Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 273059 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 38 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:50:54

32-bob
Birodarlarni ziyorat qilish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Birodar va do'stlarni ziyorat qilish yaxshi va bu savobli ishdir. U bilan do'stlik ziyoda bo'ladi. Abu Umoma Bohiliy: "Bir mil yurib kasalni ziyorat qil, ikki mil yurib Alloh yo'lidagi do'stingni ziyorat qil, uch mil yurib ikki kishining orasini isloh qil", dedilar.

Hukamolardan ba'zisi: "Ziyoratni tark qilib qo'yma, seni esdan chiqarib yuboradilar, ziyoratni ko'paytirma ham, sendan malollanib qoladilar", deydi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Abu Hurayraga: "Yo Abu Hurayra, kamroq ziyorat qilsang, muhabbating ortadi", dedilar.

Bakr ibn Abdulloh Mazaniy: "Sog' odam ziyorat qilinadi, kasal borib ko'riladi", deydilar.

Umar (roziyallohu anhu) Abu Muso Ash'ariyga: "Oldinga kelgan insonlarni yuzlariga qara va ularni hurmat qil, chunki insonlar orasida hojatlarni chiqaradiganlari, zikr qiladiganlari, albatta, bor", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:51:14

Abu Ja'far aytadilar: "Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) ko'rpacha to'shadim, unga o'tirdilar-da: "Hurmatdan faqatgina eshak bosh tortadi", dedilar".

Toriq ibn Abdurahmon: "Sha'biy huzurida o'tirgan edim, uning oldiga Falon ibn Jarir kelgan edi, unga yostiq tashladi, u o'tirdi-da: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarga biror qavmning ulug'i kelsa, uni hurmat qilinglar", deb aytganlar" deb hikoya qiladi.

Salma ibn Kuhayl Abu Juhayfadan rivoyat qiladi: "Ulug'lar bilan o'tir, ulamolar bilan birga yur, hukamolar bilan do'st bo'l".

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kishi Mahshargohga do'stining dinida keladi, bas, har biringiz kimni do'st tutayotganiga qarasin", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:51:24

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zilar insonlarga aralashishni tark qilib, uzlatga chekindilar va: "Uzlatda salomatlik bor", dedilar. Bu haqda biz aytadigan gap shuki, kishi dinini saqlab qololsa, uzlat qilsin, ammo nafsi bilan holi qolib, vasvasaga tushsa, uning uchun insonlar haq-huquqlari bilib, va ularni ulug'lab ularga aralashib yurishi afzaldir.

Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Agar vasvasa bo'lmaganida, men insonlar bilan gaplashishni xohlamasdim". Hukamolardan biri o'g'liga: "Ey o'g'ilcham, besh toifa insonlardan tashqari xohlaganing bilan do'st bo'l, ammo besh kishi bilan do'st bo'lishdan saqlan. Yolg'onchini do'st tutma, chunki yolg'onchining so'zi sarob kabi yaqinni uzoq, uzoqni yaqin ko'rsatadi. Ahmoqni do'st tutma, chunki u senga foyda beraman deb zarar keltiradi. Tamagirni do'st tutma, chunki u senga eyimlik va ichimlikni sotadi. Baxilni do'st tutma, chunki baxil senga kerak bo'lganda yordamini bermaydi. Qo'pol bilan do'stlashma, chunki u seni ham, ota-onangni ham so'kadi. Qo'pollik qilayotgani esa, uning xayoliga ham kelmaydi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:51:38

33-bob
Salomlashish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar biror qavmning oldidan o'tsang, ularga salom ber, shunda ularga javob  qaytarish vojib bo'ladi. Insonlar qaysi biri (salom berganmi yoki alik olganmi) afzal ekani haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar: "Salomga javob qaytarishning savobi ko'p, chunki alik olish farz, salom berish sunnat, demak farzning savobi sunnatning savobidan ko'proq bo'ladi. Alloh  taolo: ... dedi va salomga javob qaytarishga buyurdi, Alloh taoloning buyrug'i farz", deyishdi. Ba'zilar: "Salom berishning savobi ko'p, chunki u oldin o'tdi, oldin o'tish fazil at", deb aytishdi.

