Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272668 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:21:59

128-bob
Rofiziylar haqida


Faqih aytdilar: Ali (roziyallohu anhu): "Mening ustimdan ikki kishi halok bo'ladi: o'ta yaxshi ko'ruvchi va o'ta yomon ko'ruvchi", dedilar. Yana aytdilarki: "Oxir zamonda bir qavm chiqadi, bizning firqamizni da'vo qilishadi, ammo  ular bizning firqamizdan emaslar. Ularni rofiziylar deyishadi. Bas, agar  ularni uchratsangiz, o'ldiringiz, ular mushriklardir".

Maymun ibn Mehron Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo), u zot Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Oxirgi zamonda rofiziylar degan qavm bo'ladi. Ular Islomni inkor qilishadi, undan voz kechishadi, bas, ularni qatil qilinglar, chunki ular mushrikdirlar".

Aytadilarki, kim sahobalarni so'ksa, kofirdir, kim ularni yomon ko'rsa,  rofiziydir.

Horun Rashid mazkur hadisga binoan, ularni qatl qilgan, deyishadi.

Omir Sha'biy aytadi: "Rofiziylik xudosizlikka narvondir,  rofiziyning barchasi zindiq — xudosiz ekanini ko'rdim".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:22:54

129-bob
Namoz vaqtida ovqat hozir bo'lishi haqida


Faqih aytadilar: Agar kishi taomini oldiga qo'yganida namoz vaqti kirib, taomini eb bo'lguncha namoz qazo bo'lmaydigan bo'lsa, ovqatini eb olib, so'ng namoz o'qishida zarar yo'q. Chunki ovqatlanishni boshlab qo'yib, namozga tursa, qalbi taom bilan mashg'ul bo'ladi. Ovqatlanaturib qalbi namozda bo'lishi namozda bo'lib qalbi taomda bo'lishidan afzalroqdir. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) namoz vaqtida kechki ovqat hozir bo'lib qolganida:  "Malomatchi nafsdan boshlamayman", dedilar. Nofi' Ibn Umardan, u zot Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Agar birontangiz ovqatni ustida bo'lsa, undan etarlicha emasdan turib shoshilmasin va garchi namoz vaqti qoim bo'lsa ham".

Abdulloh ibn Arqam Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Agar birontangizga namoz vaqtida qazoyi hojat hozir bo'lsa, oldin hojatni chiqarsin". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Sizlardan birontangiz bavl qilishni xohlagan holida namoz o'qimasin". Bundan ma'no shuki, uning qalbi namozdan boshqa narsa bilan mashg'ul bo'ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:23:07

130-bob
Safardan kechasi qaytishning karohiyati haqida


Faqih aytadilar: Biror-bir kishi safardan qaytsa, uyiga kunduzi kirishi mustahabdir, ahli g'aflatda bo'lgan holatda kechasi ularning oldiga kelishi to'g'ri emas. Jobir ibn Abdulloh Rasulullohning shunday deganlarini rivoyat qilganlar: "Agar birontangiz g'oibdan (safardan) kelsa, eshigini kechqurun aslo taqillatmasin". Boshqa xabarda aytiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) g'azotdan qaytdilar va ashoblariga: "Uyingizning eshigini kechasi aslo taqillatmang", dedilar, ikki kishi taqillatgan edi, ular ayoli bilan erkakni topishdi".

Faqih aytadilar: Bu qaytariq mustahab qaytariqdir, tahrimiy qaytariq emas. Afzali ahliga kelganini bildirish. Kutib olishga tayyor bo'lishlari uchun. Agar bildirmasa, ahli bilmasdan kirib borsa, sunnatni tark qilgan bo'ladi, ammo harom emas. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:23:48

131-bob
Yomg'ir paytida ulovning ustida namoz o'qish haqida

Faqih aytadilar: Agar kishining uyi masjiddan uzoq bo'lib, o'zi va kiyimiga yomg'irdan zarar etishidan qo'rqsa, namozni uyda o'qishi mumkin, bunga ruxsat bor. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar poyabzalga zarar etsa, namoz ulovning ustida, dedilar va ruxsat berdilar, chunki ularning oyoq kiyimlari arabiy edi, agar yomg'irga chiqilsa, yaroqsiz bo'lib qolardi. Shuningdek, kiyimlari ust-boshlari yupun edi, gohida sovuqdan aziyat chekishardi. Shuning uchun ularga uyda namoz o'qishga ruxsat berildi. Ibn Abbosdan rivoyat qilinishicha, u zot yomg'irli kunda azon aytayotgan muazzinga: "Azoningda, namoz ulovda, degin", dedilar. Shunda odamlar u zotga qarashdi, Ibn Abbos: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday qilganlar", dedilar. Nofi' Ibn Umardan, u kishi Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qattiq sovuq bo'lsa, ulov ustida namoz o'qir edilar va muazzinlarga azon aytayotganda oxirida "G'mg'irli kechada ulovning ustida namoz o'qinglar", deb aytishni buyurar edilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:24:19

132-bob
Qo'ng'iroqning karohiyati haqida


Faqih aytadilar: Ibn Umar Ummu Habibidan, U Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi: "Qo'ng'irog'i bor karvonga maloikalar yo'ldosh bo'lmaydi".

Xolid ibn Ma'dan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) qo'ng'iroqli tuyani ko'rib:, "Anavi shaytonning ulovidir", dedilar". Oishaning (roziyallohu anho) huzurlariga bir ayol kirdi, u bilan birga oyog'iga qo'ng'iroqchalar taqilgan bola bor edi. Shunda Oisha onamiz: "Maloikalarni quvadiganni chiqarib yuboringlar", dedilar. Ularni chiqarib yuborishdi.

Omir ibn Abdulloh Rayhona ismli ayoldan rivoyat qiladilar. U ayol aytdi: "Umarning oldiga kirdim, yonimda oyog'iga qo'ng'iroq taqilgan bola bor edi. Umar: "Sherigingga bu shaytondan ekanining xabarini berib qo'y", dedilar".

Faqih aytadilar: Ulamolar, agar manfaati bo'lsa, hayvonga qo'ng'iroq taqish joiz, ammo o'yin uchun bo'lsa, mumkin emas, deyishgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:25:02

133-bob
Ta'ziya bildirish haqida

Faqih aytadilar: Boshiga musibat tushgan kishiga ta'ziya bildirish yaxshidir va unda ajr bor. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ko'p rivoyatlar kelgan. U zot aytadilar: "Musulmonning musulmondagi haqqi — biriga musibat etsa, ko'nglini olib tasalli berishdir".

Mouviya ibn Qurra otasidan, otasi Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi: "Ashoblardan biri ko'rinmay qoldi, Nabiy u haqda so'radilar,  uning o'g'li vafot etganini aytishdi. "Biz bilan yuringlar, uning ko'nglini olib, tasalli beramiz", dedilar Nabiy. So'ng borib, ta'ziya bildirib keldik". Ahli musibat uchun uyda yoki masjidda uch kun o'tirishida va insonlar ta'ziya bildirib kelishlarida zarar yo'q. Chunki Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) Jafar ibn Abu Tolib, Zayd ibn Horisa va Abdulloh ibn Ravohaning o'limi xabari etgan vaqtda u zot masjidda o'tirar edilar, odamlar kelib, u zotga ta'ziya bildirishardi. Ammo hovlining eshigidan tashqarida o'tirish makruh, u johiliyat amallaridan, Nabiy ushbu ishdan qaytarganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:25:37

134-bob
Musobaqalashish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Musobaqalashishda zarar yo'q. Musobaqalashish otlarning bir-biridan o'zish uchun yugurishidir. Agar buning evaziga ov-yutuq bo'lmasa zarari yo'q. Agar biror-bir narsani to'lash sharti bilan musobaqalashishsa, bu boradagi gap ikki turlidir: Agar g'olibga falon mukofot beriladi, deb musobaqalashish joiz emas, bu ish qimordir. Ammo  mening otim o'zsa, menga falon mukofot, agar sening oting o'zsa, senga hech narsa yo'q, deb musobaqalashsa joizdir. Bas, to'lov bir tarafdan bo'lsa, joiz va ikki tarafdan bo'lsa, nojoiz. Agar to'lov ikki tomondan joiz bo'lishini xohlashsa, oralariga bir hakam kiritishadi va: mening otim yutsa, menga sendan falon narsa, agar sening oting yutsa, mendan senga falon narsa, uchinchimiz yutsa, unga hech narsa yo'q, deb shartlashishadi, shu joizdir. Mujohid Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Maloikalar sizlarning o'yinlaringizdan birontasida hozir bo'lmaydi, magar kamon otish va ot musobaqasida (hozir bo'ladi)".

