Forumga kiramanForumga kiraman hayron nigohim,
Ko’ksim bir sapchidi, qalbim tirnaldi.
Musulmonlar ichra, Alloh guvohim,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
"œSalafman" degan bir tomon bo’ldi,
So’fiylar firqasi g’azabdan to’ldi.
G’ayridin bu holga erinmay kuldi
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
Yahud turganida bizni azoblab,
Musulmon kuladur bir-birin boplab.
Arzimas matohga kofir hisoblab,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
Mazhab ushlaganni ahmoq atarlar,
Ijdihod yo’lini tarqoq atarlar.
O’rta yo’l vakilin qo’rqoq atarlar
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.Kim bong ursa hamki qilolmam havas,
Eng yaxshi yo’llar ham tuyilar qafas.
Qaysidur tomonga turib olsang bas,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
Zamoni saodati butkul sog’inchdir,
Bugungi holimiz tamom qo’rqinchdir.
Bironta nom bilan yashagan tinchdir,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
Hammani sevmakka qasd aylash bekor,
Bu o’tmish sahnida zanglagan shior.
Firqalar xolindan tamoman bezor,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
Angladim bir-birin go’shtini yegan,
Mo’minlar ahvoli butkul hor ekan.
Faqat Payg’ambarga bayatim degan,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.
Forumchi birodar siqqanda haddim,
Sizni sevishlikdan also qolmadim.
Ammo forumdan chiqib ham qutulolmadim,
"œMusulmonman" degan juda qiynaldi.