Muallif Mavzu: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar  ( 50603 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #45 : 17 May 2008, 08:57:44 »
Набий соллаллоху алайхи ва салламнинг уйланишлари:

Йигирма беш ёшга кирганларида Хадижага уйландилар. Уйланиш вокеаси куйдагича эди: ″У зот соллаллоху алайхи ва саллам Хадижанинг молларини олиб, унинг гуломи (кули) Майсара (эркаклар номи) билан биргаликда Шом диёрига савдогарликка чикдилар. Майсара у зотнинг юриш-туришларини ва у кишидаги ростгўйлик, омонатдорлик каби гўзал хулкларни  кўриб хайратда колди. Шомдан кайтгач, кўрганларини Хадижага айтиб берганида, Хадижанинг ўзи (рагбат билан) Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламга турмуш куришни таклиф килди″.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #46 : 17 May 2008, 09:04:21 »
Хадижа онамиз разияллоху анхонинг вафотлари ва кейинги хотинларига уйланишлари:

Хадижа разияллоху анхо хижратдан уч йил аввал вафот килдилар. Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам Хадижа онамиз тириклик пайтларида бошка уйланмаган эдилар. Хадижа онамиз вафот этганларидан сўнг, аввал Замъанинг кизи Савдага кейин Абу Бакр кизлари Оишага уйландилар. Оиша онамиздан бошка бокирага уйланган эмаслар. Сўнгра Умар инб ал-Хаттоб кизлари Хафсага сўнгра Хузайма кизи Зайнабга кейин Умму Саламага (исмлари Хинд Умайя кизи) сўнгра Зайнаб бинт Жахшга кейин Жувайрийя бинт Хорисга сўнгра Абу Суфён кизи Умми Хабибага (исмлари Рамла ёки, Хинд) кейин Хайбар фатх этилгач Хуйяй ибн Ахтабнинг кизи Сафийяга сўнгра ал-Хорис кизи Маймунага уйландилар. Энг охирги уйланган аёллари Маймуна онамиз эдилар. Хаммаларидан Аллох Таъоло рози бўлсин!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #47 : 17 May 2008, 09:07:19 »
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг авлодлари:

Авлодларининг хаммаси – кизлари хам, ўгиллари хам –   Ð˜Ð±Ñ€Ð¾Ñ…имдан бошкаси – Хадижа бинт Хувайлид онамиздан тугилдилар. Иброхим эса, Миср подшохи Мукавкас хадя этган чўри Мория Кибтийядан тугилдилар.

Ўгиллари: 1- Косим манашу Косим билан у зотга куня бериб, Абул-Косим дейилади. 2- Тохир. 3- Тоййиб. Бир ривоятда айтилишича пайгамбарликдан кейин бир ўгил кўрганлар исми Абдуллох мана шу Абдуллохни Тохир ва Тоййиб деб лакабланган. Бунга кўра Тохир билан Тоййиб бир шахс. Иброхим эса Мадинада тугулди ва пайгамбаримизнинг вафотларидан уч ой аввал йигирма икки ойлигида (яъни икки ёшга тўлишига икки ой колганда) вафот килди.

Кизлари: 1- Зайнаб энг катта кизлари бўлиб, унга холасининг ўгли Абул-Ос ибн ар-Робиъ уйланган. 2- Рукайя унга Усмон ибн Аффон уйланганлар. 3- Фотима унга Алий инб Абий Толиб уйланганлар, жаннат ахли йигитларининг саййидлари бўлмиш Хасан ва Хусайн Фотиманинг ўгилларидир. 4- Умму Кулсум унга опаси Рукайянинг вафотидан кейин Усмон ибн Аффон уйланганлар. Хаммаларидан Аллох Таъоло рози бўлсин!

Имом ан-Нававий айтадилар: Кизлар тўртта эканлигида ихтилоф йўк ва сахих ривоятга кўра ўгиллар учтадир.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #48 : 29 May 2008, 17:52:19 »
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING KUZLARI UXLAR ERDIYU, AMMO QALBLARI UXLAMAS ERDI

Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Salama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida qanday namoz uqir erdilar?»— deb so’radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida ham va boshqa oylarda ham o’n bir rak’atdan oshirmas erdilar. (Avval) to’rt rak’at o’qir erdilar, ularning go’zalligiyu uzunligini (uzoqligini) suramay quya qol! Keyin, (yana) turt rak’at uqir erdilar, ularning (ham) guzalligiyu uzunligini suramay quya qol! So’ng, uch rak’at uqir erdilar. Men: «Yo Rasulalloh, vitrni o’qimay uxlaysizmi?» — deb erdim, ul zot: «Kuzlarim uxlaydiyu, ammo qalbim uxlamaydi» — deb marhamat qildilar».
Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjvdidan (Bayt ulMaqdisga) sayehat qildirilgan kecha (Isro’ kechasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelmasidan burun uch nafar (farishta) keldi. («Roviy Shariyk ibn Abdulloh «vahiy kelmasidan burun» deb xato qilgan, chunki Isro’ mab’asdan keyin bo’lgandur», — deydilar Abu Тayyib). Shunda Janob Rasululloh Masjid ulHaromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yetgan erdilar. Oddindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. Urtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi. Keyingisi: «Ushal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bulak hech gap bulmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo kurmadilar. Ul zot (faripggalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagana, qalblari kuradirgan bo’lgandagina ko’rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kuzlari uyquda bulsada, qalblari uyg’oq erdi. Payg’ambarlar ana shunday buladilar, kuzlari uxlaydiyu, ammo qalblari uxlamaydi. Sung, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar».[/color]
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #49 : 29 May 2008, 17:56:31 »
ISLOMDAGI PAYG’AMBARLIK ALOMATLARI

