Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272714 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:03:00

71-bob
Zinokor ayolga uylanish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar zinokor ayolning nikohi to'g'risida ixtilof qilishgan. Ba'zilar joiz emas, dedi. Ahli ilm jamoasi esa, joiz bilishadi. Biz shu hukmni olamiz. Birinchi toifaning hujjatlari ushbu oyati karimadir:

"Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya'ni, zinokor ayollarga uylanish) mo'minlarga harom qilingandir" (Nur, 3). Demak, Alloh taolo zino qilmaganlarning nikohini muboh qilgan. Bu bilan zinokor ayol nikohi botil bo'ladi. Chunki oyatda:

"Zinokor erkak faqat zinokor ayol yoki mushrikaga, zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanishi va zinokor ayollarga uylanish mo'minlarga harom qilingan" (Nur, 3-4) deb aytilgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:03:12

Bir sahobadan bir xotin bilan zino qilib, keyin unga uylangan kishining hukmi haqida so'rashganda, "Uylanish zinosidan yomonroqdir", deb javob bergan ekanlar. Oisha (roziyallohu anhu) ham bu holatni makruh ko'rganlar.

Ammo joiz degan kishilarning hujjati Abdulloh ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) yuqoridagi savolga "Birinchisi zino, ikkinchisi nikoh", deya bergan javoblaridir. Nikoh ixtiyoriy bir ish bo'lib, uni zino taqiqlay olmaydi. Bu xuddi birovning xurmosidan ertalab egach, kechqurun sotib olgan kishining amaliga o'xshaydi.

Mazkur oyati karima esa, Said ibn Jubayr va Zahhok: "Zoniy o'ziga o'xshagan zoniya bilangina zino qiladi", deb ta'vil qilishgan. Xuddi shu ma'no Abdulloh ibn Abbosdan ham rivoyat qilingan. Bu oyat nasx (bekor) qilingan degan qavl ham bor. Chunki bir kishi Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): "Xotinim zinodan tiyilmaydi", deganida: "Uni taloq qil", deb javob qilganlar. "Lekin uni yaxshi ko'raman", deganida: " Unda uni tiyib ol", deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:05:31

72-bob
Kambag'alning boy kishidan afzal ekani to'g'risida


Faqih aytadilar: Kambag'alning boydan afzalligida odamlar ixtilof qilishdi. Ba'zilar kambag'al afzal, desa, boshqalar boy afzal, deydi. Ixtilofning samarasi solih kambag'al afzalmi yoki solih boy? degan savolda ko'rinadi. Ba'zilar solih boy afzal, dedi, boshqalar solih kambag'alni afzal ko'rdi. Biz shu ikkinchi gapni olamiz. Solih boy afzal, degan kishilar


"U zot sizni kambag'al holda topib, boy qilib qo'ydi-ku!" (Zuho, 8) oyatini dalil qilishadi. Alloh taolo o'zining payg'ambariga (sollallohu alayhi vasallam) boylikni minnat qilyapti. Agar boylik afzal bo'lmaganida, buni minnat qilmasdi. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Taqvo bilan birga bo'lgan boylik naqadar yaxshi", deganlar. Amr ibn Os Payg'ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) "Solih kishidagi solih (halol) mol qanday yaxshi", deganlarini rivoyat qilganlar.

Xishom Umarning (roziyallohu anhu) shunday deb aytganlarini rivoyat qiladi: "Ulug'liklaringiz — taqvolaringiz, sharafingiz — boyligingiz, hasablaringiz — xulqlaringizdir".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:05:43

O'tgan peshvolardan naql qilinadi: "Molu dunyo g'urbatda (safarda) vatandir, kambag'allik vatanda g'urbatdir. Kimki kambag'allikka o'rganib olgan ekan, u qaerda bo'lsa ham, g'aribdir".

Muhammad ibn Ka'b Quraziy: "Agar boy kishi taqvodor bo'lsa, Alloh taolo unga ikki karra savob beradi", deb ushbu oyatni o'qidi:


"Na molu dunyolaringiz va na bolalaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qilguvchidir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar — ana o'shalar uchungina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot bo'lur va ular (jannatdagi) yuksak manzillarda tinch-omon bo'lurlar" (Saba, 37).

Said ibn Musayyab deydilar: "Yaqinlariga yordam berish, o'zining haqqini ado qilish va obro'sini saqlash uchun halol mol to'plamagan kishida yaxshilik yo'q".

Hishom ibn Urva otasidan, u Oishadan (roziyallohu anho): "Zubayr ibn Avomning merosi qirq ming-qirq ming dirham qilib taqsimlandi", degan so'zlarni rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:06:54

Abdurrahmon ibn Avfning merosidan har bir xotiniga sakson uch ming dirham tekkan. Sufyon ibn Uyayna Umar ibn Dinorning shunday deganlarini rivoyat qiladi: "Talha ibn Ubaydullohning kunlik foydasi to'liq ming dinor edi".

Ammo kambag'allik afzal deganlarning hujjatlari ushbu oyati karimadir:

"Darhaqiqat, (kofir) inson o'zini boy-behojat ko'rgach, albatta, tug'yonga tushar-haddidan oshar" (Alaq, 6-7). Bu oyatda Alloh taolo boy kishi tug'yonga ketishidan xabar berdi.

Boshqa oyatda: "Shunda uning qavmi orasidagi kofir bo'lgan kimsalar:

"Bizlar seni xuddi o'zimizga o'xshagan odam, deb bilamiz va senga faqat ichimizdagi pastkash (yalangoyoq) kimsalar o'ylamasdan ergashganini ko'rmoqdamiz. Bizningcha, sizlarning bizdan biron ortiqchalik joyingiz yo'q, balki biz sizlarni yolg'onchi deb o'ylamoqdamiz", dedilar" (Hud, 27), deb, faqat kambag'allargina payg'ambarlarga ergashganliklaridan xabar berdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:07:06

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Har kimning hunari bo'ladi. Mening hunarim ikkita: kambag'allik va jihod. Kimki bu ikkisini sevsa, haqiqatda meni sevibdi, kimki ularni yomon ko'rsa, meni yomon ko'ribdi". Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Payg'ambarning (sollallohu alayhi vasallam): "Parvardigoro, kim meni sevsa, uni etarlik narsa va etarli ozuqa bilan rizqlantir, kim meni yomon ko'rsa, uning molu dunyosi va bolasini ko'paytir", degan duolarini rivoyat qilganlar.

Mujohid Ibn Umardan rivoyat qiladilar. "Bir bandaga dunyo molidan nima etsa, saxiy bo'lsa ham, Alloh nazdidagi darajasi pasayadi".

Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: "Kambag'allik dunyoda ofat, oxiratda rohatdir. Boylik dunyoda rohat, oxiratda ofatdir".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:07:14

Anas ibn Molik Payg'ambardan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Parvardigoro, meni miskin holda tiriltir, miskin holda o'ldir va miskinlar to'dasida to'plagil". "Nimaga bunchalik, ey Rasululloh?", deb so'rashdi. "Chunki ular jannatga boylardan qirq yil oldin kiradilar. Boy o'layotgan paytda kambag'al bo'lsam edi, deb orzu qiladi, ammo kambag'al boy bo'lsam edi, deb orzu qilmaydi", dedilar.

Faqirlikning oxiratda hisob berishi oson bo'lishining  o'zi etarli dalildir. Qiyomat kunida Alloh taoloning bandalariga eng katta minnati: "Sening zikringni (nomingni) chiroyli qilib qo'ymadimmi?!" deyishi bo'lar ekan.

Faqih aytadilar: Kambag'allik boylikdan afzal, lekin boylikda hech qanday ayb yo'q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalari boy bo'lsalar-da, boyliklarini tark qilishga buyurmadilar. Boylik ayb bo'lganida, ularni mol yig'ishdan, albatta, qaytarardilar. Demak, boylikda ayb yo'qligi aniq. Ayb boylikni Alloh taoloning buyruqlariga xilof qilib ishlatishdadir. Yuqoridagi (boylik yoki faqirlik afzal degan) ixtiloflar avvalgi zamonlarda bo'lgan. Chunki ular asosan haloldan kasb qilishgan. Shuning uchun ba'zilar boylik afzal deyishgan. Ammo molu dunyoning ko'p qismiga haromu shubha aralashgan bugungi kunda ixtilofning ma'nosi yo'qolgan. Kambag'allikning afzalligiga hamma ittifoqdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:10:34

73-bob
Qarz so'rash haqida


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Zarurati bo'lgan kishining qaytarish niyati bilan qarz so'rashida zarar yo'q. Qaytarib berish niyati bo'lmagan qarz oluvchi poraxo'rdir.

Oisha (roziyallohu anho) qarz so'rardilar. "Siz qarzni nima qilasiz?" deyishganda: "Rasulullohning "Kimning bo'ynida qaytarish niyati bilan olgan qarzi bo'lsa, unga Allohdan yordam bo'ladi", deganlarini eshitganman. Men ham Allohning yordami bilan yurishni xohlayman", deb javob berganlar.

Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Rizqqa peshvoz chiqinglar, agar u g'olib kelsa, Alloh va Uning rasuli nomidan qarz so'ranglar", deganlar.

Muhammad ibn Ali qarz olar edilar. Unga: "Shuncha mol-dunyongiz bor, qarz olib nima qilasiz?, deyishdi. "Chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh qarzdor kishi bilan to qarzini uzgunicha birga bo'ladi", deganlar. Men ham Alloh men bilan birga bo'lishini xohlayman", deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:10:45

Ammo qarz olib, bermay ketish niyatida bo'lgan kishi poraxo'rdir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Bir kishi mahr bermaslik niyatida bir xotinga uylansa, qiyomat kuni zinokor nomidan keladi, pulini bermaslik niyatida bir narsa sotib olgan kishi qiyomat kuni o'g'ri nomida keladi".

Abu Qatoda Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Ey Rasululloh, Alloh yo'lida o'ldirilgan kishining xatolari kechiriladimi?" deb so'rashdi. "Ha, agar iymonli, sabrli holatida chekinmasdan hujum qilib o'lsa. Lekin qarzlari qoladi. U o'ziga azob bo'ladi",  dedilar.

Luqmoni Hakim deydilar: "Temirni, toshni ko'tarib ko'rdim, biroq qarzdan ko'ra og'irroq narsani ko'tarmadim".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:11:30

74-bob
Azl haqida


Faqih aytadilar: Xotinning ruxsati bo'lsa, azl qilishning zarari yo'q. Azl — kishi xotini bilan jinsiy aloqa qilayotganida homiladan saqlanish uchun maniy to'kilishidan oldin xotinidan uzilishdir. Yahudiylar azlni yomon ko'rib, bu ish kichik qotillik, der edilar. So'ng ushbu oyat nozil bo'ldi:

"Xotinlaringiz ziroatgohlaringizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan holatingizda yaqinlashaveringiz" (Baqara, 223). Ibn Abbosdan azl haqida so'rashganda:

"Agar bu haqda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) biror narsa degan bo'lsalar, gap shu, agar hech narsa demagan bo'lsalar, ish Alloh taolo aytganidek, "Xotinlaringiz ziroatgohlaringizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan holatingizda yaqinlashaveringiz" (Baqara, 223), deyman. Xohlagan kishi azl qilsin, xohlamagan qilmasin", deb javob qildilar.

Qayd etilgan