Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272864 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:33:40

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim aqiq ko'zli uzuk taqib yursa, doimo barakot va xursandchilikda bo'ladi", deganlar.

Aytishlaricha, kim uyni latta bilan supursa, xamirturush ishlatmasa, o'rgimchak to'ridan uyini tozalamasa, faqir bo'ladi. Kim oxurni o'rgimchak to'ridan tozalamasa, hayvonlari semirmaydi, degan gap ham bor. Yana aytiladi: yashil rangga, oqar suvga, chiroyli chehraga, ota-onaning yuziga, namozda sajda o'rniga, shirin limonga, qizil kabutarga qarash ko'zni ravshanlashtiradi. Qishda olovga qarashda beshta xislat bor: sovuqni ketkazadi, yuzni chiroyli qiladi, taomni hazm etadi, adashish va qiyinchilikni ketkazadi, qo'rqinchdan chalg'itadi.

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Kim uzun umr ko'rishni xohlasa, erta nonushta qilsin, kechki ovqatni kechiktirsin, ridoni engillatsin, ayollar bilan jinsiy aloqani kamaytirsin, deganlar. "Ridoni engillatish nima?" deyilganda, "qarzni kamaytirish", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:34:15

88-bob
Ozuqalardan badanga zarar beradigan narsalardan chetlashish haqida


Faqih Abu Lays (Alloh rozi bo'lsin) aytadilar: Badan kuz va qish kunlarida quvvatli bo'ladi, taomni ko'taradi, chunki oshqozon bu vaqtda qiziydi va taomni hazm qiladi. Yoz va bahorda oshqozon soviydi, sovuqligi sababli taomni ko'tarishga zaiflik qiladi.

Yoz kunlari sovuq suvni ko'p ichishning zarari kam, qish kunlari zarari ko'p. Kishi qish kunlarida suv ichishni kamaytirishi lozim. Shuningdek, kechasi ham ko'p suv ichmaslik kerak, chunki bu vaqtda oshqozon soviydi, unga zarari etishi va kasallanishi xavfi bor, lekin issiqlik g'olib kelsa yoki isitmasi bo'lsa, ichaverishi mumkin. Uxlamoqchi bo'lgan odam qorni to'q bo'lsa, sunnatga muvofiq birinchi o'ng tomoni bilan yotishi lozim bo'ladi, so'ng chap tomonga buriladi, chunki bu hol taom hazm bo'lishini osonlashtiradi. Ammo oshqozon to'la holda uxlash qalbni qattiq qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Taomlaringni namoz bilan parchalanglar, u bilan uxlamanglar, aks holda qalblaring qattiqlashadi", degandilar. Kishi uzrsiz qorni bilan yotishi durust emas. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishini qorni bilan yotganini ko'rib, uni turtganlar va: "Bunday yotma, chunki bu yotishdan Alloh g'azablanadi", deganlar. Agar qorni to'q bo'lsa va qorni og'rishidan qo'rqib, yostiqni qornining ostiga qo'yib uxlasa, zarari yo'q, chunki bu uzrlidir, zarurat mamnu' ishlarni muboh qiladi, so'ng ko'p egani uchun tavba qilishi lozim. Taomdan oldin sovuq suv ichish oshqozon olovini o'chiradi, uni taomdan so'ng ichish oshqozonni qizdiradi va badanni yog'laydi. Agar kishi olma, o'rik, uzum va shunga o'xsha ho'l mevalardan esa, uning orqasidan suv ichishi durust emas, chunki bu ish oshqozonni buzadi. Bir-ikki soatdan so'ng ichishi durust.  Agar issiq guruch yoki holva esa, ustidan hech qachon sovuq suv ichmasin, chunki tishlarga zarar qiladi, juda ichgisi kelsa, avval bir-ikki luqma non esin, so'ng ichsin, shunda zarar kamroq bo'ladi. Issiq non bilan tut yeyish qorinda qurt paydo qiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:34:28

Ibn Muqfa' aytadilar: "Kim qirq kun tinmay piyoz esa, so'ng yuzida dog' paydo bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin. Agar kamaytirsa va uning (piyozning) ortidan sho'r esa, so'ng unda qichima paydo bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin. Kim baliq bilan tuxumni aralashtirib esa, so'ng falaj bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin, kim shira bilan sutni aralashtirsa, pes kasalligi bilan balolansa, faqat o'zini malomat qilsin".

Kishi taom eyayotganda, taomning hammasini eb bo'lmaguncha, suv ichmasin, shunda zarari kamroq. Baliq ko'p yeyish ko'zga ziyon qiladi, kishiga qornida sut bilan nordon narsa yoki ko'katni jamlashi durust emas. Taomdan oldin ho'l meva eyishning zarari kam, undan keyin eyishning zarari ko'proq. Sut bilan ho'l mevani birga yeyish durust emas, shuningdek, quduq suvi bilan daryo suvini birga ichish ham noma'qul.

To'rtta narsa o'tib ketgunicha maqtalmaydi: taom hazm bo'lgunicha, jangchi qaytib kelgunicha, ekin yig'ib olingunicha, ayol o'lgunicha.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:34:35

Kun isiganda (kunning o'rtasida) go'shtni ko'p yeyish kasallikni qayta qo'zg'aydi. Nonning badanga eng zararlisi issiq bo'lgani, badanga zarari kamrog'i bir kun turgani. Go'shtning badanga zararlisi orqa yarmi, zarari kamrog'i boshga yaqinrog'i. To'yib ho'l xurmo yeyish oshqozon kasalligini keltiradi. Danakni non bilan yoki yolg'iz o'zini yeyish hazmni og'irlashtiradi. Patir non va shunga o'xshashlarning hazmi ham sekin. Tut mevasi va o'rikni saharda eyishning zarari yo'q. Taomdan so'ng eyilsa, og'riqni paydo qiladi. Yaxshi pishmagan o'rik oshqozonni zaiflashtiradi.

Quritilgan xurmoni ko'p yeyish milkka foyda. Mayiz va boshqa shirinliklar ham. Anjirni ko'p eyishning ziyoni bor. Sho'r narsani ko'paytirish ko'zga zarar qiladi. Agar bir kishi safar qilsa va bir shaharga kirsa, avval achchiq bilan piyoz esin, shunda shaharning suvi unga zarar bermaydi. Piyozni ko'p yeyish balg'amni paydo qiladi va ko'zga qorong'ilik keltiradi. Aytiladiki, achchiq va nordonni ko'paytirish tez qaritadi. Kishi yog' eyishni tark qilish lozim emas, chunki u aqlni to'ldiradi, shirinlik halimlikni ziyoda qiladi, ammo buni ko'paytirish tishga zarar beradi. Mosh qalbni yumshatadi, qonni tozalaydi, ammo ko'p yeyish tishga ziyon qiladi. Qovoq dimog'ni (nafas olishni) yaxshilaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:34:42

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadilar: Kim ovqatlanishni tuz bilan boshlab, tuz bilan tug'atsa, Alloh undan etmish baloni ketkazadi". Va yana aytganlarki: "Kim har kuni yettita xurmo esa, qornidagi qurtlarning hammasi o'ladi. Kim har kuni qizil mayiz esa, jasadida biron yomon narsa qolmaydi, magar o'lim kasalligidan boshqa".

Aytadilarki, go'sht go'shtni ko'paytiradi, xamir ovqat va holvayitar qorinni kattalashtiradi va orqani bo'shatadi. Sigir go'shti dard, suti shifo va yog'i davodir. Baliq jasadni eritadi. Bularning hammasi Alidan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan.

Ayollarga ho'l xurmodan ortiq shifo yo'q. Xushbo'ylik dimoqni ochadi, ko'zni o'tkirlashtiradi. Kofur va atirgul suvidan boshqa xushbo'ylikni ishlatish quruqlikni keltiradi. Aytiladiki, atirgul suvi qarilikni tezlashtiradi, muloyim libos qonni yurishtiradi, qalin, dag'al libos uni quritadi. Yana aytiladiki, qattiq xursandchilik xafachilikka nisbatan halokatni tezlashtiradi, chunki xursandchilikning tabiati sovuqlik, sovuqlik esa issiqlikka nisbatan halokatga yaqinroq, xafalikning tabiati esa issiqlik, chunki u jigardan paydo bo'ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:35:10

89-bob
Jimo' haqida


Faqih aytadilar: Ibn Muqfa': "Kim ayoliga yaqinlik qilsa, so'ng zakarini suv bilan yuvmasa, buyrakda mayda toshchalar paydo bo'ladi. Buning uchun faqat o'zini malomat qilsin", dedi. Ammo men yuvsa, foydasi bor, yuvmasa, unga zarar qilmaydi, degan umiddaman, chunki Ibn Umar Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) junub hollarida suvni ushlamaganlarini rivoyat qilganlar. Ibn Muqfa': "Kim ihtilom bo'lsa, g'usl qilmasa, so'ng ahli ayoliga yaqinlik qilsa, undan majnun yoki hushi joyida bo'lmagan bola tug'iladi, bunda faqat o'zini malomat qilsin. Joxil kishi, ko'pincha men shu ishni qilaman, menga hech zarar qilmadi, degan fikrga aldanmasin, chunki o'g'ri agar birinchi marta o'g'irlaganidayoq jazolansa, biror kishi o'g'rilik qilmas edi, shunga o'xshash agar birinchi martadayoq kasallansa, dunyoda sog' odamni ko'rmaysan", deydilar.

Kishi jimo'dan so'ng darhol sovuq suvda yuvinishi durust emas, chunki bunda isitmaning xavfi bor.

Aytiladiki, jimo'ni ko'paytirish yoz va kuz oylarida zarari ko'proq, qish va bahorda zarari kam, me'yorida bo'lgani yaxshi. Qorin bo'sh vaqtida jimo' qilishning zarari kam, qorin to'q vaqtidagi jimo'ning zarari ko'p, agar qorin to'q vaqtida jimo' qilsa va ayol homilador bo'lsa, bola nafsi, ruhi og'ir, qorin och vaqtda jimo' qilsa, bola nafsi, ruhi yengil bo'ladi. Kechaning oxirida jimo' qilish avvalida jimo' qilishdan foydaliroq, chunki oshqozon kechaning avvalida to'q bo'ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:35:22

Aytiladiki, to'rtta narsa umrni qiskartiradi, ko'pincha o'ldiradi: hammomga qorinni to'yg'izib kirish; quritilgan go'sht yeyish; qorinni to'ldirib yurish; qari kampir bilan jimo' qilish.

Agar jimo'dan bo'shasang, tik turma, balki o'ng tomonga moyil bo'lib yot, shu ish jismga foydaliroq.

Erkak ayolni erkalab, mayl uyg'otib jimo' qilishi durust, chunki bu badanga rohat beradi va bola sog'lom bo'ladi.

Aytiladiki, har qanaqa shahvat qalbni qattiqlashtiradi, ammo jimo' qalbni sof qiladi, shu sababli anbiyolar (sollallohu alayhim vasallam) jimo' qilar edilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:35:31

Jimo'dan ba'zan foyda, ba'zan zarar bo'ladi, foydasi shuki, agar kishida g'am bo'lsa, uni kamaytiradi, agar qalbi harom ishlarga bog'lanib qolgan bo'lsa, uni ketkizadi, vasvasalarni aritadi, g'azabni so'ndiradi, agar tabiati issiq bo'lsa, tanasidagi ba'zi yara, jarohatga foyda beradi. Zarari esa, ikkala boldirda, boshda va orqada qattiq og'riqni paydo qiladi, badanni zaiflashtiradi, ko'rishni kuchsizlantiradi. Xususan, kishining tabiati sovuq va quruq bo'lsa, bunday holda jimo'ni kamaytirish foydaliroqdir.

Jimo' vaqtida gapirish durust emas, chunki bunda bolaning gung bo'lishi xavfi bor, jimo' holatida er-xotin ustida yopinchiq bo'lish kerak. Yo'qsa, bolaning hayosi kam bo'ladi, deyishadi. Aytiladiki, kampirni jimo' qilish badanni zaiflashtiradi, qarilikni tezlashtiradi. Kasalni jimo' qilishda kasallik va og'riq xavfi bor.

Ba'zi tabiblar jimo'dan keyin g'usl qilmay, yana jimo' qilishni yoki g'usl qilmasdan uxlashni yomon ko'rishgan, lekin bizning mazhabimizda buning zarari yo'q. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bunga ruxsat berganlari rivoyat qilingan. Darhaqiqat, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga mushfiq-mehribon edilar, agar bunda zarar zohir bo'lganida, ruxsat bermasdilar.

Tik turib jimo' qilish durust bo'lmaydi, chunki bu hol badanni zaiflashtiradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:35:42

90-bob
Hamomga kirish haqida


Faqih aytadilar: Junub holatda tukni olish makruh sanaladi. Xolid ibn Ma'don rivoyat qiladiki: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim g'usl qilishdan oldin tukini olsa, qiyomat kuni har bir tuki unga kelib: "Ey Rabbim, bundan so'ragin, nima uchun meni yuvmasdan turib oldi?" deb aytadi", dedilar".

Aytiladiki, och holda hammomga kirilsa badanda quruqlik paydo bo'ladi. Agar to'q holda kirilsa, qorinda kasallik, o'n ikki barmoqli ichakda qurt paydo bo'lish xavfi bor. Hammomga taom eb, hazm bo'lgandan so'ng kirish mustahab.

Ibn Muqfa' aytadilar: "Kim hammomga qorni to'q holda kirsa va unga qo'lanj kasalligi etsa, faqat o'zini malomat qilsin. Kim baliqni sovuq holatda esa va hammomga kirsa, o'sha soatda bas unga falaj va qo'lanj kasalliklari etsa, faqat o'zini ayiblasin".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:35:59

Agar kishi hammomga kirishni xohlasa, birdaniga ichkari xonaga kirmasin, balki har bir xonada ozgina vaqt turib, so'ng boshqasiga kirsin. Chiqishda ham shunday. Chiqqandan so'ng o'ziga sovuq suv sepishi yoki sovuq suv ichishi yaxshi emas, chunki bu badanga nihoyatda zararli.

Aytiladiki, yoz kunlari hammomga kirish qish kunlariga nisbatan  foydaliroqdir. Yoz kunlari hammom juda issiq bo'lishi lozim emas, chunki bunda ofatning xavfi bor. Agar qish kunlari hammomdan chiqsa, sovuq havo uni kasallantirib qo'ymasligi uchun tezda kiyimini kiyishi lozim, aks holda unga zarar etadi. Bosh og'rig'i etmasligi uchun hammomdan chiqqach, boshini o'rab olishi kerak. Agar tukini olishni xohlasa, bir kecha va kunduz jimo' qilmasin keyin ham qo'shilmasin aytiladiki: sovuq suv bilan ko'p yuvinish yuzni qoraytiradi va kasallik kelib chiqadi.

Aytiladiki, yoz kunlari sovuq suv bilan yuvinish foydaliroq, lekin juda issiq va juda sovuq bo'lmasligi lozim.

Qayd etilgan