Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272564 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:36:14

91-bob
Qon oldirish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Zuluk bilan qon oldirish mustahab sanaladi. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan hadisda: "Zuluk bilan qon oldirishda shifo va barakot bor, bu ish aql va xotirani kuchaytiradi", deyilgan. Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) biror kishi bosh og'rig'idan shikoyat qilsa, faqat qon oldirishga, agar oyoq og'rig'idan shikoyat qilsa, tosh osishga buyurganlari rivoyat qilingan.

Kishi qon oldirishdan bir kecha-kunduz oldin ayoliga yaqinlik qilmasligi lozim. Shuningdek, keyin ham. Agar ertaga qon oldirishni xohlasa, kechki ovqatni asr paytida emog'i mustahab bo'ladi, chunki bu foydaliroq. Birinchi marotaba oldirayotgan kishi oldin bir narsa eb olsin.

O'sha kuni hammomga kirish durust emas. Ba'zi tabiblar aytishadiki, agar kishi qon oldirgan kunida, jimo' qilsa va hammomga kirsa, o'lmasa hayron qolish kerak.

Qon oldirgandan so'ng sho'r narsa eyilmaydi, chunki bunda yara chiqish va musibat xavfi bor. Ammo sirka iste'mol qilish mustahab. So'ng iloji bo'lsa, sho'rva ichsin va biror shirinlik tanovul qilsin. O'sha kunda sog'ilgan sutni yoki qatiq yoki shunga o'xshash narsani eyishi durust emas, suvni kam ichadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:36:23

Shanba va payshanba kunlari qon oldirish makruh. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim shanba va payshanba kunlari qon oldirsa, so'ng unga oqsim kasali etsa, faqat o'zini malomat qilsin", deganlar.

Ba'zi xabarlarda esa u kunlarda qon oldirishga ruxsat berilgani rivoyat qilinadi, lekin saqlanish afzalroq. Qon oldirish uchun eng yaxshi kunlar yakshanba va dushanba, ba'zida seshanba ham ixtiyor qilingan. Qattiq issiqda va qattiq sovuqda ham qon oldirmaslik mustahab. Qon oldirishning eng yaxshi payti bahorda oy yarimidan o'tib, oxiriga yaqinlashganda. Oyning boshida va oxirida, oy tug'ilganda makruh.

Aytiladiki: ikkita elkaning orasidan qon oldirish foydali. Bo'yin kovagi, gardandan qon oldirish makruh, chunki bu parishonxotirlikni keltirib chiqaradi. Boshning o'rtasidan qon oldirish ham foydali. Bakr ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: "Aqra' ibn Hobis kirganlarida Rasululloh boshlarining o'rtasidan qon oldirayotgan edilar, shunda u zotga: "Boshingizdan qon oldiryapsizmi?" dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Ibn Hobis, albatta bu qon oldirish bosh og'riqqa, tish og'riqqa, alahsirashga, moxov, oqsim va jinnilik kasaliga foydalidir", dedilar".

Ammo davomli qon oldirish mumkin emas, chunki zarar beradi. Alloh subhonahu biluvchiroq.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:36:52

92-bob
Hojat odobi haqida


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadi: Yo'lga, suv bo'yiga, mevali daraxt tagiga, insonlar soyasida o'tiradigan daraxt tagiga hojat chiqarish makruhdir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "La'natdan qochinglar" (ya'ni, la'natni vojib qiladigan fe'llardan qochinglar), deganlar.

Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kimki mevali daraxt tagiga yoki o'tiladigan yo'l ustiga yoki suv bo'yiga hojat chiqarsa, unga Allohning maloikalarning, jami insonlarning la'nati bo'lsin". Bavl to'plangandan keyin ushlab turish yaxshi emas, chunki u qovuqqa zarar beradi.

Bir tabibga: "O'g'lingizni falon joyda bavli qistadi, u o'sha joyda ulovdan tushdi va manziligacha sabr qilolmadi", deyishdi. "Ulovdan tushib qanday yomon ish qilibdi, shu ishni tushishdan oldin qilmabdi-da", dedi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:37:08

Hojatda uzoq o'tirish durust emas. Luqmoni Hakim quliga: "Hojatingda uzoq o'tirma, chunki bundan bavosir (gemorroy) kelib chiqadi", degan ekan.

Toshli erga bavl qilish ham durust emas, chunki unga jin, hashorot va ilondan ozor etishi xavfi bor. Abdulloh ibn Shurahbil Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarning birortangiz toshga bavl qilmasin, chunki bu shaytonlarning makoni", deb aytganlarini rivoyat qilganlar. Aytishadiki, Sa'b ibn Uboda toshga bavl qildilar, natijada u kishiga jindan ofat etdi va o'ldilar. Jin buni she'r qilib aytdi:

Hazrajning sayyidi Sa'd ibn Ubodani o'ldirdik,

Bir o'q otib, uning yuragiga bexato urdik.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:38:32

93-bob
Yolg'izlikning makruhligi haqida


Faqih aytadilar: Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Insonlarning eng yomoni yolg'iz ovqatlangani, elchini qaytargani va qulini urgani", dedilar. Darhaqiqat, xabarlarda keladiki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) kishilarni yolg'iz uxlashdan, yolg'iz safar qilishdan qaytarganlar va: "Shayton yolg'iz kishi bilan birga, ikkitadan uzoq", deganlar. Yana: "Bitta ulovli bitta shayton, ikkita ulovli ikkita shayton va uchtasi bitta karvon", dedilar.

Said ibn Musayyab Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Shayton bitta va ikkitaga ahamiyat beradi, agar ular uchta bo'lsalar, bora olmaydi".

Faqih aytadilar: "Bu gaplar shafqat uchun, harom deb emas, chunki ko'pincha dushman yolg'iz kishiga yo'liqadi, agar ular jamoa bo'lsalar, bir-birlariga yordam beradilar, agar kishi o'ziga ishonsa, yolg'izlikning zarari yo'q, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Dihya Kalbiyni Rum podshosi Qaysarga yolg'iz yuborganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:38:44

Aytiladiki, to'planish — quvvat, ajralish — halokat. Va bu ma'no Alloh taoloning Muso alayhissalom qissasidagi sehrgarlar haqidagi hikoyasida zikr qilingan:

"Bas, makr-hiylangizni yig'ingiz, so'ng bir saf bo'lib kelingiz. Bugun ustun bo'lgan kishilar najot topurlar" (Toho, 64).

Ba'zi mufassirlar bu oyatni: "Birlashinglar, g'olib bo'lasizlar, ixtiloflashmanglar, mag'lub bo'lasizlar",  deb tushuntirdilar.

Aytiladiki, bir kishining fikri nozik ip kabi, ikki kishining fikri ikkita eshilgan ip kabi, uch kishining fikri uzilmaydigan ko'p iplar o'rami kabi.

Agar bir jamoa safarda bo'lsa, ikkitasi uchinchini ortda qoldirib ildamlab ketishlari makruhdir, chunki bu hol sheriklarini xafa qiladi. Ibn Abbos Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Agar uch kishi bo'lsalar, ikkitasi uchinchisiz ildamlab ketmasin", - deganlarini rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:39:02

94-bob
Muhofaza farishtalari haqida kelgan rivoyatlar


Faqih aytadilar: "Ulamolar muhofaza farishtalari (ya'ni, bandaning amalini nomai a'molda hifz qilib — saqlab boruvchi farishtalar — Muh.) haqida ixtilof qilishdilar, vaholanki, ular ulug' kotiblardir. Ba'zilar: "Ular odam farzandining hamma so'zlari va fe'llarini yozadi", deyishdi. Ba'zilar esa: Ular faqat ajr-savob va gunoh hisoblangan amallarnigina yozadi", deyishdi. Boshqalar: "Hammasini yozadilar, so'ng osmonga ko'tarilganlarida savob va gunohdan boshqalarini o'chirib tashlaydilar va bu Alloh taoloning:

"Alloh xohlaganini o'chirib, xohlaganini qoldiradi" (Ra'd, 39), degan so'zining ma'nosidir", degan fikrni bildirishgan.

Hishom ibn Hason Ikramadan, u Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) Alloh taoloning:

"U biron so'zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo'lgan bir kuzatguvchi (farishta u so'zni yozib olur)" (Qof, 18), degan so'zi haqida: "Odam farzandining so'zlaridan yaxshi va yomoni yoziladi, boshqa narsa yozilmaydi", deganlarini rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:39:14

Hishom: "Ey g'ulom, so'zing o'chirilishi uchun menga suv, hayvonlarga o't ber", dedilar. Hasan Basriy: "Gapirgan hamma so'zi yoziladi", deganlar.

Ibn Jarir: "U ikkalasi ikkita farishta, bittasi o'ng tomonda, ikkinchisi chap tomonda, o'ng tomondagi sherigining guvohligisiz yozadi, chap tomondagisi faqat sherigining guvohligi bilan yozadi. Agar kishi o'tirsa bittasi o'ng, boshqasi chap tomonda bo'ladi, agar yursa, bittasi oldida va boshqasi orqada. Agar uxlasa biri bosh tomonida, boshqasi oyoq tomonida bo'ladi", deydilar. Ba'zilar: "Ular to'rtta, ikkitasi kunduzi, ikkitasi kechasi bo'ladi", deyishadi. Abdulloh ibn Muborak: "Ular beshta, ikkitasi kunduzi, ikkitasi kechasi va bittasi kechayu  kunduz undan ajralmaydi", deganlar.

Kofirlarda ham muhofaza farishtalari bo'ladimi yoki yo'qmi, deb ixtilof bor. Ba'zilar: "Ularda muhofaza farishtalari bo'lmaydi, chunki ularning ishi aniq, amallari bitta. Bu haqda Alloh taolo:

"(Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilib peshona va oyoqlaridan olinurlar"  (Rahmon, 41), degan", deyshadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:39:29

Faqih aytadilar: Biz bu so'zni olmaymiz, balki ularda ham muhofaza farishtalari bo'ladi, deymiz. Oyat esa kofirlarning holati haqidadir. U farishtalarning zikri bilan nozil bo'lgan.

Alloh taoloning ushbu so'zlari bilmaysanmi:

"Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar" (Infitor, 12); "Endi o'z kitobi chap qo'lidan berilgan kimsaga kelsak, bas, u der:

"Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa!" (Al-haqqa, 25). Bas, Alloh subhonahu va taolo, albatta, kofirlarda ham uchun kitob nomai a'mol va muhofaza farishtalari borligini xabar qildi. Uning yaxshiligi bo'lmasa, o'ng tomondagi farishta nimani yozadi, deb aytilsa, javob shuki, chap tomondagisining ruxsati bilan yozadi. O'zi yozmasa ham, bunga guvoh bo'ladi. Alloh bilguvchiroq.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:39:44

95-bob
Chigirtkani o'ldirish haqida


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Odamlar chigirtkani o'ldirish haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar o'ldirish joiz emas deyishsa, ahli fiqh zarari yo'q, deydi. O'ldirishni makruh ko'rganlar, chigirtka ham Alloh taoloning maxluqi, U bergan rizqdan eydi, uning ustida qalam (hisob) joriy emas, deyishadi.

O'ldirishning zarari yo'q, degan faqihlar chigirtkaning molu-mulkka zarar etkazishini hisobga olishgan. Hattoki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) musulmonlarning molini olmoqchi bo'lgan musulmonni o'ldirishga ruxsat berganlar. "O'z molini himoya qilib vafot etgan kishi shahiddir", deganlar.

Qayd etilgan