Kishilarning xulqining qandayligi orada gap qochganda, o'rtaga sovuqlik tushganda bilib olinadi. Yo'qsa, tinchlik vaqtida hamma ham odobli bo'lib berishni qotirib bajaradi.
Barchangizga nasihat - og'ir bo'ling, birodaringizdan bir gap eshitganingizda shun iloji boricha yaxshi tomonga yo'yishga, yaxshi gumon qilishga urining. Imom Ahmad o'zlarining "Zuhd" kitobida hazrat Umardan shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Birodaringdan chiqqan bir kalimani undan yaxshi ma'no topish imkoningda bor ekan, hech yomon tomonga burmagil".
Biz forumda bir-birimiz bilan yozish orqali muloqotda bo'lar ekanmiz, shuni yodda tutmog'imiz ma'qul ish bo'lar edi.
Keyin yana bir nasihat - g'azab kelganda, achchiq ustida Islomda hukm qilishdan qaytarilgan, post yozishda ham g'azab ustida yozmaslik kerak, keyin odam yozganiga pushaymon bo'lib yuradi.