Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272711 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:39:16

145-bob
Hayvonlarni bichish haqida
`

Ba'zi odamlar har qanday hayvonni bichishni makruh sanaydilar va Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan hadisni hujjat qiladilar: "Islomda bichish yo'q va qadimda bo'lganidan boshqa kanisa yo'q". Alloh taolo so'zida zikr qilingan (?) oyati ham bichish haqida aytilgan deyishadi.

Ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tuyani, sigirni va otni bichishdan qaytardilar".

Ibn Umar aytadilarki: "Xalqni o'sishi u bilan, ayollarning islohi erkaklik. Bichish naslni kesadi, naslni kesish esa, joiz emas".

Ba'zilar: "Otdan boshqa hayvonlarni bichish joiz", deydilar. Umar (roziyallohu anhu) otlarni bichishdan qaytargan ekanlar. Ba'zilar: "Hayvonlarni bichish joiz, ammo insonni bichish joiz emas", deydilar. Biz ham shu gapni aytamiz, chunki hayvonni bichishda manfaat bor va odamlar shunga muhtojlar. So'yish joiz bo'lgani kabi, bichish ham joizdir. Rivoyat qilinishicha, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ikkita bichilgan qo'chqorni qurbonlik qilganlar. Agar bichishda foyda bo'lmasa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qurbonlik uchun bichilganini ixtiyor qilmas edilar. Chunki bichilgan hayvonning go'shti shirin va ko'p bo'ladi. Demak, qo'yni bichish mumkin, shuningdek, boshqa hayvonlarni ham ham. Ammo "Islomda bichish yo'q", degan hadisdan murod, aksar ilm ahli nazdida, bani odamdir. Ba'zilar: "Buning ma'nosi kishi o'zini bichishi, bas, bundan qaytarilgan", deydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:39:27

Agar, nima uchun bani odamni bichish joiz emas, bunda ham manfaat bor-ku, deyilsa, bunda manfaat yo'q, chunki bichilganda ham ayollarga qarash joiz emas. Shuningdek, Oisha onamiz va boshqalardan rivoyat qilinadi: "Erkakning (nomahram ayolga) qarashi joiz bo'lmaganidek, bichilganning ham qarashi joiz bo'lmaydi".

Ba'zi odamlar hayvonlarga en solishni yomon ko'rishgan, chunki bunda foyda yo'q, balki ularga azob berish bor, deydi. Ba'zilar: "Buni ziyoni yo'q, agar manfaat bo'lsa. U belgi uchun qo'yiladi", deyishadi. Darhaqiqat, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qurbonlik tuya o'rkachining uchiga belgi qo'yganlari rivoyat qilingan. En solish ham shunga o'xshash. Ammo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayvonlarning yuziga belgi qo'yishdan qaytarganlar, bas, bu xabarda yuzdan boshqa o'ringa belgi qo'yish joizligiga dalil bor.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:40:51

146-bob
Xuftondan so'ng suhbat qilish haqida

Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Ba'zilar xuftondan keyin suhbat qurishni makruh sanashadi. Ba'zilar bunga ijozat berishgan. Makruh deganlar Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) xuftondan oldin uxlashni va xuftondan keyin gaplashishni qaytarganlari haqidagi rivoyatni hujjat qilishadi. Umar (roziyallohu anhu) suhbatni xuftondan keyinga qoldirmaganlari va: "Qaytinglar, shoyad Alloh sizlarga bir namozni yoki tahajjudni rizq qilib bersa", deganlari rivoyat qilinadi. Muboh deganlar Alqama Abdulloh ibn Ma'suddan rivoyat qilgan hadisni olishgan: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko'pincha xuftondan keyin Abu Bakrning (roziyallohu anhu) uylarida musulmonlarning "ishi" haqida gaplashib o'tirganlar. Ibn Abbosdan rivoyat qilinishicha, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Masvar ibn Muxrima bilan Surayyo yulduzi chiqquncha gaplashib o'tirganlar.

Faqih aytadilar: Kechasidagi suhbat uch xildir: ilm tahsil qilish, bu uyqudan afzal; oldingilarning rivoyatlari, yolg'on gaplar va masxaralashlardan iborat suhbat bu makruhdir; do'stona suhbat, bunda yolg'on va botil so'zlardan chetlashilgan holda ziyoni yo'q. Ammo kechasi suhbatlashishdan tiyilish haqida nahiy kelgani sababli suhbatlashmaslik afzaldir. Mabodo, suhbat qursalar, Alloh taoloning zikri, tasbeh va istig'forda bo'lishlari lozim. Oisha (roziyallohu anho): "Kechasi musofir va namoz o'quvchidan boshqasi suhbat qurmaydi", deganlar. Ya'ni, musofir yurish uchun uyquni qochirishga muhtoj bo'ladi, shuning uchun unga muboh garchi bunda qurbat va toat bo'lmasa ham. Namoz o'quvchi esa, agar kechasi suhbat qursa, so'ng namoz o'qisa, keyin yotsa bas, uyqusi namozga ulanibdi. Shunda suhbatining oxiri toat bilan tugaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:41:14

