Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar  ( 74229 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 11 B


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:14:52

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: "œDarhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadis aytsalar, (shul qadar dona-dona qilib aytar erdilarki), hatto eshitguvchi, agar istasa, ul zotning barcha so’zlarini (yoki har bir so’zlaridagi harflarni) sanab ulgurar erdi".

Oisha roziyallohu anhu bunday deydilar: "œAbu Falonning (qilgan ishidan) taajjub qilmaysizmi? (ya’ni "œFalonchining qilgan ishini qarang!"). (Bir kuni) u kelib, hujramyoniga o’ltirdida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi sharifidan (bir nechasini) menga eshittirib ayta boshladi. Shunda men (hujramda) tasbih o’girayotgan erdim. U men tasbih o’girib bo’lmasimdan ilgari (hadislarni shosha-pisha aytib) o’rnidan tirib ketib qoldi. Agar tasbih o’girib bo’lgunimcha ketib qolmaganida, unga: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam sizlar singari shosha-pisha bir hadis ketidan ikkinchisini aytmas erdilar" — degan bo’lur erdim".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 — bob. 474-475 - betlar

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:15:22

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko’zlari uxlar erdi-yu, ammo qalblari uxlamas erdi.

Sa’id roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œSalama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida qanday namoz o’qir erdilar?" — deb so’radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida ham va boshqa oylarda ham o’n bir rak’atdan oshirmas erdilar. (Avval) to’rt rak’at o’qir erdilar, ularning go’zalligi-yu uzunligini (uzoqligini) so’ramay qoya qol! Keyin, (yana) to’rt rak;at o’qir erdilar, ularning (ham) go’zalligi-yu uzunligini so’ramay qoya qol! So’ng, uch rak;at o’qir erdilar. Men: "œYo Rasululloh, vitrni o’qimay uxlaysizmi?" — deb erdim, ul zot: "œKo’zlarim uxlaydi-yu, ammo qalbim uxlamaydi" — deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Mart 2008, 08:15:59

Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: "œAnas ibn Molik roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Mqdisga) sayohat qildirilgan kecha (Isro’ kechasi) xususida bunday dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelmasdan burun uch nafar (farishta) keldi. (Roviy Shariyk ibn Abdulloh "œvahiy kelmasdan burun" deb xato qilgan, chunki Isro’ mab’asdan keyin bo’lgandur", - deydilar Abu Tayyib). Shunda Janob Rasululloh Masjud ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: "œUlardan qaysi biri (Muhammad sollallohu alayhi vasallam)?" — dedi. O’rtasidagisi: "œUlarning yaxshisi", - dedi. Keyingisi: "œO’shal yaxshisini olingizlar!" — dedi. Shu kecha bundan bo’lak hech gap bo’lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko’rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko’radirgan bo’lgandagina ko’rdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko’zlari uyquda bo’lsa-da, qalblari uyg’oq erdi. Payg’ambarlar ana shunday bo’ladilar, ko’zlari uxlaydi-yu, ammo qlblari uxlamaydi. So’ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
89 — bob. 476 - bet

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Mart 2008, 11:51:11

Ali ibn Ubaydulloh o’z katta onasi Salmodan rivoyat etishicha, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hizmat qilar ekan. U shunday degan: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam jismlari yara bo’lsa yoki biron a’zolariga zarar tegsa, unga ozgina xina qo’yishga buyurar edilar".
"œSahihi Termiziydan"

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Mart 2008, 11:53:19

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œMening sifatim — tavakkal qiluvchi Ahmad, qo’pol va badfe’l emas, yaxshilikka yaxshilik qaytaradi, yomonlikni kechiradi, tug’ilgan joyi Makka, hijrat qilib brogan joyi — Madina, ummati hamdu sanogo’y, kalta lozim kiyadilar, atroflarini pokiza tutadilar, kitoblari dillarida, namozga ham urushga saf tortgandek saf tortadilar, menga yaqinlik uchun qiladigan qurbonliklari jangdagi to’kkan qonlaridir, kechalari ibodat bilan mashg’ul, kunduzlari jang maydonida sherdurlar."

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Aprel 2008, 09:09:33

Bu hadis juda chiroyli va bevosita Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va ul Zotning eng sevimli sahobalari haqida bo'lgani uchun shu mavzuga joyladim...

