Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar  ( 56169 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:35:19

Payg’ambarlik muhri haqida

Soib ibn Yazid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œXolam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huxurlariga olib bordilar-da: "œYo Rasululloh, singlimning o’g’li betob bo’lib qoldi", - dedilar. Shunda ul zot muborak qo’llari bilan boshimni silab turib, menga barokat tilab duo qildilar. So’ng, tahorat oldilar, men (muborak badanlaridan tomayotgan) tahorat suvidan ichdim. Keyin, orqa tomonlariga o’tib turib erdim, ikki kuraklari otrasida kaklik tuxumidek keladigan payg’ambarlik muhri borligini ko’rdim".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
87 — bob. 471 - bet


Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:36:44

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlari xususida

Uqba ibn al-Horis roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œAbu Bakr as-Siddiq roziyallohu anhu asr namozini o’qidilar, so’ng (masjiddan) chiqib (uylari tomon) yo’lga tushdilar. Hazrati Ali roziyallohu anhu ham yonlarida erdilar. Bir vaqt Abu Bakr as-Siddiq roziyallohu anhu bir to’da bolalar birlan o’ynab yurgan Hasanga ko’zlari tushdi-da, uni yelkalariga ko’tarib olgach: "œOtam haqqi-hurmatlari, bu Janob Rasulullohga o’xshaydi, ammo Aliga o’xshamaydi-ku!" — dedilar. Shunda Hazrat Ali (ul kishini gaplarini tasdiqlab) kulib qo’ydilar".

Abu Juhayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim, (nabiralari) Hasan ibn Ali ul zotga o’xshar erkan".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 — bob. 471 - bet

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:38:24

Ismoil ibn Abu Xolid Abu Juhayfadan naql qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim, (nabiralari) Hasan ibn Ali ul zotga o’xshar ekan", - dedilar Abu Juhayfa. Men Abu Juhayfaga: "œUl zotning qiyofalarini menga tasvirlab beringiz!" — dedim. Abu Juhayfa: "œOq yuzli va soqollari mosh-gurunch erkanlar. O’shnada ul zot bizga o’n uchta urg’ochi tuya berishni amr qilib erdilar, ammo biz o’shal tuyalarni olmagunimizga qadar vafot etib qoldilar". (Abu Bakr as-Siddiq roziyallohu anhu xalifa bo’lgach, o’shal va’da qilingan tuyalarni ularga berganlar).

Vahb Abu Juhayfa as-Savoiy rivoyat qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim, shuningdek ul zotning pastki lablarining ostidan iyaklarining (soqollarining) oqarib turganini ham ko’rdim". (Shu vaqtda soqollarining bor-yo’g’i o’n yettita oqi bo’lgan)

Hariz ibn Usmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Abdulloh ibn Busrdan: "œSiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdingizmi, ul zot keksa erkanlarmi?" deb so’radilar. Abdulloh ibn Busr: "œIyaklarida (bir qancha) oq mo’ylar bor erdi" — deb javob qildilar".

Rabiy’a ibn Abu Abdurahmon rivoyat qiladilar: "œMen Anas ibn Molikning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiyofalarini tasvirlayotib bunday deb aytganlarini eshitdim: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rta bo’yli bo’lib, novcha ham, pakana ham ermas edilar. Ranglari oq-qizil, na o’ta oq va na o’ta qora erdi. Sochlari jingalak ham, silliq ham bo’lmay, (yelkalariga) tashlab qo’yilgan erdi. Ul zot, vahiy nozil bo’lganda, qirq yashar erdilar. Makkada o’n yil turdilar, shu vaqt ichida ul zotga vahiy nozil bo’lib turdi, Madinada ham o’n yil yashadilar. Vafot qilganlarida boshlarining ham, soqollarining ham loaqal yigirmata oqi yo’q erdi".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 — bob. 472 - bet


Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:41:10

Rabi’y ibn Abu Abdurahmon: "œKeyinchalik men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch tolalaridan birini ko’rdim, u qizg’ish ekan. Shunda (nega bundayligini) so’rab erdim, xushbo’yliklar ta’sirida shunday rang kasb qilganini aytishdi".

