Форумдошга бир гапим бор! (с)  ( 906911 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 229 B


Hadija  29 Sentyabr 2009, 18:04:53

Birodari Azizlar, lavlagidan salat ta'rifi bormi bu yerda? Vaqtim kamroq qoldi, yordam berishingiz mumkinmi:)

Lavlagilik salatning tayyorlanishimi?

Qayd etilgan


Hadija  29 Sentyabr 2009, 18:10:54

Biz uyda ko'p tayyorlaydigan bir salat bor tayyorlanishi juda oson.
Qaynatilgan lavlagini olib qirg'ichdan o'tkazib azgina mayonez qo'shib biroz xolodelnikka qo'yilsa bas salat tayyor :). Juda foydali...
Yodimdan ko'tarilibdi, birozgina salat yog'idan ham (solnichniy maslo)

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2009, 19:20:12

Hadijahon katta rahmat, tayyorladim, mazasi ham yaxshdir:)

Laylohon, siz ham siqilavermang. İsh joyida albatta bunday hodisalar bo'lib turadi. Ayam doimo duo qilganlarida: Alloh keng fe'l, ketmas davlat bersin, derdilar. İlgar, uncha tushunmasdim. Rostdan ham insonni ichi "keng" bo'lsihi kerak, bo'lmasa hamma narsaga siqilaverib, yashashga bo'lgan qiziqishingiz ham so'nadi. Mana qarang qanday mo'tabar maslak sohibisiz. Sizga boshqa mavzuda ham aytganimday hozir sabirli bo'lsangiz bir kun albatta sabringizning mevalarini terib olasiz birma-bir...Bu sizga bir opalik maslahatim. Bir kuni kelib siqilgan sabablarni o'ylaganingizda hay o'lsin shunga ham yig'labman-a deysiz, insholloh:)

Alloh ishingizda sabr, muvaffaqiyat bersin insholloh. Odobsizlarga qarshi eng kuchli qurol- chiroyli odob ko'rsatishdir... Koshki har doim buni ko'rsata olsak...

Qayd etilgan


_B_E_K_  01 Oktyabr 2009, 11:27:04

Салом схшимисизлар ?

Qayd etilgan


Ansora  01 Oktyabr 2009, 11:54:29

Салом схшимисизлар ?

V.assalom. Avvalambor hush kelibsiz forumga. Sizni ko'rib o'zimni eng boshda forumga endigina kirgan paytlarim esimga tushdi. Men ham sizga o'hshab butun mavzularda bir-ikki misra yozib chiqqandim. Siz ham agar hohlasangiz "Forumdoshlar, o'zimizni tanitamiz", mavzusida o'zingiz haqingizda ma'lumot berishingiz mumkin. İlk kundan hozirgacha bu forum a'zolarining bir-birlariga asosan aka-ukaday muomala qilganlarini shohidi bo'ldim. Bir-birimizga o'z hayotimiz, qiziqishlarimiz va aqlingizga kelgan butun mavzularni samimiy va do'stona doirada yozishga harakat qilyabmiz. Tilagim, forumda o'tkazgan har soniya vaqtingiz sizga ham foyda bersin...

Qayd etilgan


_B_E_K_  01 Oktyabr 2009, 12:13:48

Салом схшимисизлар ?
V.assalom. Avvalambor hush kelibsiz forumga. Sizni ko'rib o'zimni eng boshda forumga endigina kirgan paytlarim esimga tushdi. Men ham sizga o'hshab butun mavzularda bir-ikki misra yozib chiqqandim. Siz ham agar hohlasangiz "Forumdoshlar, o'zimizni tanitamiz", mavzusida o'zingiz haqingizda ma'lumot berishingiz mumkin. İlk kundan hozirgacha bu forum a'zolarining bir-birlariga asosan aka-ukaday muomala qilganlarini shohidi bo'ldim. Bir-birimizga o'z hayotimiz, qiziqishlarimiz va aqlingizga kelgan butun mavzularni samimiy va do'stona doirada yozishga harakat qilyabmiz. Tilagim, forumda o'tkazgan har soniya vaqtingiz sizga ham foyda bersin...

А­ътибор ва маслахатларингиз учун ташаккур. Худо хохласа барча форум ахли билан скиндан танишволамиз деб умид киламан. Форумдаги ахил ва иноклик менга жуда манзур булди. Хаммангизга рахмат !

Qayd etilgan


Kinjo  02 Oktyabr 2009, 16:49:47

Shu kunlarda chiqqan The Economist jurnalining qisqacha ma`lumotlar bo`limida bir yangilikni ko`rdim. U yerda G`arblik bir yozuvchining asari taqdimoti bor, unga ko`ra asar O`rta Osiyo xalqlari haqida va yozilishicha Amir Temur o`zbek emasmish huddi shunday yozilgan...
  Unga bir hujim qilib isbot yozish kerakka o`xshaydi.

Qayd etilgan


Kinjo  02 Oktyabr 2009, 17:23:19

Ochiq qoldiraman sababi maza masalasida baxslashmaydilar (uzur to`g'ridan to`g'ri tarjima hamma vaqt ham o`xshayvermaydida...?!)

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 17:50:44

Yuqoridagi gaplarga istinodan:

Avvalambor "O'zbek" atamasini ham aniq qilib isbotlab bersin, shu olim. Chunki "O'zbek" atamasi faqatgina 14 chi asrdan keyin o'rtaga chiqqan, ho'sh u holda 14. chi asrdan oldin bizni ota-bobolarimiz yashamaganmi bu tuproqlarda. Vayoki ular kim edi?
Bu tur masalalar juda nozik masalalar. Qolaversa bu Millat atamalari ko'proq Sovetlar paytida Turkiy Urug'larni bir-biridan ajratish uchun "qurol" vazifasini o'tagan. Masalan meni ona tarafimda Uyg'ur, Qipchoq, Tojik qoni bor. Ota tarafimda esa, Kafkaz qoni borligi aytiladi. Ho'sh men kimman. Bu tur Milliy kimliklar insonlar orasida faqatgina ayirim chiqaradi. Asosiysi biz Musulmonmiz hammamiz qon-qardoshmiz, deyilishi kerak. Bu tur masalalar faqatgina yana ihtilof chiqarish uchungina ochilgan, deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 01:06:29

Muhammad Sohib, telefondan internetga kirish qimmatmi, yoki?

Maillaringizga ham qaray olishingiz mumkinmi internetga kirganingizda?

Men ham uydagilarga aytib qo'ysam bo'lar ekan.

Bu haqda  menga ma'lumot bersangiz juda hursand bo'lar edim.

Hozirdan katta rahmat.

Qayd etilgan