Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar  ( 56176 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:30:20




Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning ibodatlari

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dan Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi: "œKim erta bilan masjidga bora boshlasa, Alloh azza va jalla unga jannatdan shu kabi bir joy hozirlaydi".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ga kechasi bilan uxlab chiqqan kishi haqida habar berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œBu kishining bir yoki ikki qulog’iga shayton bavl qilib ketibdi"

Oyisha roziyallohu anhodan so’radilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlari qanday edi?" Dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam qodir bo’lgan narsaga qaysi biringiz qodir bo’lasiz, u kishing amali doimiy edi".

Oyisha roziyallohu anho aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sujudda ko’p "œSubhanaka Allohumma robbana va bihamdika, Allohuma ig’firli"(Naqadar pokdirsan, Ey Allohim, Sen Robbimizsan. Sengadir barcha hamdlar, mag’firat qil meni), deb Qur’onni tilovat qilar edilar".

Ahmad ibn Hanbalning "œZuhd" kitobidan
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak


Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:31:53

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari

Oyisha roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam bir yahudiydan nasiyaga taom sotib oldilar-da, uning evaziga garovga sovutlarini berdilar".

Abu Abdulloh al-Jadaliy aytadi: Oyisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilada xulqlari qanday bo’lganini so’radim. Aytdilar: "œU kishi insonlarning eng chiroyli xulqligi edilar. Fahsh va qo’pol muomilali, baqirib so’zlovchi, yomonga yomon bilan javob qaytaruvchi emasdilar. Lekin afu va kechirimli edilar".

"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida nima bilan mashg’ul bo’lar edilar?" deb Oyisha roziyallohu anhudan so’raldi. Aytdilar: "œU kishu uyda ko’ylaklarini tikib-chatib, poyafzallarini tuzatar va shunga o’xshash ishlar bilan mashg’ul bo’lar edilar".

Al-Asvad deydi: "œOyisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyda nima bilan mashg’ul bo’lardilar, deb so’radim. Aytdilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirsalar, uy yumushlari bilan mashg’ul bo’lardilar. Namoz vaqti kirsa, chiqib namoz o’qirdilar".
Oyisha roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam foniydan boqiyga rihlat qilar chog’da na bir dinor yoki dirham, na bir qo’y yoki tuya qoldirdilar, hattoki biror bir narsani vasiyat qilmadilar ham".

Ibn Abbos aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan o’tar chog’i na bir dinor yoki na bir qulni yoki go’dakni qoldirmadilar. Faqat bir yahudiyga uch so’ (kg) taom evaziga berilgan sovutlarigina qoldi, xolos".

Ahmad ibn Hanbalning "œZuhd" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:33:20

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam hech ham to’yib taom yemas edilar. Agar ishtahalari bo’lsa, yerdilar, bo’lmasa, unit ark etardilar".

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror-bir narsa so’ralsa, hech yo’q deb aytmasdilar".

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: "œKunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Muhammadning joni qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, uning xonadoni biror-bir kunni bir so’ don yoki bir so’ xurmo bilan o’tqakazgan emas. Vaholanki, uning to’qqiz uyi va to’qqiz ayoli bo’lgan".

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning hech to’yib taom yeganlarini ko’rmadim, agar ochinqirasalar, yerdilar, ochinqiramasalar, sukut saqlardilar".

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: "œBir yahudiy rasululloh sollallohu alayhi vasallamni arpa unidan bo’lgan non va ta’mi achchiqlashgan yog’ga chaqirdi, u kishi rozilik berdilar".

Muoviya ibn Qurro o’z otasidan rivoyat qiladi, otasi aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan qancha birga hayot kechirgan bo’lsak, bizda ikki qora taomdan boshqa narsa yo’q edi". Shunda otam mendan: "œIkki qora taom nima ekanini bilasanmi?" deb so’radi. Men: "œYo’q" dedim. Otam: "œU xurmo va suvdir", dedi.

Imom Ahmadning "œMusnad" idan

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:33:52

Oyisha roziyallohu anho aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan bug’doy uniga qorinlari to’ymay o’tdilar".

Hishon ibn Urva o’z otasidan rivoyat qiladi: "œOyisha roziyallohu anho onamiz aytadilar: "œAllohga qasamki Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilasi gohida oyni non yemasdan o’tkazar edi". Men aytdim: "œEy mo’minlarning onasi, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima yer edilar?" Oyisha onamiz dedilar: "œBizning ikki ansor qo’shnimiz bor edi. (Alloh ularni mukofotlasin.) Ularda biror sutlik taom bo’lsa, Rasulullohga hadya etishardi".

Ato ibn Abiy Raboh aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, dasturxonga engashib o’tiribdilar. Oldilarida lagan, uning ustida non bor edi. Nonni yerga qo’yib, dasturxonga engashdilar va: "œMen bir qulman, qul kabi yeyman va qul kabi o’tiraman", dedilar"

Abu Solih aytadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam taomdan so’ng duo qilar edilar. Kunlarning birida taomdan so’ng Allohga hamd aytib, so’ngra shunday dedilar: "œQornim shuncha-shuncha kundan beri ovqatga to’ymagan edi".