Zuhriydan rivoyat qilinadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida ot va tuyada, yana odamlar yugurishda musobaqalashishar edi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:25:45

Anasning (roziyallohu anhu) shunday deganlari rivoyat qilinadi: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) Azbo degan tuyalari bo'lib, hech kimniki undan o'zolmas edi. Bir arobiy yosh tuyasini minib keldi-da, o'zib ketdi. Bu musulmonlarga og'ir keldi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Alloh har bir narsani o'z o'rniga qo'ygandan keyingina ko'taradi".

Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Oisha onamiz bilan musobaqalashganda Oisha onamiz Rasulullohdan o'zib ketdilar. Oisha onamiz yoshlari ulg'ayganda, yana musobaqalashganda Rasululloh o'zdilar va: "Ey Oisha, endi barobar bo'ldi", dedilar. Molik Yahyo ibn Said ibn Musayyabdan rivoyat qiladi: "Ot musobaqasida garov o'ynashda zarar yo'q, agar ikkisi orasida muhallil bo'lsa".

Faqih aytadilar: Musobaqadagi foyda shuki, qavm uchun chidamlilik, nafsni chiniqtirish, jangga tayyorgarlik bor. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abu Bakr va Umar bilan musobaqalashganlari, Rasululloh birinchi, Abu Bakr ikkinchi va Umar uchinchi bo'lganlari rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:25:58

135-bob
Shirinlik sochish haqida


Faqih aytadilar: To'yda yoki amirlar va askarlarga shirinlik sochilganda, ba'zilar, sochilgan narsani olishning zarari yo'q, desa, ba'zilar, joiz emas, deyishida, ba'zilar, esa to'yda bo'lsa, joiz, umarolarga sochilsa, joiz emas, deyishgan.

Joiz emas deganlarning hujjati Hamid Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan hadisdir: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) biror narsani tortib yulib olishdan qaytarganlar va: "Tortib yulib oluvchilar bizdan emas", deganlar. Adiy ibn Sobit Abdulloh ibn Zayd Xutamiydan rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) musla (o'liklarning a'zolarini kesish) va tortib olishdan qaytarganlar". Abdulloh ibn Ma'sud gar go'daklarga shirinlik sochsalar, o'z bolalarini undan olishdan qaytarib, ularga o'sha narsani sotib olib berardilar.

Shirinlik terib olishning zarari yo'q, deganlar bu ishni muboh bilishgan. Hasan va Ikrimalar to'yda shirinlikni terib olishlikning zarari yo'q, deb hisoblar edilar. Sha'biy aytadilar: "Egasi chin qalbdan sochmagan narsasini olish makruhdir. Ammo qalbdan qilgan bo'lsa, zarari yo'q".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:26:08

To'yda joiz, ulamolarga sochilgani makruh, deganlar quyidagi rivoyatni ushlaganlar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ansoriy bir yigitning to'yida ishtirok etdilar. Joriyalar tovoqlarda qant va yong'oq keltirdi, ammo undan hech kim olmadi. Rasululloh: "Talashib-tortishib olmaysizlarmi?!" dedilar. Ular "Qaytarar edingiz-ku?!", deyishdi. Rasululloh: "U askarlarda edi, ammo to'yda zarari yo'q", dedilar.

Faqih aytadilar: Shunga amal qilamiz, agar to'yda bo'lsa yoki ziyofatda yoki bir kishiki qurbonlik qilib, go'shtini odamlarga tarqatsa, yoki bir kishi safardan kelib, biror narsa sochilsa, uni olishning zarari yo'q. Agar sochilgan narsa amirlar uchun bo'lsa, makruh, olish joiz emas, chunki ularga sochilgan narsa poradir. Amirlarga hadya berish makruhligi barchaga ma'lum. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Umarolar hadyasi g'aluldir", deganlar. Shuningdek, ularga hadya sochish va jonliq so'yish ham. Ammo go'shti qamoqdagilarga berilsa joiz.

Qayd etilgan