Abu Rajo’ rivoyat qiladilar: «Bizga Imron ibn Husayn xabar berdilarki, ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgaliqda safarda bulishib, tun buyi yul yurishibdi. So’ng, tong otay deb qolganda dam olgani to’xtashibdi. Shunda uyqu g’oliblik qilib, uxlab qolishibdi, hatto Quyosh (chiqib) baland kutarilib ketibdi. Ulardan birinchi bulib Abu Bakr uyg’onibdilar, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uzlari uyg’ongunlaricha uyg’otmabdilar. Keyin, Hazrat Umar uyg’onibdilar, shunda Abu Bakr ul kishining boshlari yonida ultirgan erkanlar. Sung, (Hazrat Umar urinlaridan turib) baland ovoz birlan takbir ayta boshlagan erkanlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyg’onib, nariroqqaborib qaytib kelibdilar. «Keyin ul zot, — deydilar Im
ron,— biz birlan bomdod uqidilar. Shunda qavmdan bir kishibiz birlan namoz o’qimay, chetroqda turdi. Janob Rasululloh(namozni tugatib) ortlariga o’girilgach, (o’sha ishiga): «Ey falonchi, biz birlan namoz uqimog’ingga nima mone’lik qil
di?»— dedilar. U: «Bulg’anib (nahs) bulib qoldim», — dedi. Shunda Janob Rasululloh unga (toza) tufroq birlan tayammum qilmoqni amr qildilar. Keyin u (tayammum qilgach), namozuqib oldi. So’ng, ul zot menga ruparalarida ulovlarga minib
turgan kishilarni shoshirishni buyurdilar. Biz qattiq chanqab qolgan erdik. Yulda ketayetib chochvon yepinib olgan bir ablga duch keldik. (U tuya minib olgan bulib), ikki oyeg’i ikki katta mesh orasida erdi. Biz unga: «Qayerda suv bor?» — dedik. U (bu .
atrofda) suv yuqligini aytdi. Biz: «(Bu yerdan) qavming yashaydirgan yer va suv bor joy oralig’i qancha?» — dedik. U: «Bir kechakunduzlik yo’l», — dedi. Biz: «(Unday bulsa), biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga yur!» — dedik. U: «Rasulullohning menda nima ishlari bor?»— deya surishtira ketdi. Biz uni, gaplariga e’tibor bermay, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga olib bordik. So’ng, men Janob Rasulullohga o’shal a&l bizga nimaiki degan bo’lsa, barini aytdim. Ammo (musulmonlarga tobe’ bulmagan) g’ayridin abl erkanligini ul zotga uning uzi aytdi. Keyin, Janob Rasululloh uning ikkala meshini olib kelmoqni amr qildilarda, ularning pastki og’izlarini yechdi lar. Sung, biz qirq kishi meshlardagi suvdan uzimiz ham qo
nib ichdik, ulovlarimizni ham sug’ordik, hatto barcha idishla rimizni ham tuldirib oldik. Biroq biz bir tuyanigina sug’or madik, chunki u uzi shunday ham kup suv ichib lganidan yerilib ketay deb turgan erdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Nimangiz bulsa, hammasini bu ayelga beringizlar!» — dedilar. Odamlar non burdalari va xurmolarini to’plab unga berishdi. So’ng, ayel uz oilasiga borib: «Men eng sohir odamning qoshiga bordim,
(bilmadim) balki u payg’ambardur?».— dedi. Aytishlaricha, keyin Olloh taolo o’shal ayol tufayli uning qavmiga hidoyat qilibdi, ayelning uzi ham, qavmi ham musulmon bulibdi».
Aelning «Men eng sohir odamning qopshga bordim, (bilmadim)balki u payg’ambardur?» deganining boisi shuki, Janob Rasululloh muborak kaftlari birlan mepshardagi suvdan olib, yana qaytib quyib quyganlaridan sung, qirq kishi ichib, ulovlar sug’orilib va barcha idishlar to’ldirib olinganda ham ulardagi suv zarrachakamaymadi] ajallari yaqin erkanligiga ishoradur», — dedi. Hazrat Umar: «Men ham bu oyatning mazmunini sen kabi tushunurman», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohuanhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzlarini ul dunega olib ketgan kasalliklari vaqtida yelkalariga choponlarini tashlagan hamda boshlarini qalin belbog’ birlan tang’ib oltan holda masjidga chiqsilarda, minbarga ultirgach, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar. So’ng: «(Keyinchalik) odamlar kupayib ketur. Ansorlar ersa kamayib ketganlaridan tuz taomda qancha miqdor bulsa, ular ham odamlar orasida shuncha miqsor qolgaylar. Sizlardan qaysiningiz qavmga zararu boshqalarga manfaat yetkazuvchi amaldor bulib qolsangiz, ansorlarning yaxshi ishlarini qabul qilib, yomon ishlarini kechiringizlar!» — deb marhamat qiddilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan eng sushti yig’in erdi».

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasanni (masjidga) olib chiqdilarda, u birlan birga minbarga ultirgach: «Mening mana shu ug’lim (nabiram) Hasan tufayli Olloh taolo musulmonlarning ikki (qaramaqarshi) guruhini uzaro yarashtirib quysa, ajab ermas!» — deb marhamat qildilar».
Anas ibn Molikraziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far va Zayd(ning g’azotda shahid bulganlshshari) haqida xabar kelmasidan burun ikki kuzlari jiqqa yesh holda shul xususda (sahobalarga) ma’lum qildilar».
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (uylanganimda menga): «Namatlaringiz bormi?» — dedilar. Men: «Bizda namatlar qayoqdan ham bulsin?!» — dedim. Ul zot: «Nahotki yuq bulsa? Kelgusida namatlaringiz buladi», — dedilar. Men: «(Uyingdagi) namatlaringni biznikiga olib borgal, deb xotinimga aytaman, shunda u: «Axir Janob Rasululloh: «Kelgusida namatlaringiz buladi» — deb aytmadilarmi? Men namatlarimni qoldirib ketaman» — deydi», — dedim».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Mu’oz umraga niyat qilib yulga chiqdilarda, Umayya ibn Ð¥alaf Abu Sufenning uyiga tushdilar. Umayya (ham), agar Shom tomonga boradirgan bulsa, Madina orqali Makkaga utib, Sa’dning uylariga tushar erdi. Umayya Sa’dga: «Ð¢ush paytigacha, ya’ni odamlar (issiq elitib tavof qilabtganingizni) bilmay qoladirgan vaqtgacha kutingiz, men ham siz birlan birga chiqib tavof qilurman», — dedi. Keyin, Sa’d tavof qilib turganlarida Abu Jaxd kelib qolib: «Ka’bani tavof qilayetgan bul odam kim?» — dedi. Sa’d: «Bu men,
Sa’dman», — dedilar. Abu Jahl: «Muhammad birlan uning sahobalariga boshpana berib, ularni yashirganlaringizdan keyin ham hech narsadan qurqmay (bamaylixotir) Ka’bani tavof qilayetirsanmi?!» — dedi. Sa’d: «Ha, shunday!» — dedilar. Shul tariqa ikkalalari uzaro su&ishib ketishdi. Shunda Umayya Sa’dga: «Abdulhakimga bunday baqirib gapirmangiz, chunki bul kipsh butun vodiy ahlining ulug’idurlar», — dedi. Sa’d: «Ð¥udo haqi, agar menga Baytullohni tavof qilmog’imga tusqinlik qilsang, men ham senga Shom yulini tusib quyaman, savdo karvoning birlan ul yerga utolmaysan!» — dedilar. Umayya: «Bul odamga baqirib gapirmangiz!» — dedida, Sa’dni mahkam ushlab oldi. Sa’d darg’azab bulib: «Bizni uz holimizga quyingiz, siz aralashmangiz! Men Rasululloh. sallallohu alayhi va sallamning bul odam sizning qotilingiz bulajagini ta’kidlaganlarini eshitganman», — dedilar. Umayya: «Meniya?» — dedi. Sa’d: «Ha», — dedilar. Umayya: «Olloh taolo haqi, Muhammad (alayhissalom) faqat rost suzlaydilar» — deya xotinining oldiga qaytib bordida, unga: «Bilasanmi, yasriblik (madinalik) birodarim menga nima dedi?» — dedi. Ð¥otini: «Qani, aytingizchi, nima dedi?» — dedi. Umayya: «U Janob Rasulullohning Abu Jahl mening qotilim bulajagini aytganlarini eishtganini ta’kidladi», — dedi. Ð¥otini: «Olloh taolo haqi, darhaqiqat Muhammad (alayhissalom) yelg’on gapirmaydilar», — dedi. Sung, (Abu Jahl odamlari uz savdo karvonlarini himoya qilmoqqa) Badr tomon otlanganida Abu Jahl kelib (Umayyani ham chaqirdi). Shunda uning xotini: «Yasriblik birodaringizning aytgan gaplari yedingizdan chiqdim»?» — dedi. Umayya Badrga borishdan bosh tortib erdi, Abu Jahl unga: «Sen vodiy ulug’laridan birisan, biz birlan birikki kun birga yurgil!» — dedi. Shundan sung, Umayya ular birlan ikki kun birga yurib erdi, Olloh taolo uni uddirdi».

Abdulloh raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men (tupshmda) odamlarning bir yerda (hovuz labida) tuplanishib turganlarini kurdim. Shunda Abu Bakr urinlaridan turib, arang bir (yoki ikki) chelak suv tortib oldilar, ul kishini Olloh taolo mag’firat qilsin! (Bu yerda Abu Bakr asSiddiqning qisqa vaqt xalifalik qilishlariga va shu boisdan ul kishi davrlarida Islom fathlari kamroq bulishiga ishora qilingan). Keyin, chelakni Umar quliga olyb erdi, u g’arbga (chelaqsan katta idishga) aylandi. (Bu yerda Hazrat Umar davrlarida Islom fathlarining kup bulishiga ishora qilingan). Men odamlar orasida uningdek uz ishini mahorat birlan ado etib, unga tobora quvvat baxsh etguvchi yetuk insonni kurmaganman, (u shunchalik kup suv tortib oldiki), hatto odamlar (tuyalar uchun hovuz atrofida) quralar qurdilar».

Usoma ibn Zaydraziyallohuanhurivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyefasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. Ushal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan suzlashib bulgach, urinlaridan turib chiqib ketdilar. Sung, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yeki shunga uxshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Ð¥ulayfa alKalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom kupincha shu kishining qiyefasida kelar erdilar)».
Ummu Salama: «Olloh taolo haqi, men toki Janob Rasululloh xutbada Jabroil alayhissalomning kelib ketganlarini xabar qilgunlariga qadar, ul kishini Dihya deb uylagan erdim», — deydilar.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #50 : 29 May 2008, 17:57:42 »
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIIM
 
Olloh taoloning «Biz Kitob ato etgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasorolar) uni (ya’ni, Muhammad alayhissalomni) uz bolalarini taniganlaridek (yaxshi) taniydilar (ya’ni, uzlariga ato etilgan Kitoblardan uning kim erkanligini bilib olganlar) va darhaqiqat, ulardan bir guruhi bilib turib haqiqatni yashiradilar» degan qavli xususida («AlBaqara» surasi, 146oyat).         

Abdullohibn Umar raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Bir tuda yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishib, uzlaridan bir erkak birlan bir abl zino qilishganini ul zotga ma’lum qilishdi. Janob Rasululloh ularga: «Rajm (ya’ni, zinokorlarni toshbo’ron qilish) haqidagi (hukmni) Тavrotdan axtarib topmaysizlarmi?»— dedilar. Yahudiylar: «Biz zinokorlarni sazoyi qilamiz, so’ng ularga darra uriladi», — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Yelg’on aytdingizlar, Тavrotda rajm qilish (toshbo’ron qilish) buyurilgan!» — dedilar. Keyin, yahudiylar Тavrot olib kelishib, uni varaqlashdi. Shunda ulardan biri quli birlan «Rajm» oyatini berkitdida, uning yuqorisi va ostidagi suzlarni uqiy boshladi. (Buni sezib qolgan) Abdulloh ibn Salom: «Qo’lingni ol!» — dedi, u qulini olib erdi, «Rajm» oyatini ataylab berkitib turganligi ma’lum buldi. (Makkorliklari fosh bulib qolgan) yahudiylar: «Ey Muhammad, Abdulloh ibn Salomning gapi tug’ri chikdi, Тavrotda haqiqatan ham «Rajm» oyati bor erkan», — deyishdi. Sung, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkala zinokorni rajm qilmoqni amr qildilar, ular rajm (toshbo’ron) qilindi. Men yahudiy erkakning (uzi birlan zino qilishgan) yahudiy ayelni gavdasi birlan toshlardan pana qilib turganini kurdim».
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #51 : 29 May 2008, 17:59:44 »
MUSHRIKLARNING JANOB RASULULLOHDAN MU’JIZA KURSATMOQLARINI TALAB QILGANLARI VA UL ZOTNING OYNI IKKI BULIB KURSATGANLARI HAQIDA

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Oy qoq ikkiga bulindi. Shunda ul zot: «Guvoh bulingizlar!» (ya’ni, «Mening bu mu’jizamga guvoh bulingizlar!») — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Makka axli (ya’ni, Makka kofirlari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mu’jiza ko’rsatmoqlarini talab qilishdi. Shunda ul zot Oyni qoq ikkiga bulib kursatdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Oy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida qoq ikkiga bo’lindi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qorong’u tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikki sahobalari ul zotning huzurlaridan chiqishdi. Shunda chiroqqa o’xshash ikki narsa ularga hamroh bulib, yullarini britib bordi. Ularning yullari ayrilgach, boyagi chiroqqa uxshash ikki narsaning biri bir sahobaning va ikkinchisi boshqa sahobaning oldilariga tushib, uylariga yetib olgunlariga qadar yulni yeritib bordi».

Mugiyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimdan bir guruhi o’zlariga Olloh taoloning amri kelgunga qadar ham (ya’ni, Qiyomatga qadar ham) g’alaba qilishda davom etadilar va ular (o’zlariga qarshi turganlar ustidan) g’olib chiqquvchidurlar» — deb marhamat qildilar».
Muoviya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Ummatimdan bir guruhi Olloh taoloning amrini ado etishda davom etadilar, na uz hollariga tashlab quyib yordam bermaganlar va na qarshi chiqqanlar ularga zarar keltira olurlar! Ular Olloh taoloning amri kelganda ham (ya’ni, Qiyemat bulganda ham) shul yusinda kurashayetgan buladilar».
Muoz raziyallohu anhu: «Ushal ummat Shomda», — deydilar.
Shubayb raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir quy sotib olib kelgil!» — deb Urvaga bir dinor berdilar. Urva (bozorga borib) ushal bir dinorga ikki quy sotib oldilar. So’ng, kuylardan birini bir dinorga sotdilarda, Janob Rasulullohga bir dinor bir
lan bir quyni olib kelib berdilar. Shunda ul zot Muozning savdosotiq ishlariga baraka tilab, duo qildilar. Shundan sung Muoz, hattoki tufroq sotib olsa ham, foyda quradirgan buldi».

