Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272559 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:33:15

"Ayting, "Alloh bandalari uchun chiqargan ziynatlar va halol-pok rizqni kim harom qildi?!" (A'rof, 32), deydi.

Zikr qilinishicha, Muhammad ibn Siyrinning o'g'li hovli qurdi va unga ko'p mol sarfladi. Bu ish Muhammad ibn Siyringa aytilganida, u zot: "Bir odam o'z molidan foydali bir narsa qurishida ziyoni yo'q deb o'ylayman", dedilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar Alloh bandasiga ne'mat in'om qilsa, uning ustida bu ne'matning ko'rinib turishini yaxshi ko'raman", deganlar. Ne'matning asari chiroyli bino qurish va chiroyli kiyim kiyishdir. O'ylab ko'ring, agar katta pulga chiroyli joriyani sotib olsa, bu ish joiz bo'ladi, vaholanki, unga boshqasi ham kifoya qilardi. Bino ham shunga o'xshash.

Faqih aytadilar: Afzal ish molni oxirat uchun sarf qilishdir, agar dunyo ishida bino va kiyimga sarflasa, bu uchta narsadan saqlangandan so'ng harom emas: molini haromdan yoki shubhadan topmasa; muslimga ham, zimiyga ham zulm qilmasa; Alloh taoloning farzlaridan biror-bir farzni zoe' qilmasa. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:34:52

141-bob
Kufr ahli bilan muomala haqida


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Musulmonlar ahli zimma bilan muomala qilishida ziyon yo'q, agar bu muomala zarur narsalardan bo'lsa masalan, kasal bo'lgan holatida uni borib ko'rish va unga tavhid kalimasini talqin qilishning ziyoni yo'q. Darhaqiqat, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) kasal bir yahudiyni borib ko'rganlar va unga Islomni taklif etganlar, so'ng u musulmon bo'lgan va iymonda vafot etgan. Rasululloh uning oldidan chiqib: "Men sababli do'zaxdan bir jonni ozod qilgan Zotga hamd bo'lsin", deganlar.

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir nasroniynikiga kirdilar, u jon berayotgan edi. Rasululloh unga: "Allohga tavba qil", dedilar. Uning tili aylanmadi, shunda ko'zi bilan ishora etdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) tabassum qildilar, "Ey Rasululloh nima uchun tabassum qildingiz?", deyishdi. Rasululloh, "U ikkala ko'zi bilan imo qilganida Alloh taolo: "Ey maloikalarim, men u imo qilgan narsani qabul etganimga sizlarni guvoh qilaman va uning imosini zoe' qilmayman", dedi", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:35:00

Musulmonlar ahli zimma bo'lgan qarindoshlariga hadya berishlarida va ularni hurmat qilishlarida ziyoni yo'q. Darhaqiqat, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tog'alariga bir joriyani hadya qilganlar, vaholanki, u kofir edi.

Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilinadi: "Odamlar ichida Alloh yo'lida yaxshi ko'radiganim va o'zim uchun yomon ko'radiganim bor, yana Alloh yo'lida yomon ko'radiganim va o'zim uchun ham yomon ko'radiganim bor yana Alloh uchun yaxshi ko'radiganim va o'zim uchun yaxshi ko'radiganim bor. Alloh yo'lida yaxshi ko'rib, o'zim uchun yomon ko'radiganim menga foyda beradigan mo'min. Alloh yo'lida va o'zim uchun yomon ko'radiganim, menga ozor beradigan kofir. Alloh yo'lida yomon ko'rib, o'zim uchun yaxshi ko'radiganim, menga foyda beradigan kofir. Uni  kofir bo'lgani uchun yomon ko'raman va menga bergan manfaati uchun yaxshi ko'raman".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:35:22

142-bob
Nonushtani erta qilish haqida


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nonushtani erta qilishda uchta xislat bor: og'izni xushbo'y qiladi, achchiqni bosadi va muruvvatni ziyoda qiladi". "Muruvvatni qanday ziyoda qiladi?", deb so'rashdi. U zot: "Agar uyimda nonushta qilsam, nafsim boshqaning taomini tama' qilmaydi", dedilar.

Zikr qilindiki, bir kishi Muoviya ibn Abu Sufyonnikiga kirganida, u zot ertalabki nonushtani qilayotgan edilar. Muoviya uni taomga chaqirdilar, u kishi nonushta qilganini aytdi. Shunda Muoviya: "Sen bu vaqtdan oldin ovqatlangan bo'lsang, ochko'zlik qilibsan", dedilar.

U kishi: "Men to'rt ish uchun qildim: Qorin muammosidan forig' bo'lish uchun; chanqaganimda ichdim; agar biror hojatim chiqsa bemalol bajaraveraman; agar bir taom ko'rsam, unga ishtaham qo'zg'amaydi", dedi.

