Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 273139 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:26:22

136-bob
Hadya olish va berish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Bilgilki, agar bir inson senga hadya bersa va u zolim bo'lmasa, moli halol bo'lsa, afzal ish hadyani olishing va unga berganidan ham yaxshiroq narsani sovg'a qilishingdir. Agar sovg'a berishga  ojiz bo'lsang, uning haqqiga duo va yaxshi so'z bilan mukofotla. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki insonlarga shukr qilmasa (ya'ni minnatdor bo'lmasa) Allohga shukr qilmaydi", degalar. Ibn Umar aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki sizlarga biron-bir qadrli narsa hadya qilsa, unga ham javob hadyasi bering, agar berishga hech narsa topa olmasangiz, mukofotlaganingizni bildirib haqqiga duo qiling", dedilar".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Chaqirilgan joyga boringlar va hadyani qaytarmanglar".

Anas Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): Hadya, samo' (eshitish)  bag'ritoshlik va adovatni ketkizadi" dedilar. Ato Xurosoniy Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Bir-birlaringiz bilan qo'l berib so'rashib turinglar, so'rashish g'azabni ketkazadi, bir-birlaringizga hadya berib turinglar , o'zaro muhabbatli bo'lasizlar, hadya g'azabni, bir-birini yomon ko'rishni ketkazadi", deganlarini rivoyat qilganlar. Jobir Payg'ambardan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Odamlar ichida Allohga ko'p shukr qilgani odamlardan ko'p minnatdor bo'lganidir. Oziga shukr qilmagan ko'piga ham shukr qilmaydi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:26:31

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kimgaki biron yaxshi narsa hadya qilinsa, undan ham yaxshiroq narsa bilan mukofotlasin, agar mukofotlashga qurbi etmasa, tashakkur aytib, hadya qilgan kishini maqtab, ko'nglini olsin, agar shukr qilmay, uni maqtamasa, ne'matga noshukrchilik qilibdi".

Ibn Abbos Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Kimga hadya berilsa, uning huzurida bo'lganlar hadyada unga sherikdirlar".

Faqih aytadilar: Insonlar hadisning ma'nosi va ta'vili haqida turlicha fikrlar aytishdi. Ba'zilar: "Hadisning zohiri olinadi, kimga hadya berilsa, atrofida o'tirganlar bilan hadyani bo'lishadi", degan bo'lsalar, fiqh ahli "Xabar mustahab vajhidadir, ular bilan bo'lishishi oliyjanoblik va muruvvatdir agar bunday qilmasa, majbur qilinmaydi", deydi.

Abu Yusuf Qoziyga bir narsa hadya qilinganida, atrofida o'tirgan ba'zilar o'sha hadisni rivoyat qilishdi. Shunda Abu Yusuf aytdilar: "Hadis meva va shunga o'xshagan narsalar haqida, Abu Qosim Ahmad ibn Ahmadga hadya qilinganida, unga ham shu hadis aytildi. U kishi ular xursandchilikda sherikdirlar, hadyada emas, dedilar", deb javob berdilar. Ba'zilar aytishadiki: Xabar ashobi suffa va ahli xonaqohlar haqida, ammo fuqaholarga hadya berilsa, ashoblari uchun sheriklik yo'q, agar xohlasa, ularni saxovat yuzasidan sherik qiladi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:26:56

137-bob
Aksa uruvchiga tashmit aytish to'g'risida

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) huzurlarida ikki kishi aksa urdi. Rasululloh biriga tashmit (yarhamukalloh lafzini) aytdilar, ikkinchisiga aytmadilar. So'rashdi: "Yo Rasululloh, bunga tashmit aytib, unga aytmadingiz",  "Bunisi Allohga hamd aytdi, unisi aytmadi", dedilar.

Faqih aytadilar: Kishi aksa urganda ovozini pasaytirishi va gapini eshitishlari uchun baland ovozda Allohga hamd aytishi yaxshidir. Uning hamd aytganini eshitganlarga tashmit aytib javob berish vojib bo'ladi.

Ibn Umardan rivoyat qilinadi: U zot bir kishining aksa urganini eshitib: "Alloh senga raxim qilsin, agar hamd aytgan bo'lsang", dedilar. Molik Abdulloh ibn Abu Bakr ibn Amr ibn Hazmdan, u otasidan rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Agar kishi aksa ursa, unga tashmit ayt, yana aksa ursa, tashmit ayt, so'ng yana aksa ursa, unga, sening tobing qochibdi, degin". Abdulloh aytadilar: "Uchinchisidan keyinmidi yo to'rtinchisidan, bilmadim".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:27:13

Abu Hurayra: "Aksa uruvchiga uch marta tashmit ayt, agar ziyoda aksa ursa, bas, u shamollagan", deganlar. Sha'biy aytadilar: "Tashmit aytishlik bir marta, sajda oyatiga sajda qilgani kabi, agar qaytarsa, sajda qilmaydi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aksa ursalar, boshlarini egib, yuzlarini berkitib, ovozlarini pasaytirib, aksa urardilar, deyilgan.

Faqih aytadilar: Agar bir kishi aksa urganda boshqasi hamd aytsa, bu narsa yaxshidir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)ning shunday deganlari rivoyat qilinadi: "Kimki aksa uruvchidan oldin hamd aytsa, shavsdan, lavsdan va 'ulusdan omon qolibdi".  Ahli lug'atlar aytadiki: "Shavs — til va bel og'rig'idir, lavs — quloq va biqin og'rig'i, 'ulus — qorin og'rig'i".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:29:22

138-bob
Insonlar bilan murosa qilish haqida


Faqih aytadilar: Kishi iloji boricha insonlar bilan murosa qilishi, ular bilan tortishmasligi, xusumatlashmasligi lozim. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)dan rivoyat qilinadi: "Alloh meni butlarga sig'inishdan qaytarganidan keyingi birinchi qaytargan narsasi — xamr ichish va kishilar bilan urushib tortishishdir". Jobir Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Insonlar bilan murosa qilish sadaqadir". Said ibn Musayyab Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Allohga iymon keltirishdan keyingi aqlli ish insonlar bilan murosa qilishdir".

Ba'zi hukamolar aytishadi: "Kimki ota-onasiga oq bo'lsa, bolasidan xursandchilik ko'rmaydi, kimki ishda maslahat so'ramasa, hojat-maqsadiga etmaydi, kimki ahli bilan murosa qilmasa, hayotining lazzati ketadi. Kishi uyiga kirsa, ahliga salom berishi, yaxshilab o'tirib joylashmaguncha gapirmasligi, agarda gapirsa, muloyimlik, murosai madora va mehr-muhabbat bilan gapirishi mustahabdir. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarning yaxshilaringiz ahliga yaxshilaringizdir", deganlar. Alloh taolo: "Ular bilan totuv yashanglar" (Niso 19-oyat), deydi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:29:38

Sufyoni Savriy: "Agar ayoling sendan g'azablansa va jahl qilsa, kaftingni uning kaftlari orasiga urib: "Ey najas xabis, pok jasaddan chiq", deb ayt. Allohning izni bilan chiqadi", deydilar.

Amr ibn Maymun aytadilar: "Uch toifa borki behosil, befoyda, beunumdir, uch toifa borki, ularning duosi ijobat bo'lmaydi va yana uch toifa borki, ular jannatga kirmaydi. Behosil-beunumlardan biri amir, agar unga yaxshilik qilsang, senga tashakkur bildirmaydi, agar yomonlik qilsang, seni kechirmaydi. Ikkinchisi yomon qo'shni, sendan yaxshilik ko'rsa oshkor qilmaydi, yomonlik ko'rsa, berkitmaydi. Uchinchisi yomon ayol, agar uni ko'rsang, ko'zing quvonmaydi, ketsang ko'ngling xotirjam bo'lmaydi. Duolari ijobat bo'lmaydiganlarning birinchisi yaqin qarindoshini undan mahrum bo'lish uchun bad duo qilgan kishi. Ikkinchisi, belgilangan muddatga qarz olib, vaqtida bermagan kishi. Uchinchisi, Parvardigoro, meni xotinimdan xotirjam qil, degan kishi. Alloh taolo unga, xotiningni ishi qo'lingda, xohlasang uni taloq qil, xohlasang, u bilan yasha, deydi. Jannatga kirmaydigan toifa: ota-onasiga oq bo'lganlar, xamr — aroqqa mukkasidan ketganlar va minnatchi. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:30:54

139-bob
So'zda o'xshatishlar qilish haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) gapirganlarida o'xshatishlar — so'z o'yinlarini qilar edilar. Masalan, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) deganlar: "Mo'min kishi ikki marotaba aldanmaydi"; "Mo'min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi"; "Kishining so'zi qo'lidan ko'proq zarar etkazadi"; "Nafsiga g'olib bo'lgan kishi kuchlidir"; "Hozir qattiq jang qizimoqda"; "Xabarni eshitish uni ko'rish kabi emas"; "Shohid g'oib ko'rmagan narsani ko'radi"; "Qavmga suv quyuvchi oxirida ichadi"; "Agar bir tog' boshqa tog'ga tajovuz qilsa, Alloh taolo uni parchalab tashlaydi"; "Urush hiyladir"; "Avval o'zingdan boshla, so'ng qo'l ostingdagilardan"; "Balo tilga vakil qilingandir"; "Musulmon musulmonning oynasi"; "Insonlar taroqning tishlari kabi"; "Yomonlikni tark qilish sadaqadir"; "Qavmning sayyidi ularni xizmatkoridir", "Ba'zi she'rlarda hikmat bor, ba'zi bayonlarda sehr bor"; "Mo''minning niyati amalidan yaxshiroqdir". "Erdagilarga rahm qilsang, osmondagi zot senga rahm qiladi"; "Maslahatlashilgan ish ishonchlidir"; "Kim rahm qilmasa, rahm qilinmaydi"; "Hadya qilgan narsasini qaytarib oluvchi qayt qilgan narsasiga qaytguvchiga o'xshaydi"; "Yaxshilikka dalolat qiluvchi yaxshilik qiluvchi kishi kabidir"; "Biror narsaga muhabbat qo'yish seni ko'r va kar qiladi"; "Har bir yaxshilik sadaqadir"; "Adashgan faqat adashganga boshpana beradi"; "Boyning biror-bir narsani berishini cho'zishi zulmdir"; "Safar azobdan bir bo'lakdir"; "Insonlar oltin va kumush konlari kabi kondir. Sizlarning johiliyatdagi yaxshilaringiz Islom ham yaxshilaringizdir, agar tushunib, dinni yaxshi o'rgansa", "Zulm qiyomat kuni zulmatdir"; "Qalblar o'zlariga yaxshilik qilganlarni yaxshi ko'rishga va yomonlik qilganlarni yomon ko'rishga yaratildi"; "Insonlardan minnatdor bo'lmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi"; "Shohlarning adolati ularning saltanatini davomli qiladi", ya'ni adolatli podshoh garchi kofir bo'lsa ham, boqiy qoladi, johil podshoh garchi musulmon bo'lsa ham, yo'q bo'lib ketadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:31:04

