Muallif Mavzu: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar  ( 11846 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululoh sollallohu alayhi vasallam ning yonlariga kelib:
“Yo Rasululloh Abu Bakrning bir soatlik ibodati, boshqalarning yetmish yillik ibodati bilan teng keladi”, dedi.
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam esa darhol Abu Bakrni chaqirib: “Uyda nima qilayotgan edingiz?” – deya so’radilar.
Abu Bakr Siddiq: “Ey Allohning Rasuli! Uyda miyamga shunday bir fikr kelgandi: “Haq ta’olo Jannat va do’zahni yaratdi va ularni bandalar bilan to’ldiradi. Mo’minlarning do’zaxga kirmasliklari uchun Haq ta’olodan jismimni do’zaxni to’ldiradigan darajada katta qilishini so’radim” deb javob berdilar.

Maxmud amin xazinasi filmidan
« So'nggi tahrir: 29 Fevral 2008, 10:02:26 muallifi NOZA »

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #1 : 22 Fevral 2008, 09:22:20 »
Jannatga olib keladigan amallar

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
“Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan:
- Kim bugun erta bilan ro’zador bo’lib turdi? – deb so’radilar. Abu Bakr roziyallohu anhu:”
- Men, - dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana:
- Sizlardan qaysi biringiz bugun bir bemorni borib ko’rdi? – deb so’radilar. Abu Bakr roziyallohu anhu:
- Men, - dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana:
- Qaysi biringiz biror kishiga janoza o’qishda hozir bo’ldingiz? – deb so’ragan edilar, yana Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu:
- Men, - deb javob qildi”.
Bu hadis rivoyatlaridan Marvon degan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Mana shu xislatlar kimda jam bo’lgan bo’lsa, albatta jannatga kiradi”, degan gaplarini men ham eshitganman, degan.

Imom al-Buxoriy “Al-adab al-mufrad” 232-hadis
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #2 : 22 Fevral 2008, 09:23:10 »
Bundayin adolatning o’xshashi bormi?

Abu Bakr roziyallohu anhu gazmolchi savdogar bo’lib, tijorat bilan tirikchilik qilardi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin mo’minlar uni o’zlariga xalifa qilib saylab oldilar. Ertasi kuni u ozgina gazmolni qo’ltiqlab, odatdagidek yana bozorga ketayotgan edi, yo’lda uni Umar roziyallohu anhu uchratib qoldi.
“Ey Abu Bakr, qayoqqa ketyapsan?” deb so’radi Umar roziyallohu anhu.
“Bozorga”, deb javob qildi Abu Bakr roziyallohu anhu.
“Agar sen savdo bilan band bo’lib qolsang, xalifalikni kim qiladi?”
“Bo’lmasa, oilamni qanday boqaman?”
Umar roziyallohu anhu dedi:
“Yur, Abu Ubaydaning (u xazinachi edi) oldiga boramiz, u baytulmoldan kundalik ro’zg’oringizga yetarli pul berib turadi”.
Ikkovlashib Abu Ubayda roziyallohu anhuning oldiga borishdi. U Abu Bakr roziyallohu anhuga har bir muhojirning kundalik tirikchiligiga berilib turilgan o’rtacha miqdorda nafaqa belgiladi.
Bir kuni Abu Bakr roziyallohu anhuning xotini unga:
“Biron mazali taom yegim kelyapti”, deb qoldi.
Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu:
“Bunday ovqatning masalig’iga yetadigan menda pul yo’q”, deb javob qildi.
Xotin dedi:
“Agar siz ruxsat bersangiz, men har kungi xarajatdan oz-ozdan tejab qolishga harakat qilaman, keyin bir kun kelib mazali ovqat qilishga qurbimiz yetadi”.
Abu bakr roziyallohu anhu rozi bo’ldi.  Bir necha kundan keyin uncha-muncha pul jamg’arildi. Xotini shirin ovqatning masallig’ini sotib olib keltirish uchun jamg’arilgan bu pulni Abu Bakr roziyallohu anhuga berdi.
Abu Bakr pulni qo’lga olib:
“Bundan chiqdi, shuncha pulni biz ortiqcha olib yurgan ekanmiz-da”, dedi va tejalgan pulning hammasini baytulmolga topshirib yubordi. Kelgusida kundalik tirikligiga berilayotgan nafaqadan xotini tejab qolgan miqdordagi pulni qisqartirishni tayinladi.

Muhammad Zakariyo Kandehlaviyning “Sahobiylar tarixi” kitobidan
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #3 : 14 Mart 2008, 08:47:39 »
Qiyos

Bir kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Ey Rasululloh, namozda o’qib yurishim uchun menga bir duo o’rgating”, deb o’tindi. Shunda ul zot sollallohu alayhi vasallam: “Allohim, men o’zimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila meni afu etgin, menga rahm aylagin. Albatta, Sen mag’firatli, rahmli Zotdirsan”, deb o’rgatdilar.
Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duoni “o’ziga ko’p zulm qilgan” kishiga – Abu Bakrga o’rgatganlar. Ummatlari orasida eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannati, deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning imoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa, ikkinchi pallaga qo’yilgan uning iymoni og’ir keladi, deb vasf etganlari, umarning xulqi uning axloqi oldida dengizdan bir tomchi, deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!
Rostgo’y Abu Bakr, risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining oxirigacha jonini va molini Alloh va Rasuli uchun baxshida etgan rostgo’y Abu Bakrki, “o’zimga ko’p zulm qildim…” deb duo etib tursa, boshqalarning ahvoli qanchalik bo’ldi ekan?! Bizlar nima derkinmiz?!

Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #4 : 25 Aprel 2008, 15:42:51 »
Doimo g’olib edilar

Qari kampirning hayoti bir muncha og’ir kechar edi. Chunki uning na yaqinlari, na bollari – hech kimi yo’q edi. Buning ustiga, ko’zi ham ojiz edi. Bundan xabar topgan Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu zudlik bilan uning yoniga kelib:
- Ey onajon, men sizning holingizdan har kuni habar olib turaman. Uyingizni supurib-sidirib qo’yaman. O’zingizga qarayman. Taomingizni pishirib beraman. Siz endi hech bezovta bo’lmaysiz. Mashaqqat ham chekmaysiz, - dedilar. – Faqat bir iltimosim bor. Meni hech kimga aytmaysiz. Sizga ko’rsatayotgan xizmatimni ham biron kimsaga bildirmaysiz? Xo’pmi?
Kampir xursandlik bilan bunga rozi bo’ldi. Ona-boladek hayot kechira boshlashdi. Kunlar o’tdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu olihimmat ishlarini davom ettiraverdilar. Kunlarning birida kampirning holidan xabar olay deb kirdilaru hayratdan yoqa ushlab qoldilar. Uy supurilgan, atrof chinnidek top-toza. Kampirning oldiga taom ham qo’yilgan.
Hazrati Umar roziyallohu anhu taajjublanib:
- Ey onajon! Men sizga, hech kimga aytmang, men o’zim sizga qarab turaman degan edim-ku, - dedilar.
- Men hech kimga hech narsa aytganim yo’q, - deb javob qildi kampir.
Hazrati Umar roziyallohu anhu “Savobli ishni mendan oldin qilayotgan inson kim ekan”, deb turgan vaqtlarida, ne ko’z bilan qarasalarki ichkaridan Amirul-mo’minin Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu chiqib kelmoqda edilar.
- Siz… sizmisiz, ey amirul mo’minin, jonu-tanim sizga fido bo’lsin, - dedilar-u, boshqa so’z aytishga tillari aylanmay qoldi.
O’sha vaqtlarda Hazrati Umar roziyallohu anhu adliya ishlariga ams’ul edilar. Ul zot: “Qanday ishda bo’lmasin, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan musobaqalashmay, u kishi g’olib chiqar edilar”, deb tan olgan ekanlar.

“Saodat quchganlar ibrati”


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #5 : 25 Aprel 2008, 15:43:25 »
Fazl egalari bilurlar

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda edilar. Tevaraklarida sahobai kiromlar qator o’tirishar edi. Shunda birdan Hazrati Ali roziyallohu anhu kirib keldilar. To’xtab atrofga qaradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga bir nazar tashlab qo’ydilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng yonlarida o’tirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu qarashlarini darhol faxmlab:
- Yo Abul Hasan, bu yoqqa keling, - deb bir oz surilib, yonlaridan joy bo’shatdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlarida mehr va sevinch nuri paydo bo’lib:
- Yo Abu Bakr, fazl ahlining fazlini fazl egalari bilurlar, - deb marhamat qildilar.


“Saodat quchganlar ibrati”

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #6 : 25 Aprel 2008, 15:44:50 »
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jabroil alayhissalom oldimga kelib aytdiki, Alloh sendan albatta Abu Bakr bilan maslahatlashishlikni buyurdi” deb aytganlar.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #7 : 25 Aprel 2008, 15:46:11 »
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: “Albatta, menga Alloh taolo to’rt vazirni tayinladi. Ikkitasi osmon ahlidan bo’lib, ular Jabroil va Mikoildir, ikkitasi yer ahlidandir. Bular mening do’stlarim Abu Bakr va Umardir”

sn_uk

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 22
  • Jins: Ayol
  • FEAR IS TEMPORARY, REGRET IS FOREVER!
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #8 : 24 May 2008, 20:03:38 »
assalamu aleykum wa rohmatulloh!
jazakumullahul khayran!
May Allah admits you to Jannatul Firdaws and may you be there with your loved ones!
Sizni Alloh uchun sevaman!
Mo'min ko'rsa qalbi bilan ko'radi
Shu sabab yurak ham sokin uradi
Biz sevsak o'rtada Alloh turadi
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim!
( NOZA uchun)
« So'nggi tahrir: 24 May 2008, 20:08:55 muallifi sn_uk »
Say O Muhammad s.a.w: If you love Allaah then follow me, Allaah will love you and forgive your sins!
Surat Al Imran

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #9 : 29 May 2008, 18:18:05 »
ABU BAKRNING JANOB RASULULLOH VAFOT QILGANLRIDAN KEYINGI DAVRDAGI FAZILATLARI HAQIDA

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida odamlarni (birini ikkinchisidan) afzal kurib, (birinchi o’ringa) Hazrat Abu Bakrni, (ikkinchi uringa) Umar ibn alÐ¥attobni, (uchinchi uringa) Usmon ibn Affon raziyalloxu anhumni quyar erdik».
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #10 : 13 Fevral 2010, 01:01:02 »
Abu Bakr roziyallohu anhuning bir kalimasi musulmonlarni parokandalikdan saqlab qolgan edi :

Hijratning 11-yili. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etganlarida Abu Bakr Madina chetidagi mahallada edi.
Umar: Allohga qasamki, Rasululloh s.a.v. o'lmaganlar derdi. Allohga qasamki, men faqat mana shu fikrda edim. Alloh taolo Rasulullohni yana qayta yuboradi va u zot fitnachi kimsalarning qo'l-oyoqlarini kesadilar deb o'ylardim.
Abu Bakr r.a. kelib, Rasululloh s.a.v.ni ochib o'pdi. Ota-onam sizga fido bo'lsin yo Rasululloh dedilar. Siz tirikligingizda ham o'likligingizda ham xushbo'ysiz. Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, Alloh taolo sizga ikki o'limni torttirmagay. Ya'ni, endi hayoti dunyoga qayta kelmassiz.
So'ng Abu Bakr tashqariga chiqib: - Ey qasam ichuvchi biroz oshiqmay tur dedi. U gapirgandan keyin umar o'tirdi. Abu Bakr Alloh taologa hamdu sanolar aytgach, qavmga qarata shunday dedi: “Kim Muhammadga ibodat qilgan bo'lsa, Muhammad haqiqatan ham o'ldi. Kim Alloh taologa ibodat qilgan bo'lsa, darhaqiqat Alloh hamisha hayot. U hech qachon o'lmaydi”.
So'ng Siddiq r.a. quyidagi oyatlarni o'qidi:
"Ey Muhammad hech shak-shubhasiz siz ham o'lguvchidirsiz, ular ham o'lguvchilar" [Zumar surasi 30-oyat].
“Muhammad faqat bir payg'ambar xolos, undan ilgari ham payg'ambarlar o'tkandir. Bas, ya'ni u Muhammad s.a.v. vafot qilsa, yoki o'ldirilsa, ketingizga, kufrga qaytib ketsa ketasizmi? Kimda kim ketiga qaytib ketsa, Allohga biron ziyon yetkaza olmas". [Oli imron surasi 144-oyat]
Abu Bakr so'zlarini eshitgan kishilar xo'ng-xo'ng yig'ladilar.
Shu birgina kalima sabab Alloh taolo islomni ushlab qoldi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #11 : 13 Fevral 2010, 01:11:10 »
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Abu Bakrning misoli maloikalar ichida Mikoil alayhissalom kabidir. Mikoil farishta Allohning rizosi va avfini bandalarga olib tushadi. Nabiylar ichida Ibrohim alayhissalomga o’xshatish mumkin. U olovga tashlab yoqmoqchi bo’lgan qavmiga asaldan ham muloyimroq bo’lgan. Shunda ularga qarata bunday degan: “Sizlarga ham Allohni qo’yib sig’inayotgan butlaringizga ham suf-ey. Axir aql yurgizmaysizlarmi” (Anbiyo, 67)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #12 : 13 Fevral 2010, 01:12:43 »
A’robiy kishi Abu Bakrni haqoratlab so’kdi. Shunda Abu Bakr ajablanib Rasululloh alayhissalomga qaradi. Abu Bakr Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayratlanganini va tabassum qilganini ko’rib hayron bo’ldi. A’robiy Abu Bakrni so’kishda davom etdi. Abu Bakr sabr qildi va unga churq etmadi. Kimki avf qilsa va yaxshilik qilsa, uning ajri Alloh zimmasidadir. A’robiy yana so’kishda davom etayotganida jim o’tirgan Abu Bakr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaradi.
Nihoyat Abu Bakrning toqati toq bo’lb, g’azablandi va uning ba’zi so’zlariga javob qaytardi. Do’stidan bu narsani kutmagan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rnilaridan turib ketdilar va do’stlariga: “Shayton bilan o’tirma”, dedilar.
Abu Bakr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortlaridan yetib borib so’radilar: “Ey Allohning rasuli, u meni haqorat qilganda siz jim o’tirgan edingiz, ba’zi so’zlariga javob qilsam, g’azablanib turib ketdingiz”.
Rasul alayhissalom: “Haligi kishi haqorat qilganida bir farishta seni himoya qilib turardi. Javob qilganingda esa, farishta ketib, uning o’rniga shayton hozir bo’ldi. Men shayton bilan bir joyda o’tirmayman” dedilar.

“Rasulullohning izdoshlari” kitobidan

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #13 : 13 Fevral 2010, 01:14:30 »
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh bilan birga Makka fathida ishtirok etdi. U Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keksayib qolgan otasi Abu Kihofani olib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Kuhofani ko’rib aytdilarki: “Sen otangni qiynab qo’yibsan. Bilganimda men o’zim uyingizga borar edim”.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilarki: “Ey Rasululloh, siz uyimizga borgandan ko’ra otamning o’zi oldingizga kelishga haqliroqdir”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki muborak qo’llarini Abu Kuhofaning ko’ksiga qo’yib: “Ey shayx, iymon keltir” dedilar.
Shunda Abu Kuhofaning qalbi ochilib, Allohdan boshqa iloh yo’q, albatta, Muhammad Allohning Rasulidir, deb guvohlik beraman, deya shahodat kelimasini keltirdi.
Abu Bakr Siddiq otasining musulmon bo’lganidan behad quvonib aytdi: “Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, Abu Tolib islomga kirganda hozirgidan-da quvonar edim. Chunki Abu Tolib islomga kirsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xursand bo’lardilar”.

