Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 273087 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:18:37

123-bob
Iymon maxluqmi, maxluq emasmi


Faqih aytadilar: Odamlar iymon haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar uni maxluq dedi; ba'zilar maxluq emas, dedi. Iymon maxluq deganlarning hujjati: albatta iymon til bilan iqror bo'lish va qalb bilan tasdiqlash va ular (iqror va tasdiqlash) bandalarning fe'llari ekan, iymon maxluqdir. Chunki banda butun fe'llari bilan maxluqdir. Alloh taolo:


"Alloh sizlarni va qilayotgan amallaringni yaratdi" (Soffat, 96), degan. Iymon maxluq emas deganlarning hujjati: iymon "La ilaha illalloh", "Va ashhadu al-la ilaha ilalloh" deb guvohlik berishdir. Bu Allohning kalomidir va Allohning kalomi maxluq emasdir. Kimki bu kalomni maxluq deb, gumon qilsa, Qur'onni maxluq deb gumon qilibdi.

Faqih aytadilar: Bir so'z bilan aytganda, bu masalada ixtilof yo'q, chunki kimki iymonni maxluq desa, bu bilan bandaning fe'lini va lafzini iroda qilibdi. Biz buni olmaymiz. Kimki maxluq emas desa, u bu bilan shahodat kalimasini iroda qilibdi, biz shuni olamiz. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:19:04

124-bob
Qur'on haqidagi so'zlar


Faqih aytadilar: Odamlar Qur'on haqida gapirishdi. Ba'zilar: "U maxluq, chunki sahifalarda yozilgan", deyishdi. Bu Bashir Marisiy, Husayn Najjor va ularga ergashganlarning so'zi. Ba'zilar: "Qur'on maxluq emas va u mushaflarda yozilmagan", dedi. Bu Abu Abdulloh ibn Kirom, Qilobiy va ularga ergashganlarning so'zi. Ba'zilar: "U Allohning vahiyi, Alloh uni tushirgan va biz bu maxluq yoki g'ayri maxluq deb aytmaymiz", deydi. Bu Jahmiy va unga ergashganlarning so'zi. Ba'zilar: "Qur'on mushafda yozilgan va u g'ayri maxluq", dedi. Bu Ibrohim ibn Yusuf, uning tug'ishgani Zohid va mashoixlarimiz mazhabining so'zi. Qur'on maxluq, deganlar Alloh taoloning ushbu oyatlarini dalil qilishadi:

"Alloh hamma narsani yaratuvchidir" (An'om 102);

"Biz uni arabiy Qur'on holida nozil qildik" (Yusuf, 2).

Qur'onni maxluq emas, deganlar Ibn Abbosning:

"(Biz uni) biror egrilik bo'lmagan arabiy Qur'on holida (nozil qildik)" (Zumar, 28), oyati haqidagi Qur'on g'ayri maxluq, degan so'zlarini olishdi. Sufyon ibn Uyayna Alloh taoloning:

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:19:15

"Ogoh bo'lingizkim, yaratish va buyurish faqat Unga xosdir" (A'rof, 54), oyati haqida shunday deganlari rivoyat qilinadi: "Xalq yaratish — maxluqlar, buyurish — Qur'on va u maxluq emasdir, u haqda har xil fikrda bo'lmanglar".

Muhammad ibn Abu Bakr Maloiy Abu Abdulloh Muhammad ibn Ja'fardan, u Muhammad ibn Azhardan rivoyat qiladi: "Men Abu Bakr Muhammad ibn Askarning Bog'odda: "Qur'on Allohning kalomi, maxluq emas, kim uni maxluq desa, Allohga kofir bo'libdi va kim lafz bilan aytib, so'ng to'xtasa, u Jahmiy bo'ladi", deb aytganini eshitdim.

Sufyon Savriy aytadilar:"Kim Qur'onni maxluq desa, u kofir bo'ladi".  Anas ibn Molikdan bir kishi "Qur'on maxluq", deb aytgan kishi haqida so'radi. Anas ibn Molik: "Kim Qur'onni maxluq desa, u kofir bo'ladi, uni o'ldiringlar", dedilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Allohning butun tom kalimalari bilan panoh tilayman", dedilar. Darhaqiqat, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Allohdan boshqadan panox tilashdan qaytargan edilar. Demak, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Allohning kalomi bilan panoh tilagach,  u maxluq emasligi isbot bo'ladi, chunki maxluq biror narsadan panoh bera olmaydi.

Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo yaratgan narsani birinchisi qalam", deganlar. Agar Allohning kalomi maxluq bo'lganida Ibn Abbos Alloh yaratgan narsaning birinchisi so'z deb aytgan bo'lar edilar, chunki Alloh taolo narsalarni "kun" (bo'l) degan so'zi bilan yaratdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:19:36

125-bob
Allohni ko'rish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar Allohni ko'rish haqida turlicha gapirishdi. Ba'zilar: "Boriy subonahu va taolo dunyo va oxiratda ko'rinmaydi", dedi. Ba'zilar: "Jannat ahli Allohni oxiratda kayfiyatsiz va tashbehsiz ko'radilar, xuddi ular dunyoda o'xshatishsiz bilganlaridek", deyishdi. Biz shu gapni olamiz va bu sahih, bid'addan uzoq.

Alloh subhonahu va taolo ko'rinmaydi, deganlar Alloh taoloning:

"Ko'zlar Unga eta olmas" (An'om, 103), oyatini va Muso alayhissalomga aytgan

"Sen Meni hargiz ko'rolmassan" (A'rof, 143), degan so'zini hujjat qilishdi. Uni ko'radi, deb aytganlar Alloh taoloning:

"U kunda (mo'minlarning) yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turuvchidir" (Qiyomat, 22—23);

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:19:57

"Chiroyli amal qilganlar uchun go'zal oqibat va ziyoda ne'matlar bordir" (Yunus, 26) degan so'zlarini hujjat qilib olishdi. Ibn  Abbos (roziyallohu anhumo): "ziyoda ne'mat"ni Allohni kayfiyatsiz ko'rish,  deb aytganlar. Alloh taolo yana aytadi:

"Hech shak-shubha yo'qki, ular o'sha kunda Parvardigorlaridan to'silguvchidirlar" (Mutaffifin, 15).

Jarir ibn Abdulloh Bajliy rivoyat qiladi: "Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam): "Yaqinda Parvardigorlarlaringni hech narsa to'smagan to'lin oyni ko'rgandek ko'rasizlar. Quyosh chiqishdan oldin va botishidan oldin namozga mag'lub bo'lmaslikka qodir bo'lsanglar, shuni qilinglar", dedilar, so'ng ushbu oyatni tilovat qildilar:

"... va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang — namoz o'qing!" (Toha, 13).

Faqih aytadilar: Ibn Osim: "Ahli sunna Alloh taolo bu dunyoda birorta mahluqqa ko'rinmaydi, jannat ahli Uni oxiratda ko'radi", deb ijmo qilgan, dedi. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:20:13

126-bob
Sahobalar haqida qanday gapirish lozim?


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Aqlli kishi sahobalar haqida yaxshi so'zlash va dini salomat bo'lishi uchun ularni faqat yaxshilik bilan eslash lozim.

Abdulloh ibn Mug'fal Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Alloh, Alloh, mendan keyin sahobalarim haqida yomon g'arazda  bo'lmanglar, bas, kimki ularni yaxshi ko'rsa, men ham ularni muhabbatim bilan sevaman, kimki ularni yomon ko'rsa, men ularni g'azabim bilan yomon ko'raman, kimki ularga aziyat etkazsa, batahqiq, menga ozor beribdi, kimki menga ozor bersa, Allohga ozor beribdi va kimki Allohga ozor bersa, Alloh uni tezda ushlaydi".

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) minbarda turib: "Bu ummatning payg'ambaridan keyingi eng yaxshirog'i —Abu Bakr (roziyallohu anhu), Abu Bakrdan (roziyallohu anhu) keyin eng yaxshisi Umar (roziyallohu anhu). Allohga qasamki, agar xohlasam, uchinchisini aytaman", dedilar. Ba'zilar: "U zot Usmonni nazarda tutdilar", deyishadi, ba'zilar esa: O'zlarini nazarda tutdilar", deyishadi. Muhammad ibn Fazl aytdilar: "Albatta, bu ummat payg'ambarlaidan keyin yaxshi kishi Abu Bakr (roziyallohu anhu), keyin Umar (roziyallohu anhu) deb ijmo qilishdi, Usmon va Ali (roziyallohu anhumo) o'rtasida ixtilof qilishdi. Bas, biz aytamizki, So'ng Usmon (roziyallohu anhu), so'ng Ali (roziyallohu anhu), so'ng qolgan sahobalar. Ular hammasi yaxshi va solihlardir. Ularni faqat yaxshilik bilan eslaymiz, gapiramiz".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:20:23

Ibrohim Naxa'iydan sahobalar o'rtasida bo'lgan urush haqida so'rashganda: "Bizning qo'llarimiz o'sha qonlardan salomat va tillarimiz u bilan bulg'anmaydi", deb javob berdilar.

Abu Hurayra Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini rivoyat qilganlar: "Ushbu to'rt kishining muhabbati faqat mo'min kishining qalbida jamlanadi. Ular: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (roziyallohu anhum)".

