Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272709 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:40:34

Abdulloh ibn Mas'ud: "Agar kishi uyiga kirib, "bismillah" demasdan ovqatlansa, shayton u bilan birga eydi. Allohning ismini zikr qilsa, qolgan taomidan shayton to'silib, egan narsasini qayt qiladi va u kishi yangi taomni  boshlaydi", deydilar. O'ng qo'lda yeyish sunnatdir. Ayos ibn Salama otasidan, u Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) chap qo'lda eya boshlagan kishini ko'rib, unga o'ng qo'li bilan eyishni buyurdilar. U: "Eya olmayman", dedi. Yana buyurdilar. U: "Ilojim yo'q", dedi. "Unda (o'ng qo'ling bilan) eyolmay qol", dedilar Nabiy (sollallohu alayhi vasallam). Shundan keyin o'sha odam o'ng qo'lini umuman og'ziga olib borolmadi".

Taom o'rtasidan eyilmaydi. Said ibn Jubayr Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Baraka taomning o'rtasidan tushadi. Bas, chetidan englar, o'rtasidan emanglar", dedilar.

Hasan Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Taomni tepasidan emanglar, chunki baraka tepasidan tushadi", dedilar.

Agar, ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) taom o'rtasidan eganlari va: "Men barakani eyman, uni tark qilmayman", deganlari rivoyat qilingan-ku, deyilsa, u kishining dastlab chetidan eganlari so'ng shunday qilganlari ehtimolga olinadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:40:46

Qo'lni artishdan oldin barmoqlarni yalash sunnat. Tark qilish esa, takabbur ajamlarning ishidandir, shuningdek, idishni yalash ham sunnat. Aytiladiki, idish uni yalagan kishi uchun istig'for so'raydi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh va farishtalari barmoqlarini yalagan kishilarga salovot aytadi", deganlar. Ato Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar birortangiz ovqatlansa, barmoqlarini yalaguncha qo'lini artmasin", dedilar". Jobir ibn Abdulloh Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) idishni yalashga buyurganlarini rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Yazid: "Ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) ovqatdan keyin uchta barmoqlarini yalaganlarini ko'rdim", deydilar. Jobir yana Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Agar birortangiz taomlansa, barmoqlarini yalamagunicha qo'lini hargiz artmasin, chunki u taomning qaysi joyda o'ziga baraka borligini bilmaydi", deganlarini rivoyat qilganlar.

Dasturxonga tushgan narsani yeyish ham sunnat. Hajjoj Salamiy rivoyat qilgan hadisda aytiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim dasturxonga tushgan narsani esa, rizqi doim keng bo'ladi. Shunda u o'zining, bolasining va bolasining bolasi haqqiga vafo qiladi", deganlar. Jobir Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Agar birortangizning luqmasi tushsa, olsin va undan zararini olib tashlab esin,  shaytonga qoldirmasin", dedilar.

Mevani po'chog'i bilan bir tovoqqa qo'ymaslik sunnatdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xurmo bilan danagini bir tovoqqa solishdan qaytarganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:40:55

Taomdan so'ng Alloh taologa hamd aytish sunnatdir.

Abu Bakr Huzaliy Atodan rivoyat qiladi: Rasul sallallohu alayhi vasallam: Agar taomda to'rtta xislat topilsa, uning sharti to'liq bo'ladi: haloldan bo'lsa, eyilganda Alloh taoloning ismi zikr qilinsa, so'ng ko'p qo'l unga uzatilsa va tanovuldan keyin Alloh taologa hamd aytsa", dedilar. Alloh azza va jallaga hamd aytganda ovozini ko'tarish durust emas, faqat hamma eb bo'lishgach, joiz, chunki ovoz chiqarib hamd aytishda ularni eyishdan man qilish bor.