Baro roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng yuzi chiroylisi va eng hulqi go’zali erdilar. Bo’ylari boshqalardan farq qiladigan darajada novcha ham, pakana ham ermas edilar".

Qatoda roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œMen Anasdan: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam sochlarini bo’yaganmilar?" — deb so’radim. Anas: "œYo’q, chunki ikki chakkalarigina bir oz oqargan erdi", - dedilar".

Baro ibn Ozib roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rta bo’yli, ikki yelkalari orasi keng, sochlari ikki quloqlarining yumshoq yerigacha tushib turar erdi. Men ul zotning qizil hulla (izor va rido) kiyib olganlarini ko’rdim, bundan go’zal narsani (ya’ni. Qizil hullaning ul zotdan bo’lak kishiga bul qadar yarashganini) sira ko’rgan ermasman".

Abu Ishoq: "œBarodan: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari qilich qabi (jilvali, porliq) erdimi?" — deb so’rashdi. Shunda Baro: "œYo’q, balki oy (qamar) monand erdi" — deb javob berdilar", - deydilar.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 — bob. 472 - bet

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:43:52

Avn otalari Abu Juhayfadan rivoyat qiladilar: "œOdamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki muborak qo’llarini ushlashib, o’z yuzlariga tabarruk qilib surta boshlashdi. Men ham ul zotning qo’llarini ushlab, yuzimga surtib erdim, (mizojlari birlan salomatliklarining nihoyatda yaxshi erkanligidan) uning qordan ham muzdek va mushkdan ham xushbo’yroq erkanligini his qildim".

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng sahovatlisi erdilar. Ul zot ayniqsa Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom o’zlari birlan uchrashganlarida har qachongidan ham saxovatliroq bo’lib ketar erdilar. Jabroil alayhissalom Ramazon oyida har kecha ul zot birlan uchrashib, Qur’onni takrorlattirar erdilar. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam saxovat borasida (Olloh taolo tomonidan) yuborilgan shamoldan ham tezroq erdilar".

Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: "œMen Ka’b ibn Molikning Tabuk g’azotidan qolganlarida bunday deganlarini eshitdim: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berganimda yuzlari xursandliklaridan yorishib turgan erdi. Ul zoti sharifning odatlari shunday erdiki, agar biron narsadan xursand bo’lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz xursand bo’lganliklarini shundan bilib olur erdik"."

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œMen Odam avlodlari asrlarining (tabaqalarining) eng yaxshisidan ko’chib o’tib, asrma-asr (tabaqama-tabaqa) o’zim vujudga keltirilgan asrda (tabaqada) namoyon bo’ldim" (ya’ni, "œMen avval Ismoil alayhissalomning farzandlari pushti kamaridan Kinonaga, Kinonadan Qurayshga ko’chib o’tib, nihoyat o’zim vujudga keltirilgan Banu Hoshimda dunyoga keldim") — deb marhamat qildilar".

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œDarhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (dastlabki vaqtlarda old) sochlarini peshonalariga tushirib yurdilar. (O’shal kezlarda) mushriklar boshlarining qoq o’rtasiga farq ochishardi-da, sochlarini ikki yonga tashlab olishib, peshonalarini ochib yurishar erdi. Kitob ahli ersa aksincha sochlarini peshonalari ustiga tushirib olishar erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (soch xususida Alloh taolodan maxsus amr kelguncha) sochlarini peshonalariga tushirib yurishni xush ko’rdilar, (chunki kitob ahli ilgarigi payg’ambarlardan qolgan odatni qilar erdi. Shu boisdan) Janob Rasululloh butlarga sig’inuvchilar odatini qilgandan ko’ra, o’z shariatlariga zid bo’lmagan (kitob ahli) odatini qilmoqni afzal ko’rdilar. Keyin, (Alloh taolodan amr bo’lgach), ul zot boshlariga farq ochadirgan bo’ldilar".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 — bob.


Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:08:21

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam o’zlari ham shaloq so’zlamas, o’zgalarning ham shaloq so’zlamog’iga yo’l qo’ymas erdilar va ul zot: "œDarhaqiqat, sizlarning yaxshingiz — hulqi yaxshingizdur!" — deb marhamat qilar erdilar" — deydilar.

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam, (dunyoviy) ikki ishdan birini ixtiyor qilmoqlari lozim bo’lib qolsa, albatta ulardan gunohovar bo’lmagan eng yengilinigina tanlar erdilar. Basharti (o’shal eng yengil ish) gunohavor bo’lsa, undan barchadan ham ko’ra yiroqroq bo’lar erdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaxsan o’zlari(ga yetkazilgan aziyat) uchun intiqom olmaganlar, balki Alloh taoloning hurmati buzilgani uchungina (ya’ni, Alloh taolo taqiqlagan, man’ qilgan ishlar qilingani uchungina) intiqom olganlar, xolos".

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:09:55

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kaftlaridan ko’ra mayinroq na biror harirni va na biror debojni ushlab ko’rmaganman. Shuningdek, men ul zotning hidlaridan ko’ra xushbo’yroq hidni ham hidlamaganman". (Bu hadisda "œkaftlarining mayin" deyilganligi boshqa bir hadisda "œqo’llari katta va g’aliz erdi" deyilganiga ziddek tuyulsa-da, aslida suyaklarining yo’g’on va terilarining mayinligi nazarda tutilgandur).

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:11:52

Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam chochvon yopinib yuradirgan bokira qizdan ham hayoliroq erdilar", - deydilar.


Shu’ba roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning biror narsani yoqtirmaganlari yuzlaridan bilinib turar erdi", - deydilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam taomga sira nax urmaganlar. Agar ishtahalari bo’lsa, tanovul qilar, bo’lmasa, tanovul qilmas erdilar", - deydilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:13:16

Abdulloh ibn Molik ibn Buhayna al-Asadiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlarida ikki qo’llarini o’zlaridan oldinroqqa tashlar erdilar, hatto ikki qo’llarining oppoqligi ko’rinar erdi".

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œDarhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Alloh taolodan) yomg’ir so’rab qiladirgan duolaridan bo’lak duolarida (fotihaga) qo’llarini ko’tarmas erdilar. Ul zot (fotihaga) qo’llarini (shu darajada baland) ko’tarar erdilarki, hatto ikki qo’ltiqlarining oppoqligi ko’rinar erdi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:14:10

Abu Juhayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (tahorat uchun suv) uzatdim. Shunda ul zot Abtah degan yerda, chodirda bo’lib, peshin vaqti erdi. Bilol (chodirdan) chiqib azon aytdilar-da, yana (chodirga) qaytib kirib ketdilar. So’ng, Janob Rasulullohning tahoratlaridan tushgan suvni olib chiqib erdilar, odamlar talashib-tortishib uni bo’lib olishdi-da, (tabarruk qilib) badanlariga surtishdi. Keyin, Bilol yana (chodirga) qaytib kirib, anazani (nayzadan kalta, hassadan uzunroq uchi poynakli tayoqni) olib chiqdilar. So’ng, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (chodirdan) chiqdilar. Men (o’shanda) boldirlarining tovlanib turganini (ya’ni, oppoq ekanligini hozir ham) ko’rib turgandekman. Keyin, ul zot (qasr qilib) ikki rak’at peshin o’qidilar, shunda oldilaridan eshagu xotinlar (u yoqdan bu yoqqa bemalol) o’tib turdi, (chunki qibla taraf anaza birlan to’sib qo’yilgan erdi-da!)".

Qayd etilgan