bir inson -avvalambor xush kelibsiz forumimizga.
Anchadan beri qaysi mavzularda yozishni reja qilib yurganmidingiz deyman. Chunki....
"Avtomatni o'qiday" postlar otilib chiqibdi...
Siz yozgan bazi Diniy mavzularda ilmga ega emasman. Bilmagan mavzularimda esa tortishishni yomon ko'raman.
Faqat bir gapni aytishdan o'zimni tiyolmadim uzr.
İltimos bir inson sifatida "Loyqa otay, hech bo'lmasa izi qoladi-ku" qabilida ish tutmang.
Bir-birimizga shirin muomala qilganimiz muddatcha bu forumni umri uzun bo'ladi,
qolaversa hayot foniy, nima keragi bor bir-birimizni dilimizni og'ritishni.
Agar haqiqatga chaqirmoqchi bo'lsangiz-bunday chaqirilmaydi, hamma narsani o'z uslubi, odobi bor.
Uzr, ko'nglingizga qattiq tegadigan gap yozgan bo'lsam.