Ba'zilar esa: "Yetti xil usul degani, amr, nahiy, qissa, misol keltirish, mav'iza, jannatni va'da berish, do'zaxdan qo'rqitishdir", deyishgan.
Abu Ubayda: "Yetti harf arab lug'atlaridan yettita lug'atdir. Buning ma'nosi bir harfda yetti uslub bo'ladi degani emas, chunki hech qachon bunaqa o'qilmagan, lekin bu yetti lug'at Qur'onda farq qiladi, ba'zisi Quraysh qabilasining lug'ati, ba'zisi Havozon, ba'zisi Huzayl lug'ati, ba'zisi Yamoma lug'ati", deydilar.
Ba'zilar: "Yetti harf degani imomlardan yettitasi ixtiyor qilgan yetti xil o'qishdir, birinchisi Osim ibn Najvod, ikkinchisi Hamza ibn Habibuz Ziyod, uchinchisi Kisoiy, bu uchalasi Kufa ahlining qorilari, to'rtinchisi Abdulloh ibn Kasir, u Makkaning imomi, beshinchisi Nofi' ibn Abdurahmon, u Muoviyaning mavlosi va Madina ahlining imomi, oltinchisi Abu Amr, ismi Rayyon, kunyasi Abu Amr ibn Aloyi va u Basra ahlining imomi, yettinchisi Abdulloh ibn Omir va Shom ahlining imomidir. Bu yettitalasidan har biri bir qiroatni ixtiyor qilganlar. Hammalariniki, sahih, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) olishgan.
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ulamolar ikki xil o'qilgan oyat xususida ixtilof qilishdi. Ba'zilari: "Alloh taolo bitta qiroatni aytgan, ikkitaga izn bergan", deyishdi. Ba'zilari: "Alloh ikkalasini ham aytgan" deb aytishdilar. Bizning nazdimizda durust bo'lgani vallohu a'lam: agar har bir qiroat uchun boshqa qiroatning tafsirini xilofidagi tafsiri bo'lganida (bu Alloh ikkalasini ham aytdi deganga javob) ikkita qiroat ikkita oyat o'rnida bo'lardi. Xuddi Alloh taoloning: $ va $ degan qavliga o'xshash. Shu oyatga o'xshashgan barcha oyatlar yuqoridagi hukmdadir. Ikkita qiroatning tafsiri bitta bo'lsa, masalan, "al-buyuta", yoki "al-buyuti", "al-muhsonata" va "al-muhsonati"ga o'xshash fatha va kasra bilan bo'ladi. Ikkita qiroatning bittasini aytib, ularni har bir qabilaga o'zlarining tiliga mos qilib ikkinchi qiroatga ijozat berdi. Agar ikkita qiroatning birini aytadi, degan gap durust bo'lsa, Quraysh lug'atida aytishi kerak, deyiladi. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Qurayshdan edilar va Qur'on uning lug'atida nozil bo'lgan. Vaki' Sufyondan, u Mujohiddan: "Qur'on Quraysh tilida nozil bo'ldi", degan rivoyatni naql qilgan.