Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar  ( 74258 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 B


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 07:07:50

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œOdamlar qayta tiriltirilganlarida men ularning avvalgisiman. To’planib kelganlarida men ularning xatibidirman. Noumid bo’lganlarida men ularning xushxabarchisiman. Ul kunda hamd bayrog’I mening qo’limdadir. Faxr emas-ku, men Robbim huzurida odam bolasining eng mukarramiman", dedilar".

Termiziy rivoyati


"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 22:44:03

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kirgan kunda undagi barcha narsadan ziyo chiqdi. U zot vafot etgan kunda undagi barcha narsani zulmat bosdi".
Termiziy rivoyati


"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 22:48:24

Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ba’zi kishilar u zotni kutib o’tirar edilar. U zot chiqib, ularga yaqinlashganlarida o’zaro eslashib, ba’zilar: "œQarang-a, Alloh azza va jalla O’z xalqidan Ibrohimni xalil qilib olgan-a!" deganini; boshqasi: "œMusoning gapidan ajoyibroq narsa bormi? Unga Robbisi o’ziga xos gapirgan-a!" deyayotganini; yana biri: "œIyso Allohning kalimasi va ruhidir!" deganini; yan boshqa biri: "œOdamni Alloh saralab olgandir!" deganini eshitdilar. Bas, u zot ularning oldiga kelib salom berdilar va:
"œBatahqiq, gaplaringizni va qaoyil qolayotganingizni eshitdim.
Albatta, Ibrohim Xalilullohdir. Ha, u zot shundoqdir.
Muso Najiyullohdir. Ha, u zot shundoqdir.
Iyso Ruhullohdir va Uning kalimasidir. Ha, u zot shundoqdir.
Odamni Alloh saralab olgandir. Ha, u zot shundoqdir.
Ogoh bo’lingkim! Faxr emas-ku, men Habibullohman.
Faxr emas-ku, men qiyomat kuni hamd bayrog’ini ko’taruvchiman! Men birinchi shafoat so’rovchiman!
Faxr emas-ku, men qiyomat kuni birinchi shafoat qilinuvchiman!
Faxr emas-ku, men jannatning halqalarini birinchi harakatga soluvchiman. Bas, Alloh mening uchun uni ochur hamda meni va men bilan ummatimning faqirlarini unga kiritur.
Faxr emas-ku, men avvalgilau oxirgilarning eng mukarramiman!" dedilar"
.

Termiziy rivoyati


"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 22:50:07

Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu aytadilar:
"œTavrotda Muhammad va Iyso ibn Maryam alayhimusallomning sifati va Iysoning Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan dafn qilinishi yozilgandir".
Termiziy rivoyati


"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2009, 22:51:21

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam:
"œMuhammadning joni qo’lida bo’lgan Zot bilan qasamki, albatta, sizdan biringizga bir kun keladiki unda meni ko’ra olmas. Albatta, meni ko’rishi uning uchun ahlidan va ular ila birga bo’lgan molidan ham mahbub bo’lib qoladilar" dedilar".


Muslim rivoyat qilgan.

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Noyabr 2009, 05:55:31

PAYG’AMBAR ALAYHISSALOMNING TUG’ILISHLARI, NASABLARI VA ISMLARI

Qays ibn Mahrama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œMen ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham fil yili tug’ilganmiz"
Termiziy rivoyati

Usmon ibn Affon Qubosa ibn Ashyam Lays roziyallohu anhudan:
"œSen kattamisan, Rasulullohmi?" deb so’radi.
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan kattalar. Men u kishidan tug’ilishda qadimgiroqman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fil yili tug’ilganlar. Onam meni makoniga ko’tarib borganida filning o’zgarib ketgan yashil tezagini ko’rganman".

Termiziy rivoyati

"œNabiy sollallohu alayhi vasallamning nasablari; U zot — Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam ibn Abdulloh ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Ka’b ibn Lu’ay ibn G’olib ibn Fehr ibn Malik ibn an-Nazr ibn Kinona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Il’yas ibn Muzar ibn Nizar ibn Ma’dd ibn Adnan"
Buxoriy rivoyati

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 06:09:31

Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallam menga beshta ismni aytdilar:
Men MUhammadman. Men Ahmadman. Men Mohiyman, Alloh men ila kufrni mahv etur.
Men Hoshirman, Alloh mening ikki qadamim oldiga odamlarni hashr etur.
Men Oqibman (ortdan keluvchi)"
, dedilar".

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu aytadi:
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga o’zlarini bir necha ismlar ila nomlar edilar:
Men Muhammadman, Ahmadman, Muqaffiyman (orqadan keluvchi, ya’ni hamma payg’ambarlardan keyin kelganliklarini anglatadi), Nabiyyurrohman, Nabiyyuttavbaman"

Muslim rivoyati.


Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 06:12:03

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan o’ynab yurganlarida oldilariga Jabroil kelgan edi. Jabroil ul zotni olib, yerga yotqizib ko’ksilarini yordi. So’ng qalblarini olib ichidan zulukka o’xshash bir narsani chiqarib oldi-da, bu shaytonning sendagi nasibasi, dedi".
Keyin uni tillodan bo’lgan jomdan bo’lgan jomda Zamzambilan yuvib, o’rniga qaytarib soldi. Bolalar onasining, ya’ni, emizikli onasining oldiga yugurib kelib:
"œMuhammad qatl qilinadi!" dedilar. Uning oldiga borsalar rangi oppoq holda turga ekan.
Anas, o’shaning tikilgan izini u zot sollallohu alayhi vasallamning ko’kraklarida ko’rar edim, dedi".


Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 07:41:18

U ZOT SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING JISMI SHARIFLARINING VASFI

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam qavmning ichida o’rta bo’yli: novcha ham emas, pakana ham emas, tiniq tangli: o’ta oppoq ham emas, o’ta bug’doy rang ham emas, (sochlari) o’ta jingalak ham emas, o’ta yumshoq ham emas edilar. Qirq yoshlarida u zotga (vahiy) nozil etildi. Bas, Makkada o’n yil (vahiy) nozil bo’lib turdilar. Madinada o’n yil. U zot qabz qilinganlarida soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi"
.
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.

Baro roziyallohu anhudandan rivoyat qilinadi:
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rta bo’yli, yelkalari keng, sochlari ko’p bo’lib, yelkalariga tushib turadigan kishi edilar. Ustilarida qizil rangli kiyim bo’lardi. Hech qachon u zot sollallohu alayhi vasallamdan go’zalroq hech narsani ko’rmaganman".
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Noyabr 2009, 07:45:04

Baro roziyallohu anhudandan rivoyat qilinadi:
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning ichida yuzi eng go’zali, xulqi eng go’zali, rosa novcha ham, pakana ham emas edilar".
Ikki shayx rivoyat qilgan.

Baro roziyallohu anhudandan rivoyat qilinadi:
"œNabiy sollallohu alayhi vasallamning yuzlari qilichga o’xsharmidi?" deb so’raldi. U kishi:
"œYo’q. To’lin oyga o’xshar edi", dedi".

Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan.

"œHADIS VA HAYOT" (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan