har bir tanglikda kifoya qiladi. Allohdan to'g'rilik va haqiqatga hidoyat qilishini so'rayman. Sayyidimiz, xotamul anbiyo, rasullar imomi Muhammad Mustafoga, u zotning ahli va sahobalariga qiyomat kuniga qadar salovot va salomlar bo'lsin..

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyul 2008, 10:00:39

MUNDARIJA

So'z boshi
1-bob. Ilm talab qilish haqida
2-bob. Ilmni yozib borish haqida
3-bob. Fatvo haqida
4-bob. Fatvo berishga haqli kishi haqida
5-bob. Ixtiloflar haqida
6-bob. Hadisning ma'nosini rivoyat qilish haqida
7-bob. Hadisni rivoyat qilish va bu ishga ijozat berish haqida
8-bob. Ilmni ishonchli kishilardan olish haqida
9-bob. Mav'iza majlislarining mubohligi to'g'risida
10-bob. Muzakkir-eslatuvchining odobi haqida
11-bob. Eshituvchining odobi haqida
12-bob. Ilmni talab qilishga qiziqtirish va fiqhni boshqa ilmlardan afzal ko'rish haqida
13-bob. Ilmda munozara qilish haqida
14-bob. Ta'lim oluvchining odobi to'g'risida
15-bob. Qozilikni qabul qilish va qabul qilmaslik to'g'risida
16-bob. Qozining odoblari to'g'risida
17-bob. Qur'onni o'rganish va o'rgatish to'g'risida
18-bob. "Sab'ul masoniy" tafsiri
19-bob. Makka va Madinada nozil bo'lgan suralar haqida
20-bob. Baroat surasi haqida
21-bob. Nabiyning (sallollohu alayhi vassallam) Qur'onni Ubay ibn Ka'bga o'qib berganlari haqida
22-bob. She'r va she'r o'qish to'g'risida
23-bob. Nabiyning (sollollohu alayhi vasallam) she'rlari haqida aytilgan rivoyatlar
24-bob. Tush ta'biri haqida
25-bob. Solih tush va chiroyli ta'bir to'g'risida
26-bob. Tib va dam solish haqida
27-bob. Shifobaxsh ozuqalar haqida
28-bob. Arab tilini boshqa tillardan afzal ko'rish haqida
29-bob. Qur'onning yetti xil o'qilishi borasida
30-bob. Qur'on tafsir qilish haqida
31-bob. Chiroyli muomala va haqlarni bilish haqida
32-bob. Birodarlarni ziyorat qilish haqida
33-bob. Salomlashish haqida
34-bob. Bolalarga salom berish haqida
35-bob. Zimmiylarga salom berish haqida
36-bob. Uyga kirganda salom berish haqida
37-bob. Mustahab bo'ladigan kiyimlar haqida
38-bob. Chiroyli bo'lib yurish haqida
39-bob. Kiyish durust bo'lgan va durust bo'lmagan liboslar haqida
40-bob. Kiyimga belgi qo'yish haqida
41-bob. Ziynatlardan foydalanish haqida
42-bob. Qizil rangli kiyim kiyish haqida
43-bob. Yirtqich hayvonlarning terisi haqida
44-bob. Go'sht yeyish haqida
45-bob. Murabbo yeyish haqida
46-bob. Taomlar haqida kelgan rivoyatlar
47-bob. Sarimsoq yeyish haqida
48-bob. Muruvvat haqida aytilgan so'zlar
49-bob. Aql xususidagi so'zlar
50-bob. Odob haqida
51-bob. Tahorat va namoz odoblari
52-bob. Uxlash odobi haqida
53-bob. Ovqatlanish odobi haqida
54-bob. Chaqiriqqa javob qilish
55-bob. Ziyofat odobi haqida
56-bob. Tishlarni xilol qilish haqida
57-bob. Ichish odobi
58-bob. O'ng tomonni chap tomondan afzal bilish haqida
59-bob. Manzildan chiqish va hamrohlik qilish haqida
60-bob. Sotish va sotib olish haqida
61-bob. Voliylarga toat qilish haqida
62-bob. Amirlardan (hadya) olish haqida
63-bob. Birovning uyi ichiga qarashdan qaytarish haqida
64-bob. Tuhmatga tushib qolishdan qaytarish haqida
65-bob. Yumshoq bo'lish haqida
66-bob. Asoning fazilati haqida
67-bob. Mo'min kishidan dunyoning ketishi haqida
68-bob. Qiyomat alomatlari
69-bob. Gapning me'yori haqida
70-bob. Rasm chizishdan qaytarish haqida
71-bob. Zinokor ayolga uylanish haqida
72-bob. Kambag'alning boy kishidan afzal ekani to'g'risida
73-bob. Qarz so'rash haqida
74-bob. Azl haqida
75-bob. O'lik yaqinlarining yig'isi tufayli azoblanishi haqida
76-bob. Mayyit uchun yig'lash haqida
77-bob. Fazilat va sharaf ahlini hurmat qilish haqida
78-bob. Rashk haqida
79-bob. Saxiylik va baxillik haqida
80-bob. Shafoat (yordam) haqida
81-bob. Qasddan odam o'ldirish haqida
82-bob. Yosh bolani o'pish haqida
83-bob. Daf urish (nog'ora chalish) haqida
84-bob. Yaxshilikka buyurish haqida
85-bob. Nikoh haqida
86-bob. Kasb-kor to'g'risida
87-bob. Tabobat haqida
88-bob. Ozuqalardan badanga zarar beradigan narsalardan chetlashish haqida
89-bob. Jimo' haqida
90-bob. Hamomga kirish haqida
91-bob. Qon oldirish haqida
92-bob. Hojat odobi haqida
93-bob. Yolg'izlikning makruhligi haqida
94-bob. Muhofaza farishtalari haqida kelgan rivoyatlar
95-bob. Chigirtkani o'ldirish haqida
96-bob. Masjidni bezash xususida
97-bob. Masjidda tuflashning makruhligi haqida
98-bob. Mudroq kishining namozi makruhligi to'g'risida
99-bob. Ilmu odob haqida
100-bob. Uzuk taqish haqida
101-bob. Uzukka naqsh berish va unga yozish haqida
102-bob. So'zni ma'ruz qilish haqida
103-bob. Risola haqida
104-bob. Hazil-mazax haqida aytilgan gaplar
105-bob. Foydalar haqida
106-bob. Dunyoda ikki marta erga tekkan ayol haqida
107-bob. Mushriklarning bolalari haqida aytilgan so'zlar to'g'risida
108-bob. Payg'ambarlar zikri haqida
109-bob. Alloh taolo yaratgan maxluqotlarning sifatlari haqida
110-bob. Osmonlaru yerning yaratilishi haqida
111-bob. Jannat va do'zaxning ismlari haqida
112-bob. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) nasablari, farzandlari va ayollari haqida
113-bob. Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) xalifalari nomlari haqida
114-bob. Mustahab bo'lgan ismlar haqida
115-bob. Kunlar va oylar zikri haqida
116-bob. Inson tabiatlarining sifatlari haqida
117-bob. Suzish, chavandozlik va merganlik haqida
118-bob. It saqlashdan qaytarish haqida
119-bob. Yo'q bo'lib ketgan hayvonlar haqida
120-bob. Iymon haqida
121-bob. Iymon ziyoda bo'lishi yoki bo'lmasligi haqida
122-bob. Iymon amalmi yoki iqror
123-bob. Iymon maxluqmi, maxluq emasmi
124-bob. Qur'on haqidagi so'zlar
125-bob. Allohni ko'rish haqida
126-bob. Sahobalar haqida qanday gapirish lozim?
127-bob. Taqdir haqida
128-bob. Rofiziylar haqida
129-bob. Namoz vaqtida ovqat hozir bo'lishi haqida
130-bob. Safardan kechasi qaytishning karohiyati haqida
131-bob. Yomg'ir paytida ulovning ustida namoz o'qish haqida
132-bob. Qo'ng'iroqning karohiyati haqida
133-bob. Ta'ziya bildirish haqida
134-bob. Musobaqalashish haqida
135-bob. Shirinlik sochish haqida
136-bob. Hadya olish va berish haqida
137-bob. Aksa uruvchiga tashmit aytish to'g'risida
138-bob. Insonlar bilan murosa qilish haqida
139-bob. So'zda o'xshatishlar qilish haqida
140-bob. Imoratlar, binolar haqida
141-bob. Kufr ahli bilan muomala haqida
142-bob. Nonushtani erta qilish haqida
143-bob. Hukamolarning so'zlari haqida
144-bob. Tik turib bavl qilish haqida
145-bob. Hayvonlarni bichish haqida
146-bob. Xuftondan so'ng suhbat qilish haqida
147-bob. Qur'on suralarining soni haqida
148-bob. Qur'on oyatlari va kalimalarining adadi haqida
149-bob. Qur'on harflarining soni haqida
150-bob. Muallimlarning fazli haqida
151-bob. Oz yeyish haqida
152-bob. Tahiyya — salomlashish haqida
153-bob. Nikoh haqida aytilgan so'zlar haqida
154-bob. Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) vahiyning boshlanishi haqida
155-bob. Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) hijratlari haqida
156-bob. Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) g'azotlari haqida
157-bob. Makruh narsalar haqida
158-bob. Duolar haqida

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyul 2008, 10:01:08

Bo'stonul Orifiyn



Muallif: Imom Navaviy

Hajmi: 348 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan