Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 273100 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:18:23

Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qilinadi: U kishi bir ayolning hadyasini qabul qilmaganlarida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Hadyasini olganigda edi", dedilar Oisha onamiz: "Chunki u ayol shu hadyaga mendan ham muxtojroqligini bilaman", deb javob qildilar. Keyin Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Hadyasini olib, undan yaxshirog'ini sovg'a qilsang bo'lardi", dedilar.

Zayd ibn Aslam Ato ibn Yasordan rivoyat qiladilar: "Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) Umarga hadya yuborganlarida, u kishi oldilar. Rasululloh: "Nimaga rad qilding?" dedilar. "Ey Rasululloh, bizdan birortamiz biror kishidan bir narsa olsak, yaxshi bo'lmasligini aytgan edingiz-ku!", dedilar Umar. "So'rab olinadigan narsadan qaytargan edim, ammo so'ralmagan narsa  Allohning unga bergan rizqidir", dedilar".

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) deydilar: "Men hech kimdan biror narsa so'ramayman. So'ramasimdan nima bersa, olaman".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:18:41

80-bob
Shafoat (yordam) haqida


Bilgilki, farz ibodatlarni ado etganingdan so'ng, amallarning eng afzali hojatmand kishiga chiroyli yordam qilish yoki undan zulmni daf' etishdir. Chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Odamlarning eng yaxshisi insonlarga foydasi tegadigan kishidir", deganlar.

Sufyon ibn Uyayna Umar ibn Dinordan rivoyat qiladi: Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Ko'maklashsangiz mukofot olasiz. Birortangiz mendan bir narsa so'rasa, unga man' qilaman, toki shafoat qilishinglar — o'rtaga tushib ko'mak berishinglar va ajr olishinglar uchun".

Hasan Basriy: "Shafoatning foydasi davom etar ekan, egasiga ham ajri bo'lib turadi", deydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:18:53

Mujohid "Kim (odamlar orasida) chiroyli — haq taraf olish bilan taraf olsa, o'ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o'zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur. Alloh hamma narsaga qodir bo'lgan zotdir" (Niso, 85), degan oyati karimaning tafsirida deydilar: "Haq taraf olish odamlarning bir-birlariga qilgan ko'maklaridir".

Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) bir kishi g'azotga chiqish uchun tuya berishlarini so'radi. Tuyalari yo'qligi tufayli bir ansoriyning oldiga yubordilar. Ansoriy u kishiga tuya berdi. Tuyani Payg'ambarning (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga olib keldi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yaxshilikka undovchi kishi o'sha ishni bajaruvchi kabidir", dedilar.

Aytiladiki, har bir narsaning sadaqasi bo'ladi. Rahbarlikning sadaqasi shafoat va zaiflarga yordamdir. Ba'zi adiblar: "Kimki amirlarning oldiga ko'p kirib-chiqadigan bo'lsa-yu odamlarga yordam bermasa, u xudbindir", deyishgan. Ja'far ibn Muhammad deydilar: "Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qilib: "Bandalarimdan qaysi biri bir chiroyli amalni qilgan bo'lsa, uni jannatga kiritaman", dedi. Dovud alayhissalom: "Ey Rabbim, u qaysi amal ekan?" deb so'radilar. Alloh taolo dedi: "Bir mo'minning bitta g'amini yarimta xurmo berib bo'lsa ham aritish".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:20:30

81-bob
Qasddan odam o'ldirish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Mo'minni qasddan o'ldirgan kishi haqida odamlar ixtilof qilishdi, ba'zilari qotil do'zaxda abadiy qoladi, deyishdi. Ahli ilmlar esa: "Alloh taoloning xohishida bo'ladi, xohlasa kechiradi, xohlasa azoblaydi", deb aytishdi. Do'zaxda abadiy qoladi, degan kishilar Solim ibn Abul Ja'dning rivoyatiga asoslanishgan: Ibn Abbosning huzurida edim. Bir kishi kelib: "Mo'minni qasddan o'ldirgan kishi haqida nima deysiz?" dedi. Ibn Abbos: "Uning jazosi abadiy do'zaxdir", dedilar. Haligi kishi yana so'radi: "Tavba qilsa, iymon keltirsa, solih amallar qilib hidoyat topsa-chi?" "Unga hidoyat qaerdan bo'lsin, jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki,  bu haqda oyat nozil bo'ldi, biror oyat uni nasx qilgani yo'q", dedilar".

