Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272738 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:25:03

Aytiladiki, momaqaldiroq bulutlarni baqirib haydaydigan farishtalarning qo'llaridagi yo'l ochadigan asbob.

Aytiladiki, "Osmon bilan erning o'rtasidagi masofa 500 yillik yo'l, mashriq va mag'ribning orasi 500 yillik yo'l, buning ko'prog'i cho'l, dengiz, tog'lardir va ozginasi aholi yashaydigan joylardir. Buning ham ko'pi kofirlar va ozginasi musulmonlardir. Dunyoning atrofi zulmatdir,  zulmatning ortida Qof tog'i joylashgan. Bu tog' yashil zumratdan bo'lib, osmonning cheti unga yopishgan". Aytiladiki: "Dunyoda hech bir tog' yo'qki, uning ildizlaridan bir Qofga etmasa. Agar Alloh taolo bir qavmni halok qilmoqchi bo'lsa, farishtaga buyuradi, farishta tog'ning uchidan harakatlantiradi va ularni to'kib tashlaydi".

Ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: "Dunyo osmoni bir qotirilgan to'lqindir va ikkinchisi oq zumraddir, uchinchisi temirdandir, to'rtinchisi oltindan, beshinchisi misdan, oltinchisi kumushdan, yettinchisi tillo pardadir. Yettinchi osmon va undan oldingilarining orasida nurdan to'lgan dengiz bor". Ka'b: "Yettinchisi yoqutdan", deydilar. Bular faqat munajjimlarning so'zi emas, tavhid ahlining so'zlari hamdir". Alloh biluvchiroq.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:25:38

111-bob
Jannat va do'zaxning ismlari haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Jannatlar Alloh taolo aytganidek to'rtta:

"Parvardigori (huzurida) turishidan (ya'ni, o'zining Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o'tgan barcha amallariga javob berishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 46), bundan so'ng yana

"U ikki (jannat)dan quyiroqda yana ikki jannat bordir" (Rahmon, 62). Bas, bular bittasi jannatul xuld, ikkinchisi jannatul firdavs, uchinchisi jannatul ma'vo va to'rtinchisi jannatu Adn. Jannatlarning eshigi sakkizta, bu haqda xabarlarda kelgan lekin Alloh taoloning kitobida eshiklar adadi zikr qilinmagan. Ba'zilar aytishadiki, Alloh taoloning kitobida jannat eshigi sakkiztaligiga dalil bor, chunki Alloh taolo:

"Qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib etganlarida..." (Zumar, 73),  deb, "vov" harfi bilan aytyapti.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:27:21

Do'zaxning zikrida:

"Qachon ular (jahannamga) kelib etganlarida, uning darvozalari ochildi" (Zumar, 70), deb, bu erda "vov" harfni aytmadi. Jannat eshiklarida u haqida aytgan edi. Bu jannat eshiklarining sakkiztaligiga dalil, chunki "vov" harfi sakkiz soni oldidan aytiladi. Alloh taoloning ushbu so'ziga qara: "Hali ular: "Uchtadir, to'rtinchilari itlaridir", desalar, ayrimlari:

"Ular beshta bo'lib, oltinchilari itlaridir", deb g'aybga tosh oturlar" ham deydilar" (Kahf, 22). Alloh taolo bu erda "4" va "6" dan oldin "vov" harfini aytmadi, "Yana:

"Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir" (Kahf, 22), deganida "vov"ni aytdi. Shuningdek, Alloh taolo:

"(Ular - tavba qilguvchilar Allohning o'zigagina) ibodat qilguvchilar, shukr etguvchilar, ro'za tutguvchilar, ruku'-sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to'xtatguvchilar" (Tavba, 112), deb turib so'ng, sakkizinchisida

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:27:39

"va Alloh belgilab qo'ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qilguvchi (mo'minlar)dir" (Tavba, 112), deb, "vov"ni keltirgan. Yana:

"Ehtimol Parvardigori - agar u sizlarni taloq qilsa - unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, mo'mina (Alloh va uning payg'ambariga) itoat etguvchi, tavba-tazarru qilguvchi, obida, (mudom Allohning yo'lida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur" (Tahrim, 5), deb sakkizinchisida "vov" harfni aytgan. Sahih gap shuki, xabarlardan jannat eshiklari sakkiztaligi ma'lum deb aytishdir. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadilar: "Jannat ahlining eng past darajadagilari uchun jannatdagi o'rin 500 yil yuriladigan masofadir va unda 500 ta hur bo'ladi. Dunyo hayotidagidek xotini uni quchoqlaydi, dasturxon uning oldiga qo'yiladi, ammo dunyo hayotidagidek to'yishi bilan tugab qolmaydi, ichimlik ham shunday".

Aytiladiki, jannatdagi har bir narsaning dunyoda o'xshashi bor. Jannat ahli eydilar, ichadilar, ammo bavl qilmaydilar, hojat chiqarmaydilar. Dunyodagi uning o'xshashi qorindagi boladir. Jannat ahli uchun xizmatkorlar bor. Agar kishi biror narsa xohlasa, ularga buyurmasdan oldin uni keltiradilar. Gapirishdan oldin hojatini biladilar. Bu holning dunyodagi uning o'xshashi uning a'zolaridir, agar inson biror narsani xohlasa, uning a'zolari buni biladi va buyurmasidan oldin qiladi. Jannatda bir daraxt bor, uni Tubo deb nomlashadi, uning asl tomiri Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) hovlisida, shoxlari har bir hovli va har bir o'rindadir. Uning o'xshashi quyoshdir. Darhaqiqat, uning nuri har bir hovli va har bir o'ringa etadi, har qanday tepalikka, har qanday dalaga, har qanday teshikka kirib bordi va butun dunyoga tarqaladi. Jannatning taomi tugamaydi, garchi undan har qancha esalar ham, undan biror narsa kamaymaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:28:15

Uning dunyodagi o'xshashi Qur'ondir. Insonlar uni o'rganadilar va o'rgatadilar, vaholanki u o'z holatida turadi, undan biron narsa kamaymaydi. Jannatda uzun soya bor, uning dunyodagi o'xshashi quyoshning chiqishidan oldingi va botganidan keyingi  qorong'ulik kirguncha bo'lgan vaqt. Jannatning hammasi uzun soyadir va bu Alloh taoloning so'zidan keladi:

"Rabbingizning soyani qanday uzun qilganini ko'rmadingizmi?" (Furqon, 45).

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilarki: "Sizlarga jannat ahlining bir vaqtiga o'xshash vaqtning xabarini beraymi, ogoh bo'linglar, u quyosh chiqishidan oldingi vaqtdir, uning soyasi doim bo'ladi, rahmati keng yoyilgan va barakoti ko'p. Jannat xazinabonining ismi Rizvon deyiladi. Darhaqiqat, u rahmat va mehribonlik bilan burkalgan".

Do'zax esa, yettita bo'lib, bir-birining ustidadir. Bu xabar Alloh taoloning so'zida keladi:

"Do'zaxning yettita eshigi bor, ulardan har birining belgilangan juz'i-bo'lagi bor" (Hijr, 44). Ularning birinchisi va eng balanddagisi  jahannam bo'lib, qiyomat kunida xalq  uning ustidan o'tadi.

"Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo'lgan hukmdir" (Maryam, 71), deydi. Ikkinchisi Lazo, uchinchisi Hutama, to'rtinchisi Sa'ir, beshinchisi Saqar, oltinchisi Jahim, yettinchisi Haviya va u do'zaxning eng pastdagisi, azobning eng qattig'i unda, u zindiqlarga tayyorlab qo'yilgandir, ular munofiqlardir. Do'zaxning qo'riqchilarining eng kattasi Malik deyiladi, u g'azab va haybatga burkalgandir. Bundan, Ey Parvardigor, bizni o'z fazling va karaming ila qutqar, yo arhamar rohimin. Amin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:30:22

112-bob
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) nasablari, farzandlari va ayollari haqida


