Форумдошга бир гапим бор! (с)  ( 907025 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 229 B


saltanat  24 Sentyabr 2009, 11:13:15

Va.assalom, kapalak honim, har tugul ishlarimiz davom etyapti, siz ham forum a'zolarini "rasmga olaverib" charchab qolmadingizmi? biz hafa bo'lganimiz yo'q rasmlardan, Jamshidjon adashmasam rasmlarni tahlil qilib bir chiroyli chiqish qilsalar kere,kutaylikchi.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 14:55:36

Jamshidjon, u gaplarni siz ham aytgandiz, lekin hazil bilan. Lekin menga necha marta aytgan a'zo yomon jahlimni chiqardi. Ohiri unga "agar yana bir marotaba yozsang administratorga shikoyat qilaman", dedim. Ho'jayinim ruhsat berib qo'yibdi, unga nima???

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Sentyabr 2009, 15:05:04

uzr opa man yomon ma'noda gapirmagandim. Kechirasiz

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 16:00:28

Abdurasul sizga shu yerdan javob yozay,yana Abdulhafiz offtopchilaaar, deb qomasinlar:)
İlgari har hil ishlarda ishlaganman: İlk ishim Toshkentdagi eski "Efendim", hozirgi "Bashkent" restorantida ofitsantka bo'lib ishlaganman, Turkchamni tuzatay, deb:) Ha Hadradagi "Bashkent" restoraniga boradiganlar usta Avniga, direktor Murat beyga Zamiradan salom desin:) Xalqaro ishlaydigan eksport-import firmasida tarjimonlik qilganman. Turistik firmada ishladim.  Hozir esa qanaqa ishga boshlashim aniq emas, bir-ikki yerga murojaat qilaman yaqinda.
Haqqimizda hayirlisi bo'lsin insholloh.

Qayd etilgan


ikbaljohn  26 Sentyabr 2009, 02:19:21

Mail agentda konferentsiya qilayotgan forumdoshlar! Oldin vaqtini kelishib,keyin chat qiselar,o'shanga qarab mail.agentga kirib turaman.A tak behabar qopketyapman

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2009, 11:25:38

Assalomu-alaykum forum  a'zolari, mehmonlar va yashirin a'zolar:)