Qotilga tavba foyda qiladi, deganlarning asoslari ushbu oyatdir:

"Albatta, Alloh o'ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni o'zi xohlagan bandalari uchun kechirur" (Niso, 48). Boshqa bir oyatda:

"Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o'ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo'lur" (Furqon, 68), deyilgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:20:42

Yana:

"Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblarga aylantirib qo'yur. Alloh Mag'firatli, Mehribon bo'lgan zotdir" (Furqon, 70), deyiladi.

"Kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannam bo'lib, o'sha erda abadiy qolajak" (Niso, 93), oyatining javobida Ibn Abbos: "Ushbu oyat Muqayyas ibn Juboba bir kishini qasddan o'ldirib, murtad bo'lib, Makkaga ketib qolgan paytda nozil bo'lgan", dedilar.

"Jazosi jahannam", so'zining ma'nosi haqidagi boshqa javob shuki, agar jazo beradigan bo'lsa, jazosi jahannam, lekin biz, inshaalloh, jazo bermasligini umid qilamiz. Bu Anas ibn Molik Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisga o'xshaydi: "Kimga Alloh taolo bir amal uchun savob va'da qilgan bo'lsa, tezda oladi, kimni bir amal uchun jazo bilan qo'rqitgan bo'lsa, bu Allohning ixtiyoridadir".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:20:50

Kishi o'zini o'zi qasddan o'ldirsa, ba'zilarning fikricha, do'zaxda abadiy qoladi. Ba'zi kishilar esa, Allohning ixtiyorida, deyishgan. Do'zaxda abadiy qoladi, degan kishilarning asosi Sufyon Savriy A'mashdan, u Abu Solihdan, u Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisdir. Rasul (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Kimki o'zini zahar bilan o'ldirsa, jahannam olovining ichida abadiy shu zahardan yutib turadi. Kim o'zini temir tig' bilan o'ldirsa, jahannam olovida abadiy shu temir tig' bilan qorniga urib turadi. Kim o'zini tog'dan tashlab o'ldirsa, do'zax oloviga o'zini abadiy tashlab turadi". Boshqa hadisda Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Kim o'zini bir narsa bilan o'ldirsa, shu narsa bilan qiyomat kunida azoblanadi", deganlar.

Ammo, Allohning ixtiyorida deganlar "Shundan boshqa gunohlarni o'zi xohlagan bandalar uchun kechirur" oyatiga asoslanishgan. Unda yuqoridagi xabarlar esa qo'rqitish uchun bo'ladi". "Mo'minni la'natlash o'ldirish kabidir", "Mo'minni so'kish fisqdir, uni o'ldirish kufrdir" hadislari singari u hadislar ham qo'rqitish uchundir.

Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:21:07

82-bob
Yosh bolani o'pish haqida


Faqih aytadilar: Yosh bolani o'pishning zarari yo'q, bu ishdan savob olinadi, chunki bunda bolaga nisbatan shafqat bor. Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki keksalarimizni ulug'lamasa, yoshlarimizga rahm qilmasa, bizdan emas", deganlar. Muhammad ibn Asvad otasi Asvad ibn Xalafdan rivoyat qiladilar: "Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) Hasanni (roziyallohu anhu) quchoqlariga olib o'pdilar. Keyin sahobalariga yuzlanib: "Bola qizg'aniladigan, qo'rqiladigan, o'rganilmagan, g'amxo'rlik qilinadigan (ne'mat)dir", dedilar".

Ash'as ibn Qays Kindiy Payg'ambardan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar. "Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Bolalar haqiqatan ham qizg'aniladigan, qo'rqiladigan ne'matdir, albatta, ular qalblarning mevasi, ko'zlarning qorachig'idir".

Umar (roziyallohu anhu) bir kishini ba'zi ishlar uchun yolladilar. U kishi Umarning oldlariga kirganida bir bolakayni o'pib o'tirganlarini ko'rib: "Mening bir nechta bolam bor, lekin bittasini ham o'pmaganman", dedi. "Senda go'daklarga mehr yo'q ekan. Kattalarga mehring kamroq bo'ladi. Shartimizdan qaytdik", deb xazrati Umar u kishini yumushdan bo'shatdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:21:14

Suyish besh xil bo'ladi: do'stona, rahmat bilan, shafqat qilib, salomlashib, shahvat bilan. Do'stona o'pish — ota-ona farzandini peshonasidan o'pishidir. Rahmat bilan o'pish — bola ota-onasining boshidan o'pishidir. Shafqat qilib o'pish — opa ukasini peshonasidan o'pishidir. Salomlashib o'pish — mo'minlar bir-birlarining qo'llaridan o'pishidir. Shahvat o'pishi — er xotinini o'pishidir.

Ba'zilar erkaklar bir-birlarini yuz-qo'llaridan o'pishni makruh ko'rishgan va Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) quchoqlashish va o'pishishdan qaytarganlar, deb hujjat ko'rsatishgan. Ba'zi kishilar esa, bunga ruxsat berishadi. Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) Ja'far ibn Abu Tolib Habashistondan qaytganlarida quchib, ikki ko'zining o'rtasidan o'pganlarini rivoyat qilishgan. Sahobalar ham safardan kelganlarida bir-birlarini quchib o'pishardilar. Baro ibn Ozib Payg'ambardan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Allohdan bola so'ranglar, chunki bola qalblarning mevasi, ko'zlarning qorachig'idir. Qari, tug'mas xotinlardan saqlaninglar". Boshqa bir hadisda: "Bolalarimiz jigarlarimizdir", deganlar. Shuning uchun shoir aytadi:     

Kim shod bo'lsa ko'rib jigarporasin,
Yerda yurgan bolasiga qarasin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:23:04

83-bob
Daf urish (nog'ora chalish) haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Insonlar kelin to'yda daf chalish to'g'risida ixtilof qilishdi. Ba'zilar zarari yo'q, deyishsa, ba'zilar makruh deyishdi. Zarari yo'q, deganlar Oisha onamiz Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisga suyanishgan: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Nikohni e'lon qilinglar, uni masjidlarda o'tkazinglar va unda daf chalinglar". Muhammad ibn Hotib rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Halol bilan harom orasini ajratish nikohda daf chalish va ovozni ko'tarish", dedilar". Muhammad Siyrin aytadilar: "Men xabar topdimki, Umar (roziyallohu anhu) agar daf ovozini eshitsalar uni to'xtatar, so'ng so'rar, agar kelin yoki xatna to'yi deyishsa, unga ruxsat qilar edilar".

Hishom ibn Urva otasidan, otasi Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qiladi: "Abu Bakr (roziyallohu anhu) kirganlarida, Oishaning oldida ikkita joriya bor edi. Ular Iyd kunida daf chalib o'ynashar va ularning oldida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham bor edilar. Abu Bakr ularni koyib: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlarida shu ishni qilyapsizlarmi?" dedilar. Shunda Rasul alayhissolatu vassalom: "Ey Abu Bakr, ularni o'z holiga qo'y, har bir qavmni bayrami bor, bugun bizni bayramimiz", dedilar.

Oisha (roziyallohu anho) kelin to'yida edilar. Qaytganlarida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Biror narsa aytdingmi?" deb so'radilar. Oisha onamiz: "Ha, bunday dedik", deb quyidagi she'rni aytdilar:

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:23:17

Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar Rahmonga toat bo'lmaganida, biz vodiylaringga kelmasdik" deb aytmadingmi?" dedilar.

Ikrima rivoyat qiladilar: Ibn Abbos o'g'illarini xatna qilganlarida ashulachilarni chaqirdilar va ularga besh dirham berdilar.

Ammo bu ishni makruh deydiganlar Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan hadisga tayanganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Mo'min uchun uchtasidan tashqari hamma bekorchi ishlar botildir. Otini o'rgatish, kamon otish, xotini bilan o'ynashish".

Qayd etilgan