Yosh e’tibormi yoki ilm?
Umar ibn Abdulaziz amrlikka saylangach, tabriklash uchun turli taraflardan kelgan vakillar uning huzuriga kirishdi. Ziyoratchilar orasida hijozlik o’n-o’n bir yoshlar atrofidagi bola ham bor edi. O’sha yigitcha Umarni qutlash uchun oldinga chiqdi. Amirul mo’minin: "œJoyingga tur, sendan yoshi ulug’lar bor", dedi. Shunda bola: "œAmirul mo’mininni Alloh qo’llasin. Inson ikki kichik a’zosi — qalbi va tili bilan insondir. Agar Alloh bandasiga burro til, saqlovchi qalb ato etgan bo’lsa, gapirishga haqli emasmi? Haqiqatdan ham, siz aytgandek, gap yoshda bo’lsa edi, majlisingizda yoshi sizdan ulug’roq, gapirishga haqliroq odamlar bor-ku", dedi.
Shunda amirul mo’minin Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu bolaning so’zlaridan hayratlanib, ushbu ma’noda sh’er aytdi: "œEy inson, ilm olgin, hech kim olim bo’lib tug’ilmaydi, ilm sohiblari johil kabi bo’lmaydi, ilmsiz yoshi ulug’ odamning majlisdagi mavqei ham past bo’ladi"
Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak