Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar  ( 74264 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Mahdiyah  26 Dekabr 2008, 14:21:48

"¢ Фойдаланилган манбалар:

—   ″Тахзибул-Асмои ва-ллугот″ (Аававий)

—    ″Ат-Табсира вал-Хадоик″ (Ибнул-Жавзий)

—   ″Зодул-маод″ (Ибнул-Каййим)

—    ″Ас-Сийратун-набавийс″ (Захабий)

—    ″Жавомиус-Сийратун-набавийс″ (Ибн Хазм)

—    ″Ал-Фусул фий сийратир-росул″ (Ибн Касийр)

—    ″Сахихус-Сиратун-набавийс″ (Иброхим Алий)

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 May 2009, 10:20:29

Rivoyat qilinishicha, Qurbon hayiti kunlarining birida Nabiy alayhissalom Abu Bakr roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va boshqa sahobalar bilan birga o’tirgan edilar.
Abu Bakr roziyallohu anhudan: "œQurbonlikka nima so’ydingiz?" — deb so’radilar.
Abu Bakr roziyallohu anhu: "œBir shohdor qo’chqor", - deb javob berdilar.
Umar roziyallohu anhudan so’raganlarida, ular ham shunday qo’chqor so’yganlarini aytdilar. Undan so’ng Bilol Habashiy roziyallohu anhudan so’radilar.
Bilol Habashiy roziyallohu anhu esa: "œEy Allohning Rasuli, men bir faqir kishi bo’lsam, nima ham so’yardim. Topganim faqat bomdodda qichqiradigan bir xo’rozdir, men o’shani qurbonlik qildim", - deb aytdilar.
Nabiy alayhissalom bir jilmayib qo’yib: "œMuazzin muazzinni qurbonlik qilibdida", - dedilar. Buni eshitgan atrofdagilar kulib yuborishdi.

Islom nuri gazetasidan olindi

Qayd etilgan


secretman  21 May 2009, 02:41:16

 :bar: Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Noyabr 2009, 22:14:03

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œMen asrma-asr, toki o’zim bo’lgan asrga yetib kelgunimcha, Bani Odamning eng yaxshi asrlaridan yuborilganman".

Buxotriy rivoyati

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Noyabr 2009, 22:16:04

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œQiyomat kuni men Odam farzandining sayyididurman. Ustidan qabr birinchi yoriladigan shaxsdirman. Birinchi shafoat so’rovchidirman. Birinchi shafoat qilinuvchidirman", dedilar".

Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Termiziyning lafzida:
"œQiyomat kuni men Odam farzandining sayyididurman va faxrlanish emas-ku, qo’limda hamd bayrog’i bo’ladir. Hech bir nabiy yo’qki, Odammi, undan boshqasimi, hammasi mening bayrog’im ostida bo’lmasa. Faxr emas-ku, men ustidan qabr birinchi yoriladigan shaxsdirman".

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Noyabr 2009, 22:17:59

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"œQachonki qiyomatmkuni bo’lsa, faxr emas-ku, men nabiylarning imomi, xatibi va shafoatlari sohibi bo’lurman", dedilar.
Termiziy rivoyati

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 06:59:32

Vosila ibn al-Asqa’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œAlbatta, Alloh valadi Ismoildan Kinonani tanlab oldi. Kinonadan Qurayshni tanlab oldi. Qurayshdan Bani Hoshimni tanlab oldi. Bani Hoshimdan meni tanlab oldi", dedilar".

Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 07:03:06

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œAlbatta, mening va mendan oldingi anbiyolarning misoli, xuddi bir uyni yaxshilab, chiroyli qilib qurib, bir burchagidan bir g’ishtning o’rnini qoldirib qo’ygan kishiga o’xshaydi. Odamlar uni aylanib ko’rib qoyil qolishadi va:
"œMana shu g’isht ham o’rniga qo’yilganda edi!" deyishadi. Men o’sha g’ishtman. Men nabiylarning xotimiman", dedilar".

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.


"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 07:04:43

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œEy Allohning Rasuli, sizga qachon nubuvvat vojib bo’ldi?" deyishdi, Shunda u zot:
"œOdam ruh bilan jasad orasidaligida" dedilar.

Termiziy rivoyati

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 07:05:45

Abbos roziyallohu anhudan:
"œEy Allohning Rasuli, qurayshliklar o’tirib o’zaro nasablarini esladilar, sizni tepalik yerdagi xurmoga o’xshatishdi", dedi.
Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œAlbatta, Alloh xaloyiqni xalq qilganda meni ularning eng yaxshilaridan qildi. Eng yaxshi firqalaridan qildi. Ikki firqaning yaxshisidan qildi. So’ngra qabilalarni tanladi va meni eng yaxshi qabiladan qildi. Keyin xonadonlarni tanladi va meni eng yaxshi xonadondan qildi. Bas, men nafs jihatidan ham, xonadon jihatidan ham ularning eng yaxshisiman" dedilar".

Termiziy rivoyati


"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan