Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272713 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 38 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:45:29

24-bob
Tush ta'biri haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Dinda bilimdon (faqih) bo'lgandan so'ng, tush ilmini o'rgansa, zarari yo'q. Bu yaxshi ilm. Darhaqiqat, Alloh taboraka va taolo Yusufga (alayhissalom) tush ta'biri ilmini in'om  qildi. Bu Alloh taoloning:

"Mana shunday qilib Yusufni — unga barcha tushlarning ta'birini bildirish uchun o'sha erga joylashtirib qo'ydik" (Yusuf, 21), degan so'zidir.

Umar ibn Xattobning (roziyallohu anhu): "Sizlarga dinda faqih bo'lish, arabchani tushunish va tushning ta'birini yaxshi bilish lozimdir", deganlari rivoyat qilingan. Agar bu ilm fiqh ilmidan mashg'ul qilib qo'ysa, uni tark etib, fiqh ilmini o'rganish afzaldir. Chunki fiqh bilan Alloh taoloning hukmlari bilinadi. Tush ta'biri ilmi esa oldindan yaxshilikni bila olishi mumkin bo'lgan bir fol o'rnidadir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:45:36

Abu Yusufdan tush masalasida so'rashganida: "Uyg'oqlikdagi ishdan forig' bo'lib, uyqu ishi bilan mashg'ul bo'lishdir", deganlar. Muhammad ibn Siyringa ko'pincha tush aytilganda: "Uyg'onganingda Allohdan qo'rq, shunda senga uyqungda ko'rgan narsa zarar bo'lmaydi", derdilar. Ismoil ibn Oliya Ayyubdan rivoyat qiladi. U: "Menga Muhammad ibn Siyrinning fatvo emas, balki tushga ta'bir aytishini aytardilar. Bir muddat u ta'bir aytmay qo'ydi, keyin yana boshladi. So'ng: "Ta'bir men gumon qilgan bir gumondir. Bir kishining tushini yaxshi gumon qilsam, yaxshilikni unga aytdim", dedi".

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarning tush ta'birida rostgo'yligingiz so'zda rostgo'yligingizdir", dedilar.

Bu hadislarda tushga ta'bir aytishning zarari yo'qligiga dalil bordir. Garchi u folga o'xshasa ham.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:45:50

25-bob
Solih tush va chiroyli ta'bir to'g'risida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Hishom ibn Urva otasidan, otasi Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qiladi: "Oisha onamiz aytadilar: "Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) boshlangan vahiyning avvali solih tush edi. Tushlari tonggi falaqqa o'xshash aniq bo'lardi".

Abu Said Xudriy rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar birortangiz yaxshi tush ko'rsa, u Allohdandir, Allohga hamd aytsin va uni yaxshi ko'rgan kishisiga gapirsin, agar bundan boshqasini ko'rsa, u shaytondandir, uning yomonligidan Allohdan panoh tilasin, uni birortaga aytmasin. Shunda unga zarar bermaydi", dedilar.

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Solih tush Alloh taolodan, yomon tush shaytondan. Kim yomon tush ko'rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin va Allohdan toshbo'ron qilingan shaytondan panoh tilasin, shunda bu unga zarar bermaydi", dedilar.

Oisha (roziyallohu anho): "Tushimda hujramga tushgan uchta oyni ko'rdim, buni otamga (Abu Bakrga) aytib berdim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafot etib, hujramga dafn etilganlarida, Abu Bakr: "Bu qabr o'sha oylaringning bittasi va eng yaxshisi", dedilar". Abu Bakr vafot etib, dafn qilinganida, Oishaga (roziyallohu anho) bu ikkinchi oy, Umar ham vafot etib, dafn qilinganlarida, bu uchinchi oy, deyildi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:46:00

Rivoyat qilishlaricha, Muhammad ibn Siyrin tushda zanjir ko'rishni yoqtirmasdilar, kishandan esa hayratlanib: "Kishan dinda sobitlik belgisi",   derdilar.

Muhammad ibn Siyrin: "Tush uch xil: nafsning so'zi, shaytonning qo'rqitishi va Rahmonning xushxabari. Kim yomon tush ko'rsa, uni birortaga aytmasin. Tursin va namoz o'qisin", deydilar.

Sufyon Amr ibn Dinordan, u Atodan rivoyat qiladi: "Eri yo'qolgan bir ayol Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib: "Tushimda uyimning joizasi sinibdi", dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh xohlasa, yaxshilik bo'ladi. Alloh senga yo'qotgan narsangni qaytaradi", dedilar. So'ng uning eri qaytdi. Keyin yana g'oyib  bo'ldi. Tag'in shunga o'xshash tush ko'rdi.  Nabiyni (sollallohu alayhi vasallam) izlab kelgan edi, u zotni topa olmasdan, Abu Bakr bilan Umarga (roziyallohu anhumo) tushini aytib berdi, Ular: "Ering o'ladi", deyishdi. So'ng Nabiyni (sollallohu alayhi vasallam) topdi va tushini aytdi. Rasululloh: "Buni birortaga aytdingmi?" deb so'radilar. U: "Ha", dedi. Shunda Rasululloh: "Senga aytilgani bo'ladi", dedilar. Hech qancha vaqt o'tmasdan, unga erining o'limi xabari keldi".

Ato aytadilar: "Tush ta'viliga ko'ra bo'ladi, deyishadi. Yana tushni faqat hakimga yoki yaxshi ko'rganiga yoki rahmdil kishiga  aytiladi, deyiladi, yana faqat aqlli yoki yaxshi ko'rgan kishisiga aytiladi, ham deyiladi. Ba'zilar mazkur hadisni "tush ta'viliga ko'ra", degan gapga hujjat qilishadi. Tahqiqchilar: "Tushning hukmi johil ta'birni o'zgartirishi bilan o'zgarmaydi, fiqhiy masalada johilning javobi sababli hukm qilib bo'lmagani kabi", deb aytishgan. Ammo ayolning tushi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ta'villari bilan o'zgardi, chunki Alloh taolo u zotning hurmati uchun so'zlarini rost qildi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:46:08

Jobir rivoyat qiladilar: "Bir kishi Rasulullohga: "Tushimda go'yoki boshim uzilib tushdi, men uning ortidan borib oldim", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Boshing uzilib tushgan vaqtda buni qaysi ko'zing bilan ko'rding?! Agar shayton birortangiz bilan o'ynashsa, uni hech kimga aytmasin", dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Tushning eng rosti tongda bo'lgani", deganlar. Yana: "Solih tush payg'ambarlikning qirq oltidan bir bo'lagi", deb aytganlar.

Abu Hurayra (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim meni tushida ko'rsa, haqiqatdan meni ko'ribdi, chunki shayton menga o'xshay olmaydi", dedilar".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kim meni tushida ko'rsa, yaqinda o'ngida ko'radi", dedilar.

Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim oldin hech ko'rmagan tushini ko'rsa, ikki arpani bog'lasin, lekin uni qila olmaydi", dedilar. Boshqa rivoyatda "bog'lovchi bo'la olmaydi", deyilgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:46:38

26-bob
Tib va dam solish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilarki: Ba'zilar dam solish va davolanishni yomon ko'rishdi, ammo bunga ulamolarning ommasi ijozat berdi.

Bu ishni yomon ko'rganlar Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisni hujjat keltirishadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ummatimdan etmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi", dedilar. Ukkosha ibn Muhsin turib: "Ey Rasululloh, Allohga men uchun duo qiling, meni ulardan qilsin", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)  u uchun duo qildilar. Boshqa bir kishi (turib): "Men uchun ham duo qiling", dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ukkosha sendan ildamlik qildi", dedilar. Aytilishicha, ikkinchi kishi munofiq edi, shu sababli unga duo qilmadilar va bu bilan mo'minni yuqori qo'ydilar. So'ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uylariga kirib ketdilar. Odamlar jannatga hisobsiz kiradigan kishilar kimligi haqida gaplasha boshladi. Ba'zilar: "Ular Islomda tug'ilib, Islomda o'lganlar va gunoh ish qilmaganlar", deyidi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) chiqdilar, so'ng bu haqda u zotdan so'rashdi. "Ular dam soldirmaydilar, irim-sirimlarga ishonmaydilar, yaralariga tamg'a qilib bosmaydilar va Rabbilariga tavakkul qiladilar", dedilar Nabiy.

Imron ibn Hasin: "Men nurni ko'rardim va maloikalarning so'zlarini eshitardim, dam soldirgan edim, bu narsa mendan yo'qoldi", deydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:46:46

A'mash Abu Zabbondan, u Huzayfa ibn Yamondan rivoyat qiladi. U zot bayram qilayotgan odamning oldiga kirib, qo'lini uning biqiniga qo'ydilar. "Nima bu?" deb so'radilar. Haligi kishi: "Tumorim", dedi. Uni olib bo'lib tashladilar va: "Agar o'lganingda senga janoza o'qimasdim", dedilar.

Said ibn Jubayr aytadilar: "Chayon qo'limni chaqib oldi, so'ng onam dam soldirishimga qasam ichtirdi va men folbinga chayon chaqmagan qo'limni berdim".

Abdullohning ayoli Zaynab aytadilar: "Bir kuni Abdulloh bo'ynimdagi ipni ko'rib: "Bu nima?" dedi. "Tumorim", dedim. Uni olib bo'lib tashladi va: "Abdullohning oilasi shirkdan behojat", dedi".

