Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar  ( 18442 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:21:34

Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululoh sollallohu alayhi vasallam ning yonlariga kelib:
"œYo Rasululloh Abu Bakrning bir soatlik ibodati, boshqalarning yetmish yillik ibodati bilan teng keladi", dedi.
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam esa darhol Abu Bakrni chaqirib: "œUyda nima qilayotgan edingiz?" — deya so’radilar.
Abu Bakr Siddiq: "œEy Allohning Rasuli! Uyda miyamga shunday bir fikr kelgandi: "œHaq ta’olo Jannat va do’zahni yaratdi va ularni bandalar bilan to’ldiradi. Mo’minlarning do’zaxga kirmasliklari uchun Haq ta’olodan jismimni do’zaxni to’ldiradigan darajada katta qilishini so’radim" deb javob berdilar.

Maxmud amin xazinasi filmidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:22:20

Jannatga olib keladigan amallar

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
"œBir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan:
- Kim bugun erta bilan ro’zador bo’lib turdi? — deb so’radilar. Abu Bakr roziyallohu anhu:"
- Men, - dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana:
- Sizlardan qaysi biringiz bugun bir bemorni borib ko’rdi? — deb so’radilar. Abu Bakr roziyallohu anhu:
- Men, - dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana:
- Qaysi biringiz biror kishiga janoza o’qishda hozir bo’ldingiz? — deb so’ragan edilar, yana Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu:
- Men, - deb javob qildi".
Bu hadis rivoyatlaridan Marvon degan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "œMana shu xislatlar kimda jam bo’lgan bo’lsa, albatta jannatga kiradi", degan gaplarini men ham eshitganman, degan.

Imom al-Buxoriy "œAl-adab al-mufrad" 232-hadis
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:23:10

Bundayin adolatning o’xshashi bormi?

Abu Bakr roziyallohu anhu gazmolchi savdogar bo’lib, tijorat bilan tirikchilik qilardi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin mo’minlar uni o’zlariga xalifa qilib saylab oldilar. Ertasi kuni u ozgina gazmolni qo’ltiqlab, odatdagidek yana bozorga ketayotgan edi, yo’lda uni Umar roziyallohu anhu uchratib qoldi.
"œEy Abu Bakr, qayoqqa ketyapsan?" deb so’radi Umar roziyallohu anhu.
"œBozorga", deb javob qildi Abu Bakr roziyallohu anhu.
"œAgar sen savdo bilan band bo’lib qolsang, xalifalikni kim qiladi?"
"œBo’lmasa, oilamni qanday boqaman?"
Umar roziyallohu anhu dedi:
"œYur, Abu Ubaydaning (u xazinachi edi) oldiga boramiz, u baytulmoldan kundalik ro’zg’oringizga yetarli pul berib turadi".
Ikkovlashib Abu Ubayda roziyallohu anhuning oldiga borishdi. U Abu Bakr roziyallohu anhuga har bir muhojirning kundalik tirikchiligiga berilib turilgan o’rtacha miqdorda nafaqa belgiladi.
Bir kuni Abu Bakr roziyallohu anhuning xotini unga:
"œBiron mazali taom yegim kelyapti", deb qoldi.
Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu:
"œBunday ovqatning masalig’iga yetadigan menda pul yo’q", deb javob qildi.
Xotin dedi:
"œAgar siz ruxsat bersangiz, men har kungi xarajatdan oz-ozdan tejab qolishga harakat qilaman, keyin bir kun kelib mazali ovqat qilishga qurbimiz yetadi".
Abu bakr roziyallohu anhu rozi bo’ldi.  Bir necha kundan keyin uncha-muncha pul jamg’arildi. Xotini shirin ovqatning masallig’ini sotib olib keltirish uchun jamg’arilgan bu pulni Abu Bakr roziyallohu anhuga berdi.
Abu Bakr pulni qo’lga olib:
"œBundan chiqdi, shuncha pulni biz ortiqcha olib yurgan ekanmiz-da", dedi va tejalgan pulning hammasini baytulmolga topshirib yubordi. Kelgusida kundalik tirikligiga berilayotgan nafaqadan xotini tejab qolgan miqdordagi pulni qisqartirishni tayinladi.

Muhammad Zakariyo Kandehlaviyning "œSahobiylar tarixi" kitobidan
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:47:39

Qiyos

Bir kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "œEy Rasululloh, namozda o’qib yurishim uchun menga bir duo o’rgating", deb o’tindi. Shunda ul zot sollallohu alayhi vasallam: "œAllohim, men o’zimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila meni afu etgin, menga rahm aylagin. Albatta, Sen mag’firatli, rahmli Zotdirsan", deb o’rgatdilar.
Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duoni "œo’ziga ko’p zulm qilgan" kishiga — Abu Bakrga o’rgatganlar. Ummatlari orasida eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannati, deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning imoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa, ikkinchi pallaga qo’yilgan uning iymoni og’ir keladi, deb vasf etganlari, umarning xulqi uning axloqi oldida dengizdan bir tomchi, deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!
Rostgo’y Abu Bakr, risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining oxirigacha jonini va molini Alloh va Rasuli uchun baxshida etgan rostgo’y Abu Bakrki, "œo’zimga ko’p zulm qildim"¦" deb duo etib tursa, boshqalarning ahvoli qanchalik bo’ldi ekan?! Bizlar nima derkinmiz?!

Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Aprel 2008, 15:42:51

Doimo g’olib edilar

Qari kampirning hayoti bir muncha og’ir kechar edi. Chunki uning na yaqinlari, na bollari — hech kimi yo’q edi. Buning ustiga, ko’zi ham ojiz edi. Bundan xabar topgan Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu zudlik bilan uning yoniga kelib:
- Ey onajon, men sizning holingizdan har kuni habar olib turaman. Uyingizni supurib-sidirib qo’yaman. O’zingizga qarayman. Taomingizni pishirib beraman. Siz endi hech bezovta bo’lmaysiz. Mashaqqat ham chekmaysiz, - dedilar. — Faqat bir iltimosim bor. Meni hech kimga aytmaysiz. Sizga ko’rsatayotgan xizmatimni ham biron kimsaga bildirmaysiz? Xo’pmi?
Kampir xursandlik bilan bunga rozi bo’ldi. Ona-boladek hayot kechira boshlashdi. Kunlar o’tdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu olihimmat ishlarini davom ettiraverdilar. Kunlarning birida kampirning holidan xabar olay deb kirdilaru hayratdan yoqa ushlab qoldilar. Uy supurilgan, atrof chinnidek top-toza. Kampirning oldiga taom ham qo’yilgan.
Hazrati Umar roziyallohu anhu taajjublanib:
- Ey onajon! Men sizga, hech kimga aytmang, men o’zim sizga qarab turaman degan edim-ku, - dedilar.
- Men hech kimga hech narsa aytganim yo’q, - deb javob qildi kampir.
Hazrati Umar roziyallohu anhu "œSavobli ishni mendan oldin qilayotgan inson kim ekan", deb turgan vaqtlarida, ne ko’z bilan qarasalarki ichkaridan Amirul-mo’minin Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu chiqib kelmoqda edilar.
- Siz"¦ sizmisiz, ey amirul mo’minin, jonu-tanim sizga fido bo’lsin, - dedilar-u, boshqa so’z aytishga tillari aylanmay qoldi.
O’sha vaqtlarda Hazrati Umar roziyallohu anhu adliya ishlariga ams’ul edilar. Ul zot: "œQanday ishda bo’lmasin, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan musobaqalashmay, u kishi g’olib chiqar edilar", deb tan olgan ekanlar.

"œSaodat quchganlar ibrati"


Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Aprel 2008, 15:43:25

Fazl egalari bilurlar

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda edilar. Tevaraklarida sahobai kiromlar qator o’tirishar edi. Shunda birdan Hazrati Ali roziyallohu anhu kirib keldilar. To’xtab atrofga qaradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga bir nazar tashlab qo’ydilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng yonlarida o’tirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu qarashlarini darhol faxmlab:
- Yo Abul Hasan, bu yoqqa keling, - deb bir oz surilib, yonlaridan joy bo’shatdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlarida mehr va sevinch nuri paydo bo’lib:
- Yo Abu Bakr, fazl ahlining fazlini fazl egalari bilurlar, - deb marhamat qildilar.


"œSaodat quchganlar ibrati"

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Aprel 2008, 15:44:50

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œJabroil alayhissalom oldimga kelib aytdiki, Alloh sendan albatta Abu Bakr bilan maslahatlashishlikni buyurdi" deb aytganlar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Aprel 2008, 15:46:11

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "œAlbatta, menga Alloh taolo to’rt vazirni tayinladi. Ikkitasi osmon ahlidan bo’lib, ular Jabroil va Mikoildir, ikkitasi yer ahlidandir. Bular mening do’stlarim Abu Bakr va Umardir"

Qayd etilgan


sn_uk  24 May 2008, 20:03:38

assalamu aleykum wa rohmatulloh!
jazakumullahul khayran!
May Allah admits you to Jannatul Firdaws and may you be there with your loved ones!
Sizni Alloh uchun sevaman!
Mo'min ko'rsa qalbi bilan ko'radi
Shu sabab yurak ham sokin uradi
Biz sevsak o'rtada Alloh turadi
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim!
( NOZA uchun)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 May 2008, 18:18:05

ABU BAKRNING JANOB RASULULLOH VAFOT QILGANLRIDAN KEYINGI DAVRDAGI FAZILATLARI HAQIDA

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida odamlarni (birini ikkinchisidan) afzal kurib, (birinchi o’ringa) Hazrat Abu Bakrni, (ikkinchi uringa) Umar ibn alХattobni, (uchinchi uringa) Usmon ibn Affon raziyalloxu anhumni quyar erdik».

Qayd etilgan