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yulida g’azot qilguvchi) otning yeliga to Qiyemat ajru savob bog’lab quyilgan»— deb marhamat qildilar».
Urva raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullohning hovlilarida yetmishta ot turganini kurganman», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yulida g’azot qilguvchi) otning yeliga to Qibmat ajru savob bog’lab quyilgan» — deb marhamat qildilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yulida g’azot qilguvchi) otning yeliga (to Qiyemat) ajru savob bog’lab quyilgan» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ot uch (xislatga ega): u bir kishi uchun savob (keltirur), ikkinchisi uchun (qashshoqlik va gunohdan asrovchi) tusiq (bulur), uchinchisi uchun ersa gunoh (orttirur). Oti savob keltiradirgan kishi shuki, u uz otini Olloh taolo yulida (jihod qilmoq uchun) hozirlab, sung uni bemalol utlay oladirgan darajada uzun arqon birlan yaylovga bog’lab quygan kishidur. O’shal ot, garchi arqoni uzilib ketib, u yeqdanbu yeqqa irg’ishlab shataloq otsada, ul qoldirgan izu tezaklardan egasiga ajru savoblar yetur va hattoki u uz otining bir ariq buyiga borib suv ichmog’iga qarshilik qilmasa ham, ajru savoblar olur. Oti (qashshoqlik va gunohdan) asrovchi kishi shuki, u (uzi ham) tirikchilik qilishi, (uzgalarga ham) manfaat yetkazishi uchun ot boqadi va shuning birlan birga u uz otining na buynidagi va na.ustidagi Olloh taoloning haqini unutadi (ya’ni, oti tufayli topabtgan daromadi uchun zakot berishni ham, uni Olloh taolo yulida jihod qilishi uchun minishi kerakligini ham, ustiga ortiqcha yuk ortmasligi lozimligini ham unutmaydi). Shu boisdan ham uning oti (qashshoqlik va gunohdan asrovchi) tusiqsur. Endi, oti (tufayli uziga) gunoh (orttiruvchi) kishi xususiga kelsak, u maqtanchoqlik, riyekorlik va Islom ahliga xiloflik qilib ot boqadi. Shuning uchun ham uning oti gunohovardur». Sung, Janob Rasulullohdan eshaklar haqida suraldi. Shunda ul zot bunday deb aytdilar: «Bul xususda ma’no jihatidan barcha narsalarga taalluqli qisqa oyati karimadan bulak biror (maxsus) oyat menga nozil qilinmagan, ushal oyat budur: «Bas, kim zarracha yaxshilik qilsa, (oxiratda uning savobini)
kurur va kim zarracha yemonlik qilsa, (oxiratda uning jazosini) kurur». («Zalzala» surasi, 7—8oyatlar. Ya’ni, mazkur oyati karima uzining umumiy ma’nosiga kura, inson tutul, hattoki hayvonlarga ham yaxshilik qilmoqni, ularni urib, ortiqcha yuk ortib, suvsiz va yemsiz qoldirib qiynamaslikni taqozo qila
di).

Anas ibn Molik raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erta tongda Ð¥aybarga kelganlarida uning ahli belkuraklarini olib chiqib, (uz ekinzorlarida ishlashayetgan erdi). Ular (Janob Rasululloh bopshiq musulmonlar qushinini) kurib qolishgach: «Ana Muhammad, ana (musulmonlar) qushini!» — deya shoshapisha qurg’on tomon yugurib ketishdi. Shunda ul zot qullarini kutarib: «Ollohu akbar! Ð¥aybar xarob buldi! Agar biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, (bul haqda birbirini) ogohlantiruvchilarning tonggi noxush bulur!» — deb aytdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Yo Rasulalloh, men Janobingizdan juda kup hadis eshitamanu, ammo unutib quyaman», — dedim. Shunda ul zot: «Choponingai yerga yezgil!» — dedilar, men uni yerga yezdim. Sung, ul zot muborak qullari birlan (Olloh taoloning tuganmas fazlidan olib), choponimga solib quydilar. Keyin: «Choponingni bagringga bos!» — dedilar, men uni bag’rimga bosdim. Shundan sung, men birorta hadisni unutmaydirgan buldim».
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #52 : 29 May 2008, 18:00:43 »
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING SAHOBALARI FAZILATLARI HAQIDA

Musulmonlardan kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (payg’ambarlik davrlarida) bir soat bulsa ham hamrohlik qilgan bulsa yeki ul zotni bir lahza bulsa ham kurgan bulsa (ya’ni, birrov bulsa ham uchrashgan bulsa), Janoblarining sahobalaridan hisoblanur.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #53 : 29 May 2008, 18:01:28 »

Abu Sa’id alÐ¥udriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Shunday bir zamon keladiki, unda insonlardan bir guruhi g’azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilgan bormi? — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan sung, ushal kishiga (ya’ni, ushal kipsh tufayli) zafar muyassar buladi. Keyin, yana shunday bir zamon keladiki, unda ham insonlardan bir guruhi g’azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalariga sahobalik qilgan bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan sung, ushal kishiga zafar muyassarbuladi. Keyin, yana shunday bir zamon keladiki, unda haminsonlardan bir guruhi g’azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilgan bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan sung, ushalkishiga zafar muyassar bo’ladi». [Ya’ni, mazkur hadisda uchtoifa kishilarning — Janob Rasulullohning sahobalarining,ul zotning sahobalariga sahobalik qilganlarning (tobi’unlarning) hamda ul zotning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilganlarning (atbo’uttobi’iynlarning) fazilatlari nazarda utilgandur.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #54 : 29 May 2008, 18:02:13 »
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening eng yaxshi ummatim menga zamondosh ummatimdur, sung ulardan keyingilari, sung ulardan keyingilari» — deb marhamat qildilar. Janob Rasululloh uzlari yashayetgan asrdan ikki yeki uch asr keyin (yexud undan ham keyinroq) buladirgan voqealarni nazarda tutib gapirdilarmi, yuqmi, buni aniq bilmaymanu, ammo ul zotning yana bunday deb aytganlari esimda: «Sung, sizlardan keyin shunday bir qavm dunega keladiki, ular yolg’on guvoxlik beradilar, omonatga xiyonat qiladilar va va’da berib, ustidan chiqmaydilar. Ularning alomatlari shuki, yog’ bosgan (semiz) buladilar».      
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #55 : 29 May 2008, 18:02:48 »
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarning (ummatimning) yaxshisi menga zamondosh bulganlaridur, sung ulardan keyingilari, sung ulardan keyingilari. Keyin, shunday bir qavm dunega keladiki, ularning guvohliklari qasamlaridan va qayeamlari guvohliklaridan oldinda buladi (ya’ni, doimo yelgon gapirganlaridan odamlar ularga ishonmaydi. Shul boisdan ham ular odamlarni ishontirmoq uchun guvohlik bergach, qasam ichadilar yeki qasam ichib, sung guvohlik beradilar)» — deb marhamat qiddilar».
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #56 : 29 May 2008, 18:03:58 »
MUHOJIRLARNING, ХUSUSAN ULARDAN ABU BAKR ABDULLOH IBN ABU QAHHOFA AТТAMIMIY RAZIYaLLOHU ANHUNING MAQТOVGA SAZOVOR ХISLAТLARI, AMALI SOLIHLARI HAMDA FAZILAТLARI HAQIDA

     Olloh taoloning qavli: «(Shuningdek, ul o’ljalar) o’z diyerlaridan haydab chiqarilgan va molmulklaridan (mahrum qilingan) faqir muhojirlarniki hamdurki, ular Olloxdan fazlu marhamat va rizolik istarlar hamda Olloh va uning Rasuliga madad berurlar, ana ushalar (iymonlarida) sodiq zotlardur» («Hashr» surasi, 8oyat). Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar unga (payg’ambarga) yerdam qilmasangizlar, Ollohning (uzi) unga yerdam qilur» («Olloh taolo biz birlan birgadur» degan qavligacha», «Ð¢avba» surasi, 40oyat).
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #57 : 29 May 2008, 18:07:10 »
Oisha, Abu Sa’id va Ibn Abbos raziyallohu anhum: «G'orda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bulgan kishi Abu Bakr erdilar», — deydilar. (Ya’ni, yuqoridagi oyatda nazarda tutilgan, mushriklardan qochib g’orga berkinib olgan ikki zot Janob Rasululloh birlan Abu Bakr asSiddiq erdilar).
Baro raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (otam) Ozibdan un uch dirhamga egar sotib oldilar. Shunda Abu Bakr asSiddiq (otam) Ozibga: «(Ug’lingiz) Baroga buyuringiz, egarni uyimgacha kutarishib borsin!» — dedilar. (Otam) Ozib: «Yuq, toki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan siz ikkalangiz Makkadan (qochib) chiqqaningizda va mushriklar ikkingizni qidirishganda ne qilganingizni aytib bermas erkansiz, (ug’limga bunday deb buyurmayman)», — dedilar. Shundan sung, Abu Bakr asSiddiq bunday deb rivoyat qildilar: «Biz (Janob Rasululloh va men) ikkalamiz Makkadan chiqib, tun buyi va ertasiga soya tik turadirgan vaqtgacha (ya’ni, Quyesh qoq tepamizga kelguncha) yo’l yurdik. Sung, men dam olmog’imiz uchun biror soya joy bormikan, deb atrofga nazar tashlab erdim, nariroqsa bir katta tosh (yeki qoya) kurindi. Uning oldiga borib qarasam, ostida bir parcha soya bor erkan. Keyin, men ushal soya tushib turgan yerni tekisladimda, Janob Rasululloh yetib orrm olsinlar, deb (pustak) tushab quydim. Sung, men ul zotga: «Yo Rasulalloh, keling, yonboshlang!» — dedim, ul zot yenboshladilar. Keyin, men nariroq borib, biror kishini uchratarmikanman, degan maqsadda atrofimni kuzata boshladim. Bir mahal qarasam, bir chupon biz soya joy qidirganimiz kabi salqin yer axtarib boyagi katta tosh tomon quylarini haydab kelayetir. Men undan: «Ey yigit, sen kimning chuponisan?» — deb suradim: U: «Quraysh qabilasiga mansub falonchining chuponiman» — deb uning ismini aytdi, men uni tanidim. Men unga: «Qo’ylaring ichida suti bor sovlig’ing bormi?» — dedim. U: «Ha, bor», — dedi. Men: «Bizga bir oz sut sog’ib ber^maysanmi?» — dedim. U: «Mayli», — dedi. Men: «Unday bulsa, sog’ib ber!» — dedim. U qo’ylaridan birini upshadi. Sung, men unga quyning yelinini changu g’ubordan tozalamoqni buyurdim, keyin o’zining kaftlarini ham tozalamoqni amr qildim. Shunda u kaftlarini birbiriga urib: «Mana shunday qilibmi?» — dedi. So’ng, u menga (bir chelakka) quyuq (yog’li) sut sog’ib berdi. Men Janob Rasululloh uchun og’ziga latta tiqin tiqilgan bir idish tayerlab quygan erdim, sutni ushanga quydimda, sovisin deb unga suv qushdim. Sung, uni Janob Rasulullohga olib bordim, qarasam hanuz uxlab yetgan erkanlar, uyg’onishlarini poylamoqqa qaror qildim. Uyg’ontanlaridan keyin: «Yo Rasulalloh, ichingiz!» — dedim, ul zot ichib erdilar, kup mamnun buldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, yulga tushish vaqti bo’lmadimi?» — dedim. Ul zot: «Ha, (vaqt) buldi» — dedilar. Sung, biz yulga tushdik, bizni qidirabtganlardan birortasi ham bizga yetib ololmadi, faqat Suroqa ibn Molik ibn Ja’sam otida yetib keldi. Men: «Yo Rasulalloh, ta’qibchilardan biri bizga yetib oldi», — dedim. Ul zot: «Ғam chekmangiz, Olloh taolo biz birlan!» — dedilar».   

       Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mets g’orda ekanligimda (ya’ni, Janob Rasululloh birlan birga mushriklardan qochib, g’orga berkinib olganimizda) Janob Rasulullohga: «Agar ulardan (ya’ni, bizni qidirib kelgan mushriklardan) birortasi oyeqlari ostiga nazar tashlaganda, bizni (ya’ni, izimizni) kurib qolgan bulur erdi», — dedim. Shunda ul zot: «Ey Abu Bakr, siz nima deb uylayetirsiz, bu yerda tanho ikkimiz bormiz, deb xabl qildingizmi, uchinchimiz Olloh taolodur!» — dedilar».
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #58 : 29 May 2008, 18:08:18 »
JANOB RASULULLOHNING: «ABU BAKRNING ESHIKLARIDAN BO’LAK BARCHA ESHIKLARNI YOPIB TASHLANGIZLAR!» —DEB AYTGANLARI HAQIDA       

     Abu Sa’id alÐ¥udriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: ' «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xitob qilib: «Darhaqiqat, Olloh taolo (bu) dunedagi va uz huzuridagi bandalari orasidan bir bandani afzal kurdi. Men (ham) Olloh taolo huzuridagi (ya’ni, Olloh taolo afzal kurgan) ushal bandani afzal kurdim», — dedilar. Shunda Abu Bakr yig’lab yubordilar. Biz: «Nechun Abu Bakr Janob Rasululloh Olloh taolo afzal kurgan bandani afzal kurganlari uchun yig’layetirlar?» — deb taajjub qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrni afzal kurguvchi, Abu Bakr ersalar ul zotni barchamizdan kura yaxshiroq bilguvchi kishi erdilar. Shul boisdan ham Janob Rasululloh: «Mening uchun uzining suhbati va moldunesi borasida eng ishonchli kishilardan biri Abu Bakrdurlar. Agar rabbimdan bulak (yana) bir kishini (uzimga) dust tutadirgan bulsam, Abu Bakrni dust tutgan bulur erdim. Ammo, (musulmonlar uchun Olloh taolodan ortiqroq do’st yuq bulib, ular orasida) Islom birodarligiyu muhabbati (mavjud bulmog’i kerak). Masjidda Abu Bakrning eshiklaridan bulak birorta eshik qolmasin!» — dedilar, (ya’ni, har kim masjid hovlisiga uz hovlisidan eshik ochib olgan erdi, Janob Rasululloh ana o’shal eshiklarni nazarda tutyaptilar)».
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
« Javob #59 : 30 May 2008, 11:30:33 »
У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг пайгамбар килиб юборилишлари:

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам кирк ёшга кирганларида Аллох Таъоло томонидан бутун оламга рахмат, энг сўнги пайгамбар этиб юборилдилар. Ўша йили, рамазон ойининг ўн еттинчиси – душанба куни Хиро горида у кишига биринчи марта, олдиларига фаришта осмондан вахий олиб тушди.

Фаришта у зотнинг олдиларига тушиб деди: ″Ўкинг″. У зот эса: ″Мен ўкишни билмайман″, — дедилар. Шунда фаришта у зотни каттик кисди, бу кисишликдан каттик кийналдилар. Фаришта кўйиб юбориб, ″Ўкинг″ деди. Набий соллаллоху алайхи ва саллам: ″Мен ўкишни билмайман″ дедилар. Юкоридаги холат учинчи марта хам такрорлангандан кейин фаришта деди:

«(Эй Мухаммад соллаллоху алайхи ва саллам, Сиз ўзингизга нозил бўладиган Куръонни барча мавжудотни) яратган Зот бўлмиш Парвардигорингиз номи билан ўкинг! У инсонни лахта кондан яратган (Зотдир). Ўкинг! Сизнинг Парвардигорингиз (инсониятга) каламни (яъни, ёзишни – хатни ) ўргатган ўта Карамли Зотдир. У Зот инсонга унинг билмаган нарсаларини ўргатди». (Алак: 1 – 5)

Кейин Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам Хадижа онамиз разияллоху анхо олдиларига кўркувдан калтираб-титраб келиб, гордаги бўлган ходисани айтиб бердилар. Хадижа онамиз росулуллохни тинчлантириб – хотиржам килиб дедилар: «Ð¡ÐµÐ²Ð¸Ð½Ð¸Ð½Ð³! Асло, кўркманг! Аллох Таъоло сизни хеч качон хор килиб кўймайди. Чунки, сиз кариндош билан яхши алокадасиз, сўзингизда ростгўйсиз, кишларнинг огирини енгил киласиз ва хаётда мусибат кўрганларга кўмаклашасиз».

