Avn otalari Abu Juhayfadan rivoyat qiladilar: "œOdamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki muborak qo’llarini ushlashib, o’z yuzlariga tabarruk qilib surta boshlashdi. Men ham ul zotning qo’llarini ushlab, yuzimga surtib erdim, (mizojlari birlan salomatliklarining nihoyatda yaxshi erkanligidan) uning qordan ham muzdek va mushkdan ham xushbo’yroq erkanligini his qildim".
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng sahovatlisi erdilar. Ul zot ayniqsa Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom o’zlari birlan uchrashganlarida har qachongidan ham saxovatliroq bo’lib ketar erdilar. Jabroil alayhissalom Ramazon oyida har kecha ul zot birlan uchrashib, Qur’onni takrorlattirar erdilar. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam saxovat borasida (Olloh taolo tomonidan) yuborilgan shamoldan ham tezroq erdilar".
Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: "œMen Ka’b ibn Molikning Tabuk g’azotidan qolganlarida bunday deganlarini eshitdim: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berganimda yuzlari xursandliklaridan yorishib turgan erdi. Ul zoti sharifning odatlari shunday erdiki, agar biron narsadan xursand bo’lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz xursand bo’lganliklarini shundan bilib olur erdik"."
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œMen Odam avlodlari asrlarining (tabaqalarining) eng yaxshisidan ko’chib o’tib, asrma-asr (tabaqama-tabaqa) o’zim vujudga keltirilgan asrda (tabaqada) namoyon bo’ldim" (ya’ni, "œMen avval Ismoil alayhissalomning farzandlari pushti kamaridan Kinonaga, Kinonadan Qurayshga ko’chib o’tib, nihoyat o’zim vujudga keltirilgan Banu Hoshimda dunyoga keldim") — deb marhamat qildilar".
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œDarhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (dastlabki vaqtlarda old) sochlarini peshonalariga tushirib yurdilar. (O’shal kezlarda) mushriklar boshlarining qoq o’rtasiga farq ochishardi-da, sochlarini ikki yonga tashlab olishib, peshonalarini ochib yurishar erdi. Kitob ahli ersa aksincha sochlarini peshonalari ustiga tushirib olishar erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (soch xususida Alloh taolodan maxsus amr kelguncha) sochlarini peshonalariga tushirib yurishni xush ko’rdilar, (chunki kitob ahli ilgarigi payg’ambarlardan qolgan odatni qilar erdi. Shu boisdan) Janob Rasululloh butlarga sig’inuvchilar odatini qilgandan ko’ra, o’z shariatlariga zid bo’lmagan (kitob ahli) odatini qilmoqni afzal ko’rdilar. Keyin, (Alloh taolodan amr bo’lgach), ul zot boshlariga farq ochadirgan bo’ldilar".
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 — bob.