Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272698 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 38 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:47:44

28-bob
Arab tilini boshqa tillardan afzal ko'rish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Bilgilki, arab tilining boshqa tillarga nisbatan afzalligi bordir. Kim bu tilni o'rgansa yoki boshqaga o'rgatsa, savob topadi. Chunki Alloh taolo Qur'onni arab tilida tushirdi. Bu tilni o'rgangan kishi Qur'onning zohirini  va undagi xabarlarning ma'nosini tushunadi.

Ibn Burayda rivoyat qiladi: Umar (roziyallohu anhu): "Kim fors tilini o'rgansa, u uning muruvvati ketibdi", dedilar.

Zuhriy: "Jannat ahlining tili arab tili, do'zax ahlining tili hind tili", deydilar.

Umar (roziyallohu anhu): "Arab tilini mahkam tutinglar", deganlar.

Hasan Basriydan arab tilini chiroyli gapirish va o'qiganini tushunish uchun o'rganayotgan kishi haqida so'raldi. "Bu tilni o'rgansin, chunki kishi oyatlarni o'qiganda ma'nosini buzib yuborsa, halok bo'ladi", dedilar.

Umar (roziyallohu anhu) tavof vaqtida ikkita kishini ko'rib, ularga: "Arab tilini o'rganishga yo'l izlanglar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:47:55

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Arab tilidan boshqa tilda gapirsa bo'ladi, bunda gunoh yo'q, Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) fors tilida gapirganlari haqida xabar bor. Bu Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan. U kishi aytadilar: "Men Xandaq kunida Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) taom tayyorlab, u kishiga bildirdim. Rasululloh ashoblariga: "Jobirning uyiga boringlar u sizlarga sho'rva tayyorladi", dedilar. Shunda Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) sadaqaga xurmo keltirildi, yonlarida Hasan va Husayn bor edi (roziyallohu anhumo). Ulardan bittasi xurmoni oldi va og'ziga soldi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) barmoqlarini uning og'ziga kirgizib "qix, qix" dedilar va xurmoni  chiqardilar".

Abu Hurayraning qorni og'rib, Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) shikoyat qilganida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ishkam dava?" (ya'ni, qorning og'riyaptimi) dedilar va namoz o'qishga buyurdilar. Salmoni Forsiydan ham shu hadis rivoyat qilingan. Shunisi sahihroqdir.

Sufyon: "Insonlar qiyomat kunida jannatga kirishlaridan oldin Suryoniy tilida, jannatga kirganlaridan so'ng, arab tilida gapirishlari xabari bizga etdi", dedi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:48:10

Abdusomad  ibn Mu'qal rivoyat qiladi: "Vahb ibn Munabbah: "Birorta lug'at-til yo'qki, undan biror narsa Qur'onda bo'lmasa", dedilar. Unga: "Qaerida?" deyildi. "Qur'ondagi "sijjil" so'zi forsiydan, ya'ni, "sang" va "gil"qo'shilgan.

"Ey  er, suvingni yutgil" (Hud, 44), so'zi habash tilidan,

"Ularni oldingga to'plagin" (Baqara, 260), so'zi rumiy tildan,

"qochib qutilish vaqti emas edi" (Sod, 3), so'zi suryoniy tildan", dedilar. Habash tilida "ikkita zaif" ma'nosidadir", deydi. Ba'zilar Qur'onda arab tilidan boshqa til bo'lishi mumkin emas, chunki Alloh taolo:

"Ochiq-ravshan arabiy til bilan nozil qildi" (Shuaro, 195), deb aytgan deydi. Bunda javob ikkita: habash, rum tillaridan deb zikr qilingan lafzlar, haqiqatda o'sha tillarning lafzlari, lekin arablar bu so'zlarni iste'mol qiladilar, ularni yaxshi tushunadilar. Arablar ularni ishlatgani sababli, ular arabcha bo'lib ketgan.