Avvalambor yangi hafta barchangizga hayirli bo'lsin.
Sizlarga keyingi paytlarda tarafimdan ochilgan bazi rasmli mavzular haqida qisqacha ma'lomut bermoqchiydim. Buning sababi bazi birodarlarimizning "rasmlarni ochishda qiynalyabman" yoki "shuncha rasmni nima keragi bor" va yoki "men internetga shundog'am ko'p pul beraman, sizni rasmlaringizni ko'rgani vaqtimni nima uchun sarf qilay" deb o'ylamasliklari uchun quyidagi izohlarni bermoqdaman.
Avvalo bu saytning nomi "Ziyo uz" yani butun ziyo tarqatishi kerak bo'lgan mavzularda bir-birimiz bilan o'rtoqlashamiz. Bular hoh rasm, hoh tabriknoma hoh jumlalar bo'lsin. Ki, joylangan rasmlar ham yana Ollohninq go’zalligini, qudratini yana bir bor eslash va eslatish uchungina qo’yildi.
Qolaversa Din masalasida bir mavzu haqida kelisha olmay bir-birimiz bilan qanchalik hohush voqealar bo'lganini ko'pchilik biladi. Agar bu yerda faqatgina diniy mavzular joylanadigan bo'lganda edi, AbdulAziz "Bizning Fotogallereya" degan mavzuni ochmagan bo'lardilar, O'zbek va Jahon xalqlari dunyoviy adabiyoti bilan bog'liq asarlarni joylamagan bo'lardilar. islom. uz degan saytda menimcha diniy mavzular juda ham ko'p ishlangan, zotan u saytning ochilish sababi va mohiyati ham aniq o'rtada. Ham Davlatdan ham bular uchun asosiysi! ruhsat olingan.
Mashhur Horun Yahyoni taniygiganlar ko'p bo'lsa kerak, deb o'ylayman. U kishi o'zi moddiy dastak bergan akademik guruhdan iborat kishilarga asosan jonzotlar hayoti bilan bog'liq hujjatli filmlar tayyorlatadi, keyin ularning ko'pchiligi kitob holiga keltiriladi. Birgina qushlar bilan bog'liq hujjatli filmlari qancha insonning iymonga kelishiga, iymonli insonlarning esa iymonlarini yana ham mustahkamlashiga sabab bo'lgan. Oddiygina turnalarning nima uchun uchburchak holda uchganini hech o'ylab ko'rganmisiz? Uchburchakning eng boshida lider turna bordir. Eng boshdagi liderning qanot silkishi, uchburchakning ohiridagi turnaning qanot silkmasdan uchishda davom etishini ta'minlar ekan. Yani liderning shamoli ohirgi safdagi turnaga yetar ekan. Vaqti vaqti bilan ular bir hadafga borish yo'lida eng boshdagi liderni o'zgartirib turishar ekan...
Jonzotlar olami, sahifasini ochishimdan maqsad avvalo ko'rish qobiliyatimiz bilan rang barang va takrorlanmas qush, hayvon, parrandayu-darrandani yaratgan Allohning yaratish qobiliyati qarshisida qanchalik ojiz ekanligimizni his ettirish edi, xolos. Bo'lmasa, bolaga o'hshab ertalabdan kechgacha kompyuterni yonida ha shu hayvon ha bu hayvon, deb o'tirish emas edi niyatim.
Men bazi qushlarni tomosha qilar ekanman, qanchalar hayajonlanib yig'laganimni siz bilasizmi? Har kimning iymon kuchi, dunyoqarashi, yaratilishi farqli farqlidir. Olloh menga ranglardan va hilma hillikdan ta'sirlanish kuchini boshqalarga nazaran ko'proq bergan ekan Alhamdulillah. Boshqalarda esa farqli narsalardan ta’sirlanish qobiliyati kuchli. Osmanlicha (Eski O'zbek yozuviga o'shshash) darsdan o'ta olish uchungina Husni-Hat kursiga bordim 1 yil. Haliyam qamish qalamim va kalleografiyaga oid jihozlarim turibdi uyda. Hatto Uyg'urcha darsida harflar juda qiyin bo'lgani uchun ularni yana rasm shaklida eslab qolish uchun rasmday ishlab o'rgandim...
Hullas aytmoqchi bo'lganim, bu go'zal yaratilishlardan men ta'sirlandim balki bazi bir birodarimiz ham huddi menday bu tur narsalardan zavq olar, iymoni yana ham kuchlanar, deb o'ylab, yangi mavzuni, "Jonzotlar olami" ni ochdim. Forumdagi bazi mavzularga men aslo kirmayman. Chunki meni qiziqtirmaydi, qiziqmaganlar men ochgan mavzularga qaramasalar ham bo'ladi. Chunki siz qaysi sahifaga kirish-kirmaslikni o'zingiz qaror berasiz, majburiy emas:)
Aslida birgina turnalardan ibrat olsak ham bizga yetadi. Bir maqsadga yetishish uchun avval "œmen ishlay, sen dam ol", "œendi men dam olay, sen biroz meni o'rnimga ishlab tur, birodar", desak, O'zbekistonimiz yana ham gullab-yashnardi. Musulmonlar qardoshtir, buni har doim aytaman. Ki biz hammamiz (asosan) O'zbekmiz. Xalqimiz bekorga "bir yoqadan bosh chiqarmoq" ta'birini ishlatmaydi. Hullas shunday ekan, kelinglar bir-birimizning qurgan binolarini "bolaning qumdan qilingan qal'alarni suv kelib yuvib ketganiday", hayajon bilan yozgan, joylagan narsalarini bir jumla bilan hulosa chiqarib, "o'chirib yubormanglar"!  
Sizlardan iltimos, yozganlarimni kim bilandir aytishish, tortishish uchun yozgan, deb o’ylamanglar.
Bu xatni o’qib fikrlarimga qo’shilishingiz, qarshi chiqishingiz ham mumkin, faqat bir taraflama javob yozishga shoshilmang, chunki forumda "œyana bir-biriga har hil fikrda post qoldirishga sababchi inson" bo’lib qolishni hohlamayman.
Hamma narsani o’z vaqti, soati bor. Men ham bir paytlar internetga juda ko’p pul to’laganman. Mana endigina uyda internet bor, tekin emas albatta, oyda 38 dollar to’laymiz. Yani men ham tekindan topib olganim yo’q.
İshlasam bunchalik ko’p kirmayman, avvalo ish bergan rahbardan halollik so’rashim kerak, chunki men u yerga ishlash uchun boraman, olgan pulim halol bo’lishi uchun rahbarimning mening vaqtimni nimalarga sarf qilayotganimni bilishi shart! O’z uyimda bo’lganim uchun, intertenda sarflagan vaqt mavzusida  ho’jayimni ham habari bo’lgani uchun! Bemalolman"¦Nima uchun ruhsat berdi, chunki 3 yildan beri uyga bora olmadim, istar-istamas hasratlik bor. Hatto ancha ozib ketibman, qo'shnilarim shunday deyishdi:) Telefon bilan gaplashish qimmat bo’lgani, qancha gaplashsangiz ham to’ya olmasligim sababli, O’zbeklari bilan gaplashsin, dardlashsin, ozgina bo’lsa ham sog’inchi ozaysin, deb ho’jayinim ruhsat berdi, sog’ bo’lsin. Agar bunday uzundan uzun o’zimni himoya qilish uchun postlar yozganimni yoki undan oldin juda qattiq hafa bo’lganimni eshitsa bundan keyin aslo ruhsat bermaydi! Nima uchun bularni aniq aniq yozyabman, chunki ayol eridan beruhsat hech narsa qilmasligi kerakligi uchun.  
3 kunlik dunyo, ertaga bormizmi yo’qmizmi?
Niyatim sizlardan ochgan mavzularim bilan bog’liq holda halollik so’rash edi, holos.

