Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272667 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:16:59

41-bob
Ziynatlardan foydalanish haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Ziynat va harirdan foydalanish masalasida odamlar ixtilof qilishdi. Ba'zilar buning zarari yo'q, dedi. Bu Abu Hanifaning so'zlari. Ba'zilar makruh dedi. Bu Muhammad ibn Hasanning so'zlari. Shunisi olinadi.

Joiz deganlarning hujjati Ibrohim ibn Mas'ud Abu Rashiddan qilgan rivoyatdir: "Men ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) to'shaklarida ipak yostiqni ko'rdim", deydilar.

Aytishlaricha, Hasan Basriy kelin to'yida qatnashib, ziynatlangan yostiqqa o'tirganlar.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) nikoh to'yiga borganlarida ipak yostiqqa o'tirganlari, unda qushlar surati bo'lgani rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:17:07

Rivoyat qilishlaricha: Oisha onamiz (roziyallohu anho) hujralari eshigida qushlar surati tasvirlangan parda osig'lik edi. Jabroil (alayhissalotu vassalom) tushdi va: "Ey Rasululloh, men it yoki surat bo'lgan uyga kirmayman, yo ularning boshini kesib tashlang, yoki to'shak qilib to'shang", dedi.

Makruh deganlar Said ibn Molikdan qilingan rivoyatni oladi. U zot: "G'nayotgan ko'mir cho'g'iga suyanishim, ipak yostiqqa suyanishimdan ko'ra yaxshiroqdir", deganlar.

Ibn Siyrin: "Men Ubayda Salmoniydan: "Ziynatdan foydalanishni uni kiyish kabi yomon ko'rasanmi?" deb so'radim. U kishi: "Ha", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:21:09

42-bob
Qizil rangli kiyim kiyish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zilar sariq va zafaronga bo'yalgan kiyim kiyishni makruh, deyishdi. Ayrimlar zarari yo'q, deydi. Makruh deganlar Ibn Umarning ushbu hadislarini hujjat qilishadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) meni sariq va  qasiy (kiyimning bir turi) kiyishdan hamda ruku'da qiroat qilishdan qaytardilar".

Hasan Basriy Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Qizil rangdan chetlashinglar, chunki qizil rang shaytonning ziynati va u qizil rangni yaxshi ko'radi".

Amr ibn Shuayb otasidan, otasi bobosidan rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ustimda sariqqa bo'yalgan yopinchiqni ko'rib, mendan yuz o'girdilar. Darhol borib, uni yoqib yubordim va boshqasini kiyib qaytdim. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yopinchiqni nima qilding?" dedilar. "Siz mendan yuz o'girganingizni ko'rib, uni yoqib yubordim", dedim. Shunda: "Uni ayollaringdan birortasiga bermadingmi?" dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:21:22

Sariq, qizil kiyim kiyishni muboh deganlarning hujjati Vaki' Sufyondan, u Abu Ishoqdan, u Baro ibn Ozibdan rivoyat qilgan hadisdir. Baro: "Qizil kiyimda Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) yaxshiroq kishini ko'rmadim", deganlar.

Ka'b ibn Ujraning bir quli: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashobidan sariqqa bo'yalgan kiyimni qiygan to'rtta-beshtasiga yo'liqdim", deb rivoyat qilgan. Molik ibn Mug'avvil aytadi: "Sha'biyni qizil yopinchiq yopingan holda ko'rdim". Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Avvalgi so'z sahihroq, Abu Hanifa ham shuni ixtiyor qilganlar. Biz ham shunisini olamiz. "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qizil kiyimni kiyishlari esa, nahiydan oldin bo'lgani ehtimol qilinadi. Ammo sahobalardan (roziyallohu anhum) rivoyat qilingan hadis lozim emas, chunki ulardan qaysi biri qizil kiygani bayon etilmagan. Chunki Umar va Ali (roziyallohu anhumo) bundan qaytarganlari aniqdir. Sha'biydan rivoyat qilingan hadisga kelsak, u zot qozilikdan qochib sariq kiyimni kiyardilar, shatranj o'ynardilar, yosh bola, yigitlar bilan fil ko'rgani chiqardilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:22:26

43-bob
Yirtqich hayvonlarning terisi haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar yirtqichlarning terisi xususida ixtilof qilishdi. Bizning ashoblarimiz: "Yirtqichlarning terisida zarar yo'q, oshlangan yoki tozalangan bo'lsa, unda namoz o'qisa joiz, faqat cho'chqaning terisidan boshqa", deyishdi. Ba'zilar butunlay hammasini yomon ko'rishdi va Abu Mulih Hazaliy rivoyat qilgan hadisni hujjat keltirishdi. Aytdilarki: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) yirtqichlarning terisini kiyishdan va uni to'shashdan qaytardilar". Umar (roziyallohu anhu) bir kishining boshida tulki terisidan tikilgan bosh kiyimni ko'rib yirtib tashlaganlari rivoyat qilinadi. Hasan Basriydan tulkilarning terisida namoz o'qishni yomon ko'rganlari naql etilgan.

Ammo ashoblarimizning hujjati Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisdir: U zot (sollallohu alayhi vasallam): "Har qaysi oshlangan teri poqdir", deganlar.

Avf rivoyat qiladilar: "Ibn Siyrindan yo'lbars terisi haqida savol qilishdi. U: "Buni gunoh sanab, tark qilgan birortani bilmayman", dedilar.

Mutrif ibn Shaxir aytadilar: "Ammor ibn Yosirning oldlariga bordim. Huzurlarida tikuvchi bor edi. Unga tulkilarning terisini ko'rsatar edilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:22:34

Ibrohim Naxa'iyning tulki terisidan tikilgan bosh kiyimi bo'lgani rivoyat qilinadi.