Ikkinchi javob: Alloh taoloning "ochiq-ravshan arabiy tili bilan" degan so'ziga ko'ra, haqiqatda Qur'on arab tilida nozil bo'lgan, garchi ba'zi so'zlari boshqa tilda bo'lsa ham. Agar: "Qanday qilib Qur'on ularga hujjat bo'ladi, ularning tilida bo'lmasa?", deb so'ralsa, arablar bu so'zlarni, garchi ba'zi so'zlari boshqa tilda bo'lsa ham, tushunadilar shuning uchun ularga Qur'on hujjat bo'ladi, deb javob beriladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:48:53

29-bob
Qur'onning yetti xil o'qilishi borasida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ibn Abbos Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Jabroil menga Qur'onni bir xil o'qitdi, men takrorlab, uni ko'paytirishini so'rayverdim, u ko'paytiraverdi, hatto yetti xil o'qishga etdi". Boshqa xabarda: "Jabroil menga Qur'onni yettita qiroatda o'qishimni buyurdi. Bularning hammasi shifo va kifoya qiluvchidir", deyiladi.

Ibn Mas'ud (roziyallohu anhu) aytadilar: "Bu Qur'on yettita qiroatda nozil bo'lgan. Har bir o'qishning zohiri va botini bor".

Agar yetti xil o'qishning ma'nosi nima deyilsa, bu haqda har xil so'zlar bor. Ba'zilar: "Bu holat ba'zi oyatlardagina topiladi. Masalan,

(Ahqof, 17), so'zi. Bu so'z yetti harfda o'qiladi. Raf'-pech, nasb-zabar va hafz-zer, yana bular tanvinli va tanvinsiz o'qiladi. Shu olti xil usul bo'ladi, bundan tashqari, jazm-sukun ham o'qiladi, bu yyettinchisidir. Masalan:

(Maryam, 25) so'zlariga o'xshashlar yetti uslubda o'qiladi. Bu usul hamma oyatlarda ham topilavermaydi", deyishadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:49:20

Ba'zilar esa: "Yetti xil usul degani, amr, nahiy, qissa, misol keltirish, mav'iza, jannatni va'da berish, do'zaxdan qo'rqitishdir", deyishgan.

Abu Ubayda: "Yetti harf arab lug'atlaridan yettita lug'atdir. Buning ma'nosi bir harfda yetti uslub bo'ladi degani emas, chunki hech qachon bunaqa o'qilmagan, lekin bu yetti lug'at Qur'onda farq qiladi, ba'zisi Quraysh qabilasining lug'ati, ba'zisi Havozon, ba'zisi Huzayl lug'ati, ba'zisi Yamoma lug'ati", deydilar.

Ba'zilar: "Yetti harf degani imomlardan yettitasi ixtiyor qilgan yetti xil o'qishdir, birinchisi Osim ibn Najvod, ikkinchisi Hamza ibn Habibuz Ziyod, uchinchisi Kisoiy, bu uchalasi Kufa ahlining qorilari, to'rtinchisi Abdulloh ibn Kasir, u Makkaning imomi, beshinchisi Nofi' ibn Abdurahmon, u Muoviyaning mavlosi va Madina ahlining imomi, oltinchisi Abu Amr, ismi Rayyon, kunyasi Abu Amr ibn Aloyi va u Basra ahlining imomi, yettinchisi Abdulloh ibn Omir va Shom ahlining imomidir. Bu yettitalasidan har biri bir qiroatni ixtiyor qilganlar. Hammalariniki, sahih, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) olishgan.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ulamolar ikki xil o'qilgan oyat xususida ixtilof qilishdi. Ba'zilari: "Alloh taolo bitta qiroatni aytgan, ikkitaga izn bergan", deyishdi. Ba'zilari: "Alloh ikkalasini ham aytgan" deb aytishdilar. Bizning nazdimizda durust bo'lgani vallohu a'lam: agar har bir qiroat uchun boshqa qiroatning tafsirini xilofidagi tafsiri bo'lganida (bu Alloh ikkalasini ham aytdi deganga javob) ikkita qiroat ikkita oyat o'rnida bo'lardi. Xuddi Alloh taoloning: $ va $ degan qavliga o'xshash. Shu oyatga o'xshashgan barcha oyatlar yuqoridagi hukmdadir. Ikkita qiroatning tafsiri bitta bo'lsa, masalan, "al-buyuta", yoki "al-buyuti", "al-muhsonata" va "al-muhsonati"ga o'xshash fatha va kasra bilan bo'ladi. Ikkita qiroatning bittasini aytib, ularni har bir qabilaga o'zlarining tiliga mos qilib ikkinchi qiroatga ijozat berdi. Agar ikkita qiroatning birini aytadi, degan gap durust bo'lsa, Quraysh lug'atida aytishi kerak, deyiladi. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Qurayshdan edilar va Qur'on uning lug'atida nozil bo'lgan. Vaki' Sufyondan, u Mujohiddan: "Qur'on Quraysh tilida nozil bo'ldi", degan rivoyatni naql qilgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:49:38

30-bob
Qur'on tafsir qilish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadiki: Said ibn Jubayr Ibni Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim Qur'onga o'z rayi bilan tafsir aytsa, joyini do'zaxdan tayyorlasin", dedilar.

Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) Alloh taoloning "$" (Abasa, 31), degan so'zi haqida so'ralganlarida, bilmayman, dedilar. So'ng: "O'zingizdan ayting", deyishdi. Shunda u zot: "Qaysi er meni ko'taradi qaysi osmon menga soya qiladi, agar Alloh taoloning kitobidan bilmagan narsamni o'z fikrim bilan aytsam, bilmayman", dedi.

Sha'biy Abu Solihning yonidan o'tib ketayotgan edi, uning qulog'idan ushlab: "Qur'on o'qimasdan turib qanday tafsir qila olasan?!" dedi.

Umar (roziyallohu anhu) bir kishining qo'lida Mushafni ko'rdilar, har bir oyatning yonida tafsiri yozilgan edi. Umar qaychini olib, uni qirqib tashladilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:49:56

Hakim aytadilar: "Shurayh Qur'onning uchta oyatidan boshqasini tafsir qilmasdi. Birinchisi:

"Magar ular (yarim mahrni olishdan) kechib yuborsa yoki nikoh qo'lida bo'lgan zot kechsa" (Baqara, 237), oyatidagi "nikoh qo'lida bo'lgan zot erdir", derdi. Ikkinchisi:

"Unga hikmat hamda aniq-ravshan xitob ato etdik" (Sod, 20), oyatidagi "hikmat" so'zi fiqh, "ochiq-ravshan xitob" esa hujjat va iymon, derdi. Uchinchisi:

"Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir" (Qasas, 26), oyatidagi kishi — Musoning quvvati o'n kishi ko'tara oladigan toshni ko'taradigan quvvatdir, ishonchliligi esa, Joriya uning oldida yurganida, shamol esib qomatini bilintirdi. Shunda Muso (alayhissalom), unga: "Orqada yur va menga yo'l ko'rsat", dedilar".

Oisha (roziyallohu anho): "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Qur'onni tafsir qilmasdilar, faqat o'qiyotgan oyatlarini Jabroil bildirar edi", deydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:50:11

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tafsir qilmagan bo'lsalar,  boshqalarga ham o'z raylari bilan tafsir qilish joiz bo'lmasa, Qur'onning ma'no-bayonini bilishga qanday yo'l bor? deyilsa, bundagi tafsirdan qaytarish mutashobih oyatlarga tegishli qaratilgan hammasiga emas, deb javob beriladi. Alloh taolo:

"Endi dillarida haq yo'ldan og'ish bo'lgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o'z havoyi nafslariga muvofiq ta'vil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadilar" (Oli Imron, 7), degan. Chunki Qur'on xalqqa hujjat bo'lib tushgan. Agar tafsir ilish joiz bo'lmasa, komil hujjat bo'la olmaydi. Shuning uchun arab tilini va sababi nuzulni bilgan kishiga tafsir qilish joiz bo'ladi. Ammo mutakallif bo'lib, lug'at usullarini bilmasa, tafsir qilishi joiz emas. Faqat eshitganini tafsir qilishi mumkin, bu esa hikoya yo'li bilan bo'ladi, tafsir yo'li bilan emas. Buning ziyoni yo'q. Agar tafsir ilmini o'rgansa va oyatdan hukm yoki dalil chiqarmoqchi bo'lsa, ziyoni yo'q. Agar eshitmasdan turib, bu oyatdan murod bunday-bunday desa, halol bo'lmaydi va bu ishdan qaytarilgandir. Ammo ba'zi imomlardan bir oyatning sha'ni haqida biron narsa eshitgan bo'lsa, uni hikoya tarzida aytsa, zarari yo'q. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) agar biron bir oyatning tafsirida qiynalib qolsalar, Rasulullohning ashoblaridan Ka'b ibn Ahbor va Vahb ibn Munabbah kabi ahli kitobdan bo'lgan va kitoblarni  o'qigan musulmonlardan so'rardilar.

