Yovvoyi yo’rg’a (romandan parcahlar). Ernest Seton-Tompson  ( 4010 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  23 Fevral 2008, 15:21:03

Yovvoyi yo’rg’a (romandan parcahlar). Ernest Seton-Tompson

II

Bu voqea 1893-yilning dekabrida bo‘ldi. Fermaga kelib tushdim-u, yo‘lovchi soyabon aravada Kanada daryosi bo‘yidagi Pinyavetitosga jo‘nadim.
Foster men bilan xayrlashayotib, shunday dedi:
— Menga qarang, bordi-yu, la’nati yo‘rg‘aga duch kelib qolsangiz, ayamay otib tashlang.
Yovvoyi yo‘rg‘a haqida ilk bor eshitgan gapim shu bo‘ldi, yo‘lda esa yo‘lboshlovchim Bernsdan yo‘rg‘aning kechmishini bilib oldim. Dong‘i ketgan yo‘rg‘ani juda-juda ko‘rgim keldi, ertasiga Jayron bulog‘iga borib, hafsalam pir bo‘ldi, sababi u yerda yo‘rg‘aning ham, galaning ham daragi yo‘q ekan.
Ammo ertasi kuni Alamozo daryosi orqali yana tepalikdor yalanglikka kelganimizda, oldinda borayotgan Jek Berns birdan otining bo‘yniga engashib oldi, menga o‘girilib, shivirladi:
— Qurolingizni oling! Ana ayg‘ir! davomi...

Qayd etilgan