Nahiy qilingan asarlar esa, oshlanmagan terilar xususida vorid bo'lib, dunyo ziynatini tark qilish uchundir, harom bo'lgani uchun emas deb ehtimol qilinadi. Chunki, insonlarning yashashi og'ir edi. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisga qara: U zot: "Biz bilan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) taomi ikkita qora — xurmo va suv edi. Biz sizlarning bazmlaringizni o'ylamasdik, balki bizning libosimiz mana bu nimor (ya'ni, jun) edi", deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:24:52

44-bob
Go'sht yeyish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Oldingilar go'shtni eyishni mustahab sanashar, unga rag'bat qilishar, ammo doimiy eyishni makruh bilishar edi. Alidan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: "Go'shtni englar, chunki go'sht go'shtni o'stiradi, eshitishni kuchaytiradi". Yana aytadilar: "Kim qirq kun go'sht emasa, savlatiga zarar beribdi". Zuhriy aytadilar: "Go'sht etmishta quvvatni ziyoda qiladi".

Abdulmalik ibn Marvon bolalarini Sha'biyga tarbiya berishi uchun topshirganida: "Ularning sochini oling, bo'yni qattiqlashadi, ularga go'sht ediring, qalbi mustahkamlanadi va ularni odamlar bilan o'tqizing", degan.

Doim go'shtni iste'mol qilishni makruh sanashgan.

Oisha (roziyallohu anho) aytganlar: "Ey Bani Tamim, go'sht eyishni doimiy qilib olmanglar, chunki unda aroqqa o'xshash yovuzlik bor".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:25:05

Umar (roziyallohu anhu) qassoblarga nisbatan ko'p ixtilof qilayotgan kishini ko'rganlarida, uni darra bilan urib: "Albatta, hamrda sovuqqonlik — yovuzlik bo'lgani kabi, go'shtda ham yovuzlik bor", dedilar.

Abu Umoma Boholiy rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taolo semiz erdan, go'shtli uy ahlidan g'azablanadi", dedilar". Ba'zilar, bu erda go'shtni ko'p eydigan kishilarni nazarda tutganlar, deyishadi. Ba'zilar, insonlarni g'iybat qiladigan kishilarni nazarda tutganlar, deyishgan.

Abu Umar Shayboniy Ibn Mas'uddan rivoyat qiladi: "U zot bir kishining dirhamlari borligini ko'rib, unga: "Bu nima?" dedilar. U: "Ramazon oyiga go'sht sotib olmoqchiman", dedi. Ibn Ma'sud: "Uyingga bor, uni xotiningga ber va unga har kun bir dirhamga go'shtni harid qilishni buyur. Senga shu yaxshiroq usul", dedilar.

Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Go'shtni ajamlar kesganidek, pichoq bilan kesmanglar, balki uni tish bilan tishlanglar, chunki bu foydaliroq va mazaliroqdir", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:26:37

45-bob
Murabbo yeyish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zi insonlar murabbo va suyuq taom eyishni qarih ko'rishdi. Ulamolar ommasi buni muboh deyishgan. Makruh deganlar hujjat qilib Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Kishi  xohlagan narsasini eyishi isrofdir", degan hadislarni olishadi. Huzayfa ibn Yamon: "Qancha-qancha bir nafaslik shahvatlar sohibiga uzun-uzun qayg'ularni olib keldi", deganlar.

Umarga (roziyallohu anhu) asaldan ichimlik keltirilganida, uni oldilar, so'ng qaytardilar va: "Alloh taolo: "Kofir bo'lgan kimsalar do'zaxga ko'ndalang qilinadigan Kunda (ularga deyilur):


"Sizlar o'z huzur-halovatlaringizni hayoti dunyolaringizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib bo'ldingiz. Endi bugun er yuzida nohaq kibru havo qilganlaringiz va itoatsiz bo'lganlingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanursizlar" (Ahqof, 20), degan kishilardan bo'lib qolishimdan qo'rqdim", dedilar.

Muboh deganlar Vaki' Amr ibn Dinordan, u otasidan rivoyat qilgan hadisni olishadi: Umar (roziyallohu anhu) insonlarni Iroqqa yo'llagan vaqtda: "Sizlar shunday erga boryapsizlarki, u erda taom va ne'matlarning turli xiliga yo'liqasizlar, har bir turi qo'yilganda, Alloh ismini zikr qilib, so'ng englar", deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:26:52

Hasandan rivoyat qilindi: U zot dasturxon ustida edilar. Molik ibn Dinor ham bor edi. Murabbo keltirildi. Molik undan emadilar. Shunda Hasan unga: "Eyver, chunki Alloh taoloning senga sovuq suvda bergan ne'mati bundagidan ko'proq", dedilar.

Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) ho'l xurmoni tarvuz bilan eganlari rivoyat qilingan.

Umar (roziyallohu anhu) taomni shakar bilan eganlari aytilgan. Hasan Basriy: "Asal, toza yog' bilan aralashgan bug'doy suvi biror musulmon ayb sanamagan taomdir", deydilar. Alloh taolo: "Ayting: Alloh bandalari uchun chiqargan bezak (liboslarni) va halol-pok rizqlarni kim harom qildi?!" Ayting:

"Ular (ya'ni, bezak va halol rizqlar) hayoti dunyoda iymon egalari uchun (bo'lib, kofirlar ham ularga sherik bo'lur), qiyomat kunida esa faqat (mo'minlarning) o'zlariga xosdir" (A'rof, 32), deydi".

Qayd etilgan