HTML asoslari. Web sahifa yaratishni boshlovchilar uchun.  ( 45801 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ulugbek  24 Iyun 2006, 05:49:51

Assalomu alaykum qadrdonlarim!!!
*********************************************
Uzr, o'qish va ishdan vaqt ajrata olmayapman!
Buning uchun Siz qadrdonlarim oldida juda hijolatdaman!
*********************************************
Agar haqiqatdan ham ham yaxshilab o'rganmoqchi
bo'lganlar bo'lsa, yaxshisi rus tilidagi materiallar orqali
o'rganishlarini maslahat berardim. Sababi, dasturlarni
o'zbek tilida tayyorlashmaydi. Eng keng tarqalgan
dasturiy ta'minot hohlaymizmi-hohlamaymizmi
baribir rus tilida, rus tilida darsalrni o'rganish Siz
azizlarim uchun katta noqulayliklar keltirmaydi deb
umid qilaman.
*********************************************
O'zim ham tez-tez foydalanadigan saytlar URL manzili:
1. http://www.web-silver.ru - Photoshop & Flash
2. http://av-gostemilov-pshop.narod.ru/main_photoshop.htm
3. http://flashdocs.net/ - Flash bo'yicha yaxshi sayt!
4. http://www.pslab.ru/lessons/ - Photoshop dan darslar
*********************************************
Bu ro'yhatni boyitib boraman.
Aslida men bilmagan bundan tashqari, yanada yaxshi
resrurslar juda ham ko'p.
Qiziqanlar qidirib ko'rishsa ham bo'ladi.
*********************************************
Ko'pgina darsliklar ham mavjud. Ularni saytlardan
ko'chirib olib, offline ham o'rgansa bo'ladi.
*********************************************
Agar topa olmasangiz, menga habar qoldiring, faqat
"privat" habar... Siz bilan qandoq bog'lanish mumkin
bo'lgan ma'lumotlarni qoldirsangiz, yoki, men bilan
bog'lanishni hohlaganlar uchun, o'z telefon raqamlarimni
yuborishim mumkin.
*********************************************

Qayd etilgan


Ulugbek  24 Iyun 2006, 05:50:13

AbdulAziz:

Albatta web-sahifa rasmlarsiz bo'lmaydi. Rasmlarni ham tartibsiz, qoidasiz joylash ham ma'lum muamolarni keltirib chiqadi. Shuning uchun ham web-sahifa dizayneri grafik dasturlardan ham ozgina xabardor bo'lishi talab qilinadi. Web-sahifa murakkabligiga qarab unda har xil grafik dasturlardan foydalaniladi.
Eng keng tarqalgan grafik dastur Adobe Photoshopdir. Adobe paketi orqali istalgan grafik effektni amalga oshirish mumkin.
Corel Draw va Macromedia Flash dasturlari orqali vektor grafikalarida ishlash qulay

Qayd etilgan


forumnnb  16 Iyul 2006, 19:15:04

Assalomu alaykum!

Adashmasam bu yerda WEB ga bog`liq suhbat bo`layapti shekilli  :D

Menimcha dastlab web dasturlash va web dizayn haqida qisqacha gapirilsa yaxshi bo`lardi. SAytlarning asosiy bir qancha elementlari bor, masalan forum, chat, mehmonlar kitobi, galareya va hokazo. Sayt bu elementlarsiz hech nersa bo`lmay qoladi, shuning uchun har bitta element haqida tushunchaga ega bo`lish kerak.

Sayt yaratish tillariga keladigan bo`lsak, bu HTMLsiz amalga oshmaydi. Dinamik saytlar yaratish uchun esa PHP va Javascript tillaridan foydalaniladi. Hozirda keng tarqalgan tillardan biri bu, PHP dir. U havfsizlik jihatidan kuchli himoyalangan va bazalar bilan imkonini beradi (MySQL). Javascriptga keladigan bo`lsak, u asosan dinamik o`zgaruvchan vositalar uchun xizmat qiladi, masalan menular, va hokazo. Lekin javascriptda kodlarni bemalol ko`rsa bo`ladi, ya`ni yaxshi himoylanmagan

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2006, 07:43:58

va alaykum assalom!
Bu borada yana boshqa fikrlaringiz bo'lsa mavzu tarzida kiritsangiz yaxshi ish bo'lar edi.

Qayd etilgan


forumnnb  17 Iyul 2006, 20:47:13

Assalamu alaykum!

Albatta bajonidil bu haqda ma`lumot berishga roziman, faqat  ishni nimadan boshlashni bilmay turibman, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:32:27

Va alaykum assalom!

Agar hohlasangiz yangi mavzu ochib, hozirda keng tarqalgan PHP haqida darsni boshlashingiz mumkin.

Qayd etilgan


forumnnb  18 Iyul 2006, 08:51:56

Assalomu alaykum!
Rahmat, albatta bugundan boshlab ma`lumot yozishni boshlayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 05:15:46

MaxCmd bilan birgalikda endi darslarni boshlayverasizlar ! :)

Qayd etilgan


Smarty  19 Avgust 2007, 22:24:49

Ancha boptiyu yozilmaganiga bu mavzuda

Qayd etilgan


boburiy  05 Mart 2008, 12:54:04

Bu mavzuni davom ettiradigan mardlar nahot yuq bulsa! Nahot O`zbekistonda kadrlar shunchalik kam bulsa!! :'( :'( :'( :9

Qayd etilgan