Taomdan oldin va keyin tuzdan totish mustahab, chunki bu ishda etmishta kasallikka shifo bor deyilgan. Kishi o'zining oldidan olib eyishi mustahab. Ko'pchilik bo'lib yeyish yolg'iz eyishdan afzal. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Ko'pchilik bo'lib ovqatlansangizlar, Alloh taolo taomlaringizni barakatli qiladi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) yana: "Insonlarning eng yomoni yolg'iz ovqatlangan, xizmatkorini urgan va elchini qaytargan kishidir", deganlar. Boshqa bir hadisda aytiladi: "Alloh taologa taomning eng seviklisi unga ko'p qo'llar uzatilganidir".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:41:07

Inson qorni to'yguncha eyishi makruh. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Odam farzandi biror idishni qorni kabi yomon to'ldirmaydi", dedilar. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan boshqa hadisda: "Inson farzandiga sulbini qon qila oladigan oziqalar kifoya qiladi, agar shunday bo'lsa, me'dasining uchdan biri taom, uchdan biri sharob va uchdan biri havo uchundir", deyilgan. Yana aytganlarki: "Har bir kasallik ko'p eyishdan va har bir davo oz eyishdan".

Aytishlaricha, oz eyishda ko'p foydalar bor, ulardan  ba'zilari: kishi jismi sog'lom bo'ladi, xotirasi yaxshilanadi, fahmi o'tkirlashadi, nafas olishi engillashadi. Va ko'p eyishda oshqozonga og'irlik bor, undan  har xil kasalliklar paydo bo'ladi.

Aytiladiki, oz eyishdan illat paydo bo'lsa, ozgina davodan so'ng sog'ayadi, agar illat ko'p eyishdan paydo bo'lsa, uni ketkizish uchun ko'p davoga muhtoj bo'ladi. Ba'zi hukamolar: "Uch toifa odamlar boshqalarni ular ozor etkazmasa ham, yomon ko'radi: baxil, mutakabbir va ko'p eyuvchi", deyishgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:43:14

54-bob
Chaqiriqqa javob qilish


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar nikoh to'yiga chaqirilsang, modomiki, moli halol bo'lsa va u erda fosiqlik bo'lmasa, borishning zarari yo'q, agar moli lol bo'lmasa, shuningdek, to'y egasi mashhur fosiq bo'lsa, unga ijobat qilma toki, sen uning fosiqligiga rozi emasligingni bilsin. To'yga borganingda, u erda munkar ishni ko'rsang, ularni bundan qaytar, agar qaytmasalar, sen qayt, chunki ular bilan birga o'tirsang, ular seni o'zlarining  ishiga rozi deb o'ylab qolishadi. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Kimki bir qavmga o'xshasa, u ulardandir".

Ba'zilar, chaqiriqqa ijobat qilish vojib, uni tark qilish mumkin emas, deb Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisni hujjat keltirishadi: "Kim chaqiriqqa ijobat qilmasa, Abulqosimga (ya'ni, Rasulullohga) osiy bo'libdi". Ulamolarning ommasi aytishadiki: "vojib emas", balki muakkada. Agar to'yga boy-kambag'al barobar chaqirilgan bo'lsa, ijobat qilish afzal. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar men qo'yning kalla-pochasiga chaqirilsam ham boraman. Agar menga kalla-pocha hadya qilinsa ham, qabul etaman", deganlar. Yuqorida o'tgan: "Kim chaqiriqqa ijobat qilmasa,  Abulqosimga osiy bo'libdi", degan. xabar esa, johiliyatda qavmlar orasida adovat bo'lgani, chaqiriqqa ijobatda qilganda ulfat-do'stlik uyg'onishi, yo'qsa, adovat kuchayishi sababli aytib, ularga ijobat vojib qilingan edi. Agar mana shu tomondan xotirjam bo'linsa, kishi xohlasa, ijobat qiladi, xohlasa, tark etadi, ammo ijobat afzal, chunki ijobatda xursandchilik bor. Hukamolarning ba'zisi:

