Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 273080 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 B


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:48:56

Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) g'azotlaridan yana biri Badr hijratning ikkinchi yili ramazon oyida ro'y berdi. Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) Quraysh karvoni Shomdan chiqqani, ularning ichida Sufyon ibn Harb va Quraysh savdogarlaridan qirqtasi borligi xabari etdi. (Bir rivoyatda etmishta savdogar bor edi, deb ham aytiladi.) Rasululloh muhojir va ansorlardan iborat uch yuz o'n uchta jangchi bilan chiqdilar. Bu xabar Makkaga etdi, natijada ulardan ming ikki yuz ellik kishi chiqdi. Karvonlarini topganlaridan so'ng uch yuztasi qaytib ketdi. To'qqiz yuz elliktasi qoldi. Ikki tomon to'qnashdi. Alloh mushriklarni mag'lub qildi va musulmonlarga nusrat — g'alaba berdi. Mushriklardan etmishtasi asir olindi. Dunyoda Badr voqeasidan buyukroq voqea bo'lmadi. Chunki iblis (Alloh uni la'natlasin) keldi, shaytonlar va kofir jinlarning hammasi hozir bo'ldi. Qurayshning jasur pahlavonlaridan to'qqiz yuz elliktasi qilich qayrab turdi. Mo'minlar esa, uch yuz o'n uch nafar edi, ularning yonida mo'min jinlardan to'qsontasi, farishtalardan mingtasi hozir bo'ldi. Hasan Basriy qachon Anfol surasini o'qisalar: "Qo'mondoni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), yaxshilari Asadulloh (Allohning yo'lbarsi), jihodi Allohga itoat, madadkori Allohning farishtalari va mukofoti Alloh rizosi bo'lgan qo'shinga jannat bo'lsin", derdilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) g'azavotlaridan yana biri saviq jangidir. Abu Sufyon Badr jangidan so'ng ashoblaridan bir jamoa bilan Madinaga qarab chiqdi va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarini o'ldirmaguncha qaytmaslikka qasam ichdi. U Madinaga yashirincha keldi va bir yahudiyning uyiga tushdi. So'ng chiqib ikkita ot oldi, ikkita uyni yoqdi va sahobalardan ikki kishini o'ldirdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalar bilan uning izidan tushdilar. Abu Sufyon Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) etib olishidan qo'rqdi va ozuqalarini yo'lga tashlab, ashobi bilan qochdi. Ular tashlab ketgan ozuqaning ko'pi bug'doy talqoni edi. Shu sababli bu jang Saviq — talqon deb nomlandi. Musulmonlar hech bir talofatsiz qaytishdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:49:14

Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) g'azavotlaridan yana biri Bani Qaynuqo jangi. Bani Qaynuqo Madinaning chetidagi bir mavze'. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uni qamal qildilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul Madina ahlidan bir jamoa bilan birga ulardan ketishni so'radi, shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni tark qildilar.

G'azotlardan yana biri Uhud jangi. Quraysh Badrda mag'lub bo'lgach, katta qo'shin to'pladi va Madinaga chiqdi. Jang Uhud tog'i oldida bo'ldi. Mag'lubiyat kofirlar tomonida edi. Kamonchilar Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) buyruqlarini tark qilib, o'lja yig'ish bilan mashg'ul bo'ldilar. Shu vaqt falak gardishi musulmonlar ziyoniga aylandi. Ulardan etmishtasi shahid bo'ldi, ko'pi jarohat oldi, qolganlari mag'lub bo'ldi, so'ng Alloh taolo ulardan kofirlarni burdi. Bas, ular qaytib ketdilar. Bu haqda Alloh taoloning:

"Alloh o'z va'dasining ustidan chiqdi — sizlar uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (Payg'ambarning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko'rgan narsani (g'alabani) ko'zingizga ko'rsatib qo'yganidan keyin Payg'ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So'ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g'alaba qilish o'rniga mag'lubiyat tomonga) burib yubordi" (Oli Imron surasi, 152-oyat), degan so'zi nozil bo'lgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:49:24

G'azotlardan yana biri Kichkina Badr jangi. Abu Sufyon  Uhuddan qaytayotganida: "Sizlar bilan Kichik Badrda uchrashamiz", dedi. Shu erda bozor bor edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) etmish kishi bilan shu erga keldilar. Ammo kofirlardan biror kishi chiqmadi. Musulmonlar salomat holda qaytdilar. Bu haqda Alloh taoloning: "Alloh va rasuliga bo'yinsungan..." so'zidan

"Bas, u yurishdan biron noxushlik etmay, Allohning ne'mat va fazli bilan qaytdilar" (Oli Imron, 172—174-oyatlar), so'zigacha nozil bo'ldi.

G'azotlardan yana Batni Raji' jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Marsad ibn Marsadni yetti kishi yubordilar. Ular bilan Osim ibn Sobit ibn Abul Aflah ham bor edi. Ular Batni Raji' degan joyga tushishdi. Mushriklardan bir jamoa chiqdi va urush bo'ldi. Kofirlar Xubayb bilan bir kishini asir olishdi, ikkalasini Makkaga olib kelib, shu erda o'ldirishdi. Mo'minlardan bir kishi tirik qoldi. Uni o'lik deb o'ylab tashlab ketishgan edi.

G'azotlardan yana biri: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Muhammad ibn Maslamani bir jamoa bilan yubordilar. Mushriklar chiqib, ularni o'ldirishdi, Muhammad ibn Maslamani o'lgan gumon qilishib, tashlab ketishdi. So'ng u qutilib qoldi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:49:48

G'azotlardan yana biri Bi'ri Ma'una jangidir. Omir ibn Molik arabning mohir chavondozlaridan "Nayza o'ynatuvchi", degan laqabi ham bor. U Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): "Menga Qur'onni ta'lim beradigan, dinni o'rgatadigan kishilarni yuboring. Ular mening himoyamda bo'ladi", deb maktub yozdi. U zot (sollallohu alayhi vasallam) Munzir ibn Amr So'idiyni muhojir va ansorlardan iborat o'n to'rt kishi bilan yubordilar. Bir kecha yurgach, ularga Omir ibn Molik o'ldi degan xabar etdi. So'ng Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) xat yuborishdi. Nabiy ularga  yordam uchun to'rt kishini yubordilar. Keyin hammalari Bi'ri Ma'una degan joyga kelishdi. Ularga qarshi Omir Tufayl,  Ra'l, Zakvon, Bani Lihyon va Asiya kabi arab qabilalari bilan chiqdi. Musulmonlarning hammasi Bi'ri Ma'unada o'ldirildilar, faqat Amr ibn Umayya Zamiriy, Sa'd ibn Abu Vaqqos va yana bir kishi qavmdan orqada qolib, omon qolishdi va ularning o'lganlarini bilganlaridan so'ng, Madinaga qaytib ketishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu qabilalarni qirq kun duoibad qildilar. Qotil Ka'b ibn Ashrafga Muhammad ibn Salamani uch kishi bilan yubordilar va ular uni o'ldirishdi.

Bani Naziyr jangi. Amr ibn Umayya Zamiriy Bi'ri Ma'unadan qaytayotib Madinaga yaqinlashganida, Bani Kilob qabilasidan bo'lgan ikki kishi chiqdi. Ularni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kiyim bilan siylagan edilar. Amr u ikkalasini o'ldirdi, chunki ularning musulmon bo'lganini bilmagan edi. Shunda Bani Kilobdagilar kelib, ularning xunini talab qilishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abu Bakr, Umar va Alilar (roziyallohu anhum) bilan kilobiylarning xunini to'lashga yordam so'rab Bani Naziyrga bordilar. O'rtada o'zaro yordam berishga axd bor edi. Ammo Bani Naziyr Nabiyni (sollallohu alayhi vasallam) o'ldirishni qasd qildi, Jabroil buning xabarini etkazdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularning orqa tomonidan chiqib, Madinaga keldilar. Askar to'pladilar va ularni qamal qildilar. Ularning xurmolarni kesib, binolarini buzdilar. So'ng ularni mollarini tashlab chiqib ketish sharti bilan tark qildilar. Har bir kishi o'zi ko'taradigan miqdordagi narsasini tuyaga yukladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni Shomga surgun qildilar. Bu haqda Alloh taoloning: "U ahli kitoblardan (yahudiylardan) kofir bo'lgan kimsalarni birinchi to'plashdayoq haydab chiqargan zotdir" (Hashr surasi, 2-oyat) degan so'zi nozil bo'lgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:50:02

Bani Mustalyq jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) askarlari bilan chiqdilar, o'zlari bilan birga Oishani (roziyallohu anho) oldilar. Ifk ahli (tuhmatchilar) Oisha (roziyallohu anho) haqlarida gapirgan narsani gapirdilar, hatto Alloh taoloning:

"Shak-shubhasiz bo'htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o'zlaringizdan bo'lgan bir to'dadir" (Nur surasi,11-oyat), degan so'zdan

"pokiza erlar pokiza ayollar uchundir" (26-oyat), so'zigacha nozil bo'ldi. Bu o'n yetti oyat Oisha (roziyallohu anho) va uning otasi Abu Bakr Siddiqning pokligi haqida edi.

Yana Zuqurd jangi. Madinaning chekkasidan bir to'p arab tuyalarni o'g'irladi. Natijada Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga chiqdilar va ulardan tuyalarni qaytarib oldilar.

Yana Hudaybiya g'azoti. Abu Qatoda Ansoriy sahobalardan bir jamoa bilan umraga keldilar. Ular avval Asfonga, so'ng Hudaybiyaga tushdilar. Hudaybiya quduq nomi bo'lib, uning atrofidagi erlar shu nom bilan atalar edi. Bu erda musulmrnlar bilan mushriklar o'rtasida tosh otish bo'lib o'tgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:50:17

Yana Xandaq jangi. Makka ahli arablarni to'plab, Madinaga o'n uch minglik lashkar bilan keldi, ular turli ahzob — firqalardan iborat edi. Ular Madinani o'rab olishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mushriklarni to'sish uchun xandak qazishni buyurdilar. Mushriklar xandaqning nariyog'ida o'n besh kun yoki bundan ham ko'proq turishdi. Alloh ularga sovuq shamolni yubordi, ular mag'lub bo'lishdi. Bu haqda Alloh taoloning:

"Ey mo'minlar, sizlarga qo'shinlar kelgan paytda Biz ularning ustiga shamol va sizlar ko'rmagan qo'shinlarni (ya'ni, farishtalarni) yuborganimizni — Allohning sizlarga bergan ne'matini eslanglar!" (Ahzob surasi, 9-oyat) so'zidan to

"Alloh mo'minlarga jang to'g'risida kifoya qildi" (Ahzob surasi, 25-oyat) so'zigacha nozil bo'lgan.

G'azotlardan yana biri Bani Qurayza jangi. Madina yaqinidagi yahudiylar bilan Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) o'rtasida kelishuv bor edi. Ahzob kelganda ular ahdni buzishdilar. Alloh ahzobni mag'lub qilgach, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularning ustiga keldilar va qamal qildilar, hatto ular Sa'd ibn Muozni hakam qilishdi. U zot ularning jangchilarini o'ldirishga hukm qildilar. Ular to'rt yuz ellik kishi edi. (Ko'proq edi, deb ham aytiladi). Ular ichida Huyay ibn Axtab ibn Usayd ham bor edi. Bu haqda Alloh taoloning:

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:50:26

"U ahli kitobdan bo'lgan kimsalarni qal'alaridan tushirdi va dillariga qo'rqinch soldi. (Endi) sizlar (ulardan) bir guruhini o'ldirursizlar, bir guruhini asir olursizlar" (Ahzob surasi, 26-oyat) degan so'zi nozil bo'ldi.

Yana Zotur riqo' jangi. Shu g'azotda xavf namozi o'qildi. Yo'lning og'irligidan sahobalar oyoqlariga latta o'rar, yamoq-lattalar tushib ketar edi. Shuning uchun bu  jang Yamoqlilar jangi deb nomlandi.

Yana Haybar jangi. Bu g'azot xijratning oltinchi yilida bo'ldi. Nabiy qal'ani fath qildilar va uni egalladilar.