“Rasulullohning izdoshlari” kitobidan

Хадича

  • Mehmon
Re: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar
« Javob #14 : 16 Dekabr 2012, 19:51:28 »
Kunlardan birida Abu Bakrning qorni juda ochdi. Uyidan yeyishga biror narsa topolmadi. Qorin ochligiga sabr qilib bo'lmasdi. Uning quli ozgina taom keltirdi. Abu Bakr shu taomdan bir luqma olib yedi. Quli aytdi: " Ilgari bir yegulik olib kelsam,qayerdan olding deb so'rar edingiz. Ammo bu safar surishtirmadingiz".

Abu Bakr Siddiq : " Ochlikning zo'ridan taom to'g'risida so'rashni unutibman",dedi. So'ng taomdan qo'lini tortdi va so'radi: Ayt-chi,sen bu taomni qayerdan keltirding?

U aytdi: " Bir kuni johiliyat vaqtida bir qavm oldidan o'tib qoldim. U paytlar sehr-jodu qilib yurardim. Shu qavmga ham sehr-jodu qilib bergan edim. Bugun o'sha joydan o'tib ketayotsam,to'y bo'layotgan ekan. Menga o'sha sehrning haqiga mana shu taomni berishdi".

Abu Bakr Siddiq aytdi: "Meni halok qilmoqchi bo'ldingmi?
Keyin qo'lini halqumiga tiqib,qayt qila boshladi. Lekin yutgan luqma osonlikcha chiqmadi. " Ichingga yutgan luqma suv ichsang chiqishi mumkin",deyishdi. Abu Bakr Siddiq idishda suv olib kelishni buyurdi. Suv keltirildi. U o'zini majburlab suvni icha boshladi,so'ng qayt qilganda luqma suv bilan birga qorindan chiqib ketdi. Ko'rishsaki,u luqma qarg'aning boshidek ekan. Shunda oldidagilar bu ishiga hayron bo'lib aytdilarki: " Alloh senga rahm qilsin,shu luqmani deb joningni shuncha qiynadingmi!"

Abu Bakr Siddiq dedi : "Agar mana shu narsa chiqmasa,uni jonim bilan chiqargan bo'lardim. Batahqiq Rasululloh (s.a.v.) dan eshitgan edimki : " Haromdan o'sgan har bir jasad do'zaxga haqlidir".

Abu Bakr Siddiq ko'z yoshlarini artib shunday dedi:
" BU LUQMANI YEB TANAMGA HAROM KIRISHIDAN QO'RQDIM".

( "Rasulullohning izdoshlari" kitobidan )

 

Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 26728
So'nggi javob 24 Iyul 2018, 15:10:31
muallifi MirzoMuhammad
Hazrati Ali ibn Abu Tolib r.a. hayotlaridan hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 9676
So'nggi javob 19 Oktyabr 2016, 14:38:49
muallifi MirzoMuhammad
Salmoni Forsiy roziyallohu anhu haqida hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 8799
So'nggi javob 02 Avgust 2014, 00:01:36
muallifi MirzoMuhammad
Hazrati Umar ibn Abdulaziz haqlarida hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 7299
So'nggi javob 02 May 2014, 17:57:10
muallifi MirzoMuhammad
Hikoyalar http://kitob.land.ru da

Muallif muxbirBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6833
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 07:08:33
muallifi AbdulAziz