Singlim rostdan ham 13 yoshdamisiz, fikrlaringizni o'qib shubhalandim-da hafa bo'lmang. Bilmadim hamma ham o'zidan kelib chiqib gapirarkan-da.
Men 13 yoshligimda en kech 22.30 da uhlardim, yuzini ko'rmagan insonlarga bir narsalar yozish tugul o'rtog'larim bilan ham hech qachon yarim kechasi gaplashmaganman...(sizni bazan 01.larda netda ekanligingizni ko'rib qolaman-da)
Umid qilamanki gaplarim sizga og'ir botmaydi.
O'ylashim bo'yicha bu yoshda haqiqiy do'st internetdan emas, yaqin atrofdan yani tanigan bilgan insonlar (qo'ni-qo'shni, qarindosh, sinfdoshlardan) dan tanlanadi. Chunki netda har xil odam bor, sizku (agar rost bo'lsa) endigina 13 yoshdasiz, net olamida kap-katta odamlarni ham aldab ketishyabdi.
Yana bir Vodiylik akamizga tegishli: İltimos arzon xazil-huzullarni bu yerda qilmang, ham erkaklarni ham ayollarni hurmatini tushiryabsiz!!!
Kechagina o'zim, iltimos shaxsiyda yozaylik, degandim, lekin ancha bo'ldi, bir dunyo inson tarafidan bazi kishilar ogohlantirilishiga qaramay, haliyam bu holat davom etyabdi, shuning uchun qo'limdan kelguncha qarshimdagi insonlarni dillarini og'ritmasdan yozishga harakat qildim, uzr.
Umuman olib qaraganda forumdoshlar yoshingizni yozadigan bo'lsangiz anig'ini yozing, yoki umuman yozmang. Chunki Musulmon odamga omma uchun yozilayotgan ma'lumotlarda xazil yarashmaydi....