Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272731 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:43:54

"(Ey Muhammad), axir sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsa aniq haqiqat ekanini biladigan — iymon keltiradigan kishi (ko'ngil ko'zi) ko'r kimsaga o'xshaydimi?" (Ra'd, 19);

"Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko'tarur" (Mujodala, 11), oyatlarini nozil etib, olimlar uchun ko'p fazilatlar va baland darajalar borligini xabar qildi. Yana bir oyati karimada:

"Odamga hammasining ismini bildirdi" (Baqara 31), deb marhamat qilingan. Odam alayhissalomga hamma narsaning ismini bildirib, farishtalardan ham (darajasini) ko'tardi va ularga Odamga sajda qilishni buyurdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:44:07

100-bob
Uzuk taqish haqida


Faqih aytadilar: Uzuk taqish o'ng qo'lga ham, chap qo'lga ham joiz va mubohdir, ikkala holat haqida ham xabarlar kelgan, ammo erkak kishi oltin uzuk taqishi joiz emas. Ba'zi odamlar temirdan yasalgan uzuk taqishni ham makruh sanashgan, ba'zilar esa, ruxsat berishgan. No''mon ibn Bashir rivoyat qiladilar: "Oltindan uzuk taqib, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga kirdim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Senga nima bo'ldi, do'zax ahlining libosini taqibsan", dedilar. Uni yechib, misdan yasalganini taqdim va oldlariga kirdim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Nima bo'ldi, senda but-sanamlarning hidini sezayapman", dedilar. Shunda men: "Ey Rasululloh, nima qilay?", dedim. "Uzukni kumushdan qilib ol, lekin uni bir misqoldan oshirma va uni o'ng qo'lingga taq", dedilar".

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) uzukni avval o'ng, so'ng chap qo'llariga taqardilar, yechishda oldin chap, so'ng o'ng qo'llaridagisini yechardilar".

Muhammad ibn Siyrin aytadilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam), Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali (roziyallohu anhum) chap qo'llariga uzuk taqardilar". Amr ibn Shuayb rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishining qo'lida oltin uzuk ko'rdilar va unga uni yechib tashlashni buyurdilar, so'ng u kishi uni otib yubordi va qo'liga temir halqani oldi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Uni otib yubor, bu oldingisidan ham yomon, bu do'zax ahlining libosi", dedilar. Bas, uni ham otib yubordi va kumush uzukni taqib oldi, shunda Rasululloh bundan qaytarmadilar". Avf ibn Abu Juhayfa otasidan rivoyat qiladi: "Umar (roziyallohu anhu) bir kishida temir uzukni ko'rdilar va uni yechib tashlab yubordilar, so'ng: "Sen kumush uzuk taq", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:44:29

A'mash rivoyat qiladilar: "Men Ibrohim Naxa'iyning qo'lida temir uzuk ko'rdim va u: "Bir kishi menga ibn Mas'ud temir uzuk taqib yurganini ko'rganini aytdi", dedi".

Faqih aytadilar: Ba'zi odamlar uzuk taqishni yomon ko'rishdi. Ilm ahlining ommasi bunga ruxsat bergan. Buni makruh sanaganlar esa, ba'zi xabarlarda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sultonlardan boshqalarni uzuk taqishdan qaytarganlarini hujjat qilishadilar. Ba'zi tobe'inlar: "Uzukni faqat uch toifa — amir yoki kotib yoki ahmoq taqadi", deyishgan. Ba'zi xabarda rivoyat qilinadiki, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) uzuklarini u zotdan keyin Abu Bakr (roziyallohu anhu), so'ng Umar (roziyallohu anhu), so'ng Usmon (roziyallohu anhu) taqqanlar. Uzuk butun xalifalik davrida u kishining qo'llarida edi, so'ngra bu muborak uzuk Aris qudug'iga tushib ketdi. Harchand qidirtirmasinlar, topilmadi.

Uzuk taqish sultonlarga ham, boshqalarga ham mumkin, deganlarga kelsak, ular Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalari va ulardan keyingilar (tobe'inlar) hokim bo'lmasalar ham, uzuk taqqanlari haqidagi rivoyatlarni hujjat qilishadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:44:48

Ja'far ibn Muhammad otasidan rivoyat qiladi: "Hasan va Husan (roziyallohu anhum) chap qo'llariga uzuk taqishar va ularning uzuklarida Alloh taoloning ismi bor edi".

Ya'lo ibn Ubayd Ibn Siyrindan, u kishi Rashid ibn Quraybdan rivoyat qiladi: "Men Muhammad ibn Hanifani chap qo'lida uzuk taqqanlarini ko'rdim". Yunus ibn Isxoq: "Men Qays ibn Abu Hozim, Abdurrahmon ibn Asvad, Sha'biy va boshqalarning chap qo'llarida uzuk taqqanlarini ko'rdim", deydi. Ular sulton ham, hokim ham emas edilar, chunki sulton ziynat uchun va uzukka muhtojligi uchun taqadi. Sultondan boshqa ziynat va uzukka muhtoj kishilar hukmda barobardirlar. Sultonlarga mumkin bo'lgan narsa boshqalarga ham mumkin. Biz shu gapni olamiz.

Qozi va sultonlardan boshqalar tilla uzuk taqmasligini tark qilish afzal.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:45:02

101-bob
Uzukka naqsh berish va unga yozish haqida


Faqih aytadilar: Anas ibn Molik Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Mushriklarning o'ti bilan yoritmanglar va uzuklaringga arabchada naqsh soldirmanglar". Hasan Basriydan bu haqda so'rashganida,  "Mushriklar bilan ishlaringda maslahatlashmanglar va uzuklaringga "Muhammad Rasululloh" deb yozmanglar", deganlar. Umoma Anasdan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) uzuklari naqshi uch satr edi: "Muhammad" bir satr, "rasul" bir satr, "Alloh" bir satr". Abu Bakr (roziyallohu anhu) uzuklarida "Ni'mal qodirulloh" (Alloh qanday qudratli) deb, Umarning (roziyallohu anhu) uzuklarida "Ey Umar, o'lim senga nasihatgo'ylikka kifoyadir", Usmonning (roziyallohu anhu) uzuklarida "Albatta sabr qilasan, yo'qsa, pushaymon bo'lasan", Alining uzuklarida "Mulk Allohniki", Umar ibn Abdulaziz uzuklarida "G'azot qilsang, qiyomat kunida sen uchun mujodala qiladi", deb /zilgan edi.

Faqih aytadilar: Uzukning ko'zida surat bo'lishi, makruh emas, bu narsa kiyim va uylardagi suratlarga o'xshamaydi, chunki uzukdagi suratlarda ko'z bo'lmaydi va ular bilinmaydi, balki qaraganda ko'zga ko'rinadigan yirik suratlar makruhdir. Abu Hurayraning uzuklari ko'zida ikkita pashsha surati bo'lgani rivoyat qilingan. Huzayfa va Abu Musoning uzuklarida ikkita yulduz naqsh etilgan. Anas ibn Molikning uzuklarida ikkita odam orasida turgan bir sher yoki ikkita sher orasida bir odam surati solingani xabarlarda kelgan. Agar uzuk ko'zida Alloh taolo yoki payg'ambarlardan birining nomi bo'lsa, hojatxonaga kirgan vaqtda uzukning ko'zini kaftida ushlab turishi mustahab. Istinjo qilmoqchi bo'lsa, uni o'ng qo'liga oladi, shunday qilmasa, yozuvdagi narsani yengil sanagan yoki ulug'lashni tark etgan bo'ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:45:17

102-bob
So'zni ma'ruz qilish haqida

Faqih aytadilar: Ibn Umardan rivoyat qilinadi: "Albatta, so'zni ma'ruz qilishda yolg'ondan qochish bordir". So'zni ma'ruz qilish degani kishi bir narsani o'ylab turib boshqa narsani aytishidir. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): Muso alayhissalomning Xizr alayhissalomga:

"Unutganim sababli meni ayblama" (Kahf, 73), degan so'zlari haqida: "Muso alayhissalom esdan chiqarmadilar, balki so'zni ma'ruz qildilar", deganlar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir tomonga safar qilishni xohlasalar, boshqa tomonga chiqmoqchidiek, falon joyga yo'l qanday, deb aytardilar, so'ng boshqa joyga safar qilardilar. U zot (sollallohu alayhi vasallam): "Sirni berkitish bilan hojatlarning bajarilishiga yordam beringlar, chunki har bir ne'mat egasiga hasadgo'y bor", deganlar. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) agar qavmiga bir narsani buyursalar va qavmi bunga xilof qilsa, boshini osmonga ko'tarib: "Ey Parvardigor, men yolg'on gapirmadim, Sen yolg'on gapirmading", derdilar. Shunda ular Ali (roziyallohu anhu) bu haqda Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) biron narsa eshitgan bo'lsa kerak, deb o'ylab qolardilar.

Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) uchta narsada — ikkitaning orasini islox qilishda, urushda va er ayolini rozi qilishida yolg'on gapirishga ruxsat berilgani rivoyat qilinadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:45:35

103-bob
Risola haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishi risola (xat) yozsa, uni muhrlashi lozim, chunki shubhani ketadi, odat ham shunday bo'lib kelgan va bu haqda xabarlar bor. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): "Maktubning hurmati uni muhrlashdir", deganlar. Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Qaysi maktub muhrlanmagan bo'lsa, u jildlangandir" va yana: "Qaysi sahifa muhrlanmagan bo'lsa, bas, u jildga solingandir", deganlari rivoyat qilingan. Oldingilarning odati shu ediki, kotib falonchidan falonchiga deb o'zidan boshlardi. Umar (roziyallohu anhu) xalifaga xat yozganlarida o'zidan boshlaganlari va hokimlarga, o'zlaringdan boshlanglar, deb maktub yozganlari rivoyat qilinadi. Vaki' ibni Dovuddan, u Abdulloh ibn Muhammad ibn Sirindan rivoyat qiladi: Abdulloh safar qilmoqchi bo'lganida otasi Muhammad ibn Siyrin unga: "Agar menga maktub yozmoqchi bo'lsang, o'zingdan boshla, chunki agar sen mendan boshlasang, maktubingni o'qimayman", dedilar.

Robi' ibn Anas: "Biror bir kishi hurmatda Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) ulug'roq emas. Agar sahobalar u zotga xat yozsalar, o'zlaridan boshlardilar", deydi. Ibn Siyrin aytadilarki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Forslar maktub yozsa, ulug'lari va kattalaridan boshlaydi. Bas, sizlar o'zlaringdan boshlanglar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:46:31

Ammo maktubni undan (maktub yozilayotgan kishidan) boshlasa ham, joiz, chunki ummat hammasi shunga ijmo' qilgan. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ummatim zalolatga jam bo'lmaydilar", deganlar. Bas, ummat shunga jam bo'lgan ekan, demak, unda foyda ko'rganlar. Oldingi rivoyatlar esa, mansuh bo'lgan. Darhaqiqat, biz ummatning ijmosi bilan oyat nasx bo'lganini ko'rdik, xuddi Alloh taoloning:

"Agar juftlaringizdan birontasi kofirlar tomonga o'tib ketsa-yu (ammo ular o'sha xotin uchun berilgan mahrni uning eriga qaytarib bermasalar), so'ng sizlar o'ch olsangizlar (ya'ni u kofirlar bilan urushib g'alaba qilsangizlar va o'ljalar olsangizlar), u holda (o'sha o'ljalardan) juftlari (kofirlar tomonga o'tib) ketgan kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar!" (Mumtahana, 11) degan so'z ummatning ijmosi bilan mansux bo'lganidek. Endi ohad xabarni ijmo bilan tark qilish avloroqdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:47:00

Rivoyat qilinadiki, Hasan maktub u kishining nomi bilan boshlanishida ziyon ko'rmasdilar.

Faqih aytadilar: Bizning zamonamizda maktubni uning nomi bilan boshlab, so'ng o'zinikini yozishi yaxshidir, chunki o'zinikidan boshlash xat yozilgan kishini mensimaslik va unga takabburlik qilish sanaladi. Ammo quliga g'ulomiga xat yozsa, o'zidan boshlayversin.

Kishi salom kabi maktubga ham javob qaytarish lozim bo'ladi. Ibn Abbos maktubga javob qaytarishni salomga alik olishdek vojib bilardilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bir-birlaring bilan maktub orqali bog'laninglar, garchi diyorlar uzoq bo'lsa ham", deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:49:16

104-bob
Hazil-mazax haqida aytilgan gaplar


Faqih aytadilar: Gunoh sanaladigan gaplarni gapirmasdan, insonlarni kuldirishni qasd qilmasdan hazil qilishning zarari yo'q. Rivoyat qilinadiki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Men faqat haq so'z bilan hazil qilaman va gapiraman", dedilar. Anas rivoyat qiladi: "Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) yuk ortishga tuya so'radi. Rasululloh: "Men senga urg'ochi tuyaning bolasini beraman", dedilar. U: "Men urg'ochi tuyaning bolasini nima qilaman?" dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) "Urg'ochi tuyadan boshqasi ham tug'adimi?" dedilar". Anas (roziyallohu anhu): Nabiy (sallallohu alayhi vasallam) biz bilan aralashib yurar va ukamga: "Ey Abu Umayr, nima qildi nug'ayr", derdilar.

Rivoyat qilinishicha, bir kampir Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taologa duo qiling, meni jannatga kirgizsin", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kampirlar jannatga kirmaydi", dedilar. Shunda kampir yig'lay boshladi Oisha (roziyallohu anhu): "Siz uni xafa qilib qo'ydingiz", dedilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):

Qayd etilgan