Hurmat bilan,
Kapalak (Zamira)

Qayd etilgan


Abdurasul  28 Sentyabr 2009, 15:13:58

Assalomu alaykum!Omonat dunyoning omonatlari omonmisizlar?

To'g'ri inson hayotda har bir narsadan o'ziga yaxshi hulosa chiqara bilishi kerak.Chunki bu dunyodagi barcha narsalarda Allohning buyuk qudrat va iloh ekanligini bildiruvchi belgilar mavjud.Insonga bu narsa oddiydek tuyuladi.Inson moslashadi.Demoqchimanki, Zamira opa qo'ygan rasmlar kimlarga qanday ta'sir qildi bilmadiu(Bu yolg'iz Allohga ayon) bu rasmlarda musulmon insonning iymonini mustahkamlovchi belgilar bor. Buni ko'ra bilish kerak.
Bu gaplarim kimlargadir yoqmagan bo'lsa, kimlarnidir ko'nglini ranjitgan bo'lsa avvaldan uzr so'rayman.Bu meni o'z fikrim edi.Alloh haq va bilguvchidir.


Zamira opa yuqoridagi gaplarizdan inson ta'sirlanmay iloj yo'q.Sizga shunday iymon va sabr bergan Allohga hamdu sanolar bo'lsin.3 yil bu juda katta fursat ayniqsa, ota-ona va farzand, opa-singil o'rtasidagi mehrni oldida.Bunday kunlarni men ham boshdan o'tkazganman lekin bu darajada ko'p vaqt emas.Alloh sizga bundanda kuchli sabr bersin Inshaallah.
Salomat bo'linglar.

Bu dunyoga barchamiz mehmon,
Omonatin olar Hudoyim.
Birodarlar keltiring iymon,
Bir kun bo'lar Qiyomat qoyum.
Erlar qaytsa aytgan so'zidan,
Hayo ketsa ayol yuzidan.
Qonlar oqsa yetim ko'zidan,
Bir kun bo'lar Qiyomat qoyum.
El rizqiga bo'lsa hiyonat,
Ko'tarilsa dildan diyonat.
Har og'izga to'lsa hushomat,
Bir kun bo'lar Qiyomat qoyum.
Inson o'ylab qadamingni bos.
Umr o'tkaz Muhammadga hos.
Yorug' dunyo besh kunlik e'zoz,
Bir kun bo'lar Qiyomat qoyum.
Qiyomat kun tangriga ayon.
Oyatlarda qilingan bayon.
Boshimizda katta imtihon.
Bir kun bo'lar Qiyomat qoyum.

Qayd etilgan


Muhseena  29 Sentyabr 2009, 17:27:44

ChehMik--mani postimmi tahrir qilib,mualliflik huquqini buzganligingiz uchun sizni kechirdim  ::).Agar kechirmaganimdami...

Qayd etilgan


Muhseena  29 Sentyabr 2009, 17:36:39

ChehMik--mani postimmi tahrir qilib,mualliflik huquqini buzganligingiz uchun sizni kechirdim  ::).Agar kechirmaganimdami...
isbot....talab qilurmen
O'zingiz juda yaxshi bilursiza mavlono....

Qayd etilgan


Bayern M  29 Sentyabr 2009, 17:48:32


Hurmatli forumdoshlar thread qoidalarga rioya qiling!  ;D
Асосий шарти юзерни исми ёзилмаслиги керак.

Qayd etilgan