Ikrima Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi. U: "Qur'onning hamma tafsirini o'rgandim faqat to'rttasi — avvoh, raqim, hannon va g'islin qoldi", dedilar. Boshqa rivoyatda Ibn Abbos bu harflarni ham tafsir qilganlar aytiladi, ya'ni, raqim — harflarga nuqtalardan iborat belgilar qo'yish, hannon — rahmat, g'islin esa, do'zaxda kofirlarning badanlaridan oqib tushgan narsa, deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:50:33

31-bob
Chiroyli muomala va haqlarni bilish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishilar o'zaro munosabatda muloyim so'z, ochiq yuzli bo'lishi kerak. Yaxshiga ham, yomonga ham, bid'atchiga ham, sunnatga amal qilgan musulmonga ham bir xil xushmuomala qilinaveradi. Chunki Alloh taolo Muso va Horunga (alayhissalom):

"Bas, unga (Fir'avnga) yumshoq so'z so'zlanglar!" (Toho, 44), degan. Bas, sen Muso va Horundan afzal emassan va har qanday fojir Fir'avndan iflosroq emas. Vaholanki, Alloh taolo u ikki zotga Fir'avnga muloyim gapirishni buyurdi.

Ibrohim Hamza Omiriydan, u Talha ibn Umardan rivoyat qiladi. U: "Men Atoga: "Sizning oldingizga har xil kishilar keladi, men yolg'izlikni yaxshi ko'raman, ularga ba'zan qo'pol so'zlarni aytaman", dedim. U: "Bunday qilma, chunki Alloh taolo "Insonlarga chiroyli gapiringlar", deb buyurgan". Oyatdagi "insonlar" sirasiga yahudiy va nasroniylar ham kiradi. Shunday ekan, endi qanday qilib to'g'ri yo'ldagi kishi bilan yaxshi muomala qilinmasin", dedi".

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlar insonlarga mollaring bilan kenglik qila olmasalaring, ochiq yuz va chiroyli xulqlaring bilan kenglik qilinglar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:50:42

Umar (roziyallohu anhu): "Kim birodari bilan do'stligi sof bo'lishini xohlasa, uni yaxshi ko'rgan ismlari bilan chaqirsin, unga yo'liqqanida salom bersin va majlisni unga keng qilsin" (ya'ni, o'tirishiga joy bersin), dedilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Oishaga (roziyallohu anho): "Qo'pol bo'lma, agar birortada qo'pollik bo'lsa, u yomon odamdir", dedilar.

Yaxshilikdan oldin yaxshilik qilish fazilat, yaxshilikdan keyin yaxshilik qilish mukofot, yomonlikdan keyin yaxshilik qilish ulug'lik, yomonlikdan oldin yomonlik qilish jabr-zulm, yomonlikdan keyin yomonlik qilish tenglashish, yaxshilikdan keyin yomonlik qilish malomat va shumlikdir, deyiladi.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishi o'zidan katta kishining haqqi-hurmatini bilishi va ulug'lashi lozim. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qaysi yigit qari kishini ulug'lasa, Alloh uni qariganida hurmat qiladigan yigitga yo'liqtirib qo'yadi", deganlar. Lays ibn Muslim: "Men Talha ibn Mutrif bilan birga ketayotgan edim. U mendan oldin o'tdi, so'ng: "Agar mendan bir kun katta ekaningni bilganimda, sendan oldin o'tmasdim", dedi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim kattalarimizni ulug'lamasa va kichiklarimizga rahm qilmasa, u bizdan emas", deganlar.

Qayd etilgan