Faqih aytadilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) o'z nasablarini zikr qilib: "Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumannof ibn Qusay ibn Qilob ibn Murra ibn Ka'b ibn Luay ibn G'olib ibn Fihr ibn Molik ibn Nazr ibn Kanona ibn Huzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Muzar ibn Nazor ibn Ma'd ibn Adnon", deganlar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Adnongacha bog'lanishlarini va nasablari Adnondan o'tmasligini rivoyat qildilar. Ka'bul Ahbor va boshqalardan Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) nasablarini Odamgacha zikr etganlari rivoyat qilinadi. Ba'zilar buni inkor etishgan. Abdulloh ibn Mas'ud aytadilar: "Nasab aytguvchilar yolg'on gapirdilar, chunki Alloh taolo:

"Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini hamda shu oradagi ko'pdan-ko'p asrlarni (eslang)!" (Furqon, 38);

"Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh qavmining, Od, Samud (qabilalarining) va ulardan keyin o'tgan, (sonu sanoqlarini) faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi?" (Ibrohim, 9), deb aytgan".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:31:23

Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) onalari homiladorlik paytida otalari vafot etgach, shu sababli bobolari Abdulmuttalib qaramog'ida o'sganlar. Abdulmuttalib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sakkiz yosh bo'lganlarida vafot etdi va amakilari Abu Tolib qo'liga o'tdilar. Onalarining ismi Omina binti Vahbdir Rasululloh olti yoshlarida onalari ham vafot qildi. Rasulullohni emizgan enagalari toiflik ayol Halimadir.

Alloh u kishiga qirq yoshlarida vahiy yubordi. Rasululloh vahiydan so'ng Makkada o'n uch yil turdilar, so'ng Madinaga hijrat qildilar va unda o'n yil yashadilar, so'ng oltmish uch yoshlarida vafot etdilar. Vafot etganlarida to'qqizta ayollari bor edi. Jami uylangan ayollari o'n to'rttadir. 1. Xadicha binti Xuvaylid. U ayollarning sayyidasi edilar. Insonlarning eng birinchi Islomga kirganidirlar. 2. Savda binti Zum'a. 3. Oisha binti Abu Bakr. Bu ayollarga Makkada uylandilar. 4. Hafsa  binti Umar. 5. Ummu Salama binti Abu Umayya. 6. Ummu Habiba binti Abu Sufyon. Bu oltitasi Qurayshdan. 7. Juvayriya, Bani Mustaliqdan. 8. Safiyya binti Huyya ibn Ahtob, 9. Zaynab bilan Jahsh, u Zayd ibn Horisaning xotini edi, unga saxiyligi sababli miskinlarning onasi deyilardi. U Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) keyin vafot etgan ayollarining birinchisi. 10. Maymuna binti Horis Aslamiya, u Ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) xolasi. 11. Zaynab binti Huzayma. 12. Bani Xiloldan bir ayol, u o'zini Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) hadya qilgan. 13. Kindo qabilasidan bir ayol, u Rasulullohdan panoh tilagan edi, so'ng uni taloq qilganlar. 14. Kalb qabilasidan bir ayol.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:32:12

Rasulullohning uchta o'g'illari va to'rtta qizlari bor edi. 1 Qosim, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)  uning nomi bilnan kunya oldilar (Abulqosim - Qosimning otasi), so'ng qizlari Zaynab, so'ng o'g'illari Abdulloh, uning ismi Tohir edi, vahiy nozil bo'lgandan keyin tug'ildi, shu sababli Tohir deb nomlandi. So'ng qizlari ummu Gulsum, so'ng qizlari Fotima, so'ng qizlari Ruqiya, ularning barchasi Makkada Xadichadan (roziyallohu anho) tug'ildilar. So'ng Madinada o'g'illari Ibrohim qibtiy Moriya degan ayollaridan tug'ilgan.  Fotimani Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) turmushga berdilar, Ruqiyani Usmon ibn Affonga (roziyallohu anhu) berdilar. Ruqiya Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Badr jangiga chiqqanlarida vafot etdi. Badrdan qaytganlarida Usmonga Ummu Gulsumni berdilar 9raziyallohu anho). Shu sababli Usmon Zunnurayn (ikki nur egasi) deb nomlandilar. Zaynabni Abul Os ibn Rabi'ga turmushga berdilar. Farzandlarining hammasi Rasulullohdan oldin vafot etgan, faqat Fotima Rasulullohdan so'ng 6 oy yashadi. Rasulullohning barcha ayollari sayyiba — erga tegib chiqqan edi, faqat Oisha (roziyallohu anho) bokira edilar. Nikohlanganda yoshlari oltida edi. To'qqiz yoshga etganlarida Rasululloh bilan qo'shildilar. Rasulullohning ayollari shu vaqtda to'qqizta edi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) to'rt marta umra va bir marta haj qildilar, bu haj Hajjatul vado'dir.

Hijratdan olti yil keyin Haybar, sakkiz yil keyin Makka fath qilindi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:32:24

Rasulullohning vafotlari rabiulavval oyining dushanba kuni edi.

Biz qo'yayotgan kunlar hijriydir. Umar (roziyallohu anhu) sahobalar bilan maslahatlashib sana qo'yishni hijratdan boshlashga buyurdilar.

Zayd ibn Horisa Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quli edi. U avval Xadichaniki edi, so'ng uni Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) hadya qildilar va Rasululloh uni ozod etdilar. Nabiyning qullaridan yana biri Abu Rofe' bo'lib, u Abbosniki edi, uni Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) hadya qilganlar. Abbos musulmon bo'lganlarida Abu Rofe' Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) uning Islomga kirgani xushxabar bergan, shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uni ozod qilgandilar. Qullaridan yana biri Safina bo'lib, asli Ravhon yoki Mixron edi. Uni Raboh deb atashardi. Ba'zi safarlarda Rasulullohning yuklarini olib yurardi. Bir marta ko'p narsani ko'tarib olgan edi, shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Sen safinasan" (kemasan), degan edilar, keyin shu nom bilan nomlandi. Savbon, Shaybon, Shikron, Yosor va boshqalar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ozod qilgan qullardir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 08:32:40

113-bob
Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) xalifalari nomlari haqida


Faqih  aytadilar: Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan keyin sahobalar ixtilof qilishdi. Ansorlar: "Bizdan bir amir, sizlardan bir amir bo'lsin", dedilar. Muhojirlar: "Amir bizlardan bo'ladi", deyishdi. Ba'zilar: "Xalifalik Aliga (roziyallohu anhu) xos", dedi. Ba'zilar: Abu Ubayda ibn Jarroh xalifa bo'lsin", dedi. So'ng ularning barchasi Abu Bakrga (roziyallohu anhu) bilittifoq bay'at qilishdi. U zot ikki yil xalifalik qildilar. Ismlari Abdullohdir. Islomdan oldin Abdul-Ka'ba bo'lgandi, chunki johiliyat davrida Ka'badan chiqmasdilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) u zotga Abdulloh deb ism berdilar. Abu Bakrni "Rasulullohning xalifasi", deyishardi. U zot vafot etgach, Umar (roziyallohu anhu) voliy bo'ldilar. U zot sahobalarga: "Sizlar Abu Bakrni Rasulullohning xalifasi der edinglar. Endi meni qanday nomlaysizlar?" dedilar. Ba'zilar: "Rasululloh xalifasini xalifasi", deymiz", deyishdi. Shunda: "Bu nom uzun, og'irlik qiladi Sizlar mo'min emasmisizlar? Amirul mo'minin, denglar", dedilar. Amirul mo'minin deb nomlangan birinchi xalifa Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) bo'ldilar. U zotning xalifaligi o'n yil bo'ldi. Uni Mug'iyra ibn Shu'baning quli mal'un Abu Lu'lua o'ldirdi. Keyin Usmon (roziyallohu anhu) xalifa bo'ldilar, u kishining xalifaligi o'n ikki yil davom etdi. Usmonni fitnachilar o'ldirdi. So'ng u zotdan keyin Ali (roziyallohu anhu) amir bo'ldilar. Uning xalifaligi olti yil bo'ldi. U zotni Abdurrahmon ibn Muljam o'ldirdi (Muljam — yuganlangan, ya'ni, Alloh og'zini o'tli yugan bilan yuganlagan ma'nosida.)

Qayd etilgan