54-bob
Chaqiriqqa javob qilish
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar nikoh to'yiga chaqirilsang, modomiki, moli halol bo'lsa va u erda fosiqlik bo'lmasa, borishning zarari yo'q, agar moli lol bo'lmasa, shuningdek, to'y egasi mashhur fosiq bo'lsa, unga ijobat qilma toki, sen uning fosiqligiga rozi emasligingni bilsin. To'yga borganingda, u erda munkar ishni ko'rsang, ularni bundan qaytar, agar qaytmasalar, sen qayt, chunki ular bilan birga o'tirsang, ular seni o'zlarining ishiga rozi deb o'ylab qolishadi. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Kimki bir qavmga o'xshasa, u ulardandir".
Ba'zilar, chaqiriqqa ijobat qilish vojib, uni tark qilish mumkin emas, deb Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisni hujjat keltirishadi: "Kim chaqiriqqa ijobat qilmasa, Abulqosimga (ya'ni, Rasulullohga) osiy bo'libdi". Ulamolarning ommasi aytishadiki: "vojib emas", balki muakkada. Agar to'yga boy-kambag'al barobar chaqirilgan bo'lsa, ijobat qilish afzal. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar men qo'yning kalla-pochasiga chaqirilsam ham boraman. Agar menga kalla-pocha hadya qilinsa ham, qabul etaman", deganlar. Yuqorida o'tgan: "Kim chaqiriqqa ijobat qilmasa, Abulqosimga osiy bo'libdi", degan. xabar esa, johiliyatda qavmlar orasida adovat bo'lgani, chaqiriqqa ijobatda qilganda ulfat-do'stlik uyg'onishi, yo'qsa, adovat kuchayishi sababli aytib, ularga ijobat vojib qilingan edi. Agar mana shu tomondan xotirjam bo'linsa, kishi xohlasa, ijobat qiladi, xohlasa, tark etadi, ammo ijobat afzal, chunki ijobatda xursandchilik bor. Hukamolarning ba'zisi: