Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ba’zi kishilar u zotni kutib o’tirar edilar. U zot chiqib, ularga yaqinlashganlarida o’zaro eslashib, ba’zilar: "œQarang-a, Alloh azza va jalla O’z xalqidan Ibrohimni xalil qilib olgan-a!" deganini; boshqasi: "œMusoning gapidan ajoyibroq narsa bormi? Unga Robbisi o’ziga xos gapirgan-a!" deyayotganini; yana biri: "œIyso Allohning kalimasi va ruhidir!" deganini; yan boshqa biri: "œOdamni Alloh saralab olgandir!" deganini eshitdilar. Bas, u zot ularning oldiga kelib salom berdilar va:
"œBatahqiq, gaplaringizni va qaoyil qolayotganingizni eshitdim.
Albatta, Ibrohim Xalilullohdir. Ha, u zot shundoqdir.
Muso Najiyullohdir. Ha, u zot shundoqdir.
Iyso Ruhullohdir va Uning kalimasidir. Ha, u zot shundoqdir.
Odamni Alloh saralab olgandir. Ha, u zot shundoqdir.
Ogoh bo’lingkim! Faxr emas-ku, men Habibullohman.
Faxr emas-ku, men qiyomat kuni hamd bayrog’ini ko’taruvchiman! Men birinchi shafoat so’rovchiman!
Faxr emas-ku, men qiyomat kuni birinchi shafoat qilinuvchiman!
Faxr emas-ku, men jannatning halqalarini birinchi harakatga soluvchiman. Bas, Alloh mening uchun uni ochur hamda meni va men bilan ummatimning faqirlarini unga kiritur.
Faxr emas-ku, men avvalgilau oxirgilarning eng mukarramiman!" dedilar".
Termiziy rivoyati
"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf