Yana:
"Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblarga aylantirib qo'yur. Alloh Mag'firatli, Mehribon bo'lgan zotdir" (Furqon, 70), deyiladi.
"Kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannam bo'lib, o'sha erda abadiy qolajak" (Niso, 93), oyatining javobida Ibn Abbos: "Ushbu oyat Muqayyas ibn Juboba bir kishini qasddan o'ldirib, murtad bo'lib, Makkaga ketib qolgan paytda nozil bo'lgan", dedilar.
"Jazosi jahannam", so'zining ma'nosi haqidagi boshqa javob shuki, agar jazo beradigan bo'lsa, jazosi jahannam, lekin biz, inshaalloh, jazo bermasligini umid qilamiz. Bu Anas ibn Molik Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisga o'xshaydi: "Kimga Alloh taolo bir amal uchun savob va'da qilgan bo'lsa, tezda oladi, kimni bir amal uchun jazo bilan qo'rqitgan bo'lsa, bu Allohning ixtiyoridadir".