Men yuqoridagi fikrlarni bildirishga bir mavzu turtki bo'ldi. Boshdan oxirigacha erinmay o'qib chiqdim. mavzu davri o'tadigan, yoki e'tibordan chetda qoladigan mavzular kabi ko'rinmadi. Men nafaqat mavzu balki fikrlar xilma xilligi, har kimning mavzu yuzasidan uziga xos dunyoqarashini o'quvchiga yetkazib bera olganini nazarda tutdim. Shuningdek, fikrlash qobilyati yuqori bo'lgan a'zolar hozirgiga nisbatan son jihatdan ancha ko'p bo'lgan ekan degan xulosaga ham keldim.
Men endi fikr bildirishni boshlagan bulsamda, 2 oy oldin ro'yxatdan o'tganman. Aslida forumni yanvar oyidan beri bo'sh vaqt topishim bilaman kirib kuzatib kelyapman. Forumchilar bilan muloqotda bo'lmaganman lekin ularning fikrlari bilan yaxshi bo'lmasa-da tanishman. Aytish mumkin-ki forumda yarim yildan buyon "bir tomonlama" ishtirok qilib kelmoqdaman.
men u davr yaxshi bu davr yomon demoqchi bo'lmadim. Aksincha men ta'kidlamoqchi bo'lgan narsa ham yaxshi post qoldirishga chorlov tariqasida edi....Ortiqcha gaplarga hojat yo'q. Men yuqoridagi postimni ochiq ravshan yetkaza olmabman . Uzr