Форумдошга бир гапим бор! (с)  ( 907179 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 216 217 218 219 220 221 222 223 224 225 226 ... 229 B


_IYMONA_  12 May 2013, 08:11:50

Buyuklik faqat Allohga hos. Kotta qiz bo'sinla, umrlari uzoq bo'sin.

Qayd etilgan


Muxsiya  13 May 2013, 15:38:04

Rizqi bilan umri bilan bergan bo'lsin

Qayd etilgan


braupov  15 May 2013, 17:54:44

..... usta nega bu daraxni mevasi ikki xil ........

Qayd etilgan


NANO  18 May 2013, 05:00:28

Qurtlagandurde shunga ikki xil :0


P.S


Odamla qando ketga bo'lsa shundoqligicha qaytib keldi.
Sizzi ko'rganimdan xursandman....




Qayd etilgan


NANO  22 May 2013, 16:03:06

Keting uyizga sizni nima uwlab turibdi?

Majburiyatmi yo ...?

Qayd etilgan


azizbek_mx  22 May 2013, 16:40:06

Iya aka omonmisiz? ko'rganimdan xursand bo'ldim rosa. agentgayam kirmi qo'ydiz, mundo yozishib turaylik :)

Qayd etilgan


Хадича  22 May 2013, 17:10:43

Hurmatli ustozimiz Toxir Malik bir kitoblarida ushbu masalni keltirgandilar.
Masal:
Bir odam ayiq bilan do'stlashib,uni uyiga boshlab keldi. Bu mehmonning tashrifidan norozi bo'lgan xotini : " Fu, shu sassiq bilan oshno tutindingizmi?",deb aftini bujmaytirdi. Buni eshitib ranjigan ayiq boltani olib,do'stiga uzatdi-da,iltijo qildi :
- Shu bolta bilan peshonamga bir ur !
Ayiq iltimosini qaytaravergach,do'st uning peshonasiga bolta urdi. Jonivor og'riq azobidan o'kirib,o'rmonga qarab yugurdi. Oradan haftalar o'tgach,u yana do'stiga ro'para kelib,dediki:
- Qara, boltaning izi bitib ketdi,lekin xotining tilidan uchgan so'z yaralagan yuragimga davo topolmayapman..."

Hazrat Navoiy aytgan ekanlar: " Kimki ko'ngilni qattiq so'z bilan jarohatlar ekan,unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko'ngilda til nayzasining jarohati bitmas,u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko'ngilda til nayzasining jarohati bordir,faqat yaxshi so'z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so'z-vahshiylarni ulfatga aylantiradi. Sehrgar-ohang bilan afsun o'qib,ilonni inidan chiqaradi... So'zda har qanday yaxshilikning imkoni bor. Shuning uchun aytadilarki, "nafasning joni bor""

Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar,
Har nechaki ag'yor durur yor aylar.
So'z qattig'i el ko'ngliga ozor aylar
Yumshog'i ko'ngillarni giriftor aylar.

Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deganlar:
"Kichiklarni yaxshi ko'rib,mehr -shafqat bilan bag'riga bosmagan,kattalarni,ulug'larni hurmat qilishda qusurga yo'l qo'ygan bizdan emasdir"
Atigi 15 taga bormaydi postingiz,lekin qalblarga "muxr"ingizni bosib böldingiz :) biz yoshlar mayli,ustozlarimizni hurmat qilishingizni iltimos qilardim. Toshni so'raganlari maqtovni hush ko'rishga kirmiydi...

"Yomon so'zning misoli esa yerdan (ildizi) uzilib qolgan,bir joyda (o'rnashib) qo'nib topmaydigan nopok daraxtga o'xshar" ( " Ibrohim" sura,26)
" Mening bandalarimga ayt, (o'zaro so'zlashganda) yaxshi so'zlarni so'zlasinlar. Albatta,shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi"( "Isro", 53)

Miqdom ibn Ma'diykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
" Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
" Qachon bir kishi birodariga muhabbat qilsa,unga o'zining muhabbati xabarini bersin"
Abu Dovud, Termiziy.Ahmad va Hokim rivoyat qilgan.

Bir odamni fazilatlik tarafini omma oldida etib,odamlarni o'rnak,ibrat olishiga sabab bo'lish yomonmi?

Yaxshi tarafini izlang,yaxshilik topasiz...



Qayd etilgan


azizbek_mx  22 May 2013, 17:35:19

Xadichaxonni postlarini o'qiy turib, Navoiy bobomizdan yana bir yaxshigina gap esimga tushib ketti:
"Kuchuk birla xo'tikni qilma qancha tarbiya..."
uyog'i hammaga ma'lum.


O'zi insof bermasa, bandasini gapirgani behuda.

Qayd etilgan


Lu`lu`  22 May 2013, 17:57:13

Аафаснинг жони бор. Аакадар хак гап.
Буни англаган бор, англамаган бор. Я аййуханнас, кайси тоифага кирасиз?
Шу хакийкатга богланган адашмайди.
Аафасини сархисоб килган, жонини хатарга куймайди
Хадийжабону, сслатганизга рахмат; жумлани борлигингизга мухрланг.
Аллох ажризни берсин  :jaza:

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyun 2013, 18:08:42

Facebookdagi "druzyalarim", bir muddat uzoq qolaman, shunga tohtatdim a'zoligimni. Balki keyinchalik qaytib qolarman:) meni kuting va men qaytarman, dermidi:)

Qayd etilgan