Abu Ishoq Hamadoniy Qosi'dan, u Alidan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi:  "Rusululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh menga Abu Bakrni ota, Umarni maslahatchi, Usmonni suyanchiq va Alini yordamchi qilib olishimni buyurdi. Ushbu to'rt kishidan Alloh taolo Ummul kitobda va'da-ahdlarini olgan. Ogoh bo'lingki, ularni faqat taqvodor mo'min yaxshi ko'radi va badbaxt faqat fojir yomon ko'radi. Bas, ular nubuvvatimning o'rinbosarlari, dunyoimning marjonlari, ishimning pokligi va hikmatimning ma'danlaridir, bular bilan aloqalarni uzmanglar, hasad qilmanglar", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:20:32

Abu Zubayr Jobir ibn Abdullohdan, u zot Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Abu Bakr vazirim va mendan keyin ummatimning orasida qoim  (boshliq), Umar do'stim, Usmon bilan Ali birodarim va bayroqdorim".

Muhammad ibn Jubayr otasidan rivoyat qiladi: "Bir xotin Rasululloh huzurlariga keldi, zot ayolga bir ish buyurdilar. Shunda u xotin: "Ayting-chi, agar sizni topa olmasam, nima qilaman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar meni topa olmasang, Abu Bakrning oldiga kel", dedilar".

Abu Ismat Nuh ibn Maryam rivoyat qiladi: "Men Abu Hanifadan ahli sunnat val jamoat kimlar, deb so'radim. U kishi: "Abu Bakr (roziyallohu anhu) va Umarni (roziyallohu anhu) afzal bilgan, Usmon (roziyallohu anhu) va Alini (roziyallohu anhu) yaxshi ko'rgan va mahsiga mash tortishni to'g'ri bilib, ummatdan birontasini bir gunoh uchun kofirga chiqarmagan, qadarning yaxshi va yomonligi Allohdan deb, Alloh haqida biron narsa demagan va xurmo nabizini haromga chiqarmagan odamlar", deb aytdilar". Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:20:46

127-bob
Taqdir haqida


Faqih aytadilar: Agar taqdir haqida talashib-tortishmaslikka qurbing etsa, tortishma, chunki bunga chuqur kirishdan qaytarilgan. Abdulloh ibn Ma'sud Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Agar qadar haqida gapirilsa, o'zingizni tiyinglar, yulduzlar haqida gapirilsa, tiyilinglar va agar sahobalarim haqida gapirilsa, tiyilinglar".

Xabarlarda zikr qilinishicha, Uzayr alayhissalom Allohdan qadar to'g'risida so'rab dedi: "Ey Rabbim, Ssen yaxshilikni ham, yomonlikni ham belgilab qo'ygansan, ammo yomon ish qilishsa, ularni jazolaysan", dedilar.  Alloh unga vahiy qilib: "Ey Uzayr, bu masala haqida Mendan so'rama, seni qaytarganimdan so'ng shu narsa haqida so'rasang, payg'ambarlar devonidan ismingni o'chiraman", dedi.

Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Taqdirning yaxshiligi va yomonligi Allohdandir" dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:20:57

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) Jabroil iymon haqida so'raganida: "Iymon — Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg'ambarlariga, oxirat kuniga va taqdirning yaxshi va yomonligi Allohdan ekaniga iymon keltirishing", dedilar.

Amr ibn Shuayb otasiban, otasi buvasidan rivoyat qiladi: "Biz Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida o'tirgan edik, Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) bir to'da odamlar bilan kelib, Rasulullohga salom berishdi. Shunda ba'zilar: "Ey Allohning elchisi, taqdirning yaxshi va yomonligi Allohdanmi yoki yaxshilik Allohdan, yomonlik bizdanmi?", deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ikkalasi ham Allohdan", dedilar. Abu Bakr (roziyallohu anhu): "Hasanotlar (yaxshiliklar) Allohdan, yomonliklar bizdan", dedilar. Umar (roziyallohu anhu): "Yaxshiliklar ham, yomonliklar ham Allohdan", dedilar. Odamlarning ba'zisi Abu Bakrga (roziyallohu anhu) ergashdi, ba'zisi Umarga (roziyallohu anhu). Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh Jabroil va Mikoil orasida hukm qilganidek, o'rtalaringda hukm qilaman. Jabroil, ey Umar, sening gapingni gapirdi, ey Abu Bakr, Mikoil sening gapingga o'xshash narsani aytdi, shunda Jabroil aytdiki: "Agar samo-yu er ahli ixtilof qilsa, ketdik, Isrofilning hukmiga murojaat qilamiz", dedi. Ular Isrofilga voqeani so'zlab berishdi va Isrofil ularning orasida qozilik qilib, albatta, qadarning yaxshi va yomonligi Allohdan ekanin aytdi", dedilar. So'ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Men ham o'rtalaringizda shunday hukm chiqaraman", deb "Ey Abu Bakr, agar Alloh erda o'ziga osiylik qilishlarini xohlamaganida, iblisni yaratmagan bo'lar edi", dedilar". Vallohu a'lam.

Qayd etilgan