Hishom: "Ey g'ulom, so'zing o'chirilishi uchun menga suv, hayvonlarga o't ber", dedilar. Hasan Basriy: "Gapirgan hamma so'zi yoziladi", deganlar.
Ibn Jarir: "U ikkalasi ikkita farishta, bittasi o'ng tomonda, ikkinchisi chap tomonda, o'ng tomondagi sherigining guvohligisiz yozadi, chap tomondagisi faqat sherigining guvohligi bilan yozadi. Agar kishi o'tirsa bittasi o'ng, boshqasi chap tomonda bo'ladi, agar yursa, bittasi oldida va boshqasi orqada. Agar uxlasa biri bosh tomonida, boshqasi oyoq tomonida bo'ladi", deydilar. Ba'zilar: "Ular to'rtta, ikkitasi kunduzi, ikkitasi kechasi bo'ladi", deyishadi. Abdulloh ibn Muborak: "Ular beshta, ikkitasi kunduzi, ikkitasi kechasi va bittasi kechayu kunduz undan ajralmaydi", deganlar.
Kofirlarda ham muhofaza farishtalari bo'ladimi yoki yo'qmi, deb ixtilof bor. Ba'zilar: "Ularda muhofaza farishtalari bo'lmaydi, chunki ularning ishi aniq, amallari bitta. Bu haqda Alloh taolo:
"(Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilib peshona va oyoqlaridan olinurlar" (Rahmon, 41), degan", deyshadi.