Bol tafsiri

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g’azotdan qaytayotib, sahobalari bilan birga kiyovlari Alining uyiga tuhdilar. Fotima roziyallohu anho dasturxon yozib, bir yaltiroq jomda asal olib keldilar. Asalning ichida bir qil ko’rindi. Shunda Nabiy alayhissalom ashobdan jomdagi asalga ta’rif berishni so’radilar. Ular bir muddat o’yga tolishdi. Nihoyat, Abu Bakr og’iz ochib, shunday dedilar: "œNamoz o’qigan qalb bu jomdan nurlidir. Namoz ruknlari bu qildan nozikdir".
So’ng Umarul Foruq dedilar: "œMusofir mehmonni sevuvchi qalb nurlidir bu jomdan. Musofir bilan suhbat shirindir bu boldan. Musofir qalbi nozikdir bu qalbdan".
Keyin Hazrati Usmon so’z oldilar: "œQur’on o’qigan qalb nurlidir bu jomdan. Olim bilan suhbat shirindir bu boldan. Qur’onga ma’no berish nozikdir bu qildan".
Navbatdagi ta’rifni Hazrati Ali keltirdilar: "œG’azotga chiqqan qalb nurlidir bu jomdan. Kurashib qonga belanish shirindir bu boldan. O’lja olmagan qalb nozikdir bu qildan.
So’ng Fotima roziyallohu anho aytdilar: "œEriga itoatli ayolning qalbi nurlidir bu jomdan. Jafo o’rniga vafo qilish shirindir bu boldan. Er roziligi nozikdir bu qildan".
Oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œUmmatlarimning qalbi nurlidir bu jomdan. Haq uchun tortilgan azoning toti totlidir bu boldan. Sunnatimga muvofiq yashash nozikdir bu qildan".
Shu payt Jabroil alayhissalom Allohdan habar keltirdi: "œMening habibim nurlidir bu toshdan. Kavsar sharbati shirindir bu boldan. Sirot ko’prigi ingichkadir bu qildan".
Hilol taqvimi 2007-2008-IV

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Aprel 2008, 10:49:33

Mehr

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bolalarga sevgi va shafqat ko’rsatmaganlarni xush ko’rmas edilar. Bolalarga nisbatan marhamatli bo’lmaganlarni qattiq qoralardilar.
Bir odam Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: "œYo Rasululloh! Siz bolalalarni o’pasizmi? Biz bolalarimizni o’pmaymiz", dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ul odamga tikilib qaradilar va: "œMarhamat etmagan (rahmdil bo’lmagan) kimsaga marhamat bo’lmaydi", dedilar.
Yana bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Tamim qabilasining kattalaridan biro dam keldi. Shu payt Hazrat Ali va Hazrat Fotima volidamizning o’g’illari, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Janobimizning nabiralari Hazrat Hasan roziyallohu anhu ham shu yerga keldi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nabirasi Hasanni erkaladi, quchoqlab o’pdilar.
Ul odam buni ko’rgach: "œYo Rasululloh! Mening o’nta o’g’lim bor, shu paytgacha hech birini o’pmaganman", dedi.
Unga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Alloh sening qalbingdan marhamatni chiqarib yuborgan bo’lsa, men nima qilay, - dedilar.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Aprel 2008, 10:54:11

Hayvonga shafqat

Hadis kitoblarimizda Sunani Abu Dovudga Abu Hurayra roziyallohu anhu Hazratlaridan rivoyat qilinadiki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ansordan (Madinali) bir zotning devoir oldidn o’tar ekanlar, г yerda bog’langan tuyani ko’rdilar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko’rib, tuya yig’lay boshladi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
- Bu tuya egasi kim, kim unga qaraydi? - deb ovoz berdilar.
Bir yigit chiqib:
- Meniki, yo Rasululloh! — dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
- Sen Allohdan qo’rqmaysanmi, bu tuyani senga Alloh ehson etgan. Bu hayvon sendan shikoyat qilmoqda. Sen uni yaxshi parvarish qilmas ekansan. Bu tilsiz, dardini ayta olmaydigan hayvonga yaxshi qara va ayab foyfalan, unga nisbatan marhamatli bo’l, - deb ul odamga nasihat qildilar.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Aprel 2008, 10:55:23

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Payg’ambar qilib jo’natilishga qaramay, ko’proq bandaligidan faxr etganlar va hatto taomni cho’kka tushib yer ekanlar: "œMen qulman va qullarga o’xshab yeyman", deganlar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Aprel 2008, 10:58:43

Oisha onamiz aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam hech qachon biror xizmatkor yoki ayolni urmaganlar"
Abu Dovud rivoyati

Qayd etilgan