147-bob
Qur'on suralarining soni haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ibn Mas'uddan rivoyat qilinadi: "Qur'on suralarining hammasi 112 ta", deganlar u kishi, chunki muvvazataynni (Falaq va Nos suralarini) Qur'ondan hisoblamaganlar. Va ularni mushafga ham yozmaganlar, ammo ikkala sura ham osmondan tushganiga iqror bo'lganlar va Rabbul-olaminning kalomi, der edilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ular bilan dam solganlari uchun u ikkalasi Qur'ondanmi yoki Qur'ondan emasmi, deb shubhalanib qolgandi. Mujohid Qur'on suralarini 113 ta, deganlar, Anfol va Tavba suralarini bitta hisoblaganlar. Ubay ibn Ka'b 116 ta, deganlar, chunki Qunut duosini ikki suradan iborat deb bilganlar. Zayd ibn Sobit 114 ta, deb aytganlar va bu gap Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarining so'zidir. Usmon (roziyallohu anhu)  mushafida ham, ansorlarning mushafida ham shunday. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:42:51

148-bob
Qur'on oyatlari va kalimalarining adadi haqida

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Qorilar Qur'on oyatlari soni haqida ixtilof qilishdi. Ixtiyor qilingan so'z ko'faliklarnikidir va bu sanoq Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) mansub — 6236 oyat. Ba'zilar bundan boshqaroq so'z ham aytgan. Abdulloh ibn Ma'sud Qur'on oyatlarini 6218 ta, deganlar. Ibn Abbos 6216 oyat deb aytganlar. Ismoil ibn Ja'far Madaniyning sanog'i 6214 oyat, makkaliklarniki 6212, basraliklarniki 6204, Shom ahlining hisobi bo'yicha 6226, Ibrohim Taymiyniki 6099 oyat. Ba'zi bir shomliklar 6250 oyat deyishgan. Jumhur ulamolar esa, 6266 oyat deyishgan.

Qorilar Qur'on kalimalari sanog'i haqida ham turli fikrdalar. Hamid A'raj: "Qur'on kalimalarining sanog'i 76430 ta", degan; Mujohid 77250 ta, Ato ibn Yasor 77439 ta, Abdulaziz ibn Abdulloh 77436 ta, deyishgan. Qorilar shu so'zlarni aytishdi, yana bundan boshqa so'zlar ham bor. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:43:11

149-bob
Qur'on harflarining soni haqida

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Abdulloh ibn Ma'sud (roziyallohu anhu): "Qur'on harflarining soni 322670 ta va Qur'on o'quvchiga har bir harf uchun uch hasanot bor", dedilar. Ibn Abbos (roziyallohu anhu): "Qur'on harflari 323621 ta yoki 323670 ta", deganlar. Mujohid 321621ta, Ibrohim Taymiy 32315 ta, Abdulaziz ibn Abdulloh 321200 ta, deyishdi.

Aytishlaricha, Qur'on 321200 ta harfdan iborat, "alif" ning soni 48872 ta, "bo"ning soni 11428 ta, "ta"ning soni 10199 ta, "sa" harfi 27276 ta, "jim" 3193 ta, "ho" 3993 ta, "xo" 2416 ta, "dol" 5672 ta, "zol" 4697 ta, "ro" 11793 ta, "za" 1590 ta, "sin" 5891 ta, "shin" 2253 ta, "sod" 2310 ta, "zod" 1617 ta,  "itqi" 1490 ta, "izg'i" 842 ta, "ayn" 9220 ta, "g'ayn" 2218 ta, "fo" 8499 ta, "qof" 6818 ta,  "kof" 95 ta, "lom" 30432 ta, "mim" 26135 ta, "nun" 26560 ta, "vov" 25536 ta, "hoi-havvas" 10070 ta, "lom-alif" 4720 ta, "yo" 25919 ta.  Bu haqda ixtilof ko'p, qorilardan bir jamoasi shu adadni aytishgan. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:43:25

150-bob
Muallimlarning fazli haqida

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Zayd ibn Aslama otasidan, otasi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ba'zi sahobalaridan rivoyat qiladi: "Payg'ambarlar va zohidlardan so'ng Alloh taologa bandalarining ichida eng afzali muallimlardir. Masjidlardan keyin er yuzidagi erlar ichida kitob tilovat qilingan bir parcha erdan seviklirog'i Alloh taolo uchun yo'qdir".

Ibrohim Naxa'iy aytadilar:  "Bolalarning muallimiga osmondagi farishtalar, erdagi hayvonlar, havodagi qushlar va dengizdagi baliqlar istig'for aytadi".

Aytilishicha, agar bola maktabga kirsa va "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasini o'rgansa, Alloh shu sababli uchta kishini — otasini, onasini va muallimini kechiradi.