Hasan Basriy aytadilar: "Alloh Halilaj va Balilajni bilmaydigan qavmni rahmat qilsin. Chunki u bilan gumon qilinadi, shifosi bilinmaydi". Ibn Umardan rivoyat qilingan ushbu so'zni ko'rmaysanmi? U: "Kasalni ishtaha tortgan narsadan qaytarmanglar, ehtimol, Alloh uning shifosini ishtahasi tortgan narsasida qilgandir", deganlar".

Dam solish va davolanishni muboh deganlar Ibn Mas'uddan (roziyallohu anhu) qilingan rivoyatni hujjat qilib keltirishadi: "Alloh taolo kasalliklarni davosi bilan ham tushirdi. Faqat qarilik va o'limning da'vosi yo'q, bas, sigir sutini ko'p ichinglar. Chunki unga hamma o'tlardan aralashgan". Boshqa rivoyatda: "u hamma o'tlardan boqilgan", deyiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:46:56

Sufyon ibn Uyayna Ziyod ibn Aloqadan, u Usama ibn Sharikdan rivoyat qiladi:  "Nabiyni (sollallohu alayhi vasallam) Makkada ko'rdim, arablar: "Biz bir-birimizni davolashimizda bizga gunoh bormi?" deb so'rashardi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Allohning bandalarini davolanglar, chunki Alloh har qanday dard uchun shifoni yaratdi", dedilar". Hajjoj ibn Artot Atodan dam solish haqida so'radi, shunda u: "Ey Iroq ahli, bu ishning yomonligini faqat sizdan eshitdik, chunki ibodat badan bilan qoyim bo'ladi, bas, bizga ibodatni to'g'ri qilish uchun hukmlarni ta'lim olish vojib bo'lgani kabi, tib ilmi, badanni davolash ilmi ham vojibdir. Ibodatni isloh qilish uchun uni ta'lim olish yoki unga amal qilishning ziyoni yo'q, chunki hukmlardagi so'z garchi hujjatni va yaqiynsiz ham, ray bilan joiz bo'ladi. Shuningdek, tabobatdagi so'z ham agar ray va tajribalar bilan bo'lsa, undan foydalanish mumkin.

Dam solishdan qaytarganlik haqida vorid bo'lgan xabarlar mansuxdir. Jobir (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda aytiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dam solishdan qaytargan edilar. Amr ibn Hazmning oilasida  chayonga qarshi dam solishardi, shunda ular Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) aytib: "Siz dam solishdan qaytargan edingiz", deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Men bunda biror ziyonni ko'rmayapman, bu ishni birodariga manfaat berishga qodir bo'lgan kishi qilsin", dedilar. Ehtimol, shifoni davodan deb e'tiqod qilishdan qaytarilgandir. Ammo shifo Alloh taolodan va davoni bir sabab deb bilsa, buning ziyoni yo'q.

Darhaqiqat, dam solish va davolanishning mubohligi haqida ham asarlar kelganin. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Uhud kunida jarohatlanganlarida yaralarini davolaganlar. Rivoyat qilinadiki Ansorlardan bir kishi o'z

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) unga yarasiga qizigan narsa bosishni buyurdilar. Yana naql qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mu'avvizatayn (Falaq va Nos suralari) bilan dam solar edilar. Bu to'g'ridagi xabarlar behisobdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:47:18

27-bob
Shifobaxsh ozuqalar haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Shahr ibn Havshab Abu Hurayradan (roziyallohu anhuma) rivoyat qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qo'ziqorin marhamatdandir (ya'ni, Alloh taoloning bandalariga qilgan mehribonligidir. Bu taomni ularga ekmasalar ham berdi). Uning suvi ko'zga shifodir. Xurmo jannatdandir, unda zaharga shifo bor", dedilar.

Rabi' ibn Haysam: "Menda nifos ko'rgan ayollarga davo bo'ladigan faqat ho'l xurmo va kasallarga faqat asal bor", dedilar.

A'mash Abu Solihdan rivoyat qiladi: "Isitmaga tutdan birga bir, yog'dan uchdan bir, asaldan ham uchdan bir, sutdan uchdan bir aralashtiriladi va ichiladi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Isitma jahannam issiqligidandir. Uni suv bilan sovutinglar", deganlar. Ali ibn Abu Tolibdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Asalda baraka va og'riqlarga shifo bor. Darhaqiqat, etmishta payg'ambar uni muborak qildi", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:47:28

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Agar birortangiz biron narsadan shikoyat qilsa, xotinining mahridan uch dirham so'rab olib, unga asal va sut sotib olsin, so'ng uni yomg'ir suvi bilan qo'shib ichsin. Alloh unda xotirjamlik, shifo va muborak suvni jamlagandir".

Muhammad ibn Munkadir Jobir ibn Abdullohdan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Surmani ko'p ishlatinglar, chunki u sochni o'stiradi va ko'zni o'tkirlashtiradi" (bir rivoyatda: ravshanlashtiradi), dedilar.

Qayd etilgan