Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272699 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:49:49

"Darvoqe' Biz ularni (ohu ko'z hurlarni) daf'atan paydo qildik. So'ng ularni o'ng tomon egalari uchun (yoshda ham, husnu jamol va qaddu qomatda ham) bir-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo'ydik" (Voqea, 35-37), deb o'qidilar, bundan kampir xursand bo'ldi".

Hammod ibn Salama Abu Ja'far Xutamiydan rivoyat qiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Abu Umra (Umraning otasi) kuniyali kishiga: "Ey Ummu Umra" (Umraning onasi), dedilar. Shunda u kishi farjini ushlab: "Ey Rasululloh, men o'zimni ayol deb o'ylab qolibman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Men ham insonman, sizlar bilan hazillashaman", dedilar.

Faqih (roziyallohu anhu) aytadilar: Ko'p hazil qilma, chunki u haybatni ketkizadi va solih kishilar nazarida obro'yingni tushiradi. Ahmoqlar senga jur'at qiladilar, engiltak hisoblanasan. Oralaringda aloqa bo'lmagan kishiga  axloqini bilmay, hazil qilma. O'rtoq va yaqinlaring bilan gunoh so'zlarsiz va haddan oshmasdan hazil qilsang, zarari yo'q, chunki ishlarning yaxshisi o'rtachasidir. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:50:00

105-bob
Foydalar haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Vake' Savrdan, u Mahfuzdan, u esa, Alqamadan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishini quyoshda turganini ko'rib: "Soyaga o't, chunki bu foydali", dedilar". Abu Hurayra: "Soyaning cheti shayton o'tiradigan joy", deganlar.

Abu Zubayr Jobirdan, u Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi: "Agar maktub yozsanglar, uni tuproq-loy bilan berkitinglar, chunki bu hojatga tezroq chiqaradi, talabni tezroq qondiradi. Baraka tuproqdadir", dedilar. Nofe' Ibn Umardan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) hojatlari esdan chiqmasligi uchun qo'llariga ip bog'lar edilar. Bu ip "xaytur ratima" (eslash uchun barmoqqa bog'lanadigan ip) deyilardi.

Abu Najihdan, u Mujohiddan rivoyat qiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishini eslab, u haqda so'radilar. Shunda bir kishi: "Men yuzini ko'rsam, taniyman", dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Bu tanish emas" (ya'ni, ismini bilmasang, bu tanish emas), dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:51:12

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Eshikni qulflanglar, meshning og'zini bog'langlar, chiroqlarni o'chiringlar, chunki  sichqon uyni yoqib yuboradi", dedilar (ya'ni, sichqon pilikni tortadi).

Nofe' Ibn Umardan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)  iydga piyoda yurib chiqardilar, qaytayotganlarida boshqa yo'ldan ulovga minib qaytardilar. Iydi fitrdan oldin egulik eb olardilar. Iydi Qurbonda (taomni namozdan) kechiktirardilar".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Yaxshilikni yuzi chiroylilardan izlanglar", deydilar.

Yahyo ibn Abu Kasir aytadilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) hokimlariga: "Yuzi, qomati chiroyli (bir rivoyatda ismi chiroyli) kishidan boshqaning ko'nglini olmanglar", deganlar. Yana: "Alloh rasul qilib, faqat yuzi, ovozi, ismi chiroyli odamlarni yubordi", deydilar. Ibn Abu Mulaykadan: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar miskinni uch marta qaytarsang ham, u qaytmasa, uni urishib koyishning zarari yo'q", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:51:20

Umar (roziyallohu anhu) bir kishining qo'lida kichkina Mushaf ko'rdi va: "Buni kish yozdi?", deb so'radilar. U: "Men", dedi. So'ng Umar uni qamchi bilan urdilar va: "Qur'onni ulug'langlar", dedilar. Ibrohim Naxa'iy: "Mushafning kichkina narsaga yozilishi makruh", deganlar.

Amr ibn Uboda aytadilar: "Bir kecha masjidda tunadim, menda hech narsa yo'q edi. Uyg'onib qarasam, kiyimimda hamyon bog'langan edi. Ichida qirq dirham atrofida pul bor ekan. Ato'ni oldiga borib, undan fatvo so'radim. U: "Sening kiyimingga hamyonni bog'lagan kimsa u narsa seniki bo'lishini xohlagani uchun bog'lagan. Agar hojating bo'lsa, ishlat, agar behojat bo'lsang, uni muhtojga ber", dedi.

Ibn Siyrindan: Biz Abu Qatoda bilan qirg'oqda edik. Bir payt bir yulduz pastga uchdi. Biz uning orqasidan qarab qoldik, shunda Abu Qatoda bizni qaytarib: "Ko'zlaringizni unga ergashtirmangizlar, chunki biz bundan qaytarilganmiz", dedi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:51:33

Vake' ibn Zuayb deydilar: "Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) gul berilsa, uni og'izlariga qo'yardilar". Hasan: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar birortangiz qilichni yalang'ochlasa, uni qiniga solmaguncha boshqaga bermasin", dedilar va shu ishni qilayotgan qavmni ko'rib: "Men bundan qaytarmaganmidi? Bas, kim shunday qilsa, unga Allohning la'nati bo'lsin", deb aytdilar.

Abu Hurayradan rivoyat qilindi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) jinlar uchun suyishdan qaytardilar", jinlar uchun so'yish degani, yangi hovlidan shumlanib so'yishdir yoki hayvonning ko'zini o'yib olishdir.

Ali (roziyallohu anhu) aytadilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) "masjidcha" yoki "qur'oncha" deb kichraytirib aytishdan qaytardilar".

Sha'biy Abu Juhayfadan, u Alidan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: "Men  Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Qiyomat kunida parda orqasidan bir nido qiluvchi: "ko'zlaringizni Rasulullohning qizi Fotima jannatga kirgunicha yopib turinglar", deb nido qiladi", deganlarini eshitdim", dedi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:51:49

106-bob
Dunyoda ikki marta erga tekkan ayol haqida


Faqih aytadilar: Insonlar dunyoda ikki marta erga tekkan ayolning oxiratda qaysinisi bilan bo'lishi xususida ixtilof qilishdi. Ba'zilar, ikkinchisi bilan bo'ladi, desa, ba'zilar, ixtiyor beriladi, qaysi birini xohlasa, o'shanisi bilan bo'ladi, dedilar. Ikkala firqaning ham so'zini quvvatlaydigan rivoyatlar kelgan. Ikkinchisi bilan bo'ladi, deganlar Muoviya ibn Abu Sufyondan rivoyat qilingan hadisni oldilar. Muoviya Ummu Dardoga sovchi yubordilar. Shunda Ummu Dardo bosh tortib: "Menga Abu Dardo: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) "Ayol oxiratda oxirgi eri bilan bo'ladi", deganlarini eshitganman va agar sen oxiratda ham xotinim bo'lishingni xohlasang, mendan keyin erga tegma", degan", dedilar". Ixtiyori o'zida bo'ladi, deganlar Ummu Habibadan rivoyat qilingan hadisni olishgan. Ummu Habiba Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Rasululloh, ko'pincha biz ayollar ikki marta erga tegamiz. Oxiratda qaysi biri bilan bo'lamiz?" deb so'radilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ixtiyor beriladi, xilqati chiroylirog'ini ixtiyor qiladi", dedilar. So'ng: "Xilqatning chiroyi dunyo va oxirat yaxshiligi bilan ketadi", deb qo'shib qo'ydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:55:57

107-bob
Mushriklarning bolalari haqida aytilgan so'zlar to'g'risida


Faqih  aytadilar: "Mushriklarning (balog'atga etmasdan o'lib ketgan) bolalari haqida ba'zilar, ular jannati, ba'zilar, do'zaxda, deyishdi. Yana birovlar, jannat ahliga xizmat qiladi, deganini aytishdi, boshqalar buning aksini gapirishdi.

Bu haqda ham turli xabarlar kelgan. Ularni jannatda bo'ladi, deganlar Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Har bir tug'ilgan bola musulmon bo'lib tug'iladi, keyin ota-onasi uni yahudiy, nasroniy va  majusiy qilib yuboradi", degan so'zlarini olishgan. Ularni do'zaxiy, deganlar esa, Xadicha onamizdan rivoyat qilingan hadisga suyanishadi. Xadicha onamiz Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) johiliyat davrida oldingi eridan tug'ilgan  o'lgan bolalari haqida so'radilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):

"Xohlasang, ularni do'zaxda ko'rsataman, xohlasang, senga ularning nolalarini eshittiraman, Alloh taolo "va ular faqat ko'rnamak, nopok (kimsalar)ni tug'ib-ko'paytirurlar" (Nuh, 27), degan. Ular tug'ilgan vaqtlarida kofir bo'lgan edilar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:56:34

Oisha (roziyallohu anho) yosh go'dak bolaning janozasi oldidan o'tdilar va: "Unga jannat, jannat qushlaridan bir qush bo'lsin", dedilar. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qaydan bilasan, agar u katta bo'lsa, undan nimalar sodir bo'lardi?" dedilar.

Ular jannat ahliga xizmatkor bo'ladi, deganlar Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisni hujjat qilishadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ummatimdan e'tiborsiz tashlab qo'yiladiganlar kimligini bilasizlarmi?" dedilar. Sahobalar: Alloh va Uning rasuli biluvchiroq", deyishdi. Rasululloh: "Mushriklarning gunoh qilmaganlari sababidan azoblanmaydigan va yaxshilik ham qilmaganliklari sababidan savob ham olmaydigan go'daklari, ular jannat ahliga xizmatkordirlar". Ular haqida xabar va asarlar turli xil bo'lgach, sukut qilish afzaldir. Biz, Alloh rasul ularning ishini biluvchiroq, deb aytamiz. Abu Hanifa (roziyallohu anhu) mushriklarning bolalari haqida so'ralganida: "Men bu haqda bilmayman", deganlar. Muhammad ibn Hasan esa: "Men bolalar masalasida sukut qilaman, lekin shuni bilamanki, Alloh taolo birortani gunohsiz azoblamaydi", dedilar. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 07:59:47

108-bob
Payg'ambarlar zikri haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Xabarlarda rivoyat qilinishicha, payg'ambarlar 124000 ta bo'lgan, 313 tasi rasul, qolganlari rasul emas. Shuningdek,  Abu Zar G'iforiy Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: U zot (sollallohu alayhi vasallam) Badr kuni ashobiga: "Sizlarning soningiz rasullarning va Tolut ashoblari daryodan o'tganlaridagi adadichasiz", ya'ni, 313 ta. Payg'ambarlardan rasul bo'lmaganlarining ba'zilariga tushida vahiy kelardi, ba'zilari biror shaxsni ko'rmasdan, ovoz eshitardi. Rasullarning birinchisi Odam alayhissalomdir. U zot farzandlariga rasul edilar. Alloh uni tuproqdan ayoli Havvoni uning chap qovurg'asidan yaratdi. Havvo onamiz yigirma martada qirqta o'g'il-qizni tug'di. Ular ko'payib Alloh taolo aytgan darajaga etishdi:

"Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko'p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo'rqingiz!" (Niso,1)

Odamning jannatdagi kuniyasi Abu Muhammad edi, chunki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) farzandlarining eng ulug'dirlar va  u Odamzotning nomlari bilan kunya oldi. Odamning erdagi kuniyasi Abul Bashardir. Alloh taolo unga o'likni, qonni va cho'chqa go'shtini harom qildi. 930 yil yashadi. Tavrot ahli ham uni zikr qilgan. Vahb ibn Munabbah ming yil yashaganin rivoyat qilganlar. So'ng undan keyin Shiys ibn Odam payg'ambar va rasul edilar, Odamning vasiysi, ahdining valiysi edilar. Vahb ibn Munabbah: "Alloh Shiysga ellik sahifa tushirdi, To'qqiz yuz yil yashadi", deganlar. Shiys butun basharning otasi edilar, butun insonlarning nasabi unda to'xtaydi. So'ng Idris alayhissalom keldilar, u ham nabiy va rasuldirlar. Alloh taoloning kitobi va Islom sunnatlarini ko'p dars qilganlar sababli qalam bilan xat yozganlar u kishi kiyim tikib kiygan birinchi odam edilar, ya'ni, paxtadan. Odamlar u zotdan oldin teri va jundan kiyardilar. U dav'at qilgan odamlardan ming tasi ijobat qildi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:00:28

U zot Nuhning otasining bobosidir. 365 yoshda osmonga ko'tarildi. Alloh taolo:

"Va Biz uni yuksak martabaga ko'tardik" (Maryam, 57), degan. Alloh unga o'ttizta sahifa tushirdi.

So'ng undan keyin Nuh alayhissalom payg'ambar bo'ldilar, u zotning ismlari Shokir edi.  Allohdan qo'rqib ko'p yig'laganlari sababli Nuh (yig'loqi) deb ataldilar. U kishi hukmlarni nasx qilgan va shariatga buyurgan birinchi odam edilar. Oldin kishi singlisiga uylanish muboh edi va bu ish u zotning davrlarida harom qilindi. Natijada qavmi uni yolg'onchiga chiqardi va Alloh ularga to'fon yubordi. Dunyoning hammasi g'arq bo'ldi, faqat u kishi bilan kemada qirqta erkak va qirqta ayol jon saqladi. Ular kemadan chiqqach, hammasi halok bo'ldi, faqat Nuhning farzandlari Som va Xom, Yofas va ularning ayollari qoldi. Alloh taolo:

"Va uning zurriyotini (to qiyomat) boqiy qolguvchi kishilar qilib qo'ydik" (Soffat, 77), deb aytgan, bas, ular o'z-o'zlaridan tug'ilib ko'paydilar. Arab, fors va rumliklarning hammasi Somning avlodlari, habash, sind va hindlar Xomning farzandlari, ya'juj va ma'jujlar, saqolaba va turklar Yofasning bolalaridir.

Qayd etilgan