Assalamu alaykum Forumdoshlar! Bundan bir necha hafta muqaddam forumda jiddiy ziddiyatlar bo'lib o'tgani hammamizga sir emas. Va o'z navbatida o'sha mojarolarda man ham qatnashganim rost. Qizig'i shundaki, o'rtada yangi paydo bo'lib qolgan user(ka)larga e'tibor bermaganligim bois ularga nisbatan bildirilayotgan fikrlarga ham qaramagan edim. Lekin yaqinda orqavarotdan eshitib qoldimki ko'pchilik o'sha "yangi"larni kamina (ya'ni lolo) deya gumonga borishibdi. Man esa bunday ikkiyuzlamachilikni hech qachon qilmasligimni bildirib qo'yish maqsadida ushbu postni yozishga qaror qildim. Yangi userlarga qiziqmaganligim sababi esa oddiy, tarafkashlikni yoqtirmasligim va hamfikrlarim umuman yo'q bo'lishidan ham aslo qo'rqmasligimdir! Demak, mani to'g'ri tushundingizlar, deb o'ylayman. Ya'ni, bir nechta (yoki ancha ko'p) nicklarda faoliyat yuritishlikni - ikkiyuzlamachilik, qaysidir ma'nodagi qo'rqoqlik va shu bilan birga katta nohaqlik deb baho beraman. Va bu musulmon kishiga mutlaq nomunosib ishdir.
Endi esa shu fursatdan foydalanib o'sha "yangi user(ka)lar"ga ikki og'iz gapimni aytib olsam: "Fikrlaringiz haqiqattan ham to'g'ri ekaniga zarracha shubhangiz bo'lmasa va o'zingizni nomard (yohud qo'rqoq) deb hisoblamasangiz marhamat qilib o'z nickingizda ko'rining. Agar bunga jur'atingiz yetmasa sizga chiroyli sabrni tavsiya etaman! Man bo'sam Allohdan boshqa hech kimning yordamiga muhtoj emasman! Alhamdulillah! Qolaversa "yetkazishlik" bu bir o'yin (yoki musobaqa) emas. Man haqni yetkazsam inshaalloh o'sha zahotiyoq vazifam bo'ynimdan soqit bo'ladi, natijasi esa Allohning qo'lida (ya'ni ihtiyorida)dir!"
Biroq biz osongina hulosa chiqarishlik bilan kimlargadir tuhmat qilib qo'yishlikdan ehtiyot bo'lishimiz shart. Chunki, masalan, man yana ko'pgina forumlarni qiziqib o'qib, (albatta mehmon sifatida) kuzatib boraman. Ularga a'zo bo'lgan emasman! Ba'zan, tezda a'zo bo'lib qaysidir qizg'in ketayotgan mojaroga aralashgim kelgan paytlar ham bo'lgan, lekin bu to'sattanlik oqibati yaxshilikka olib kelmasligini tahmin qilganim holda bu ishdan o'zimni tiyganman! Ziyouz forumini ham mehmon sifatida kuzatib borish imkoniyati borligini hisobga olgan holda o'sha "yangi user(ka)lar"ni qo'shtirnoq ichidan chiqarishimiz to'g'ri ish bo'lishi mumkin. Zero, ular ham to'sattan mojaroga aralashgilari kelib qolgan bo'lsa ne ajab?!
Alloh barchamizga tavfiq bersin. Amin!