Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272734 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:55:03

Ibrohim Naxa'iy:

"Ular o'zlariga zulm etgan vaqtda (unga qarshi kurashib) g'olib bo'ladigan zotlardir" (Sho'ro, 39), oyatini sharhlab: "Sahobalar mo'min kishi o'zini xorlashini yomon ko'rishardi", dedilar.

Oishadan (roziyallohu anho) quyidagi rivoyat naql qilinadi. Bir xotin u kishiga (roziyallohu anho) dedi: "Ba'zi qo'shnilarim meni tahqirlashadi, ba'zisi esa hurmat qilishadi". Shunda Oisha (roziyallohu anho): "Seni tahqirlagan kishini tahqirla, hurmat qilgan kishini esa hurmat qil", deb maslahat berdilar.

Faqih (u kishini Alloh rahmat qilsin) aytadilar: Oishaning (roziyallohu anho) gaplari ayni adolat va insofdir. Ammo kimki kechirimli bo'lib, o'ziga yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilsa, eng afzal ishdir. Chunki Alloh taolo marhamat qiladi:

"(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat etsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa — gunoh sababli (etur)" (Sho'ro, 30).

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:55:15

Jannat ahlining xulqlaridan bo'lgan uchta xulq borki, ular faqat saxiy, jo'mard kishilarda uchraydi: o'ziga yomonlik qilganga yaxshilik qilish; o'ziga zulm qilgan kishini kechirish; unga bermagan kishiga hadya qilish. Bunday axloq ushbu oyati karimaga muvofiq keladi:

"Marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o'giring!" (A'rof, 199).

Ibn Zayddan, u Sayd ibn Musayyabdan, u zot esa, Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi:

"Aqlning boshi Allohga iymon keltirgandan keyin insonlar bilan murosa qilishdir. Dunyoda ma'rifat ahli bo'lganlar oxiratda ham ma'rifat ahlidirlar, ular bilan maslahatlashgan kishi hargiz halokatga uchramaydi, chunki oyatda "Va ishlaringizda ularga maslahat soling!" (Oli Imron, 159), deb marhamat qilingan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:58:02

66-bob
Asoning fazilati haqida


Maymun ibn Mahron Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi: "Tayoq ko'tarib yurish mo'minning belgisi bo'lib, payg'ambarlarning sunnatidir".

Hasan Basriy (Alloh uni rahmat qilsin) deydilar: "Tayoqda oltita xislat bor: "Payg'ambarlar sunnati, mo'minlik belgisi, solih kishi uchun ziynat, dushmanlarga qarshi qurol zaiflarga yordam, munofiqlarning yomon ko'rishlari hamda toatda ziyodalik".

Aytadilarki, agar mo'min kishida tayoq bo'lsa, undan shayton qochadi, munofiq, fosiq kishilar esa, unga ta'zimda qiladi, namozda sutra to'siq bo'ladi, darmonsizlansa, quvvat bo'ladi, Alloh taolo Muso alayhissalomning qissalarida aytganidek, boshqa ko'pgina foydalari ham bor. "Ana u qo'lingdagi nimadir, ey Muso?! (Muso) dedi:

"U asoyim, unga tayanurman va u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib berurman. Yana unda boshqa ishlarim ham bor" (Toho, 17-18).

Tayoqqa suyanishda ming xil foyda bor deyishlgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:58:15

67-bob
Mo'min kishidan dunyoning ketishi haqida


Muoviya ibn Abu Sufyon aytadilar: "Abu Bakr (roziyallohu anhu) dunyoni xohlamadilar va dunyo ham u kishini xohlamadi. Umar (roziyallohu anhu) dunyoni xohlamadilar, dunyo esa u kishini xohladi. Usmon (roziyallohu anhu) dunyoni topdilar, dunyo ham u kishini topdi. Ali (roziyallohu anhu) bo'lsa, dunyoni gohida tark etib, gohida umid qildilar".

Biz-chi? Biz boshdan oyoq dunyoga cho'mganmiz, (shu sabab) ishlarning oqibati nima bo'lishini bilmaymiz.

Zayd ibn Arqam hikoya qiladi: "Abu Bakrning (roziyallohu anhu) huzurlarida edik, u kishi ichishga bir narsa so'radilar. Suv va asal keltirishdi. Og'izlariga yaqinlashtirgach, yig'ladilar. Biz ham yig'ladik, biz to'xtab jim qolsak-da, u zot jim bo'lmadilar. So'ng ko'zlarini artdilar: "Ey Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) xalifasi, qanday hojatingiz bor?, deb so'radik. "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan birga edim. Ul zot o'zlaridan nimanidir haydayotganlarini ko'rardimu, ammo oldlarida biror narsa ham, kishi ham yo'q edi. Shunda: "Ey Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), nimanidir haydayapsiz, lekin na biror narsa, na biror kishini ko'ryapman", deb so'radim. "Bu dunyo ko'zimga jilvalandi, mendan nari tur degan edim, chetlandi-da: "(Ey Rasululloh) siz mendan yuz o'girsangiz ham, sizdan keyin keladiganlar yuz o'girmaydi, dedi",  dedilar Rasululloh. Shuning uchun dunyo menga etishidan qo'rqdim",  deb javob qildilar hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu), keyin idishni erga qo'ydilar, ichmadilar".

Faqih aytadilar: Kimga dunyodan biror narsa halol yo'ldan etsa va uni olsa, gunohqor bo'lmaydi, lekin olmasa, oxirati uchun foydali. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Dunyoning haloliga hisob, haromiga azob", deb marhamat qilganlar. Abdulloh ibn Umar esa: "Kimga dunyodan biror narsa etsa, oxiratidan kamayadi, garchi u kishi Alloh yo'lida saxiy bo'lsa ham", deganlar. Allohning makridan qo'rqib, o'zidan panoh so'raymiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:59:44

68-bob
Qiyomat alomatlari


Faqih aytadilar: Vake' Sufyondan, u Furotdan, u Abit Tufayldan, u Huzayfa ibn Usayddan rivoyat qiladi: "Biz qiyomatni eslab, muzokara qilib turganimizda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) hujralaridan chiqib qoldilar. Shunda dedilar: "O'nta alomat kelmasdan oldin qiyomat bo'lmaydi: quyoshning mag'ribdan chiqishi, Dajjol, tutun, er hayvoni, Ya'juj-Ma'juj, Iso alayhissalomning chiqishlari, uchta oy tutulishi mag'ribda, mashriqda, Arabiston yarim orolida Adanning tubidan odamlarni mashhargohga haydab boradigan olovning chiqishi. U olov yotsalar yotadi, uxlasalar birga uxlaydi".

Umar (roziyallohu anhu) Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida Dajjol zikr etilganda, quyidagi so'zlarni aytganlarini rivoyat qilganlar: "Alloh sizlardan o'zining g'ilay emasligini va Masih Dajjolning o'ng ko'zi g'ilay ekanini bildirdi. Uning ko'zi o'ynab turadi".

Anas ibn Molik Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Rasululloh dedilar: "Alloh qaysi bir payg'ambarni yuborgan bo'lsa, u qavmini g'ilay yolg'onchi bilan ogohlantirgan: "U g'ilaydir, Parvardigoringiz esa g'ilay emas, g'ilayning ikki ko'zi orasiga "kofir" deb yozib qo'yilgan", deyishgan".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:59:53

Huzayfa rivoyat qiladilar: "Rasululloh dedilar: "Dajjolda suv va olov bo'ladi, suvi olov, olovi suvdir".

Fotima binti Qaysdan rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kechasi xuftonni kechiktirib o'qidilar. Keyin chiqib dedilar: "Tamim Doriy gapirib bergan voqea meni ushlab qoldi. Uning amakisining o'g'li dengizning bir oroliga borib qolibdi. U erda bir qasrni ko'ribdi. Unda zanjirlar bilan kishanlangan bir kishi sochini yulib turarkan. "Kimsan?" deb so'rabdi. "Dajjolman", debdi. So'ng: "Hali payg'ambar chiqqani yo'qmi?", deb so'rabdi. "Chiqdi", deb javob qilibdi dengizchi. "Unga itoat qilishyaptimi yo'qmi?", debdi. "Itoat qilishyapti"." Bu menga yomon, o'zlaringga yaxshi", debdi Dajjol".

Faqih aytadilar: Insonlar Dajjolning holati to'g'risida ixtilof qilishgan. Ba'zilari, u hozir hibsda, oxir zamonda chiqadi, deyishadi. Ba'zilari esa, hali tug'ilmagan, oxir zamonda tug'iladi, chiqib, odamlarni o'ziga ibodat qilishga chaqiradi, behisob yahudiylar unga ergashadilar, shaharlarni aylanib, ko'p kishilarni yo'ldan uradi. Keyin Iso ibn Maryam alayhissalom tushib, Baytul Maqdisning Lud degan eshigida Dajjolni o'ldiradilar. Er yuzida Islom dini zohir bo'ladi. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:00:12

69-bob
Gapning me'yori haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Aqlli kishining gaplari o'lchovli, o'rnida ishlatilgan bo'ladi. Oqil behuda gap gapirmaydi, ask holda, foydali gaplari ham yo'qoladi. So'ralmagan narsaga javob bermaydi, chunki bu ishda yengil tabiatlilik, aqli kamlik va nodonlik belgisi bor. Oqil kishi besabab g'azab qilishi loyiq emas. Kishining hayvonlarni urib-so'kishi johilligiga belgidir, deyiladi. Chunki hayvonlar aqlsiz, xitobni bilmaydi. Shuning uchun ularni urib-so'kish to'la johillikdir.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kishi shamolni la'natlayotganini eshitib: "Kimda kim bir narsani la'natlasa-yu, o'sha narsa la'natga loyiq bo'lmasa, la'nat o'ziga qaytadi", deganlar.

Abul Malih otasidan rivoyat qiladi: "Rasululloh sahobalardan birini mingashtirib olgan edilar. To'satdan ot qoqilib ketdi, shunda haligi kishi: "Badbaxt shayton", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Badbaxt shayton desang, shayton kattalashib, uyga sig'may ketadi. Lekin "Bismillah" desang, u pashshadek maydalashib qoladi", dedilar".

Sammok ibn Harb Abu Lifofa Adaviydan rivoyat qiladi: "Bokira joriya oldim va Madinaga kirdim, so'ng uni sotishni xohladim. Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) oldimdan o'tdilar va: "Ey a'robiy, bu qizni sotasanmi?, deb so'radilar. "Ha, ey Rasulullohning xalifasi", dedim. "Qanchaga sotasan?", dedilar. "Bir yuz elikka", dedim. "Yuzga sotmaysanmi", degan edilar. "Yo'q, Alloh sizga ofiyat bersin", dedim. U zot: "Yo'q, Alloh sizga ofiyat bersin", dema, balki "Yo'q, va Alloh sizga ofiyat bersin", degin, dedilar". Abu Bakr Siddiq bu erda kalomning haddini o'rgatyaptilar, ya'ni, "Yo'q, Alloh sizga ofiyat bersin", deyishda duoni ofiyatni inkor qilishga o'xshash ma'no chiqib qoladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:00:29

Oqil qalbiga zid keladigan va hech eshitmagan hadisni eshitsa, uni yolg'on deyishi ham, rost deyishi ham durust emas. Chunki uni yolg'onga chiqarsa, ehtimol, bu hadis rostdir. Balki: "Bu hadisni bilmayman", desin. Yahyo Abu Kasirdan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan rivoyat qiladi: "Ahli kitob Tavrotni ibroniy tilda o'qirdilar va uni musulmonlarga arab tilida tafsir qilardilar. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ahli kitobni tasdiqlamanglar, yolg'onga ham chiqarmanglar. Balki, Allohga iymon keltirdik va bizga va bizdan oldingilarga nozil bo'lgan narsaga iymon keltirdik, denglar", dedilar".

Oldingi ummatlardan bir kishidan, notanish ismni aytib, uning payg'ambarligiga iymon keltirasanmi, deyishdi. Agar u, ha, desa, ehtimol, nabiy bo'lmas, agar yo'q, desa, ehtimol, u payg'ambar bo'lib chiqar. Shunda: "Agar u payg'ambar bo'lsa, darhaqiqat, men unga iymon keltirdim", dedi.

Abu Nasr Muhammad Salomdan kalomdagi masala haqida so'ralsa, javob berishdan bosh tortardi. Unga: "Agar bizga shunga o'xshash masalalar og'ir kelsa, nima deymiz", deyishdi. U: "Allohga, Alloh iroda qilgan hamma narsaga, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan va iroda qilgan barcha narsaga iymon keltirdik", deb aytinglar", dedi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:02:18

70-bob
Rasm chizishdan qaytarish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ruhi (joni) bo'lgan mahluqlarning suratini chizish makruh, daraxt va shunga o'xshash jonsiz narsalarni chizishning ziyoni yo'q.

Nofi' Ibn Umardan rivoyat qiladi: Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Ushbu suratlarning sohiblari qiyomat kuni azoblanadi. Ularga, yaratgan narsalaringizni tiriltiringlar, deyiladi".

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Payg'ambardan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: Alloh taolo:

"Mening maxluqimga o'xshash maxluqni yaratmoqchi bo'lgan kishidan ham zolimroq kishi bormi?" (Niso, 24) degan".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:02:34

Mujohid Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Farishtalar it yoki surat bo'lgan uyga kirmaydi. Suratning boshi kesilgan bo'lsa yoki erga to'shalgan bo'lsagina kiradilar.

Oishaning (roziyallohu anho) uylari eshigida surat solingan parda osilgan edi. Jabroil alayxissalom kelib: "Biz it yoki surat bor uyga kirmaysmiz. Suratning boshini kesib tashlasangiz yoki erga to'shab qo'ysangiz, kiramiz", dedilar.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Shu hukmni olamiz, demak rasmlari bo'lgan kiyimlarni to'shab qo'yishning zarari yo'q.

Ato va Ikrima: "Rasmlardan tikka qilib (osib) qo'yilganlari makruhdir. Oyoq ostida bo'lganlarning zarari yo'q", deyishgan.

Qayd etilgan