Forumdosh, sizga ozroq tanbehim bor.
Islomga ko'ra, barcha musulmonlar birodarlardir. Bu birodarlik mo'min-muslimalarning haq-huquqini, obro'larini o'z joyiga qo'yish, himoya qilish deganidir. Mening hozirgi mana shu mulohazam ham ikkala tomonning obro'yini, islomiy haq-huquqini himoya qilganim uchundir.
Lekin bu degani mahramdek aka-singil degani emas. Bu degani u bilan bemalol gaplashib yurish, dardlashish degani emas. Agar tug'ishgan bo'lmasangiz u sizga hech qachon mahram bo'lolmaydi va shariat doirasidan tashqaridagi muloqot gunohga yetaklaydi.
Forumdosh, musulmon kishining bu xilda o'z tuyg'ularini hamma oldida oshkora qilishi odobga to'g'ri kelmaydi.
Birodarim, bu o'tkinchi tuyg'ularni bir chetga surib, o'zingizni o'zingiz tahlil qiling. Agar niyatingiz nikoh bo'lsa, bunday noshar'iy muloqotdan ko'ra, tezroq nikohlanib, ezgu va savob bo'ladigan muloqotga erishing.