Yana Mu'ta jangi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) muhojir va ansorlardan iborat qo'shin yubordilar. Ularga Zayd ibn Horisani amir qildilar. Agar u shahid bo'lsa, Ja'far Tayyyor, u ham shahid bo'lsa, Abdulloh ibn Ravoha, undan keyin boshqasi amir bo'lsin deb tayinladilar.

Yana Anmor jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashoblari bilan chiqdilar, lekin jang bo'lmadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:50:42

Yana Makka fathi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) muhojir va ansorlardan iborat o'n ming qo'shin bilan hijratning sakkizinchi yilida Makkani fath etdilar. Makka Islomga to'la taslim bo'ldi.

Yana Bani Xuzayma jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Xolad ibn Validni Makkaga kirganidan so'ng, Bani Xuzaymaga yubordilar. U zot ularni asir oldilar. Ular musulmonlikni da'vo qilishar edi, lekin Xolad (r.a.) ularni tasdiqlamadilar. So'ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ulardan olingan narsalarni qaytarib berishni va ularning diyasini to'lashni buyurdilar.

Yana Hunayn jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makkadan nari Havozanga chiqdilar. U zot bilan birga o'n ikki ming kishi bor edi. Musulmonlar sonlari ko'pligidan mag'rurlanib ketishdi. Alloh ularni mag'lubiyat bilan jazoladi, so'ng ularga yordam berdi va nusrat yubordi. So'ng mushriklar ustidan zafar qozonishdi. Bu kun Avtos deb nomlandi. Bu haqda Alloh taoloning ( $  ) degan so'zi nozil bo'lgan.

Yana Toif jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Hunayn jangidan so'ng Toifga qarab yurdilar va ularni qirq kun qamal qilib, fath etdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:50:52

Yana Davmatul Jundal jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abdurrahmon ibn Avfni u erga yetti yuz kishi bilan yubordilar. Ular sulh tuzib, salomat qolishdi. Avf Davlatul Jundalda yashab qoldilar va Asbag' ibn Amr Kalbiyning qizi Otirga uylandilar. Abu Salama ibn Abdurrahmon shu onadan dunyoga kelgandir.

Katta g'azotlardan biri Tabuk jangi. Musulmonlar bu jangda zafar quchishdi va ko'p o'lja olishdi.

Yana Abdurrahmon ibn Avfning (r.a.) Davmatul Jundalga borishlaridan oldin, Xolid ibn Valid sakkiz yuz kishi bilan ularga yuborilgan va ko'p o'lja olgan edilar.

G'azavotlardan yana biri Najd tomondagi jangdir. Boshqa biz zikr qilmagan janglar haqida batafsil bilishni istagan kishi, "Al-mug'oziy" asarini o'qisin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  27 Fevral 2008, 06:51:07

157-bob
Makruh narsalar haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: So'zlashish besh o'rinda makruhdir: tobut orqasidan ketayotib; Qur'on o'qiyotib; xutba va zikr majlisida; hojatxonada; jimo vaqtida. Beshta o'rinda qarash makruh sanaladi: namozda o'ng va chapga; odamlarning uyi ichiga; hammom va boshqa joyda insonlarning avratlariga; dunyo ishlarida o'zidan ustun kishiga rag'bat bilan qarash va din ishida o'zidan past kishiga qarash (ergashish). Besh narsaga quloq solish makruh: lag'v — behuda gapga, g'ino — kuy-qo'shiqqa; aytib yig'laguvchiga; botil va ortiqcha gapga; shivirlab gaplashayotgan ikki kishining gapiga; odamlarning uyiga. Besh o'rinda kulish makruh sanaladi: janoza oldida; qabr oldida; musibatzada kishi oldida; Qur'on qiroati vaqtida va Allohni zikr qilayotgan paytda.

Bekordan-bekorga kulish jinnilik turidan, deydilar.

Odamlar burun va tishni oltindan qilishda ixtilofdadirlar. Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) kumushdan qilishda ziyon yo'q, oltindan qilish joiz emas deganlar. Muhammad ibn Hasan (roziyallohu anhu) ziyoni yo'q, deydilar. Biz shu so'zni olamiz.

Qayd etilgan