Abu Said Xudriy: "Kishi o'g'il yo qiziga Qur'ondan o'rgatgan biror narsani yoki muallim uchun bergan biror dirhami sababli Uhud tog'ining og'irligicha (ajr topadi), agar bola uydan maktabga chiqsa, otasining uyida yaxshilik ko'payadi va yomonliklar kamayadi, shayton undan qochadi", deganlar. Hasan Basriy aytadilar: "Kim bolasiga Qur'onni o'rgatsa,  Alloh unga qiyomat kunida jannat kiyimlaridan uchtasini kiygizadi. Ularning bittasi dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir. Vaholanki, insonlar yalang'ochdir. So'ng unga Alloh kitobidagi, har bir harfi uchun daraja bor".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:44:37

Abu Abdurahmon Sulaymoniy Usmon ibn Affondan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarning afzalingiz Qur'onni o'rganib so'ng, uni o'rgatganingiz", dedilar". Abdurahmon: "Bu hadis meni bu majlisga o'tkazdi",  dedilar. Ya'ni, u kishi  insonlarga ta'lim berar va Hasan va Xusaynlarning (roziyallohu anhumo) muallimi edilar. Zahhok ibn Abbosdan rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Haujjatul vadoda: "Ey Parvardigor, muallimlarni kechir, ularning umrlarining uzun qil va ularni kasblari va maishatlariga (tirikchiliklariga) baraka ber", dedilar".

Anas ibn Molik aytadilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Parvardigor, ulamolarni boy, muallimlarni faqir qil", dedilar. Faqih aytadilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Muallim ularning kasblariga baraka ber", degan so'zlarida kunlik ozuqani nazarda tutdilar, "ularni faqir qil", degan so'zlarida ularni mollari ko'paytirmasligini aytdilar, chunki ularning moli ko'paysa, ta'lim berishni tark qiladilar. Muallim savobga etishni, amali payg'ambarlar amalidan bo'lishini xohlasa, besh narsani yodda tutishi lozim: birinchisi, haqni shart qilmasligi va uni chuqur so'rab-surushtirmasligi, nimani bersa, olishi, bermasa so'ramasligi lozim. Ammo o'qish va yozishni ta'lim berishni shartlashishi va bolaga yod oldirishi joizdir; ikkinchisi, doimo taxoratli bo'lishi lozim, chunki har vaqt, har soatda mushafni ushlaydi; uchinchisi, ta'lim berish vaqtida nasihat berishi va o'z amriga iqbol qilishi; to'rtinchisi, nizolashib qolgan bolalar orasida adolat etishi, ularga insof qilishi, kambag'allarning bolasi qolib boylarning bolasiga moyil bo'lmasligi lozim; beshinchisi, urmasligi kerak, had joiz emas, chunki qiyomat kunida hisob beradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:44:45

Habib ibn Abu Said aytadilar: "Muallimlar podshohlarni yulduzida tug'iladilar, ular podshohlar hisob-kitob qilinganidek, hisob-kitob qilinadilar".

Oldingilardan birining o'g'li uyiga yig'lab keldi. "Senga nima bo'ldi?" deb so'radi. "Muallim urdi", dedi o'g'il. Shunda: "Menga Ikrima Ibn Abbosning "Bolalaringizning muallimlari ichida Allohga eng yomoni etimlarga mehribonchiligi oz va miskinlarga qo'pol muomala qilganidir; deganlarini aytgan edi", dedi ota.

Ba'zi sahobalar: "Uch kishiga qiyomat kunida Alloh nazar solmaydi; etimga toqat qila olmaydigan, haqqini yuklaydigan muallimga; sulton huzurida havoi nafsicha gapirib o'tiradigan kishiga; behojat bo'laturib, odamlardan tilanadigan kishiga;

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadilar: "Qur'onni yod oladigan kishiga har yili baytul moldan 200 dinor yoki 2000 dirham berishi lozim. Agar unga bu mablag' berilmasa oxiratda beriladi. Qur'onni yarmini yod olsa, unga 100 dinor yoki 1000 dirham (beriladi). Berilmasa, qiyomat kunida voliydan olinadi. Yaxshiliklari bo'lsa, yaxshiliklaridan olinadi, agar yaxshiliklari bo'lmasa, qorining gunohlari unga yuklanadi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:45:06

151-bob
Oz yeyish haqida


Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Kishi ovqatni oz eyishi, to'q qoringa emasligi lozim. Albatta, bu ish Alloh nazdida yomon ko'rilgan, mazammat qilingan, odamlar nazdida esa, badanga zarardir.

Bir tabibdan: "Alloh taoloning kitobida tabobatni topdingmi?" deb so'raldi. U: "Ha, Alloh taolo tabobatning hammasini mana bu oyatda jamlagan: "Englar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar, chunki U (Alloh) isrofgarlarni sevmas". Isrof ko'p eyishda, undan kasalliklar kelib chiqadi", dedi.

Hasan Basriy aytadilar: "Kishining ziynati to'rtta narsada: xulqini tutishi; o'lchov bilan gapirishi; molini aql bilan ishlatishi; kirib chiqayotgan narsaga rioya qilishi".

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Kishi xohlagan narsani eyverishi isrofdir", deganlar.

Sumra ibn Junbuddan rivoyat qilinadi: U kishining o'g'li bo'kkunicha edi,  so'ng holi og'irlashib qayt qildi. Shunda Sumra: "Agar o'lib qolganingda, men senga janoza o'qimas edim", dedilar.

Qayd etilgan