Ba'zi hukamolar aytadi: "Kimki o'z aybini ko'rsa, birovning aybi bilan ishi bo'lmay qoladi, kimki taqvo libosini echsa, biror-bir narsa bilan o'zini bekita olmaydi, kimki Alloh bergan rizqqa qanoat qilsa, qo'lidagi narsaga xafa bo'lmaydi, kimki zulm qilichini chiqarsa, shu qilich bilan o'zi chopiladi, kimki birodariga quduq qazisa, o'zi o'sha chuqurga tushadi, kimki o'zganing hijobini echsa, o'zini uyatli eri ochiladi, kimki o'z xatosini unutsa, o'zganing xatosi unga katta ko'rinadi, kimki ishlariga siqilib tashvish qilsa, halok bo'ladi, kimki o'z aqlidan behojat bo'lsa, adashadi, kimki odamlar orasida takabburlik qilsa sharmanda bo'ladi, ishda chuqur ketgan kishi malollanib qoladi, kimki insonlarga faxrlansa sinadi, kimki ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi, kimki razil, pastkash kishilar bilan do'stlashsa, xor bo'ladi, kimki olimlar bilan o'tirsa, viqori oshadi, kimki yomon eshikka kirsa tuhmatga qoladi, qarzga beparvo bo'lgan kishi qiyin ahvolda qoladi, odamlar molini o'lja olgan kishi faqir bo'ladi, oqibatga qarab ish qilgan kishi sabrli bo'ladi, bilmay qadam qo'ygan kishi nadomatga qoladi, Allohdan qo'rqqan kishi najot topadi, ishlarda sinab ko'rilmagan kishi aldanadi, haq ahli bilan kurashgan kishi yiqiladi, toqati etmaydigan narsani ko'targan kishi ojiz qoladi, ajalini bilgan kishi orzusini qisqa qiladi, jahldan yordam so'ragan kishi adolatni tark qiladi, kuch va quvvat faqat Allohdan. Muslimning jizyasi — uyini ijaraga berishi, bo'ynini qullikdan ozod etishi — qarzini ado qilishi, bo'ynini xorlashi — qarz olishi, azoblanishi — ayolining yomon xulqi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:31:18

Ba'zi hukamolar aytishadi: "Do'stlar bilan uchrashish aqllarni urchitish", ya'ni, serhosil qilish.

Abu Muso Ash'ariy rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qur'on o'qiydigan mo'minning misoli utrujjaga (apelsin) o'xshaydi, hidi ham, ta'mi ham shirin. Qur'on o'qimaydigan mo'minning misoli xurmoga o'xshaydi, tami shirin, hidi yo'q. Qur'on o'qiydigan fojirning misoli rayhonga o'xshaydi, hidi shirin, tami achchiq. Qur'on o'qimaydigan fojirning misoli xanzalaga o'xshaydi, tami achchiq, hidi yo'q", dedilar".

Faqih aytadilar: Rasululloh bu o'rinda utrujja deganlarida hijoz ahlining mevasini nazirda tutdilar, uning hidi va mazasi shirin bo'ladi, lekin biz diyorimizdagi utrujjalarning hidi yaxshi bo'lsa ham, ta'mi yo'qdir. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:33:01

140-bob
Imoratlar, binolar haqida

Faqih aytadilar: Ba'zi odamlar molini uy qurishga sarflashni makrux sanashadi va Abu Hurayra Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisni hujjat keltirishdi: "Agar Alloh bandaga yomonlikni xohlasa, uning molini g'ishtda halok qiladi". Boshqa bir xabarda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim o'ziga etarli binodan ortiqcha uy qursa, qiyomat kuni uni bo'ynida ko'tarib keladi", deganlar.

Hasan Basriyga bir kishi: "Men hovli qurdim, kelib, baraka so'rab, bir duo qiling, dedi. Shunda Hasan sheriklari bilan bordilar va hovliga qarab; "O'zingni uyingni buzib, boshqa birovning hovlisini qurdingmi? Seni erdagilar  aldabdi, osmondagilar yomon ko'ribdi", dedilar.

Ba'zilar:

"Buning ziyoni yo'q, chunki Alloh taolo: "Sizlarni Od (qavmi)dan keyin xalifa qilib qo'yganini va sizlarga Erning tekisliklarida (yozlik) qasrlar qurib olishingiz, tog'lik joylarida (qishlik) boshpanalar yo'nib (tiklab) olishingiz uchun maskan berganini eslangiz va erda buzg'unchilik qilib sang'ib yurmangiz!" (A'rof, 74), degan. Demak, qasrlarni qurish Alloh taoloning nematlaridan ekan. Yana bir oyatda:

Qayd etilgan