Aytiladiki, nadomat to'rtta: bir kunlik nadomat, bir yillik nadomat, bir umrlik nadomat va abadiy nadomat. Bir kunlik nadomat ushbu: bir kishi uyidan nonushta qilmasdan chiqadi, so'ng kutilmagan ish to'g'ri kelib qoladi, u uyiga qayta olmaydi va kuni bilan pushaymon bo'ladi. Bir yillik pushaymon ushbu: dehqon ekin ekishini tark qiladi va yilning oxirigacha pushaymon bo'ladi. Bir umrlik pushaymon ushbu: kishi o'ziga muvofiq kelmaydigan ayolga uylanib, umrining oxirigacha pushaymon bo'ladi. Abadiy pushaymonlik ushbu: kishi Alloh buyruqlarini tark qilib, Unga osiy bo'ladi va abadiy, pushaymon bo'ladi. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Kim boqiylikni xohlasa, erta nonushta qilsin, ridoni yengil qilsin va ayollar bilan aloqani kam qilsin", dedilar. "Ridoni yengil qilish nima?" deb so'rashdi. "Qarzning kamligi", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:35:39

143-bob
Hukamolarning so'zlari haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Yazid Raqqoshiy: "Beshta narsa besh toifa kishida bo'lishi chiroyli emas: amirlarda yolg'on, hirs zohidlarda, nasabi ulug'larda ahmoqlik, boyda baxillik, kambag'alda manmanlik", dedilar.

Bu narsalar hech kim uchun yaxshi emas, lekin ularda bo'lishi yanada xunukroq.

Aytiladiki, o'n narsa o'n toifa odamlarda qabihdir: sultonlarda qiziqqonlik, boylarda baxillik, ulamolarda tama', faqirlarda hirs, hasab egasida hayoning kamligi, zohidlarning ahli dunyolar eshigiga borishi, qarilarda yigitlik xulqi, obidlarda johillik, g'oziyda qo'rqoqlik, erkaklarning ayollarga o'xshashi va ayollarning erkaklarga o'xshashi.

Hukamolar aytishadi: "Tafakkur — nur, g'aflat — zulmat, jaholat — zalolat, odamlarning eng noqisi — ojiz kishiga zulm qilgani".

Ibrohim ibn Ziyod Adaviy: "Uchta narsa ko'ngilni xushnud etadi: chiroyli xotin, rizqqa kifoyalanish va mehribon birodar", deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:35:48

Bir hakim zot aytadi: "Ilmni izlanishda, hikmatni ochlik mahalida" Islom nurini tungi namozda, xalqni haybatini Xoliqdan qo'rqishdan topdim".

Ja'far ibn Muhammad rivoyat qiladi: "Amirul mo'minin Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) oltita so'zni aytdilarki, biror odam johiliyatda ham, Islomda ham bu kabi so'zlarni aytmagan edi: birinchisi, kim so'zni muloyim qilsa, uni sevish vojib bo'ladi; ikkinchisi, kishi vafot etganidan keyin; uni qadri bilinadi; uchinchisi, har bir narsaning qiymati bor, er kishining qiymati chiroyli ko'rsatadigan narsasidir; to'rtinchisi, kimdan so'rasang (tilansang), sen uning asirisan; beshinchisi, bergan kishingga sen amirisan; oltinchisi, xohlagan narsangdan behojat bo'lgin, sen uni nozirisan".

Ba'zi kitoblarda yozilishicha, kafil bo'lish la'natlangan va yomon ko'rilgan ishdir, unda oltita xislat bor: munkir kelish, ziyon ko'rish, yo'qotish, aloqani uzish, malomat va nadomat. Kim bu so'zga ishonmasa, tajribada sinab ko'rsin.

Yana aytiladiki, Rum podshosining eshigiga "Kafillikda nadomat, malomat va yo'qotish bor, deb yozilgan ekan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:35:57

Aytishlaricha, me'yoridan oshgan to'rt narsa kishini halok qiladi: ayol, ov, qimor va aroq.

Hukamolarning biri aytadi: "Kim adashgan kishi bilan do'st bo'lsa, dinini buzibdi kim fosiqni madh qilsa, ketibdi, kimki boshqani malomat qilsa, molidan baraka ko'tarilibdi, kim boy kishiga boyligi uchun tavoze' qilsa, iymoning uchdan biri ketibdi".

Hukamolarning yana biri aytadi: "Kim o'ziga berilgan narsaga qanoatlansa, berilmagan narsadan behojat bo'ladi, kim bilgan narsasiga amal qilsa, bilmagan narsasiga muvofiq keladi, kim o'ziga tegishli bo'lgan narsani tark qilsa, o'ziga tegishli bo'lmaganidan forig' bo'ladi".

Hakimlar aytishadi: "Hazil-mazaxdan chetlashgin, chunki unda yettita yomon xislat bor: birinchisi, taqvoni ketkazadi; ikkinchisi, haybatni yo'qotadi; uchinchisi,  qalbni qattiqlashtiradi; to'rtinchisi, hamroh-sherikka xiyonat; beshinchisi,  do'stlikni ketkazib, adovatni paydo qiladi; oltinchisi, aqllilar uni yomon ko'radi, ahmoqlar ustidan kuladi; yettinchisi, unga ergashgan kishining gunohi uning bo'ynida bo'ladi". Aytishlaricha, Zoe' bo'ladigan narsalar o'nta: undan so'ralmaydigan olim, amal qilinmaydigan ilm, qabul qilinmaydigan to'g'ri fikr, ishlatilmaydigan qurol-asbob, namoz o'qilmaydigan masjid, o'qilmaydigan mushaf, undan nafaqa qilinmaydigan mol, minilmaydigan oti, dunyoni istaydigan kishining zohidlik ilmi, qiyomat uchun dunyoda zodrohila qilinmagan uzun umr.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:36:06

Bir kishi Ibn Abbosdan: "Ey ibn Abbos, aqlning boshi nima?", deb so'radi. U zot: "O'ziga zulm qilgan kishini kechirishi, o'zidan past kishiga tavoze' qilishi, o'ylab turib so'ng gapirishi", dedilar. Haligi kishi: "Joxillikning boshi nima?", deb so'radi. Ibn Abbos: "Kishi faxrlanishi, o'ziga tegishli bo'lmagan narsani ko'p gapirishi, odamlarni ayblashi", deb javob qildilar. "Odamlarning ziynati nima?", deb so'radi so'ng. "Zaiflik qilmaslik, halim bo'lish, xolis  soxiylik qilish, dunyo talab qilmasdan ibodat-ijtihod qilish", dedilar.

Bir hukamodan: "Aqlli odam kim?" deb so'radilar. U: "Uch narsani mahkam ushlagan odam haqiqiy oqildir: o'zi bilan Alloh o'rtasidagi toatlarda sidq va ixlosni mahkam ushlagan, o'zi bilan xalq orasidagi munosabatida yaxshilik va muruvvatni mahkam ushlagan, o'zi bilan xalq orasidagi balolar va musibatlarda sabr va qanoatni mahkam ushlagan kishi", dedi.

Bir hakim zot aytadi: "Odamlar to'rt toifadir: saxiy, baxil, isrofgar, tejamkor. Saxiy dunyodagi nasibasini oxirati uchun saqlab qo'ygan kishi; baxil dunyoda ham, oxiratda ham nasibasini qoldirmagan kishi; isrofgar oxirat nasibasini dunyoda ishlatgan kishi; tejamkor ikkala hayotda ham nasibasini olgan kishi".

Iso alayhissalom: "Ey havoriylar, din uchun dunyoning oziga rozi bo'linglar, xuddi dunyo ahli dunyo uchun dinning oziga rozi bo'lgandek", deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:37:40

144-bob
Tik turib bavl qilish haqida

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zi odamlar tik turib bavl qilishga ruxsat bergan ba'zilari uzrsiz makruh sanashadi. Biz ikkinchi gapni olamiz.

Ruxsat berganlar Huzayfa (r.a.) rivoyat qilgan hadisni oladilar: "Nabiy bir xurmo tupiga borib, tikka turgan hollarida bavl qildilar, so'ng tahorat qilib mahsilariga mash tortdilar", deganlar.

Makruh, deganlar Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisni oladilar. Oisha onamiz: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) u kishiga Qur'on nozil bo'lganidan beri tik turib bavl qilmadilar. Kim senga Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tik turib bavl qilganlar, desa, yolg'on gapiribdi, dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:37:52

Nofe' Ibn Umardan rivoyat qiladi: "Umar (roziyallohu anhu): "Islomga kirgandan buyon tikka turib bavl qilmadim", degan ekan".

Ibn Abu Burayda otasidan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "To'rtta narsa jafodir: kishining tik turib bavl qilishi; namozda peshonasini silashi; azonni eshitganda, shohidlik beriladiganidek shohidlik bermasligi; men zikr qilinganimda salovot aytmasligi", dedilar".

Huzayfa (r.a.) rivoyat qilgan xabarga kelsak, ehtimol Rasululloh o'rinning najosatligi yoki boshqa uzr sababli shunday qilgandirlar. Agar bu ehtimol qilinsa, makruh degan xabarlarni olish avlo. Aytiladiki, tik holatda bavl qilish makruh va harom sanaladi, chunki mushriklar shunday qiladi, vaholanki, musulmonlar mushriklarga o'xshashi haromdir. "Kim o'zini bir qavmga o'xshatsa, u ulardandir", degan rivoyat bor.

Qayd etilgan