Кейин вахий келиши бир муддат тўхтади. Расулуллох соллаллоху алайхи ва саллам Аллох Таъоло хохлаган бир муддат ичида хеч нарса кўрмай турдилар. Бу холатдан гамгин бўлиб, вахий тушишига мушток бўлдилар. Шундан кейин бир оз вакт ўтиб, бир куни кўчада кетаётганларида, ер билан осмон ўртасида муааллак бўлган бир курсида ўтирган фаришта намоён бўлиб, кўнгилларига таскин бериб, у зотнинг чиндан хам Аллох Таъолонинг Росули эканликларига башорат (хушхабар) берди. Фариштани кўрган Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам кўркиб, калтираб-титраб уйларига бориб, Хадижа онамизга: ″Мени ўраб кўйинглар, мени ўраб кўйинглар″, — деб буюрдилар. Мана шу пайт Аллох Таъоло у кишига кўйидаги оятларни нозил килди:

«Ð­Ð¹ (либосларига) бурканиб олган зот, туринг-да, (инсонларни Охират азобидан) огохлантиринг! Ёлгиз Парвардигорингизни улугланг! Либосларингизни пок тутинг!». (Муддассир: 1 – 4)

Аллох Таъоло ушбу ояти карималарда Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламни кавмларини огохлантириш ва уларни Аллох Таъолога даъват этмокларига амр этди. Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам буйрукни бажариш учун каттик бел боглаб, Аллох Таъоло томонига каттаю-кичикни, озоду-кулни, эркагу-аёлни ва октанлигу-коратанликни даъват этиб, Аллохнинг фармонига итоат этган холларида даъват ишини  комил суратда адо этдилар. У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг даъватларига хар бир кабиладан –дунё ва охиратда нажот топишларини – Аллох Таъоло Ўзи ихтиёр килган бандалари зиё ва ишонч билан исломга кирдилар. Макканинг акли паст, мутакаббир кофирлари эса, исломни кабул килганларга хар йўл билан каттик озор бера бошладилар. Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламни эса, Аллох Таъоло амакилари Абу Толиб воситаси билан химоя килиб, кофирларнинг озоридан Ўзи саклади. Чунки Абу Толиб уларнинг ўрталирида шарафли, гапи ўтадиган, хурматли киши эди. Улар Абу Толиб, Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламни каттик яхши кўришини билганлари учун хам, у зот соллаллоху алайхи ва салламга озор бериш билан унинг каршисига туришликка жураът кила олмас эдилар.

Ибн ал-Жавзий айтадилар: «ÐŸÐ°Ð¹Ð³Ð°Ð¼Ð±Ð°Ñ€ соллаллоху алайхи ва саллам уч йилгача даъватни яширинча олиб бордилар. Кейин: «Ð‘ас, Сиз ўзингизга буюрилган ишни (яъни, Хак Динга даъват килишни) юзага чикаринг ва мушриклардан юз ўгиринг!» (Хижр: 94) ояти нозил бўлгач, даъватни ошкор килдилар. У зотга Аллох Таъолонинг: «Ð¯ÐºÐ¸Ð½ кариндош-уругларингизни (Аллохнинг азобидан) огохлантиринг!» (Шуаро: 214) ояти нозил бўлгандан кейин, Сафо тогига чикиб, ″Эй кавм! Огох бўлинг!″, — деб жар солдилар. Улар: ″Бу овоз килаётган ким ўзи? Ие...бу Мухаммад-ку!″ —деб ажабланиб Набий соллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига келиб тўпландилар. Шунда Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам уларга карата: ″Эй фалонийлар авлоди ... Эй фалонилар авлоди ... Эй фалонийлар авлоди ... Эй Абди Маноф авлоди ... Эй Абдул Мутталиб авлоди...″ — деб нидо килдилар. Улар русулуллох соллаллоху алайхи ва саллам олдларига келиб жам бўлишгач дедилар: «Ð­Ð¹ кавм, айтингларчи, мен хозир сизларга, мана шу тог ортидан отлик аскарлар чикиб келади деб хабар берсам, мени тасдиклайсизларми?». Улар: ″Албатта, биз сизни ёлгон гапирганингизни кўрган эмасмиз, сизга ишонамиз″, — дедилар. Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам дедилар: «(Унда эшитинглар!) Мен албатта, сизларни каттик азоб (келиши) олдидан огохлантираман». Шунда Абу лахаб: ″Куриб кеткур! бизни факат шу (гап) учунгина жамладингми?″,— деди ва туриб кетди. Кейин унинг шаънига Аллох Таъолонинг: «ÐÐ±Ñƒ лахабнинг кўллари куригай – халок бўлгай! (Аникки,) у куриди – халок бўлди! Мол-мулки ва касб килиб топган нарсалари унга аскотгани йўк! Якинда унинг ўзи хам, унинг ўтин оркалаган, бўйнида пишик толадан (эшилган) аркон бўлган хотини хам (ловуллаб турган) алангалик дўзахга киражак!» (Масад сураси) оятлари нозил бўлди. (Муттафакун алайхи)

« So'nggi tahrir: 30 May 2008, 11:34:02 muallifi NOZA »

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan tanishaylik

Muallif ibnUyaynaBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 5553
So'nggi javob 06 Noyabr 2018, 13:15:01
muallifi MirzoMuhammad
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni uchratsangiz...

Muallif muxlisaBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 6251
So'nggi javob 28 Avgust 2012, 17:50:10
muallifi xojarnur
Hadislar — ezgulik kaliti

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 786
Ko'rilgan: 206556
So'nggi javob 31 Iyul 2013, 16:46:19
muallifi Sadulla
G'arb Rasulullov (SAV) haqlarida

Muallif AbdulAzizBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 12490
So'nggi javob 31 Yanvar 2012, 09:08:02
muallifi Abdulhafiz
Ro'za haqida hadislar

Muallif DoniyorBo'lim Ro'za

Javoblar: 214
Ko'rilgan: 81939
So'nggi javob 16 Iyul 2013, 11:45:28
muallifi Sadulla