A'mash Amr ibn Murradan, u Abdulloh ibn Horisdan rivoyat qiladi: "Agar bir kishi bir qavmga salom bersa, unga bir daraja fazl bo'ladi. Agar qavm unga alik olmasa maloikalar unga alik olishada va u qavmni la'natlashadi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Men sizlarni, agar buni qilsangizlar, bir-birlaringizni yaxshi ko'rib qoladigan ishga buyuraymi?" dedilar. Sahobalar: "Ha, ey Rasululloh", deyishdi. Rasululloh: "Oralaringizda salomni yoyinglar", dedilar.

Ato: "Yurib ketayotgan o'tirganga, kichkina kattaga, ulovli ulovsizga salom beradi. Orqangdan kelgan kishi senga salom beradi, agar ikkita kishi yo'liqib qolishsa, salomdan boshlashadi", deydilar. Hasan aytadilar: "Bir qavmning istiqboliga chiqqan qavm avval salom beradi". Zayd ibn Vahb rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ulovli ulovsizga, yurib ketayotgan o'tirganga, ozchilik ko'pchilikka salom beradi", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:51:46

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar bir jamoat bir qavmga kirsa va salomni tark qilsa, hammasi gunohkor bo'ladi, agar birortasi salom bersa, hammasi savob oladi, agar hammasi salom bersa, ana shu afzal. Agar ali olmasa, hammalari gunohkor bo'ladi, agar birortasi alik olsa, barchalaridan soqit bo'ladi, agar hammalari javob qaytarsa, ana shu afzaldir. Ba'zilar: "Hammalariga javob qaytarish vojib", deydi. Abu Yusuf: "Javob farz shuning uchun, alik olish ularning hammasiga vojib bo'ladi", deydilar. Ba'zilar: "Ulardan bittasi javob bersa, hammasidan soqit bo'ladi", deyishadi. Biz shu so'zni olamiz.

A'mash Zayd ibn Vahbdan rivoyat qiladilar: "Muoviya ibn Hurra Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi: "Agar salom bersanglar, eshittirib aytinglar, agar alik olsanglar ham, eshittiringlar, o'tirsanglar omonat bilan o'tiringlar, ba'zingiz ba'zingizning so'zini hech ko'tarmasin", ya'ni, bo'hton, g'iybat qilmasin.

Kishi birovga salom bersa, ko'plik lafzi bilan salom bersin, shuningdek javobda ham, chunki salom berilgan kishi yolg'iz bo'lmaydi. ("assalomu alayka", desa, "senga salom bo'lsin", "assalomu alaykum", desa, "sizlarga salom bo'lsin", degani bo'ladi — Muh.)

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:51:57

A'mash Ibrohim Naxa'iydan rivoyat qiladi: "Birortaga salom bersang, "Assalomu alaykum", degin, chunki u bilan farishta birga bo'ladi".

Abu Mas'ud Ansoriy rivoyat qiladi: "Bir ayol Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga keldi va: "Alaykassalom" dedi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Bu salom o'liklarga beriladi, balki "Assalomu alaykum", degin", dedilar".

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Salomning eng afzali "Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakotuh" deb aytish, javob ham shunday, chunki bunda savob ko'proq, boshqa biron narsani ziyoda qilish joiz bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:52:37

Abu Umoma Suhayl ibn Hanifdan, u otasidan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim assalomu alaykum, desa, unga o'nta yaxshilik bor, kim assalomu alaykum va rahmatulloh, desa, unga yigirmata yaxshilik bor, kim, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh, desa, unga o'ttiz yaxshilik bor", dedilar.

Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): "Har bir narsaning nihoyasi bor, salomning nihoyasi — barakotdir", dedilar.

Rivoyat qilinishicha, Ibn Abbos bir kishining assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu va mag'firatuh, deganini eshitdilar va: "maloikalar solihlar uyi ahliga aytgan: "rahmatullohi va barakotuhu alaykum ahlal bayt innahu hamidum majid" degan so'z bilan tugatinglar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:52:56

34-bob
Bolalarga salom berish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar bolalarga salom berish haqida ixtilof qildilar. Ba'zilar: "Ularga salom berish durust emas", dedi. Ba'zalar: "Ularga salom berish uni tark qilishdan afzaldir", dedi. Biz shu gapni olamiz.

Ularga salom berilmaydi deganlar, salomni qaytarish farzdir, (balog'atga etmagan) sabiyga farz yuklab bo'lmaydi, bas, salomga javob qaytarish lozim bo'lmas ekan, unga salom berish ham lozim emas, deyishdi. Ash'as Hasan Basriydan rivoyat qiladi: "Bolalarga salom berish odat qilinmaydi, ularning oldidan salom bermasdan o'tilaveradi".

Muhammad ibn Siyrin bolalarga salom berardilar, lekin ularga eshittirmasdilar.

Bolalarga ham salom beriladi, deydiganlar ushbu hadisni hujjat qilishadi: Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) xodimi edilar, aytadilarki: "Bolalar bilan birga edim, to'satdan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kelib qoldilar va bizga salom berdilar, so'ng meni chaqirib bir xizmatga yubordilar".

Anbasa ibn Ammor aytadilar: "Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) bizning oldimizdan o'tib, bizga salom berardilar, vaholanki, biz maktab bolalari edik". Hakim: "Shurayh kattayu kichikka salom berardi", deydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:53:32

35-bob
Zimmiylarga salom berish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar ahli zimmaga (musulmonlar orasida yashab yurgan kofirlar) salom berish haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar, buning ziyoni yo'q dedi. Ba'zilar, ularga salom berish lozim emas, mabodo ular salom bersa, javob qaytarish lozim, dedi. Biz shu gapni olamiz.

Ziyoni yo'q deganlar Abu Umoma Bohiliyning rivoyatini hujjat qilib keltiradilar. U kishi yahudiy va nasorolarning oldidan o'tsalar, ularga salom berardilar va aytardilarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga har bir muslim va zimmiyga salomni yoyishni buyurdilar".

Alqama aytadilar: "Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu) bilan birga Solihin degan mavze'ga bordim. U erliklarning to'qqizta oqsoqoli ertalab u zotga salom berdi. Ular Kufaga kirishgach, boshqa yo'ldan ketishdi, shunda ayrilayotib u zot ularga salom berdilar. Men: "Kofirlarga salom beryapsizmi?" dedim. "Ha, albatta, bizga hamroh bo'ldilar, hamrohlikning haqqi bor", dedilar.

Ularga salom berilmaydi, deganlar Sahl ibn Abu Solihning otasidan, otasi Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisni olishadi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Yahudiy va nasorolarga salom berib boshlamanglar, agar ular sizlarga yo'lda yo'liqsa, ularni yo'lning tor joyidan yurishga majbur qilinglar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:53:42

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Yahudiy va majusiylarga salom bermanglar", deganlar.

Abdulloh ibn Dinor Abdulloh ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar yahudiylar sizlarga salom bersa, "va alaykum" denglar va bunga ziyoda qilmanglar", dedilar.

Anas: "Biz (ahli kitobga) "va alaykum"ga ziyoda qilishdan qaytarildik", deganlar.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar musulmonlar va kofirlar aralash bo'lgan qavm oldidan o'tsang, ixtiyor o'zingda, xohlasang "assalomu alaykum" de va bu bilan mo'minlarni iroda qil, xohlasang "assalomu manittaba' al huda" (hidoyatga ergashganlarga salom bo'lsin) de.

Mujohid aytadilar: "Yahudiy yoki nasoroga xat yozsang, "Assalomu manittaba' al huda" deb yoz".

Qayd etilgan