Hadijahon katta rahmat, tayyorladim, mazasi ham yaxshdir:)
Laylohon, siz ham siqilavermang. İsh joyida albatta bunday hodisalar bo'lib turadi. Ayam doimo duo qilganlarida: Alloh keng fe'l, ketmas davlat bersin, derdilar. İlgar, uncha tushunmasdim. Rostdan ham insonni ichi "keng" bo'lsihi kerak, bo'lmasa hamma narsaga siqilaverib, yashashga bo'lgan qiziqishingiz ham so'nadi. Mana qarang qanday mo'tabar maslak sohibisiz. Sizga boshqa mavzuda ham aytganimday hozir sabirli bo'lsangiz bir kun albatta sabringizning mevalarini terib olasiz birma-bir...Bu sizga bir opalik maslahatim. Bir kuni kelib siqilgan sabablarni o'ylaganingizda hay o'lsin shunga ham yig'labman-a deysiz, insholloh:)
Alloh ishingizda sabr, muvaffaqiyat bersin insholloh. Odobsizlarga qarshi eng kuchli qurol- chiroyli odob ko'rsatishdir... Koshki har doim buni ko'rsata olsak...