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:43:23

Agar bir inson seni chaqirsa, sen ijobat qil, bor, agar senda ochiq-ravshan uzr bo'lmasa, bormasliging durust emas. Chunki ijobatni javobsiz qoldirishda jafo, yana va'daga xiloflik bor. Agar to'yga chaqirilganingda,  ro'zador bo'lsang, buni to'y egasiga bildir. Agar u: "Siz bormasangiz bo'lmaydi", desa, ijobat qil. Nafl ro'za tutgan bo'lsang va to'ydagilarga noqulaylik tug'dirmasligingni bilsang, og'iz ochma. Agar taomdan emasliging ularga og'ir botsa, og'zingni och, so'ng bir kun qazosini tutasan, xohlasang ochma, lekin og'iz ochishing afzal. Abu Said Xudriy aytadilar: "Bir kishi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) va u zotni ashobini mehmon qildi, ularning ichida ro'zador kishi bor edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Birodaringga ijobat qil va og'zingni och, so'ng bir kun qazosini tut", dedilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Agar birontangiz taomga chaqirilsa, ijobat qilsin, og'zi ochiq bo'lsa, esin, agar ro'zador bo'lsa, unga salavot aytsin", ya'ni, unga barakot tilab duo qilsin. Umarni (roziyallohu anhu) taomga chaqirishdi, borib o'tirganlarida, taom qo'yildi, qo'llarini cho'zib: "Bismillah, qani, olinglar", dedilar, so'ng qo'llarini olib: "Men ro'zadorman", deb aytdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:44:05

55-bob
Ziyofat odobi haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadi: Mehmon uy egasi ko'rsatgan o'ringa o'tirishi mustahab, chunki mezbon uyining holatini yaxshi biladi. Mehmonga to'rtta narsa mustahab: ko'rsatilgan joyga o'tirishi, dasturxonga qo'yilgan narsaga rozi bo'lishi, faqat uy egasining izni bilan turishi, chiqqan vaqtda uning haqqiga duo qilishi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) mehmondorchilikdan chiqsalar: "Sizning oldingizda ro'zador og'iz ochdi, yaxshilar taomlaringizni edi, sizlarga maloyikalar salovot aytdi va sizlarga rahmat yog'ildi", deb aytar edilar.

Mehmon uyning egasidan suv va tuzdan boshqasini talab qilmaydi. Yana taomni ayblamasligi va taomdan so'ng Allohga hamd aytishi lozim, bu adabdir. Bir masalda aytiladiki, mehmon xohlagan va orzu qilgan narsasini emas, balki o'ziga keltirilgan narsani iste'mol etadi. Agar dasturxon boshida o'zidan yoshi kattaroq kishi bo'lsa, undan oldin boshlamaydi. Chunki rahbarlik sulton uchun, va boshlash yoshi katta uchun, deyilgan.

Zikr qilinishicha, bir hakim taomga chaqirilganda, aytdiki: "Uchta shart bilan  ijobat qilaman: takalluf etmaysan, xiyonat qilmaysan, jabr bermaysan", dedi. "Takalluf nima?", deb so'radi. "O'zingda bo'lmagan narsaga taklif qilish", deb javob berdi. "Xiyonat nima?", dedi. "O'zingda bor narsaga baxillik qilib, mehmonga olib kelmaslik", deb javob berdi.  "Jabr nima?"  deb so'radi. "Oilangni mahrum qilib, mehmoningga berishing", deb javob berdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:44:17

Agar bir qavmni taomga chaqirsang, ularga xizmat qil, bu ish muruvvatdandir, Alloh taoloning:

"Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari..." (Zoriyot, 24), degan so'zidagi "izzat-ikrom" ularga xizmat qilishdir.

Ziyofatga zo'rlanmaydi gohida oling-oling deb turiladi. Chunki ot hushtaksiz ham ichadi, ammo hushtak bilan ko'p ichadi, tuya niqtamasa ham yuradi, ammo niqtasa tezroq yuradi. Shuningdek, mehmonga oling-oling deb turish  foydali bo'ladi. Ammo majburlanmaydi, chunki bu yomondir. Mehmonlarning oldida sukutni ko'paytma, ularni yolg'iz qoldirma, ularning oldida xizmatkorga g'azab qilma, chunki mehmonlarga ko'rsatiladigan eng yaxshi hurmat ochiq yuz va chiroyli so'zdir. Mehmonlar bilan birga ularga malol keladigan kishini o'tqazish durust emas, chunki malollik taomni bo'g'adi, ishtahani buzadi. Agar ular ovqatlarinib bo'lsalar va ijozat so'rasalar, ularni ushlab turish durust emas, chunki bu ularga og'ir keladi. Muhammad ibn Siyrin: "Birodaringni u yomon ko'rgan narsa bilan ikrom qilma", dedilar va shunday hikoya qildilar: "Bir hakimni bir kishi mehmonga chaqiribdi. U: "Uchta shart bilan senga ijobat qilaman, menga zahar bermaysan, men bilan o'zing yaxshi ko'rgan, menga yoqmagan kishini o'tqazmaysan, meni qamoqqa qamamaysan", dedi. U kishi "Xo'p", dedi. Borganida u bilan birga yosh bolani o'tqazdi. Taomni eb bo'lgach, yana eyishga qistay boshladi, ketishni xohlaganida yana bir oz o'tiring,  dedi. Shunda hakim unga: "Shartlarni hammasini buzding", dedi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:44:27

Mehmonlarning ba'zisi kelib, boshqalari kechiksa, hozir bo'lganlar taom taqdim etilishga haqlidirlar. Uch narsa sil qiladi: sustkash elchi, yorug'lik bermaydigan chiroq, kuttirilgan taom, deyiladi.

Mehmonlar qo'llarini yuvishlari uchun taomdan oldin suv olib kelishi lozim. Yuvish majlisning oxiridagi kishidan boshlanadi. Davraboshini oxirida yuvadi. Shunda boshqalar uning qo'l yuvib bo'lishini kutib turishadi va tanovulni birga boshlashadi.

Lekin ba'zilar kattadan boshlashni ma'qul ko'rishgan, agar taomdan oldin yuvilayotgan bo'lsa.

Taomdan oldin qo'l yuvgan kishi qo'lini sochiqqa artmaydi, chunki uni ushlagani uchun qo'lini yuvdi va yuvgandan so'ng ushlamasin. Lekin ba'zi odamlar qo'llarini artishni yaxshi bilishgan, demak, artsa ham zarari yo'q.

Taomdan so'ng qo'llar yuvilganda har safar dastsho'ni bo'shatishni ba'zilar yomon ko'rishgan. Chunki Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) shunday rivoyat bor: "Tog'oralarni to'ldiringlar va majusiylarga o'xshamanglar". Boshqa bir hadisda: "Yuvganlaringni jamlanglar, Alloh sizlarni jamlaydi", deyilgan. Har safar dastsho'ni bo'shatish ajamlarning fe'lidan, deyiladi. Ba'zilar: "Bo'shatishning ziyoni yo'q, chunki suv ko'paysa kiyimga sachraydi, natijada uni iflos qiladi", deyishgan.

Kishi o'zinikidan boshqaning luqmasiga qarashi makruhdir, chunki bu yomon odat. Mehmon taom keladigan tomonga ko'p qarayverishi durust emas, bu hol ham insonlarning nazdida makruhdir. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:44:42

56-bob
Tishlarni xilol qilish haqida


Ibn Siyrindan rivoyat qilinadi: "Ibn Umar tishlarni xilol qilishga buyurar va agar tark qilinsa, tishlar zaiflashadi, deb aytar edilar".

Jobir Umar ibn Xattobdan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: "(Tishingizni) o'rik suvi bilan chaymanglar, chunki u moxovni keltirib chiqaradi, qamish bilan xilol qilmanglar, qichima kasalini paydo qiladi". Avzo'iy: "Os (doimo yashil bo'lgan o'simlik) bilan xilol qilmanglar, chunki bu asabiylikni keltirib chiqaradi", deydilar.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishi xilol qilganida tishlarining orasidan chiqqan taomni yutib yuborsa ham, olib tashlasa ham joiz. Asarlarda ikki holat ham mubohligi aytilgan. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilarki: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim taomni esa, xilol qilingan narsani tupirib tashlasin, tili bilan chiqargan narsani yutib yuborsin. Kim shunday qilsa, yaxshi kim qilmasa, ziyoni yo'q", dedilar".

Go'shtdan oldin ikki-uch luqma non eb olish mustahab, shunda xilol qilishga hojat kamayadi. Rayhon, os, anor yog'ochi va taroq bilan xilol qilish makruh. Tishkovlagich  qora yoki sariq toldan bo'lishi mustahab. Agar kishi bir mehmon bo'lsa, tishlari orasini xilol qilsa, xilolni yoki tishlari orasidan chiqqan taomni boshqalarga ko'rsatishi durust emas. Uni ushlab turadi. Tog'ora keltirilganda, qo'lini yuvayotib unga tashlab yuboradi.

Qayd etilgan