Imom Ahmadning "œMusnad" idan

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Mart 2008, 10:37:29

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hazillari

Oisha roziyallohu anho dedilar: "œPayg’ambar alayhissalomning safarlarining birida birga chiqdim. Men u kunlari nozik, hali semirmagan edim. Payg’ambar alayhissalom odamlarga "œSizlar oldinda ketinglar", dedilar. Odamlar ilgarilab ketdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga "œKeling chopishamiz", dedilar. Men u kishi bilan chopishdim va o’zib ketdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamay qo’yaverdilar. Vaqt o’tib, menga ham et kirib, semirdim. Yana safarlarning birida hamroh bo’ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga "œSizlar oldinda ketinglar", deb, menga "œkelin chopish musobaqasi o’ynaylik", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan o’zib ketdilar va kulib "œBunisi avvalgisi bilan teng bo’ldi", dedilar".
Imomi Ahmad rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Mart 2008, 10:39:04

Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam menga "œHoy ikki quloqlik", deb hitob qildilar", deydi.
Imomi Abu Dovud rivoyati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "œPayg’ambar alayhissalom Hasan ibn Aliga tilini chiqarar, bola uni qizilligini ko’rib kular edi".

Mahmud ibn Rabi’ roziyallohu anhu dedi: "œMen 5 yoshda edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hovlimizdagi quduqdan chelakda suv olib, yuzimga bir hovuch sepganlarini hotirlayman".
Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Mart 2008, 10:40:12

Oisha roziallohu anho rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi va sallam tahoratni ham, poyavzal kiyishni ham, soch tarashni ham o’ngdan boshlashni yaxshi ko’rar edilar. Ul zot barcha o’ngdan boshlash joiz bo’lgan ishlarni o’ngdan boshlashni odat qilgan edilar"

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Mart 2008, 10:40:48

Ato ibn Raboh aytadilar: "œIbn Umayr bilan Oyishaning (r.a.) huzuriga kirdik. U Oyishaga "œRasulullohdan (s.a.v.) ko’rganingiz ajoyib bir narsa gapirib bering", dedi. Shunda Oyisha yig’lab yubordilar va aytdilar: "œU zot bir kechai turib: "œEy Oyisha, meni holi qo’y, Rabbimga ibodat qilaman", dedilar. Men: "œAllohga qasamki, sizning yoningizda bo’lishni yaxshi ko’raman, shuningdek, sizni quvontiradigan narsani ham yaxshi ko’raman", dedim. U zot (s.a.v.) turib tahorat oldilar, keyin namozga qoim bo’ldilar. Shunda tinimsiz yig’layverdilar, ko’kraklari ho’l bo’lib ketdi, yana yig’layverdilar, yer ho’l bo’lib ketdi. Keyin Bilol azo aytgani keldi. U zotning (s.a.v.) yig’layotganlarini ko’rib: "œSiz yig’layabsiz, holbuki, Alloh avvalgi va oxirgi gunohlaringizni kechirgan-ku?" dedi. U zot (s.a.v.): "œShukr qiluvchi banda bo’lmayinmi? Bu kecha menga shunday oyatlar indirildiki, ulardagi narsani tafakkur qilmagan odamga vayl bo’lsin" dedilar va "œOsmonlar va yerning yaralishida"¦" oyatini oxirigacha o’qidilar".
Ibn Hibbon rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:29:41

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari xususidagi hadislar

Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im otalaridan naql qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œMening (ilgarigi ummatlar yaxshi bilgan) besh ismim bor. Men Muhammad va Ahmadman, men al-Mohiyman (ya’ni) Alloh taolo mening vositam birla kufrni mahv qilur, men al-Hoshirman, (ya’ni Qiyomat kuni birinchi bo’lib) oyoqqa turganimda odamlar (atrofimga) to’plangaylar va men al-Oqibman, (ya’ni men payg’ambarlarning eng so’nggisiman)" — deb marhamat qildilar".

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œAlloh taoloning Quraysh (kofirlari nohaq otayotgan) haqoratu la’nat (toshlarini) qay yo’sinda mendan qaytarib, (ularning o’zlariga yo’naltirayotganidan) taajjub qilmaysizlarmi? Ular (meni "œMuhammad"  - "œG’oyatda maqtovga sazovor" deyish o’rniga), "œMuzammam" ("œLa’nati, nafratli") deb haqorat qiladilar, "œMuzammam" deb la’natlaydilar, men ersam (benihoyat maqtovga sazovor) Muhammaddurman!" — deb marhamat qildilar".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
82 — bob. 469 — bet


Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:31:31

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunyalari (laqablari) xususida

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorda erdilar, bir kishi ul zotga: "œYo Abulqosim!" — deb murojaat qildi. Shunda ul zot unga o’girilib qaradilar-da: "œ(Qosimning otasi deb) kunyam birlan emas, balki (Muhammad deb) ismim bilan atangizlar!" - dedilar".

Jobir roziyallou anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œ(Qosimning otasi deb) kunyam birlan emas, balki (Muhammad deb) ismim birlan atangizlar!" - dedilar".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
85 — bob. 470 - bet


Qayd etilgan