Muallif Mavzu: Buyuk sahobalar o'gitlari  ( 13294 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #15 : 20 Sentyabr 2006, 11:12:06 »
***

Abu Nuaymdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi.
Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, aytdilar:
“Insonlar o‘lmoq uchun tuHiladi, yiqilmoq uchun baland imoratlar qurishadi, o‘tkinchi hayotlari uchun butun kuchlari bilan harakat qilishadi-yu, abadiy hayotlari uchun ozgina Hayrat ko‘rsatishmaydi. Oh!.. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan uch narsa aslida naqadar go‘zal: faqirlik, xastalik va o‘lim...”

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #16 : 22 Sentyabr 2006, 17:07:00 »
Ubay ibn Ka’bning o‘gitlari

«Mo‘min to‘rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne’mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to‘g‘ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo‘minning besh narsasi nurdir. Mo‘min kishi haqida Alloh “Nur’un a’la nur” (nur ustiga nur) yoHdirgan. Inchunun, mo‘minning yaxshi so‘zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so‘zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir».

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #17 : 26 Sentyabr 2006, 13:12:20 »
Abu Umomaning o‘gitlari

Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o‘qilgach, mayyitni ko‘ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko‘rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko‘chib o‘tishga majbursiz. Bu qabr yolg‘izlik, qoronHulik uyidir, bo‘rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o‘tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so‘ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qoronHu zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo‘minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: “Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘qdir” (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko‘r kimsa ko‘zi ko‘radigan kishining ko‘zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo‘minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo‘minlarga: “Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, — deydilar. (Ularga): “Ortingizga qaytib nur istangizlar”, deyilur” (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so‘ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: “So‘ng ular bilan mo‘minlar o‘rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do‘zax) bo‘lur” (Hadid, 13, mazmuni).

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #18 : 28 Sentyabr 2006, 13:35:16 »
Abdulloh ibn Abbosning o‘gitlari

— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo‘lma. Hech bir gunoh yo‘qki, uni qilganingdan so‘ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o‘ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo‘ldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa bo‘lishing gunohdan ko‘ra kattaroqdir. Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda, qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Xudo xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom, qay ishi uchun shunday ko‘p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir bechora bir zolim qo‘lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub, alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.

mubina

  • muslima
  • Newbie
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 2
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #19 : 30 Sentyabr 2006, 14:14:15 »
Usmon ibn Affonning o‘gitlari

Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
“Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
“Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o‘Hillari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yoHdirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”.

mubina

  • muslima
  • Newbie
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 2
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #20 : 30 Sentyabr 2006, 14:19:08 »
laylo biz ham siz kabi insonmiz lekin shu ishlarni bajaraolmaymiz siz muslima muslimlarmni to'g'ri yo'lga boshlar ekansiz bu ALLOH yo'lidagi hayrli ishingizda ALLOH madatkor bo'sin ALLOH sizdan rozi bo'lsin. sizni QIYOMAT kunida PAYG'AMBARIMIZ(S.A.V) ning ummatlari bo'lib turishni ALLOH nasibi ro'zi aylasin

Doniyor

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #21 : 01 Oktyabr 2006, 06:10:12 »
Assalomu alaykum Laylo!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!
Qilayotgan amallaringizni dargohida qabul aylasin!
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #22 : 02 Oktyabr 2006, 07:19:11 »
Birinchi xalifa Abu Bakr Siddiqning (r.a.) oxirgi so‘zlari “Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!” bo‘ldi.

Hazrati Usmon ibn Affonning (r.a.) jon chiqar paytdagi so‘zlariga e’tibor qiling: “Ka’baning Parvardigoriga qasamki, bular mening shahidligimga guvohdir!”

Muhammad ibn Alidan rivoyat qilinishicha, jonlariga xavorijlar qasd qilganidan keyin Hazrati Ali (k.v.) oxirgi nafaslarigacha “La ilaha illalloh”dan o‘zga so‘zni tilga olmadilar.

Xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon o‘lim onlarida: “Koshkiydi oddiy qurayshlik kishilardan bo‘lib qolsam, koshki bu vazifada ishlamasam edi”, deb o‘z mansab-mavqelaridan iztirob chekkanlar.

Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘lim onida: “Allohim, diydoringni Umarga xayrli qil! La ilaha illalloh”, deb turib jon taslim qilganlar.

http://islam.ziyouz.com/Articles/sungsuz.html
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Buyuk sahobalar hikmatlaridan

Muallif AbdulAzizBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 5158
So'nggi javob 08 Fevral 2008, 22:42:35
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 29716
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Sahobalar hayotidan

Muallif AbdulAzizBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 213
Ko'rilgan: 79165
So'nggi javob 15 Mart 2013, 08:33:44
muallifi sadida
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 97277
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 25349
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz