Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu): "U uylansang, xotingga buyur, ikki rak'at namoz o'qisin, so'ng uning boshidan ushla va: "Ey Parvardigor, menga oilamda va oilamga menda baraka ber, meni ulardan va ularni mendan rizqlantir, bizni yaxshilikda jamlagan narsang bilan jamla va oramizni o'zing ajratgan yaxshi narsa bilan ajrat", deb ayt", dedilar.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu): "Agar birontangiz ahliga, yaqinlashsa, "Ey Parvardigor, shaytonni mendan va meni rizqlantiradigan narsangdan uzoqlashtir", deb aytsin. Agar ularning orasida bola tug'ilsa, shayton unga Alloh taoloning izni bilan zarar bermaydi", dedilar.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh bandalariga in'om etgan ne'mat oilada yoki molda yoki boladadir. Agar banda: "Ma shaallohu la-havla va la-quvvata illa-a billah", deb aytsa, undan o'limdan boshqa ofatni ko'taradi", dedilar, so'ng ( ) degan oyatni o'qidilar".
Mujohid aytadilar: "Agar senga biror xursandchilik etsa, ma shaallohu la-a havla va la-a quvvata illa-a billah, yaxshiliklarni faqat Alloh keltiradi, yomonliklarni faqat Alloh ketkazadi, deb ayt, so'ng xursandchilikni yuzingga chiqar".